Amaliy grafika va badiiy fotografiya



Download 1,95 Mb.
bet7/32
Sana21.07.2022
Hajmi1,95 Mb.
#831974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Orginal yozma qism 26.06.2022 F.Yuldoshev (2)

Printsip – bu «nazariya, ta’limot, fan va shu kabilarning asosiy qonun-qoidasi» ; «faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun-qoidasi». Printsip – bu amal qilinishi lozim bo’lgan nizomdir.
Badiiy-ommaviy tadbirlar madaniy-ma’rifiy faoliyatning bir qismi bo’lgani sababli ular, eng avvalo, umumiy ideologik printsiplarga bo’ysunadi. Bular quyidagilardan iborat:

  1. G’oyaviylik va xalqchillik printsipi

  2. Ilmiylik printsipi

  3. Hayot, qurilish amaliyoti bilan bog’lanish printsipi

  4. Jangovarlik printsipi

  5. Aholining har xil guruhlarga bo’linib ishlash printsipi

Bu umumideologik printsiplar barcha ideologiya ishini olib boradigan madaniyat va san’at muassasalari faoliyatida, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishda ham bosh nizom rolini bajaradi.
Shu bilan birga, madaniy-ma’rifiy ishlarning jumladan, ommaviy tadbirlarning o’ziga xos printsiplari mavjud. Ular madaniy-ma’rifiy ishlarning mohiyati, hayotda o’ynaydigan roli asosida vujudga keladi. O’z navbatida, bu o’ziga xos printsiplar madaniy-ma’rifiy ishlarning asosiy vazifalarini hamda barcha ish shakllarining tashkil qilish qonuniyatlarini vujudga keltiradi.
Yuqorida qayd etganimizdek, mehnatkashlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish asosan madaniy-ma’rifiy muassasalarning zimmasiga tushadi. Shunday ekan, aholining ishdan xoli vaqtida hayotning muhim daqiqalarini va mehnat yutuqlarini nishonlash hamda ular ehtiyojini qondirish uchun badiiy-ommaviy tadbirlar (turmushning tarkibiy qismi sifatida) uyushtiriladi. Mehnatkashlarning bo’sh vaqtlarida ularning bilimini oshirish, hordiq chiqarishlari uchun dam olish kechalari, biron buyuk sanani yoki mehnat yutug’ini nishonlash uchun bayramlar kabi ko’plab tadbirlar tashkil qilinadi. Bu tadbirlar esa maxsus o’ylab topilmaydi. Ularni mahalliy hayotning o’zi, kishilarning ma’naviy ehtiyoji bevosita taqozo qiladi va shularga binoan tadbirlar tashkil qilinadi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarni g’oyaviy emotsional vositalarsiz aslo tasavvur qilib bo’lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo’lmaganidek, vositalarsiz tadbirni tashkil qilib bo’lmaydi. Agar imorat sement, yog’och, mix, oyna va shunga o’xshash materiallar asosida vujudga kelsa, madaniy-ommaviy tadbirlarni ham o’ziga xos so’z, san’at va texnik vositalarsiz tashkil qilib bo’lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy komponentlari va mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.
Vosita deganda, kishilarning hissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga ta’sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi g’oyaviy-hissiy qurollar, asbob-uskunalarni tushunamiz.
Badiiy-ommaviy tadbirlarda qo’llaniladigan vositalarning doirasi juda keng va ularning soni ko’pdir. Tadbirlarda jonli so’z, matbuot, ko’rgazmali qurollar, adabiyot va san’at, har xil texnik apparatlar kabi vositalardan keng foydalanamiz. Bular esa har qanday tadbirning sermazmun va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Boshida aytib o’tganimizdek, ommaviy tadbirlarga bir necha misollar keltirishimiz mumkin. Masalan:
Konsertlar, mitinglar, turli xil bayramlar, tomosha va sayillar, madaniy tadbirlar bularga misol bo’la oladi. Bayramlar shu qadar ko’p qirrali ijtimoiy-madaniy hodisaki, uning mohiyatini tushunmoq uchun unga har tomonlama va chuqur yondashmoq kerak. Agar bayramlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va undagi o’zgarishlar hamda an’analarning shakllanishini bilmoqchi bo’lsak - tarix; uning hayotda tutgan o’rnini, jamiyat taraqqiyotida o’ynaydigan rolini bilmoqchi bo’lsak - sotsiologiya; ommaga qanday ta’sir etishi va tarbiyaviy jarayonda qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmoqchi bo’lsak - pedagogika; unda san’atning qanday shakllari, vositalaridan foydalanilishini va uning badiiy madaniyat, xalq ijodining rivojiga qanday hissa qo’shishini bilmoqchi bo’lsak — san’atshunoslik nuqtai nazaridan o’rganish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish borasida juda ko‘p hujjatlar ishlab chiqilgan. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2018-yil 15-fevraldagi Farmoniga asosan, madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan yuksaltirish, aholi keng qatlamlari orasida ma’naviy-axloqiy kamolot va sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsad qilib olingan. Mazkur farmonda madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalaming moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ma’naviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ommaviy tadbirlarning mamlakatimiz hududida tashkil etish avvalo, xalqimiz kayfiyatini va ruhiy holatini ko’tarishga qaratilgan bo’ladi. Uning ahamiyati va ijobiy ta’siri o’z samarasini berib kishilarimiz qalbida yurtga bo’lgan mehr hissi yanada oshadi. Bu esa mamlakatimiz ravnaqi uchun har doim chin dildan mehnat qiladigan insonlarning ko’payishiga turtki bo’ladi.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish