Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti


«Computational Linguistics and Intelligent



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

«Computational Linguistics and Intelligent 
Text Processing» 
nomli xalqaro konferensiya o‗tkazjb kelinadi.
MDH mamlakatlarida ham kompyuter lingvistikasi bo‗yicha muhim 
izlanishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, bu borada rus kompyuter 
tilshunosligidagi 
tadqiqotlar 
diqqatga 
sazovordir. 
Kompyuter 
tilshunosligining muammoli masalalari sun‘iy intellekt bo‗yicha 
o‗tkazilgan turli xalqaro konferensiyalarda ham ko‗rib chiqilgan. 
Rossiyada har yili kompyuter lingvistikasiga oid «DIALOG» xalqaro 


23 
konferensiyasi o‗tkaziladi.
1
Rus kompyuter lingvistikasi quyidagi 
yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi: 
1.Mashina tarjimasi (MT).
2.Avtomatik tahrirlash (AT).
3.Til o‗rgatish jarayonini kompyuterlashtirish (avtomatik tarzda tilga 
o‗qitish-ATO‗). 
4. Statistik tadqiqotlar (ST).
Kompyuter lingvistikasining mashina tarjimasi yo‗nalishida amalga 
oshirilgan tadqiqotlar bugungi kunda barcha kompyuterlarda mavjud 
bo‗lgan ruschadan boshqa tillarga tarjima qiluvchi dasturlarning 
yaratilishiga asos bo‗ldi. Xususan, L.L.Nelyubin va uning shogirdlari 
tomonidan ishlab chiqilgan so‗zma-so‗z tarjima qilishning ilmiy 
strategiyasi (rasmiy-idoraviy uslub asosida) o‗sha davr jahon injener 
lingvistikasi talablari va ilg‗or tajribasiga mos edi. L.L. Nelyubin so‗z va 
iboralarning avtomatik lug‗ati bilan birgalikda to‗liq tarjima qilish 
imkoniyatini beruvchi morfologik-sintaktik algoritm-freym yaratishga 
harakat qilgan; yaratilgan tarjima dasturlari asosida o‗qituvchi lingvistik 
avtomat (oбучающий лингвистический автомат) yaratish me‘yorlarini 
ishlab chiqqan. Bu loyiha o‗quvchilarga ingliz tilidagi rasmiy hujjatlarni 
rus tiliga tarjima qilishga imkon beradi. Prof. L.L.Nelyubinning ilmiy 
faoliyatida mashina tarjimasi uchun (ingliz tili bo‗yicha) algoritmlar va 
dasturlar ishlab chiqish asosiy o‗rin tutadi. L.L.Nelyubin, tabiiyki, mashina 
tarjimasida ingliz tili leksikasini butunligicha qamrab ololmas edi. Shuning 
uchun AQSh harbiy hujjatlarini tadqiqot obyekti sifatida belgiladi va bu 
sohada 
ko‗plab 
ilmiy asarlar yaratdi. Y.N.Marchuk tarjimani 
modellashtirish metodlari va uni avtomatlashtirish yo‗llarini ishlab 
chiqqan va bugungi rus kompyuter lingvistikasiga asos solgan olimlardan 
hisoblanadi. Y.N.Marchuk tadqiqotlarida ham bir tabiiy tildan boshqa tilga 
bo‗lgan tarjimani modellashtirish tamoyillari, tarjima birligi, tarjima 
jarayonining statikasi va dinamikasi tushunchalari hamda EHM 
ishtirokidagi tarjimaning texnologik xaritasi tavsiflangan.
Shuningdek, ko‗plab rus, ukrain, moldovan olimlari ham mashina 
tarjimasi masalalari bilan shug‗ullanishgan, ularning izlanishlari 
kompyuter lingvistikasida muhim o‗rin tutadi. Xususan, bu sohada ko‗plab 
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yaratilganini alohida ta‘kidlash 
lozim. Dissertatsiyalar sohani yanada chuqurroq o‗rganish uchun zamin 
yaratdi. 
1
 
http://www.dialog-21.ru/
 


24 
XX asrning 60–80 yillarida mashina tarjimasi borasidagi bir qator 
tadqiqotlar yuzaga keldi. Mazkur tadqiqotlar dunyo kompyuter 
tarmoqlarida rus tilidagi ma‘lumotlar bazasi yaratilishi va rus tilidagi 
matnlarni avtomatik tarzda boshqa tillarga (yoki boshqa tildagi matnlarni 
rus tiliga) tarjima qiluvchi dasturlarning vujudga kelishi uchun asos bo‗ldi. 
Ta‘kidlash lozimki, bunday dasturlarni ishlab chiqish uchun til 
birliklarining nafaqat fonetik, semantik, morfologik xususiyatlari, balki 
aynan sintaktik valentlik xususiyatlari hisobga olingan lingvistik ta‘min 
yaratish lozim bo‗ladi. 
Rus tilshunosligida avtomatik tarzda til o‗qitish yo‗nalishida ham 
izlanishlar olib borilgan. Bu tadqiqotlar oliy va o‗rta maktabda til 
o‗qitishni 
optimallashtirishning 
psixologik-kibernetik, 
semiotik, 
lingvostatistik, injener-lingvistik va lingvodidaktik asoslarini ishlab 
chiqishga yo‗naltirilgan. XX asrning 80-yillaridan boshlab til o‗qitishni 
avtomatlashtirish 
va 
kompyuterlashtirish 
muammolariga 
qiziqish 
kuchaydi. 
Tadqiqotlar natijasida ko‗plab lingvistik avtomat o‗qituvchilar uchun 
lingvistik ta‘min yaratilgan bo‗lib, bu dasturlar rus tilini o‗qitish jarayonini 
optimallashtirishga xizmat qiladi. 
Rus 
kompyuter 
tilshunosligida 
«tillarni 
o‗qitishni 
kompyuterlashtirish» deyilganda avtomatik o‗qituvchi tizimiga tayanuvchi 
avtomatlashtirilgan o‗quv kurslarini vujudga keltirish nazarda tutiladi. 
Avtomatik o‗qituvchi tizimida o‗quv jarayoni ishtirokchilariga nafaqat 
taqlid qilish, balki ularning intellektual faoliyatini modellashtirish ham 
zarur bo‗ladi. Shuningdek, bu sohada yaratilgan ilmiy adabiyotlarda 
«lingvistika va tillarni o‗qitishda model» tushunchasi asosiy o‗rinni 
egallaydi. 
Rus tilshunosligidagi tillarga o‗qitish yo‗nalishida lingvistik 
statistikadan ham keng foydalanilgan. Ma‘lumki, ona tilidan boshqa tilni 
o‗rganayotganda, avvalo, ushbu tilning lug‗at boyligiga murojaat qilinadi. 
O‗rganilayotgan tilning dastlab eng asosiy, faol qo‗llanadigan qismi 
o‗zlashtirishga kirishiladi va muntazam ravishda bosqichma-bosqich so‗z 
boyligi orttirib boriladi. Buning uchun esa leksikostatistik manbalar – 
ma‘lumotlar asosiy poydevor vazifasini o‗taydi. L.N.Zasorinaning 
ta‘kidlashicha, 
leksikostatistikaning 
markaziy 
muammosi 
jonli 
(funksional) tilning statistik qonuniyatlarini va matnning statistik 
strukturasini aniqlashdir. ―Matnning statistik strukturasi‖ deyilganda, 
shartli ravishda, ma‘lum matndagi turli so‗zlar miqdori bilan shu matnda 
uning qaytarilish-qaytalanish chastotasi orasidagi munosabat tushuniladi. 


25 
Shunga ko‗ra statistik ma‘lumotlarni to‗plash, qayta ishlash kabi murakkab 
jarayondagi barcha ishlarni EHMga yuklash zarurati tufayli kompyuter 
lingvistikasida statistik yo‗nalish yuzaga keldi. U rus tilshunosligida 
avtomatik tarzda til o‗qitish yo‗nalishi bilan mutanosib tarzda rivojlanib 
borgan. Statistik yo‗nalish o‗zbek, qozoq, qirg‗iz tillaridagi tadqiqotlarda 
ham kuzatiladi.
Kompyuterdan foydalanilgan holda ko‗plab chastotali lug‗atlar tuzildi, 
ular o‗z navbatida mashina tarjimasi uchun zamin yaratdi. Ko‗rinadiki, rus 
kompyuter lingvistikasidagi qayd etilgan to‗rt yo‗nalishning rivojlanishi 
rus tilining dunyoviy tillar sirasiga kirishi, ommalashuvi, uni o‗rganish va 
o‗rgatish jarayonining optimallashuvi uchun asos bo‗lgan. Bunda, 
shubhasiz, kompyuterchi- dasturchilar bilan bir qatorda tilshunoslarning 
ham xizmati katta. Ayniqsa, prof. R.G.Piotrovskiyning izlanishlari 
o‗zining serqirraligi, har to‗rt yo‗nalishni o‗zida qamrab olganligi, 
obyektivligi, aniq va izchilligi bilan ajralib turadi. Olim nafaqat rus 
tilshunosligida, balki o‗zbek, qozoq, qirg‗iz va boshqa tilshunosliklardagi 
injener lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi rivojiga salmoqli hissa 
qo‗shgan. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, olimning rafiqasi A.A.Piotrovskaya va 
singlisi K.G.Piotrovskayalar faoliyati matematik lingvistika va injener 
lingvistikasining rivojida muhim o‗rin tutadi. Olimalar injener 
lingvistikasining turli yo‗nalishlarida ijod qilgan holda, turkologiyada shu 
sohaning ravnaq topishiga o‗z hissalarini qo‗shishgan.
Rus tilshunoslari dastlab matematik, so‗ngra injener va nihoyat, 
kompyuter lingvistikasi bilan shug‗ullangan, mazkur sohalarning nazariy 
va amaliy masalalarini hal qilishga intilishgan. 
XXI asr kompyuter tilshunosligida ham rus olimlarining o‗ziga xos 
o‗rni bo‗lib, ular doimiy ravishda COLINC konferensiyalarida qatnashib 
keladi, muntazam ravishda o‗z izlanishlarini davom ettirishmoqda. 
Rossiyada kompyuter lingvistikasiga yo‗naltirilgan tadqiqot 
institutlari 
shakllantirildi. 
2009-yilda 
Sankt-Peterburg 
universiteti 
Rossiyadagi 12ta universitet ichida ko‗p etapli konkursda g‗olib chiqib, 
―Ilmiy tadqiqot universiteti‖ (Национальный исследовательский 
университет) kategoriyasiga ega bo‗ldi. Rossiya Federatsiyasi ta‘lim va 
fan vazirligi tomonidan universitetning 2009-2018 yillarga mo‗ljallangan 
taraqqiyot dasturi ishlab chiqildi. 2011-yilda Universitet ―Sankt-Peterburg 
informatsion texnologiyalar, mexanika va optika milliy tadqiqot 
universiteti‖ maqomini oldi.
1
1
Боярский К.
Введение в компьютерную лингвистику. Санкт-Петурбург, 2013.-C.2 


26 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish