Amaliy mashg`ulot – 11 Mavzu: Absorbtsiya jarayonini avtomatlashtirish Ishdan maqsad



Download 337,47 Kb.
Sana27.06.2021
Hajmi337,47 Kb.
#102599
Bog'liq
11-амалий ТЖА


Amaliy mashg`ulot – 11

Mavzu: Absorbtsiya jarayonini avtomatlashtirish

Ishdan maqsad: Absorbtsiya jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini tuzish hamda jarayonda nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.

Qisqacha naariy ma`lumot

Absorbsiya suyuq yutkich gazni yutadi. Absorbsiya jarayoni sxematik tarzda rasmda ko`rsatilgan. Absorberga kelayotgan gaz kirish eritkichi – absorbent tomonidan yutiladi. Tayyor mahsulot hisoblangan chiqish eritmasi Mchiq absorberdan ishlab chiqarishga tanlab olinadi.

Absorberlarni avtomatlashtirishda chiquvchi eritma konsentratsiyasini, sath va bosimini rostlashni ta`minlash talab qilinadi.

Absorber avtomatlashtirish obyekti sifatida xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan tavsiflanadi. Bu shu bilan izohlanadiki, jarayonda suyuqlikning butun hajmi ishtirok etadi. Absorbsiya jarayonlanlari modellarini soddalashtirish maqsadida ular approksimatsiyasi o`tkaziladi, ya`ni ular odatdagi dinamik bo`g`inlar ko`rinishida tarkibiy ifodalanadi. Bu holda absorbsiya jarayoni sof kechikuvchi ikkinchi tartibli nodavriy bo`g`in bilan tavsiflanadi. Absorberlarning o`lchamlari katta bo`lgani uchun ular “absorbent sarfi – chiqish eritmasi konsentratsiyasi” kanali bo`yicha katta inertsionligi va kechikish vaqtlari bilan ifodalanadi.



1-rasm. Absorberni avtoatlashtirish sxemasi

Absorberni avtomatlashtirish sxemasi uchun absorberdagi eritma sathini va gaz bosimini avtomatik rostlash yuqorida qarab chiqilgan sxemalarga ko`ra amalga oshiriladi.

Chiqish eritmasi konsentratsiyasi rostlash uchun ular konsentratsiya datchigi 1-1 bilan o`lchanadi, undan chiqqan signal rostlashning izodrom qonuni bilan ko`rsatuvchi va o`zi yozar asbob 1-2 ga keladi. Rostlovchi ta`sir masofadan turib boshqarish 1-3 paneli orqali absorberga absorbentni uzatish ijrochi mexanizm 1-4 vositasida o`zgartiradi.

Neftdan ajratib olingan gazlarni tozalash texnologik tizimi.

Jarayonni amalga oshirishdan maqsad - gazni navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash, undan H2S va karbonat angidridni ajratish. Gazni tozalashda absorbtsion va adsorbtsion usullar qo`llaniladi. Absorbtsion usulda asosan kimyoviy absorbtsiya jarayoni amalga oshirilib, gaz tarkibidagi H2S va SO2 moddalar turli kimyoviy brikmalar holida ajratib olinadi. Adsortsion usulda tozalash esa asosan aktiv ko`mir va sintetik tseolit vositasida amalga oshiriladi.

Absorbtsion usulda gaz tarkibidagi H2S ning 99% (massa) gacha, adsorbtsion usulda esa 98% (massa) gacha ajratib olinishi ta`minlanishi mumkin. Absorbtsion usulda H2S bilan bir vaqtda SO2 ham ajratib olinadi.

Ushbu mavzuda gazni monoetanolamin eritmasi vositasida absorbtsion tozalash texnologik tizimi ko`rib chiqiladi. Bu tizim bo`yicha jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Gaz K-1 absorberning pastki qismidan beriladi va kolonna yuqorisidan berilayotgan 15% li monoetanolamin bilan kontaktda bo`lib, absorbtsiya jarayoni amalga oshiriladi.


2-rasm. Gazni tozalash texnologik tizimi.

I – tozalashga berilayotgan gaz; II – tozalangan gaz; III – uglevodorod kondensati; IV – H2S; V – etanolamin eritmasi; VI – bug’; VII – suv.
Tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilsa H2S ga tuyingan suyuqlik fazasi kolonna pastidan chiqariladi. Ushbu suyuqlik past bosimli S-1 separatorga berilib, unda suyuqlikga yutilgan uglevodorod gazlari va gaz kondensati ajratiladi. Suyuq faza separatordan T-1 va T-2 isitgichlar orqali K-2 desorberga uzatiladi va unda suyuqlik tarkibida yutilgan H2S va SO2 ajratiladi. Tozalangan suyuq faza T-1 isitgich va X-1 sovitgich orqali o`tib, zarur temperaturagacha sovitiladi va E-1 sig’imga, undan esa absorberga uzatiladi. Desorber yuqorisidan chiqarilgan H2S gazi va suv bug’lari XK-1 sovitgich-kondensator orqali o`tib E-2 sig’imga yig’iladi va undan H2S gaz holida chiqarilib, suv bug’lari kondensati esa desorberga qaytariladi.

Texnologik rejim.

Temperatura:

Absorberda - 35-400 S



Desorberda - 115-1300 S

Mashg`ulot topshirig`i:

  1. Absorbtsiya jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.

  2. Absorbtsiya jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini qurish.

Download 337,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish