(Acanthophyllum gypsophiloides) o’simligini biologik tasnifi.
I.1 Acanthophyllum gypsophiloides o’simligi botanik tasnifi va geografik tarqalishi. Bu oila vakillari bir yillik, ko`p yillik chala buta o`simlikdir. Ularning poyalari silindir, bo`g`imli soxta dixotomik shoxlangan bo`ladi. Barglari oddiy va qarama-qarshi joylashgan, yonbargsiz, ba`zan pardasimon yonbarglidir. Ularning gullari to`g`ri, rangli yakka-yakka bo`lib yoki dixaziy to`pgulda joylashgan. Ko`pincha 2 jinsli, gulqo`rg`onli, odatda beshlik tipda tuzilgan, 5 doirali. Gulqo`rg`oni kosachabarg va tojibarglarga ajralgan, ba`zan oddiy gulqo`rg`onli. Gulqo`rg`on bargchalari 5 tadan. Kosachabarglari qo`shilib o`sgan yoki erkin, 4-5 tishli.Tojbarglari 4-5 ta, kosachaning tishlari bilan navbatlashib joylashgan. Otaligi 5-10 ta 10 ta bo`lganda tashqi doiradagi otaliklar tojbarglarning qarshisida joylashadi. Onaligi 1 ta, 2, 3, 5, 4 mevabargli. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi ko`sakcha yoki yong`oqcha, ba`zan quruq rezavor-meva bo`ladi. Urug`lari perspermli. Ko`sakchasi uchidagi tishchalaridan ochiladi. Vegetativ organlarida xususan yer ostki qismida saponinlarning bo`lishi bu oila vakillari uchun xarakterli xususiyatidir. Bu oila 80 avlod va 20000 ga yaqin turdan tashkil topgan bo`lib yer sharining hamma qismida, ko`proq shimoliy yarim sharda, O`rta dengiz oblastlarida Avstraliya va Afrikada ko`p tarqalgan. O`zbekiston florasida 24 avlodi va 130 turi yovvoyi holda o`sadi. Yetmak (bex) – Acanthophyllum gypsophiloides Regel. Caryophyllaceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi kuchli shoxlangan, qisqa tuklangan yoki silliq. Poyalarining ko‘p sonli shoxlanishi tufayli o‘simlik sharsimon shaklga ega, balandligi va diametri deyarli bir xil 70-80 sm ga yetadi. Barglari qarama-qarshi bo‘lib, uzunligi 3 sm gacha va eni 0,5 sm gacha, tekis, deyarli chiziqli yoki chiziqli-lansetsimon, uchi o‘tkirlashgan. Gulyonbarglar qarama-qarshi, bigizsimon, silliq, kosachabarglardan 2-3 baravar kaltaroq. Gullari poyalar va novdalarning uchki qismida bo‘sh, ayrisimon-shoxlangan, keng ro‘vak to‘pgullarda joylashgan. To‘pgulning har bir ayri qismidagi o‘rta gullari deyarli o‘troq, qolgan 2 tasi uzun ipsimon gulbandli. Kosachabarglari besh bargli, silindrsimon, silliq, uzunligi 2 mm ga yaqin; 5 ta pushti gultojibarglardan iborat, tugunchasi bir uyali, changchilari 10 ta. Mevasi – yaxshi ochilmaydigan, pardasimon, 1-2 urug‘li kosachabarglari saqlangan ko‘sakdan iborat. Urug‘lari och jigarrang, deyarli sharsimon, yon tomonlaridan biroz yassilangan, avgust oyining boshlarida pishadi, ammo kuzgacha to‘kilmaydi. Ildizi o‘q ildiz, ba’zan urchuqsimon, bo‘ralgan, uzunligi 2 m gacha va undan ortiq, vazni 12 kg gacha. O‘q ildizidan bir nechta marta shoxlangan yon ildizlar tarqaladi. Yetmak ildizlari qazib olingandan keyin qayta tiklanish qobiliyatiga ega emas, shuning uchun xom ashyo yig‘ilgandan so‘ng bu o‘simlikning tabiiy zich o‘sish maydonlari qayta tiklanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |