Alisher navoiyning “layli va majnun” dostonida tazod san’ati



Download 28,73 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi28,73 Kb.
#773525
Bog'liq
kAMOLOVA MAHLIYO

ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDA TAZOD SAN’ATI.


Mahliyo Kamolova
Navoiy davlat pedagogika institute O’zbek tili va adabiyoti
fakulteti 1-kurs magistranti
Annotasiya. Buyuk shoir Alisher Navoiyning Layli va Majnun” dostonida ko’p qo’llanilgan san’atlardan biri tazod san’atidir. Albatta, Navoiy unda faqat “layli va Majnun” dostonida emas, balki “Xamsa”dagi boshqa dostonlar, shu bilan birga “Xazoyinul-maoniy” kulliyotiga kirgan lirik g’azallarda ham mazkur poetic san’atdan foydalangan. Buning muoffaqiyatli namunalari esa “Layli va Majnun” dostonida tiniq tarzda ko’rinadi.
Kalit so’zlar: doston, tazod, lirika, gado, shoh, emotsional, ekspressiv
Tazod san'ati ma'naviy san'atlar ichida izchil murojaat etilayotgan vositalardan biridir. Tazod so’zi “zid qo’yish”, “qarshilantiish” ma’nolarini ifodalaydi. Shu so’z bilan ataluvchi she’riy san’at esa baytda ma’no jihatidan o’zaro zid, qarma-qarshi bo’lgan so’zlarni qo’llab, ta’sirchan badiiy timsollar, lavhalar yaratishni nazarda tutadi.[4:83]
Bu she'riy san'at mumtoz adabiyotda muttazod, takofu, ittizod, talbiq, tiboq degan nomlar bilan ham yuritiladi. Zamonaviy adabiyotda esa tazod antiteza deb ta'riflanadi. Tazod san'ati – zid ma'noli so'zlar asosida yaratilgan kuchli emotsional ekspressiv vositadir. Bu san'at barcha sharq klassiklarining ijodidan o'rin olgan bo'lib, xususan, Alisher Navoiy ham tazod san'atidan o'z asarlarida alohida muhabbat bilan foydalanadi.
Navoiyning «Layli va Majnun» dostonida ham ko'p qo'llaniladigan she'riy san'atlardan biri tazod san'atidir. Shoir o'z asarlarida bu san'atni yuzaga keltirishda zid ma'noli, ya'ni leksikologiyaning muhim kategoriyalaridan biri bo'lgan antonim so'zlardan ustalik bilan foydalanadi. Shoirning antonim so'zlarga murojaat qilishiga sabab, ma'lum bir fikrni bo'rttirib o'quvchi tafakkurida jonlantirish.
Ey aqlg'a foizi maoniy,
Boqiysenu, barcha xalq foniy. [1: 4]
Badiiy tasvirda emotsionallik va ifoda ixchamligiga erishishda qarama qarshi so'zlar asosiga qurilgan tazod san'ati noyob va go'zal vositadir.
Ko'k yer kibi past-u murtafisen
Balkim yer-u ko'kka muxtarisen.[1: 15]
Navoiy tazod san`ati orqali dostondagi baytlarda qo`llanilgan zid ma`noli so`zlarni bir xil grammatik shakl orqali ohangdoshligini hamda vazn uyg`unligini ta`min etadi.
“Layli va Majnun” dostonida shoir nafaqat turkiy, balki forscha va arabcha so’zlar qarama-qarshiligi asosida yaratilgan tazod namunalari ham uchraydi. Xususan, turkiy so`zlar asnosidagi tazod san`atiga oid quyidagi misolga to`xtalsak:
Kun ganjin itirub ajdaholar
Tun hayli kelib qaro balolar.[1: 32]
Ushbu baytda o’zaro qarama-qarshi turkiy “tun” va “kun” so’zlari asosida tazod yuzaga keltirilgan.
Tun tppraligini demakdir ortiq
Ko’zni yumub istag’an yorug’luk.[1:35]
Yuqoridagi baytda ham o’zaro turkiy so’z hisoblangan “tun” va “yorug’lik” so’zlaridan tazod san’atini yuzaga keltirishda foydalaniladi. Aslida bu so’zlar leksikologiyada antonim so’z deb hisoblanmasada, ushbu baytda birinchi misradagi tun so’zi zulmat ma’nosini anglatib ikkinchi misradagi yorug’lik so’zi bilan mantiqiy antonimlikni hosil qilgan.
Dostonda o’zaro antonim hisoblangan arabcha so’zlar ham tazod san’atining hosil bo’lishida munosib ishtirok etgan:
O’tgan kechakim sipehri purfon,
Nur ustiga bo’ldi zulmat afgan.[1:54]
Bu baytda shoir yorug’lik ma’nosini anglatuvchi arabiy “nur” so’zini qorong’ulik ma’nosini beruvchi “zulmat” so’ziga qarama qarshi tutashtiradi.
Sen ahli visolsen dam urma
Hajr ahli qoshida nukta surma.[1: 68]
Birinchi misrada shoir “ahli visol” so’zini ikkinchi misradagi “hajr ahli” so’ziga qarama-qarshi qo’yish orqali arabiy so’zlar orqali tazod san’atini yuzaga keltiradi. Xuddi shunday quyidagi baytda ham shoir arabiy “visol” so’zini ayriliq ma’nosini beruvchi firoq so’ziga qarshilantiradi:
Olingda sening visoldin bog’,
Bog’imda mening firoqdin dog’. [1:54]
Alisher Navoiy “Layli va Majnun dostonida forsiy so’zlar asosidagi tazod namunalaridan ham mohirona foydalana olgan:
Yo qaysi gadoki nonni yo’q-yo’q,
Shoh etsang anikim, etay yo’q;[1: 45]
Shahlar aro o’rni toki aflok,
Darveshlar ollida ovuch xok;[1: 87]
Darvesh desam ulus uza shoh,
Shoh darvesh barakalloh. [1: 97]
Husayn Boyqaro madhiga bag’ishlangan bobdan olingan yuqoridagi misollarda 1-baytda “Shoh” so’ziga “ gado”, qolgan baytlarda esa “darvesh so’zi antonim qilib qo’yiladi.
Aytish mumkinki, Alisher Navoiy barcha dostonlari qatori “Layli va Majnun” dostonida ham har doim zid tushunchani ifodalovchi so’zlarni bir til asosida hosil qilmasdan, ba’zan turkiy so’zni forsiy so’z bilan, ba’zan esa arabiy so’zni forsiy so’z bilan qarama-qarshi keltirib toqnashtiradi:
Ko’k bog’ida gullar o’ldi nobud,
Yer bog’ida gullar o’ldi mavjud. [1: 124]
Ushbu baytdagi birinchi misrada “yo’qlik” ma’nosini anglatuvchi forsiy “nobud” so’ziga “borlik” ma’nosini beruvchi arabiy “mavjud” so’zi o’zaro qarshilantirilgan. Yoki bo’lmasam, quyidag baytda ham kun botish vaqtini anglatuvchi forsiy “shom” so’zi “tong” ma’nosini anglatuvchi arabiy “subh” so’zi bilan antonimlik hosil qilib o’zaro tazod san’atining yuzaga kelishiga olib kelgan:
Ne shomki chun ochib savodin
Qo’ymay ko’ngul ichra subh yodin. [ 1: 65]
Voqean, Alisher Navoiy barcha poetik asarlarida zid ma`noli so`zlardan samarali foydalanib, tazod san`ati namunalarini yaratar ekan, asarlarining badiiy pishiqligiga, shakl va mazmun uyg`unligiga katta e`tibor qaratadi. Ayniqsa, «Layli va Majnun” dostoniga kuchli emotsionallik va ekspressivlik hamda stilistik ixchamlik, izchil ravonlik bag`ishlashga muvaffaq bo`ladi. U shu maqsadda, xususan tazod san`ati namunalarini asarning badiiy jozibasini ta`minlashda quyidagilardan unumli foydalanadi;
Birinchidan, qarama-qarshi so`zlar orqali leksikalogiyaning muhim kategoriyalari hisoblangan antonim so`zlarning xilma-xil ko`rinishlaridan; ikkinchidan, etimologik kelib chiqish tomonidan bir guruhdagi turkiy, arabiy va forsiy so`zlardan; uchinchidan, turkiy, arabiy va forsiy sozlarning aralash ko`rinishlaridan; to’rtinchidan, so`z o`yinlaridan. “ Navoiy hech qachon she’riy san’atlar shunchaki bir san’atkorlikni namyish qiluvchi vositalar bo’lgan emas. U haqiqiy novator ijodkor sifatida, o’zining butun san’atkorlik mahoratini, muhim ijtimoiy-siyosiy fukrlari, olijanob g’oyalarini yuksak badiiy saviyada ifoda qilish uchun dadillik bilan ishga slogan. [3: 166]
Albatta, Navoiy she’riy san’atlar yaratish bilan shoir hech qachon badiiy fikrni go’zal shaklga tobe qilib qo’ymagan. U o’zining quyma satrlarini yaratar ekan, avvalo o’z g’oyaviy maqsadini o’quvchiga yaxshiroq anglatish, fikrini to’la ifodalab berishni niyat qiladi. [ 2: 80]
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarining har biri yozilish uslubiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlarga ega, badiiy so`zning rang barang tovlanishlarini namoyon qiluvchi badiiy kashfiyotlar darajasidadir. Uning poetik asarlarini leksik, leksik-stilistik, lingvopoetik jihatdan o`rganishning katta ilmiy va amaliy ahamiyati bor. Chunki, Navoiy asarlari tili, hozirgi o`zbek adabiy tilining tarixiy takomilini belgilashda hamda fonetik, grammatik, leksik, stilistik va lingvostilistik xususiyatlarini aniqlashda asosiy manbadir.
Foydalanilgan adabiyotlar to’plami.

  1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. Toshkent.”Fan”, 1992

  2. Dilorom Salohiy. Navoiyning she’riy uslubi masalalari. T:, Fan, 2005

  3. IzzatSlton. Navoiyning qalb daftari. – Toshkent.: Adab. Va san.. – 1973

  4. A.Hojiahmedov. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. – Toshkent: Sharq. - 1998

Download 28,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish