Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. – T., 2009. 
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari–T., 2011.


33 
o‗zbek tilini o‗rganuvchilar va bu tilda gaplashuvchilar sonining ortib 
borayotgani, o‗zbek tilida kompyuter dasturlarining yaratilayotgani, xullas, 
o‗zbek tilini dunyoviy tillar darajasiga olib chiqishga qaratilgan sa‘y-
harakatlar – O‗zbekistonning tashqi til siyosatini belgilaydi.
V.A.Avrorin fikriga ko‗ra, til siyosatining bevosita obyekti tilning 
funksional tomoni hisoblanadi. Tilning funksional tomoni tashqi ta‘sirlarga 
sezuvchan bo‗ladi. Jamiyat tilning struktura tomonini ham ma‘lum 
darajada boshqarishi mumkin, biroq uni bevosita emas, tilning funksional 
tomoni vositasida boshqaradi
1
. Odatda, tilning struktur tomoniga maktab, 
adabiyot, teatr, targ‗ibot va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali, 
ya‘ni tilning funksional tomoni bilan bevosita aloqador bo‗lgan omillar va 
sharoitlar vositasida ongli ta‘sir ko‗rsatiladi
2
.
Xorijda, asosan, AQSh, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, Xitoy, 
Yaponiyada 
kompyuter 
lingvistikasiga 
oid 
amalga 
oshirilgan 
tadqiqotlarning ko‗lami keng. O‗zbekistonda esa bu soha keyingi yillarda 
rivojlandi. Bajarilgan tadqiqotlar kam miqdorda bo‗lsa-da, soha 
taraqqiyotining asosiy yo‗nalishlarini belgilashda muhim o‗rin tutadi. 
Amalga oshirilgan ishlar faqat statistik tahlil yo‗nalishi bo‗yicha bo‗lib, 
ayrim ilmiy ishlar tarkibida masalaga shunchaki to‗xtab o‗tilgan, xolos. Bu 
holat o‗zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi bo‗yicha hal qilinishi 
lozim bo‗lgan masalalar ko‗p ekanligini ko‗rsatadi.
XX asr o‗rtalariga kelib O‗zbekiston fan-texnika sohasida ham 
kompyuterga oid ―mashina tarjimasi‖, ―mashina tilshunosligi‖ kabi bir 
qancha atamalar faollasha boshladi. Ammo bu atamalar, asosan, 
matematikaga oid izlanishlarda kuzatildi. Keyinchalik tilshunoslikda ham 
matematik ifodalash, kompyuter tizimi borasida izlanishlar olib borildi.
O‗zbek tili materiallari bo‗yicha kompyuter tilshunosligiga oid 
tadqiqotlar 
olib 
borgan 
olimlar 
H.Arziqulov, 
S.Rizayev 
va 
S.Muhamedovlardir. Mazkur olimlar, asosan, kompyuter lingvistikasining 
statistik tahlil yo‗nalishi bo‗yicha izlanish olib borishgan. 
H.Arziqulov 
«Информатика и переработка текста средствами 
вычеслительной техники» 
nomli monografiyasida kompyuter yordamida 
katta hajmdagi matnlarni qayta ishlashning avtomatik tizimi asoslarini 
tahlil qilgan. Professor H.Arziqulov rahbarligida Samarqand davlat chet 
tillari institutida injener tilshunosligi markazi tashkil etildi. Bu markaz 
1
Аврорин В.А.
Проблемы изучения функциональной стороны языка (к вопросу о предмете 
социолингвистики). –Л., 1975. –С. 177.
2
Швейцер А.Д.
Современная социолингвистика: Теория. Проблемы. Методы. –М.: Наука, 
1976. –С. 148.


34 
davlat tilidagi matnlarni kompyuter yordamida qayta ishlash masalalari 
yuzasidan ilmiy kuzatishlar olib borgan. Matnlarni qayta ishlash 
kompyuter dasturlarini yaratish, o‗zbek tilining barcha sathlariga oid 
matnlarni yig‗ish, ularni muayyan bir tizimga keltirish, indeksatsiya qilish, 
algoritmlarini tuzish, ularga statistik jihatdan yondashish, inglizcha-
o‗zbekcha mashina tarjimasi dasturini yaratish sohasidagi ilmiy tadqiqot 
ishlarini boshqargan. Markaz vakillari o‗zbekcha matnlarni qayta 
ishlaydigan «Uzlington» avtomatik tizimini, lotin alifbosidagi matnlarni 
kirill yozuviga va kirill yozuvidagi matnlarni lotin alifbosiga o‗tkazuvchi 
«Spellchecker» dasturini, kompyuter yordamida tahrir qiladigan, imloviy 
xatolarni tuzatadigan kompyuter dasturlarini yaratishga birinchilardan 
bo‗lib kirishgan. 
H.Аrziqulov o‗zbek mashina tilini yaratish maqsadida so‗z tarkibini 
tadqiq qildi. Olimning morfema va so‗z yasalish strukturalari haqidagi 
fikrlari, matn statistikasi va chastotali lug‗atlar tuzish prinsiplari, o‗zbek 
tilidagi matnlarni kompyuter yordamida qayta ishlovchi hamda avtomatik 
tahrir dasturlarini yaratish borasidagi jiddiy tadqiqotlari o‗zbek 
tilshunosligida injener lingvistikasining shakllanishiga asos bo‗ldi, 
kompyuter lingvistikasining yuzaga kelishini ta‘minladi.
S.Muhamedov, R.R.Piotrovskiy bilan hammualliflikda yozgan 
kitobida lingvistik modellar, modellashtirish jarayoni haqida ma‘lumot 
keltiradi, o‗zbekcha matnlarning kvantitativ modellarini taklif qiladi.
1
Mazkur asarda turk gazeta matnlarining leksik-morfologik jihatdan amalga 
oshirilgan avtomatik tarjimasi ham berilgan. Sun‘iy intellekt yaratish va 
injener lingvistikasi metodlari orqali o‗zbekcha nutqni avtomatik qayta 
ishlash jarayonida foydalanish mumkin bo‗lgan o‗zbekcha matnlarning 
leksik -morfologik tuzilishi statistik tahlili natijalari keltirilgan. 
S.Rizayev tilshunoslikda aniq metodlarning qo‗llanishi va bunda 
EHMdan foydalanish, til va nutq hodisalariga statistik yondashuvning 
sabablari hamda matnlarni avtomatik qayta ishlash, mashina tarjimasi 
muammolari, shuningdek, harflar chastotasini aniqlashda EHMdan 
foydalanishga doir ma‘lumotlar bergan.

1

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish