Amaliy grafika va badiiy fotografiya


I BOB. OMMAVIY SAHNA TADBIRLARINING PAYDO BO’LISHI



Download 1,95 Mb.
bet5/32
Sana21.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#831974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Orginal yozma qism 26.06.2022 F.Yuldoshev (2)

I BOB. OMMAVIY SAHNA TADBIRLARINING PAYDO BO’LISHI

    1. Ommaviy tadbirlarning kelib chiqishi va tarixi

Ommaviy bayramlar va tomoshalar, boy qadimgi xalq marosimlari va harakatlariga asrlar davomida ildiz otib kelgan tarix misolga bo’la oladi. Ommaviy bayramlarning tarixi o’ttiz asrga yaqin. Ommaviy bayramlar qadimgi davrda paydo bo’lgan. Ehtimol ular bilan birga yunoncha “eortologiya” so’zi ya’ni bayramlarning ilmi paydo bo’ldi. Bayram - bu maxsus ruhiy holat, har qanday tantanali tadbirning tajribasidan kelib chiqqan hissiy quvonchli yuksalish. Inson hayotida shaxsiy va ijtimoiy, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan madaniy hordiqdir. Mamlakat tarixi bilan bog’liq bayramlar, uning qadimiy an’analari, urf-odatlari, insonga butun xalq bilan birligini tushunishga imkon beradi.
Bayramlar eng qadimgi davrdan boshlab inson hayotining eng muhim tarkibiy qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bayramlar xalq hayotining eng yaxshi va go‘zal tomonlarini aks ettiruvchi ko‘zgudir. “Bayram xalqning shodlik va xursandchilik kuni”, - degan edi XI asr Sharqning buyuk olimi Mahmud Koshg’ariy. Darhaqiqat, inson hayotini bayramlarsiz tasavvur qilish juda ham qiyin. Hayotimizdagi yutuqlar, xursandchiliklar, tantana va shodiyonalar, muhim sanalar oilada, mahallada, shaharda, umummilliy davlat miqyosida nishonlanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach bayramlarga bo’lgan ehtiyoj yanada o’sdi. Azaldan do‘stparvar o‘zbek xalqining bayramlari qon-qarindosh xalqlarning tarixiy-madaniy aloqalari jarayonida shakllangan va rivoj topgan, boshqa xalqlar bayramlariga ta’sir etgan va o‘z navbatida, ular ta’sirida boyigan. Ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan o‘zbek bayramlari katta to‘siq va qarama-qarshiliklarga duch kelgan.
Mustaqillik sharofati bilan milliy bayramlarimizga katta e’tibor berilib, xalqimizning ma’naviy boyligi bo’lmish bayramlar ham tiklanmoqda.
Ommaviy bayramlar tarixi zarvaraqlariga qisqacha nazar solsak, o‘zining g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bo’lgan qadimgi Yunoniston va Rim davridagi bayramlardan boshlasak bo‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim bayramlarigacha ham insoniyat paydo bo’lganidan keyingi davrda bayramlar vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar o‘zining ma’naviy, intellektual darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan primitiv xususiyatga ega bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lmagan.
Qadimgi Yunoniston va Rim davrida tashkil qilinib, o‘tkazilgan xalq bayramlarida ommaviy bayramlar dramaturgiyasi va rejissurasining elementlari vujudga kelgan. Qadimgi yunonlarda bayram o‘ziga xos mustaqil bo‘sh vaqt va dam olishning bir shakli bo‘lib, hatto doimiy jihatdan ham uzviy, faol mashg‘ulot turiga aylangan. Bizga ma’lumki, “Delfe”, “Pifiy”, “Nemeysk” va “Panfin” o‘yinlari juda ham ommabop bo‘lgan. Lekin bu o‘yinlarning ichida eng mashhuri Olimp o’yinlari bo’lgan. Olimp o’yinlari maxsus qurilgan Olimp shahrida 4 yilda bir marotaba o‘tkazilgan. Lekin turli urushlar oqibatida bu o‘yinlar yo‘q bo’lib ketdi. Olimpiya o‘yinlari 776-yildan to eramizdan avvalgi 394-yilgacha 1000 yil o‘tkazilgan bo‘lsa, XIX asrning oxirida Per de Kuverton tomonidan tiklanib, hozirgi hayotimizning eng go‘zal va nufuzli sport bayramiga aylandi. Yunonistonning ko‘p sonli bayramlari ichida, eng yorqin, har tomonlama tashkil qilingan bog‘dorchilik xudosi Dionisga bag‘ishlangan bayramlar alohida o‘rinni egallaydi. Bu bayramlarda elladaliklar hayotidagi miflar (afsonalar) va real hayot bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu davrdan boshlab, bayramlar tarixiga “tomosha” - (maxsus toshdan qurilgan teatrlardagi tomosha) va “kamaval” – “karrus navalis” – “kema charxpalagi” (Dionisning rang-barang bayramona kelishi) iboralari kirib kelgan D.P.Kallistov o‘zining ilmiy izlanishlarida “Dionis bayramlari oddiy bayram kuni emas, balki bayram qilish kuni bo‘lgan” — deb ta’kidlaydi. Bu bayramlarda turli urf-odat va marosimlar bir-birini to’ldirib, xalq ommasi faol ishtirok etib, har bir qatnashchiga musiqa, sport, xor va dramatik musobaqalarda to’liq, erkin qatnashish huquqi berilgan edi.2
Jan Jak Russo qadimgi Ellada tomosha san’ati tog‘risida shunday deb yozadi: “Butun xalq ommasi oldida, ochiq havoda namoyish etilgan, ajoyib spektakllarda kurashlar, g‘alabalar, mukofotlar, voqealarning ko‘rsatilishi minglab yunonlaming qalbidagi cho’g’ni alangalatib, mardlikka da’vat qilgan”.
Qadimgi Rim Yunoniston bilan qo‘shni bo‘lishiga qaramay, o‘tkaziladigan bayramlar shakli va ko‘rinishi jihatidan, tubdan farq qilgan. Yunoniston bayramlarida Afina fuqarolari faol qatnashishgan bo‘lsa, qadimgi Rim tomoshalarida tomoshabin bilan ishtirokchi ajratilgan. Aynan shu davrdan boshlab “tomosha” so‘zi “bayram” so‘zining sinonimiga aylangan.
Qadimgi Rim imperiyasi tomoshalarida sahna texnikasi ta’sirchan vositalar ancha rivojlandi. Ayniqsa, Rimda qurilgan mashhur Kolizey tomoshagohi hozirgacha insonlarni hayratga solib kelmoqda. Kolizey nafaqat kattaligi, balki harakatga keluvchi arenasi, sahna mexanizmlari orqali arenani ko’lga yoki o‘rmonga aylantira olish kabi jihatlari bilan butun jahonga mashhur.3
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining ham eng qadimgi davrlardan shakllana boshlagan asrlar bo’yi avloddan avlodga o‘tib kamol topib bebaho merosiga aylangan bayramlari ko‘p. Bu bayramlar eng qadimiy davrlarda xalq ommasi ehtiyoji bilan shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan va boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan. O‘zbek xalqi bayramlarini davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan:
a) ibtidoiy davrda vujudga kelgan bayram shakllari (bunga ovchilik o‘yinlari, zoofagik (ya’ni “totem” hisoblangan ayiq, yovvoyi echki, sigir, bu esa ot kabilarga sig‘inish) bayramlar, mehnat o’yinlari, orgaist bayramlari va boshqa bayramlarni kiritish mumkin);
b) O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy (islomgacha bo‘lgan) bayramlar;
d) O‘rta asrlardan inqilobgacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek bayramlari.
Jumladan, O‘zbekistonda tabiat bayramlaridan keng nishonlanganlaridan biri bu — “Navro‘z” bayramidir. Bu bayramlar haqida X-XI asrlarda yashagan buyuk qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgí xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida batafsil to’xtalib, uning mohiyatini ochib, “Navro’zning kelib chiqishi haqida turli afsonalar mavjud, lekin bu masalaga ilmiy yondashilsa, «Navro‘z» ning paydo bo‘lishi har tomonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, kecha va kunduzning vaqt jihatidan barobar bo’lishi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi sabab bo’lgan. «Navro‘z» ning chuqur ildiziga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka o‘tganidan so‘ng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan bahor bayramlariga borib taqaladi” 4
Vaqtlar o’tib bu bayram rivojlanib, unga mos kun aniqlanib “yil boshi” vazifasini o‘tay boshlagan. “Navro‘z” bayramini nishonlash bir oyga cho‘zilgan. Bu haqida Beruniy quyidagicha yozadi: «Keyingi podshohlar bu oy, ya’ni “farvardin” mohning barchasi (kunlarini) ni hayitga aylantirib, ularni oltiga taqsim etadilar. Birinchi besh kun podshohlar uchun, ikkinchisi ulug’ kishilar uchun, uchinchisi podshohlarning g‘ulomlari uchun, to‘rtinchisi xizmatkorlar uchun, beshinchisi xalq ommasi uchun, oltinchisi cho‘ponlar uchun». Islomgacha bo‘lgan “Navro‘zda” gi oddiy xalqqa tegishli bo’lgan odatlar ham diqqatga sazovordir.
Bayram kuni odamlarning bir-biriga shakar va shirinliklar hadya etishi (hayotingiz shirin bo‘lsin degan ma’noda), gullar taqdim etishi (go‘zal bo‘ling ma’nosida), bir-birlariga suv sepishlari (bu yil suv ko‘p bo‘lsin, mo‘l hosil bo’lsin ma’nosida) kabi boshqa bir qator odatlar shakllangan. “Navro‘z” ga tayyorgarlik ko‘rish odatlari orasida bug‘doy yoki arpa donini yog‘och idishda o’stirib, bahor darakchisi sifatida dasturxonning markaziga qo‘yishgan.
“Navro‘z asrlar davomida yanada rivojlanib, ommaviy tus olib, bizning davrimizgacha o‘zining yana yaxshi urf-odatlari bilan yetib keldi. “Navro‘z” da tabiat jonlanibgina qolmay, inson tabiati ham uyg‘onar edi”, - deydi Sadriddin Ayniy.5 Ayniqsa, “Sumalak sayli” “Navro‘z” bayramining eng asosiy an’anasi hisoblanadi. “Sumalak sayli asosan ikki qismdan: Sumalak tayyorlash va sumalakxo‘rlikdan iborat bo’lgan. Sumalakni asosan ayollar tayyorlab, tayyorlash jarayonida o‘yin-kulgi, xursandchilik qilingan. Sumalak sayli qadimdan insonlarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. Tabiat bayramlaridan yana biri “Mehrjon” — kuz mavsumida nishonlanadigan bayramdir. “Mehrjon” so‘zining ma’nosi, birinchisi – “jon sevgisi”, ikkinchisi “quyosh” demak – dir”. “Navro‘z” bahorda kun bilan tunning baravar kelishida nishonlansa, “Mehrjon” — kuzdagi bu holatni nishonlaydigan bayramdir. “Mehrjon” kuni o‘suvchi narsalarning (yetilishi) chegarasiga yetib, o‘sish moddalarining undan uzilishi va hayvonlarning nasllanishdan to‘xtalishi sodir bo‘lgan”.6
Oldingi davr ommaviy tadbirlaridan bizgacha saqlanib qolinib nishonlanib kelinayotgan bayramlardan O‘zbekistonda — «Qurbon hayit», «Ramazon hayit», «Suv sayli», «Gul sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to’yi» kabi bayramlar juda ham ommabopdir. Darhaqiqat, bayram inson hayotidagi shunday ruhiy emotsional kayfiyatini vujudga keltiradiki, bu kun barcha hamma tashvishlarni unutib, shod, xursand, baxtiyor boladi. «Bayram — deb yozadi A.I. Mazayev, — bu ma’lum vaqtdagi ideal hayotdir». Bayramlarning inson hayotida tutgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-psixologik o‘rni juda ham katta. Bayram hamma uchun, bu kuni hamma dam oladi, xursandchilik qiladi.
Qadimdan, insoniyat paydo bo’lgan zamondan boshlab, bayramlar shaxsning hayotdagi muvaffaqiyatlari, orzu-umidi, voqea, hodisalar, mehnatdagi va boshqa sohalardagi yutuqlari, bosib o‘tgan yo’llarini chuqur anglash, g‘alabalardan faxrlanish, ertangi kunga umid bilan yashash, bayram arafasida bir-birini qutlash, kelajak hayot uchun yaxshi istaklar bildirish, ishlariga omad, baxt tilash, o‘zligini, millatini anglash, milliy mafkurasiga ega bo’lishdek g’oyalarni ilgari surgan. Bayramlar vaqt qadriga yetish, uni e’zozlash uchun sharoit yaratadi.
Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmat, ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘ishlashdek vazifalar ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, ssenariychi, rejissyor ishlatilayotgan materiallarning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularning badiiy uslublari yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlaming ijtimoiy-psixologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka o’tib, shaxslarning ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona dam olishdek sharoitni yaratishga turtki bo’ladi.
Stadionlarda, maydonlarda, bog‘larda, ko‘chalarda o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar nafaqat ommaviy xatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki karnavallar, sayillar, festivallarda estetik zavq bag‘ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib. bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi. Bayramlarda insonlar yangi, go‘zal kiyimlar kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashadi, hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Bayram kuni yomonlar yaxshi, xasislar saxiy bo’ladi. Bayramlarning afzalliklari haqida qancha gapirsak oz, u keng xalq ommasini o‘ziga jalb qilib, madaniy, ma’naviy ozuqa berib, hayotimizning barcha jabhalarini keng namoyish qiladi.
Professor E.V.Sokolov bayramlarning ahamiyati haqida quyidagilarni yozadi: «Bayramning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u muhim an’analarni qo‘llab, insoniyat madaniyatining yutuqlarini mustahkamlaydi». Darhaqiqat, bayramlar millatning jamiyatning moddiy va madaniy sohalaridagi eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatib beradi.
Yurtimiz bayramlarida an’anaviy xalq pedagogikasi katta ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi kungacha bu an’analar bizga yetib kelgan. Ayniqsa, insonlardagi bir-birini e’zozlash, kattalarni hurmat qilish, ezgulikka intilish, go‘zallikni asrash, milliy qadriyatlarni qadrlash, ilm-fanga intilish, vatanni sevish kabi chuqur falsafiy g‘oyalar ilgari surilib, tarbiyaning poydevori bo’lib xizmat qilgan. Zamonaviy bayramlarimizda ham ana shu xalq pedagogikasining asosiy o‘gitlari saqlanib qolgan.


Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish