Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Asosiy tushunchalar: 
tilning axborot uslubi nazariyasi, o„zbek 
tilining axborot-kompyuter uslubi, aniqlik, qisqalik, lo„ndalik; bir 
qiymatlilik; jahon andazalariga moslik; axborot - kompyuter uslubini 
yaratish mezonlari, sinonimlar, frazeologizmlar va polisemantik 
so

zlarning ifodalanish darajasi, modellar, kodlardan foydalanish. 
 
Til insongagina in‘om etilgan ulug‗ ne‘matdir. Shu sababli lisoniy 
hodisalar tadqiqi boshqa ijtimoiy hodisalar tadqiqidan tubdan farq qiladi. 
Barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar tizimli tuzilishga va o‗ziga xos tarkibiy 
xususiyatga ega. Tilning ham tizimli hodisa ekanligi e‘tirof etilgan. 
Tilshunoslikka doir adabiyotlarda til tizimi strukturasi, til birliklarning 
o‗zaro munosabati masalalari talqin etilgan. Til tizimiga muvofiq ravishda 
kompyuter uslubini yaratish muloqotning tezkorligi va to‗liqligini 
ta‘minlaydi. Kompyuter uslubi inson manfaatlariga tayangan holda 
yaratilgan atomatik muloqot tilidir. 
Jahon miqyosida kechayotgan integratsiya va globallashuv jarayonida 
o‗zbek tilini dunyoviy tillar darajasiga olib chiqish hayotiy zaruratdir. 
Ushbu maqsadni amalga oshirishda kompyuter texnologiyalariga, xususan, 


202 
kompyuter lingvistikasiga bo‗lgan ehtiyoj yana ham oshadi. Chunki aynan 
kompyuter lingvistikasi o‗zbek tilining jahon miqyosiga chiqishida, o‗zbek 
tilining dunyoviy tillardan biriga aylanishiga, uni o‗rganish va o‗rgatish 
ishlarining optimallashuviga zamin yaratadi. 
Jahon andazalari talablariga javob beruvchi, har tomonlama 
mukammal, qulay va ommabop kompyuter uslubi yaratilganidan so‗nggina 
yuqoridagi muammolarni hal qilish mumkin bo‗ladi. 
Ma‘lumki, inson fikrini og‗zaki yoki yozma shakllantirishda turli 
grammatik vositalardan foydalanadi, u o‗z nutqida frazeologizm, har xil 
iboralar, badiiy tasvir vositalarini qo‗llaydi, ya‘ni har bir insonning nutqi 
o‗ziga xos va takrorlanmasdir. Ammo axborot va texnologiyalar asri 
ma‘lumotlarning tezkor yetkazib berilishi va qisqa muddatlarda qabul 
qilinishini talab qiladi. Axborot tezligini oshirish qisqalik, aniqlik, 
muayyan qolip asosidagi jumlalarni taqozo qiladi. Axborot -kompyuter 
uslubi sun‘iy tilga asoslanadi. Tabiiiy til muloqot vositasi bo‗lishi bilan bir 
qatorda, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyalarni ham bajaradi. 
Tilning ijtimoiy funksiyalari tabiiy tilda to‗laligicha namoyon bo‗ladi. 
Axborot uslubida kommunikativ funksiya birinchi darajaga chiqadi, 
emotsional-ekspressivlik, deyarli, reallashmaydi. Tabiiy til va sun‘iy til 
(kompyuter-axborot uslubi) o‗z o‗rnida ahamiyatlidir. Muayyan tabiiy tilni 
kompyuter axborot uslubiga mos emas, deyish yoki qayta ishlangan
modellashtirilgan tabiiy tilni imokniyatlari cheklangan deb baholash 
nisbiydir. Kompyuter- axborot uslubi nutq uslublari bilan parallel ravishda 
shakllanib, rivojlanib boraveradi, ammo ular qo‗llanish sohasi bilan 
farqlanadi. Bu uslublardan turli soha vakillari foydalanishadi: og‗zaki 
muloqotda so‗zlashuv uslubidan, fan-texnika taraqqiyotiga oid 
ma‘lumotlar berishda ilmiy uslubdan, ish yuritishda rasmiy uslubdan, 
ijtimoiy-siyosiy, 
ommabop ma‘lumotlarni yetkazishda publitsistik 
uslubdan, adabiyot, san‘at, madaniyat sohalarida badiiy uslubdan 
foydalaniladi. Kompyuter uslubidan kompyuter mutaxassislari, reklama, 
biznes, tabiiy soha vakillari va eng muhimi o‗zbek tilida ish yurituvchilar 
(yurisprudensiya vakillari) foydalanishlari mumkin.
Kompyuter uslubi tabiiy tilning jahon andazalari talablariga monand 
holda fikrni aniq, qisqa, ixcham, qoliplashtirilgan ko‗rinishda qayta ishlash 
asosida shakllantiriladi.
O‗zbek tilining kompyuter uslubini shakllantirish milliy til mavqeyini 
yuksaltirishga, ma‘lumotlarni ona tilida qabul qilish imkoniyatiga zamin 
hozirlaydi. O‗zbek tili kompyuter uslubining mezonlari sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin: 


203 
a) aniqlik, qisqalik, lo‗ndalik; bir qiymatlilik; 
b) jahon andazalariga moslik; 
d) barcha uchun birdek tushunarli bo‗lish (muayyan bir fikrning 
umum tomonidan bir xil tarzda qabul qilinishi);
e) turli badiiy tasvir vositalari, modallik, sinonimlikdan xolilik 
(sinonimlardan dominanta so‗zlar tanlab olinadi); 
f) so‗zlar, asosan, bir ma‘nolilik kasb etadi , ko‗chma ma‘nolar 
e‘tiborga olinmaydi (ya‘ni bu uslubda so‗zlarning faqat denonativ semalari 
qamrab olinadi); 
g) kompyuter talablari qat‘iy hisobga olinadi, simvollar, modellar, 
kodlardan foydalaniladi. 
O‗zbek tilining kompyuter uslubini yaratish ijtimoiy-iqtisodiy hayotda 
ham muhim ahamiyatga ega. Bu quyidagilarda o‗z ifodasini topadi: 
-o‗zbek tili axborot uslubining yuzaga kelishi shu tilda ma‘lumotlar 
bazasini shakllantirishga xizmat qiladi; 
-kompyuter tizimining o‗zbek tili asosida ishlashini ta‘minlaydi; 
kompyuter tizmimidagi buyruqlarning shu tilda amalga oshirilishiga zamin 
yaratadi; 
-o‗zbek tilidan rus tiliga (rus tilidan o‗zbek tiliga), o‗zbek tilidan 
ingliz tiliga (ingliz tilidan o‗zbek tiliga) tarjima dasturlari takomillashadi; 
-o‗zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish imkoniyati yaratiladi; ijtimoiy 
sohalarga doir matnlarda yo‗l qo‗yilayotgan imloviy nuqsonlar bartaraf 
etiladi; 
-barcha soha mutaxassislarining savodxonligi ortadi. 
Insoniyat tarixida ma‘lum davrlarda turli predmetlar - toshko‗mir, 
tilla, tuz kabilar eng katta boylik hisoblangan. Insoniyat uchinchi ming 
yillik boshlarida axborot asriga qadam qo‗ydi. Bugungi kunda axborot 
olish hayotiy zaruriyatga aylanadi. Shuning uchun jahon bozorida 
ma‘lumot oltindan ham qimmatliroq baholanmoqda. Axborotni topish, 
saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga 
bo‗lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Dunyodagi eng badavlat kishi 
kompyuter, ya‘ni axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash sohasi 
vakili Bill Geyts hisoblanadi. Bu holatni Bill Geytsning o‗zi shunday 
izohlaydi: 
«Kim axborotga ega bo

lsa, u hamma narsaga ega bo

ladi». 
Uning yana bir mushohadasi dunyoga mashhur: 
«Axborot dunyodagi eng 
katta, eng qimmat moddiy boyliklardan ham ustun turadi, chunki ushbu 
boyliklar axborot vositasida qo

lga kiritiladi». 
Kompyuter lingvistikasi 
tilshunos, adabiyotshunos, qolaversa, barcha soha vakillari uchun ham 
ma‘naviy, ham moddiy boylik manbayidir. Kompyuter lingvistikasi 


204 
tillarni, xususan, rus va ingliz tillarini o‗rganishda ham asosiy vosita 
hisoblanadi. Shuningdek, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalarida 
ilmiy, badiiy, biznes va reklama bo‗yicha ixtisoslashgan tarjimonlar 
tayyorlashni yo‗lga qo‗yishda, o‗zbek tilida ingliz tilini va ingliz tilida 
o‗zbek tilini to‗liq o‗rgatadigan o‗quv qo‗llanmalari va kompyuter 
dasturlarini yaratishda ham kompyuter lingvistikasi muhim o‗rin tutadi. 
«Dunyoviy o‗zbek tili» kitobi o‗zbek tilidagi ma‘lumotlar bazasini 
yaratish yo‗lidagi birinchi qadamdir. Kitob muallifi fizika-matematika 
fanlari doktori, professsor Abdumajid Po‗latov o‗zbek kompyuter 
lingivistikasining asoschisi, o‗zbek tilidagi axborot uslubi modelining 
yaratuvchisi hisobalanadi. «Dunyoviy o‗zbek tili» kitobi ko‗p jildli bo‗lib, 
uning 1-jildida o‗zbek tilidagi fe‘l shakllari (fe‘lning leksik-gramatik 
paradigmalari) va ularning rus, ingliz tillaridagi muqobillari keltirilgan. 
Mazkur kitob fe‘l -kesim va fe‘lning xoslangan shakllari – sifatdosh, 
harakat nomi, ravishdosh kabilarni uch tilda to‗liq o‗zlashtirishga yordam 
beradi: kitob bilan tanishgan har bir o‗quvchi fe‘l shakllarini rus va ingliz 
tillarida yozishni o‗rganib oladi. Eng muhimi, o‗zbek tilidagi fe‘l asosida 
yaratilgan mazkur tadqiqot asosida butun jahon kompyuter lingvistikasi 
assosiatsiyasida ma‘lumotlar bazasi yaratiladi.

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish