Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish rejasi



Download 136,56 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi136,56 Kb.
#782081
Bog'liq
4 - Amaliy mashg'ulot (Issiq suv ta’minoti tizimi uchun suv bosimini ko‘tarish nasoslarini tanlash)


Amaliy mashg‘ulot №4
Mavzusi: Issiq suv ta’minoti tizimi uchun suv bosimini ko‘tarish nasoslarini tanlash. Suv isitgichlarni isitish yuzasining
sxemasini tanlash va hisobi.Hisobiy tartiblar. Suv isitgichlarni isitish yuzasining sxemasini tanlash va hisobi.Hisobiy tartiblar.
Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish rejasi:
1. Issiq suv ta’minoti tizimi uchun suv bosimini ko‘tarish nasoslarini tanlash metodikasini talabalarga misolda ko‘rsatib berish.
2. Suv isitgichlarini isitish yuzasining sxemasini tanlash metodikasini talabalarga misolda ko‘rsatib berish.
3. Mavzuga oid masalalarni talabalarga mustaqil ishlashga xavola etish.
4. Talabalar bilimini baxolash.
Suv bosimini oshirish nasoslari bor tizimlar, ichki suv ta’minoti tarmoqlariga shahar suv ta’minoti tarmoqlaridagi bosim yetarli bo‘lmaganida, qo‘llaniladi ( ).

9-rasm. Suv bosimini oshirish nasoslari bor tizimlar
1-suv kiritish yeri; 2-suv o‘lchagich; 3-magistral
lar; 5-xonadonlardagi tarmoqlar; 6-suv olish jihozlari; 7-teskari klapan; 12-markazdan qochma nasos.
Bunday tizimni qo‘llash iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emas, chunki bino ichidagi suv istemoli bir marromda emas, buning oqibatida bino vodoprovotida ortiqcha bosim paydo bo‘lib, ichki binodagi armaturalarni ishdan chiqarishga olib kelishi mumkin.
Bu tizim, kam foydali ish koeffitsientiga egadir.
Bosimni oshiradigan hajmlari va nasoslari bo‘lgan aralash tizim tarmoqdagi bosim ichki vodoprovotda bosimni ta’minlab bera olmaganda va tizimdagi nasoslardan berayotgan vaqtda ishlatish tavsiya etiladi.

10-rasm. Bosimni oshiradigan hajmlari va nasoslari bo‘lgan aralash tizim
1-suv kiritish yeri; 2-suv o‘lchagich ;
Bunday tizimda tarmoqdan foydalanayotgan istemolchilari bir tekkis suv istemol qilmagan vaqtlarida keng qo‘llaniladi.
Binodagi suv saqlash xajmlari keng o‘lchamlari nasos uskunalarini qo‘l yordamida yoki avtomatik ravishda ishga tushirishga bog‘liqdir.
Tarmoqdagi nasos jixozlarini avtomatik ravishda ishga tushirish suv saqlash xajmlarini o‘lchamlarini optimal holatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda bunday tizimlar kommunal xo‘jalikda keng ravishda qo‘llanilmoqda.
Hisoblanadigan suv tizimlaridagi umumiy kunlik suv sarfi suv iste’molchilari toifasi va soniga qarab aniqlanadi.Ko‘pincha suv ta’minoti ob’ektlarida bitta suv ta’minoti tizimi quriladi, ular turar-joylarga va ma’muriy binolarga xo‘jalik-ichimlik; sanoat korxonalari ishchilariga xo‘jalik-ichimlik va sanitariya ehtiyojlari uchun; texnologik jarayon (ichimlik suv talab qiladigan sanoat korxonalari) uchun suv uzatadi. Ba’zi bir korxonalarga texnologik jarayon uchun tozalanmagan suvni yuborish mumkin.
Umumiy suv ta’minoti tizimi tanlanganda, ular aholi va sanoat korxonalariga ichimlik suv yetkazib berish bilan birga ko‘katlarni sug‘orish, yo‘lkalarga suv sepish, shahar va sanoat korxonalaridagi yong‘inni o‘chirish uchun ham suv bilan ta’minlay olishini e’tiborga olish lozim. Ma’lum sharoitlarda shaharda joylashgan sanoat korxonalarining suv sifatiga qo‘yadigan talablariga ko‘ra, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan bir nechta suv ta’minoti tizimi qurilishi mumkin. Shunday qilib, xo‘jalik-ichimlik va maishiy-ichimlikka sarflanadigan umumiy o‘rtacha kunlik suv miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Q= (q1 + q2)•N/1000
bu yerda q1va q2— solishtirma suv iste’moli, l/kun;
N — obodonlashtirish darajasi har xil turar-joydagi aholi soni. Suv ta’minoti tizimida kunlik o‘rtacha suv sarfi to‘g‘risidagi ma’lumot etarli emas, chunki suv ta’minoti tizimi aholini har xil sharoitda suv bilan ta’minlashi shart. Shaharda yil davomida har kuni sarflanadigan suv miqdorining o‘rtacha suv sarfini aniqlash uchun bir kunlik suv iste’molining notekislik koeffitsientini Q= kun bilish kerak. Suv iste’molining bir kundagi notekis koeffitsienti aholi turmush sharoitini, sanoat korxonalarining ish rejasini, binolarning obodonlik darajasini, yil davomida, fasl va hafta davomida suv iste’molining o‘zgarishini inobatga oluvchi koeffitsientdir, bu qiymat KMK—204.02.97 dan. Q kun.maks. = 1.1—1.3; Qkun min. = 0.7—0.9 qiymatlarga teng.
Bir kecha-kunduzdagi maksimal suv sarfi va minimal suv sarfi quyidagi ifodada aniqlanadi:
Qkun o‘rt= Qkun mak • Qkun min, m3/kun;

Bir soatlik hisobli suv sarfi quyidagi ifodada aniqlanadi


Qsoatmax=ksoatmax* Qkunmax/24
Qsoatmin=ksoatmin *Qkunmin/24
bu yerda : Ksoat maks., Ksoat min. — bir soatdagi maksimal va minimal suv iste’mol qilishning notekis koeffitsienti.
Bir soatdagi suv iste’molining notekis koeffitsienti quyidagi ifodada aniqlanadi:
ksoatmaxmaxmax
ksoatminminmin
Bu yerda α- binolarni obodonchilik darajasini boshqa erli sharoitlarini hisobga oluvchi koeffitsient. αmax=1.1÷1.4 ; αmin=0.4÷0.6
βaholi maskanida aholi sonidan hisobga oluvchi koeffitsient bo‘lib jadvaldan olinadi. (β koeffitsientining qiymati QMQ 2.04.02-97 bo‘yicha olinadi).
Hisobiy uchastkalardan oqib o‘tayotgan suv sarfi:
qi=5q0 l/sek
bu yerda qi- hisobiy uchastkalardan oqib o‘tayotgan suvning maksimal miqdori. - uchastkalardagi jixozlar soniga va ularning ishlash ehtimolidan kelib chiqib jadvaldan olinadigan kattalik. q0-birsanitar-texnikjixozga to‘g‘rikelayotgan va jadvallardan olinadigan suv sarfi. l/sek
Bino uchun umumiy suv sarfi hisobiy uchastkalar bo‘yicha suv sarflari algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladi va bu kattalik suv sarfini o‘lchash asbobidan o‘tayotgan suv miqdoriga teng.
qumum=
Hisobiy uchastkalardagi truboprovod diametri analitik usul bo‘yicha quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi.
mm
bu yerda : Vi- Hisobiy uchastkalarda oqayotgan suvning optimal tezligi 0,92,5 m/s, bo‘lib, magistrallarda va stoeklarda 1,52,0 m/s, jihozlarga ulanuvchi trubalarda 2,5 m/s gacha olinadi. Eng optimal tezlik 0,91,5 m/s oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
Diametr tanlashda qulay bo‘lgani uchun ko‘pincha jadvallardan foydalaniladi. Jadvallarda suv sarfi, optimal tezlik, 1 m truba uzunligiga to‘g‘ri keladigan solishtirma bosim miqdori va truba diametri oralaridagi bog‘lanish ko‘rsatilgan bo‘lib, suv sarfi va tezlik orqali diametr tanlanadi.
Ma’lumki suv ta’minoti tizimida bo‘lishi kerak bo‘lgan bosim quyidagicha aniqlanadi:
[m]
Bu yerda : - eng yuqori joylashgan jihozning geodezik balandligi, , -quvur ulanishi mumkin bo‘lgan joydan erning sathigacha bo‘lgan masofa; -er sathidan birinchi qavat poligacha;
- uchastkalarda truba uzunligi bo‘lib yo’qolgan bosim miqdori algebrik yig‘indisi,12-jadvaldan olinadi. .
-joylarda yo’qolgan bosim miqdori algebrik yig‘indisi, ;
-
H - o‘lchash asbobida (vodomer) yo’qalayotgan bosim miqdori, s-vodomer qarshiligi diametriga qarab olamiz; ;
D=15 bo‘lsa, S=14,4
D=20 bo‘lsa, S=5,1
D=32 bo‘lsa, S=1,3
D=40 bo‘lsa, S=0,32
D=50 bo‘lsa, S=0,026
-12-jadvaldan sanitar – texnik jihozlar turiga qarab olinadigan qo‘shimcha
Kurs ishini bajarishda Him va Hil larning qiymatini jadvaldan olish mumkin va Hil=0,3 deb olinadi.
Suv sarfini o‘lchash asbobida (vodomer) yo‘qolayotgan bosim miqdori:
Hvod=Sq2
bu yerda : S-vodomer qarshiligi, m s2/l2, jadvaldan olinadi.
q-bino uchun suv sarfi, l/s
4-tenglama bo‘yicha aniqlangan bosim (N) miqdori va berilgan mavjud bosim (Nsv) O‘zaro taqqoslanadi:
N=Nsv
Agar N>Nsv bo‘lsa nasos tanlash kerak bo‘ladi. Bunda
Hnas=N-Nsv
nasos markasi jadvaldan olinadi va suv ta’minoti aksonometriyasiga o‘zgartirish kiritiladi.
Suv ta’minoti tarmoqlari gidravlik hisobi natijalari jadval shaklida keltiriladi.
Suv ta’minlash tizimi loyihalanganda, avvalambor, iste’molchilarga qancha va qanday sifatda suv berish zarurligi aniqlanadi. Iste’molchilarning turiga ko‘ra, suv har xil miqdorda va sifatda uzatiladi. Iste’molchilarni asosan uchta turkumga bo‘lish mumkin.
1)Aholining ichadigan maishiy-xo‘jalik ehtiyoji uchun sarflanadigan suvlar (ichish, ovqat tayyorlash, yuvinish, kir yuvish, turar-joylar tozaligini saqlash, shahar va aholi turar-joylari obodonchiligini saqlash, ko‘chalarga suv sepish, ko‘katlarni sug‘orish, favvoralar uchun suv va h.k.).
2)Sanoat korxonalarida texnologik jarayon uchun sarflanadigan suv (bug‘ hosil qilish, sovitish, mahsulotlarni yuvish, turli mahsulotlarga ishlov berish va boshqalar).
3)Yong‘inni o‘chirish uchun sarflanadigan suv.
Bundan tashqari, suv ta’minoti tizimining o‘z ehtiyojlariga sarflanadi (filtrlarni yuvish, suv tarmoqlarini va suv tortib oluvchi inshootlarni yuvish va boshqalar).
Suvning sifatiga qo‘yiladigan talablar iste’molchining suvni ishlatish maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Misol uchun, aholi ichishi uchun sarflanadigan suvlar, avvalambor, sanitariya-gigiena talablariga to‘la javob berishi kerak. Suvda insonlar sog‘ligiga zarar keltiradigan, kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bo‘lmasligi, tiniq va hidsiz hamda ta’mi yaxshi bo‘lishi kerak.
Har xil sanoat korxonalari suv sifatiga turlicha talablar qo‘yadi. Suv sifati korxonalarning turlariga va qaysi texnologik jarayonga ishlatilishiga bog‘liqdir.
Masala: Issiqlik almashinuv apparatida bosimi 4,75 bar bo‘lgan quruqto‘yinganbug‘quvurning tashqi sirtida kondensatsiyalanadi. Quvurda oqayotgan suv T21=293 K dan T211=343K temperaturagacha isiydi. Temperaturalarning o‘rtacha logarifmik farqini aniqlang.
J:t = 376,5 grad.


Masala:Xavo isitgichda xavo 293 K dan 453 K gacha isiydi. SHu vaqtda issiq gazlar 673 K dan 473 K gacha soviydi. To‘g‘ri va qarshioqimlar uchun temperaturalarning o‘rtacha logarifmik farqini aniqlang.
J:TT = 122 grad; Tq = 198 grad.
Download 136,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish