Althaea officinalis biologiyasi va ahamiyati



Download 31,67 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi31,67 Kb.
#631213
Bog'liq
Dorivor gulhayri


ALTHAEA OFFICINALIS BIOLOGIYASI VA AHAMIYATI


Murodov S.A. –Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
Ashurova S.F. – Buxoro davlat universiteti talabasi

Dorivor gulxayri (Althaea offinicinalis)-Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasiga mansub ko`p yillik, bo'yi 150-170 sm ga yetadigan o't o'simlik. Ildizpoyasi kalta, yog'on, ko'p boshli. Dorivor gulxayri o'q ildizi 50 sm uzunlikda bo'lib, yuqori qismi yog'ochlashgan bo'ladi. Poyasi birmuncha shoxlangan. Barglari oddiy, uzun bandli, butun yoki o`yilgan, panjasimon tomirlangan. Barglari poyada navbat bilan joylashgan. Gullari har-xil rangda va yirik- mayda bo`lib, barg qo`ltig`ida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi yoki shoxlarning uchida bir nechtadan joylashib shingilsimon yoki boshoqsimon to`pgul hosil qiladi. Urg`chisi uchta yoki undan ko`proq meva bargdan iborat. Tuguncha ustki. mevasi quruq, ko`p urug`li ko`sakcha yoki bir urug`li buyraksimon yong`oqcha. Gulli o`zidan va hasharotlar yordamida chetdan changlanadi. Gullari mayda, pushti rangli.


Tojbarglari qat-qat joylashgan. Tojbargalridan sirka va rang berishda ham teri, shoyi va jun kabilarni bo`yashda foydalaniladi. Gulxayri o`simligining tarkibida juda ko`p foydali moddalar bor. Dorivor gulxayrining ildizida 35% gacha shiliq moddalar, 37% gacha kraxmal, 16% ga yaqin qand, aspargin, betanin, pektin, yog`, 4,9 % atrofida mineral tuzlar mavjud. O`simliklarning barg hamda gullarida 0,002 % ga yaqin qattiq efir moyi, karotin, vitamin C, ildizlardagiga qaraganda ikki marta kam shilliq moddalar bor.
Gulxayri ildizidan kleyster tayyorlash, o`simlikning poya va shoxchalaridan a`lo sifatli qog`oz tayyorlash mumkin. Dorivor gulxayrining ildizini odatda kuzda yoki erta bahorda kovlab olinib, dag`al ildizpoya va mayda ildizchalardan ajratiladida, zudlik bilan suv oqimida yuvib olinadi ildiz shilliqlanmasligi uchun.
Ma`lumot uchun, gulxayri qadim zamonlardan beri shifobaxsh o`simlik sifatida ishlatilib kelinadi. Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan, bargidan va urug`laridan tayyorlangan damlama bilan yotal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan bo’lsa, ildizidan, bargidan va urug`laridan tayyorlangan damlama bilan yo`tal, qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan. Tibbiyotda gulxayrining ildizining fitopreparatlari (damlama, quruq ekstrak, sharbat) nafas yo`llari yallig`lanishida ya`ni laringit, faringit, traxeit, bronxit, bronxopnevmoniya, bronxial astmada keng miqyosda ishlatiladi. O`simlikda ildizidan tayyorlangan qaynatma 6 gr maydalangan ildiz 200 ml qaynatib sovitilgan suvda damlanadi 1/2-1/3 stakanidan kuniga 3-4 marta ichiladi. Gulxayri balg`am ko`chiruvchi, yallig`lanishga qarshi ta`sirga ega bo`lgan qator yig`malar tarkibiga kiradi.
Dorivor gulxayri yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan tibbiyotda keng foyfalanib kelinayotgan "mukaltin" nomli dorivor preparat olinadi." Mukaltin" preparatini balg'am ko'chiruvchi dori sifatida yuqori nafas yo'llari va o'pka yallig'lanishi kasalliklarida ishlatiladi. Mukaltin preparati gulxayrining yer ustki qismidan tayyorlangan. U o`z tarkibida polisaxaridlar aralashmasini saqlaydi. Tabletka 0,05 gr holida ishlab chiqariladi. Kuniga ovqatdan oldin 1-2 mahal qabul qilish tavsiya qilinadi.
Dorivor gulxayri o`simligining shifobaxsh xususiyatlari faqatgina nafas yo`llarining kasalliklariga emas balki me`da–ichak kasaalliklarida ham qo`llaniladi uning yer ustki organlaridan tayyorlangan ekstrakti hamda damlamalari buyrak faoliyatini yaxshilashda hamda me`da –ichakdagi yallig`lanishlarni oldini olishga va yengil yallig`lanishlarni davolash sifatida ishlatiladi.
Bu o`simlikning bir qator shifobaxsh xususiyatlari ko`pligi sababli qo`shni davlatlarda yetishtirish iqlim darajasi to`g`ri kelmaganligi uchun bizda buni yetishtirishni ya`ni dorivor gulxayri plantatsiyalarini kengaytirish masalasini ilgari surish kerak. Bundan maqsad xorijdan valyuta hisobidan import qilinadiga dori vositalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarib, hatto shu dori vositalarini eksportni yo`lga qo`yishdir. Mukaltin tabletkasi sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan dorixonlarda bo`lishi kerak bo’lgan mahsulotlar 70 taligidagi ro`yxatiga kiritilgan. Dunyoda hozirgi “Covid-19” havf solib turgan davrida bunday mavsumiy yallig`lanishlar birmuncha ko`pagani kuzatilmoqda va bu asasan nafas yo`llarining yallig`lanishi bilan kechayabdi. Shu sababli yallig`lanishga qarshi vositalarga talab oshganligi sabab bu hildagi preparatlarga talab va taklif yanada ko`payganligini inobatga olib plantasiyalarni kengaytirish ularni yanada rivojlantirish va ishlab chiqarishni takommilashtirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Yaxtonov.V.V`` O`rta Osiyo qishloq xo`jaligining o`simliklari hamda mahsulotlarning zararkunandalari va ularga qarshi kurash``
2. O`. Pratov ``Botanika `qaysi nashriyot va qachon nashr qilinganligini yozish kerak`
3. Kursanov L.I,V.F.Uranov `` Botanika qaysi nashriyot va qachon nashr qilinganligini yozish kerak`
4. Burginov V.A,Jonguzarov F.X``Botanika`` qaysi nashriyot va qachon nashr qilinganligini yozish kerak`
5. G.S.Tursunbayeva,G.M.Duschanova,A.T.Abdullayeva ``Botanika o`simliklar morfologiyasi va anatomiyasi`` qaysi nashriyot va qachon nashr qilinganligini yozish kerak`
6. http://library.ziyonet.uz
7. http://www/fayllari.org
Download 31,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish