‘’amaliy matematika’’ fakulteti “iqtisodiyot ‘’kafedrasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#559505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“FALSAFA’’

Ong va miya. 
Ong inson miyasi bilan bog‘liqdir. Ong miyasiz bo‘lmaydi. Lekin ong miyaning 
qaysi jihati bilan bog‘liq? Miyaning og‘irligigami, miya va tana og‘irligining nisbatigami, 
miyaning hajmigami? 
Ong miyaning og‘irligiga bog‘liq emasligini mutafakkirlar allaqachon aniqlashgan. Ong miya 
og‘irligining tana og‘irligi nisbatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Masalan: Kit miyasining og‘irligi 
tana og‘irligidan 500 marta kam, arslonniki 150 marta kam. Bundan arslon kitga nisbatan ongli 
degan fikr kelib chiqmaydi. Inson miyasining og‘irligi tana og‘irligiga nisbatan 60-65 marta kam. 
Shimpanze miyasining hajmi 400 sm3, avstralopitekniki 600 sm3, pitekantropniki 850 sm3, 
neandertalniki 1100 sm3, hozirgi odamlarniki 1400 sm3 tashkil qiladi. Inson ongi qisman miya 
hajmiga ham bog‘liq emas. 
Inson miyasi nozik, murakkab tuzilishga ega bo‘lgan tizimdir. Aynan uning murakkabligi ong 
paydo bo‘lishi mumkinligining asosiy shartidir. Bunday holat ham uzoq davom etgan 
evolutsiyaning tabiiy hosilasidir. 
Ammo yuksak darajada tashkil topgan miyaning o‘zi ham hali ong paydo bo‘lishi uchun yetarli 
emasligini unutmaslik lozim. Bu miya normal funksional faoliyat ko‘rsatishi zarur. Va nihoyat, 
normal funksional faoliyat ko‘rsatuvchi miya sohibi ijtimoiy munosabatlargatortilgan bo‘lishi 
shart. 
Shu o‘rinda vulgar materialistlar qarashlariga yana bir marta murojaat qilish lozim. Agar ular haq 
bo‘lganida edi, hayvonot olamiga tushib qolgan inson bolalarida ham ong shakllangan bo‘lishi 
kerak edi. Ular hayvonlar orasida bo‘lganida ham jigar safro ishlab chiqaraveradi. Ammo, miya 
ongni ishlab chiqarmaydi. 
Bundan ongning ijtimoiy-ruhiy hodisa ekanligi va u faqat jamiyatdagina shakllanishi mumkinligi 
haqidagi xulosa kelib chiqadi. 
Ong va ruhiyat (psixika). 
Ong psixik in’ikosning o‘ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu 
psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo‘la olmaydi. Negaki, psixika 
hayvonlarga ham xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u «ong» tushunchasiga 
nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. 
Z.Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o‘zidan iborat uch 


qatlamdan tashkil topgan. Inson hayoti va faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti 
hodisalari ham muhim ahamiyatga ega. 
Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko‘plab funksiyalar 
ong nazorati ostidan chiqib avtomatik xarakter kasb etishi bilan xarakterlanadi. Aytaylik, birinchi 
marta mashinaga o‘tirganimizda, birinchi marta surat olayotganimizda deyarli barcha 
harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan esa ko‘pgina harakatlarni 
ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma-xil 
sohalari, yo‘nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya’ni qayta faoliyatni o‘z 
nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi. Xatti- harakatlarning ongsizlik sohasiga ko‘chishi 
bir tomondan ong 
«yuki»ning yengillashishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongningasosiy kuchi, quvvati, 
«diqqati»ni, inson hayoti uchun muhim bo‘lgan harakat, jarayonlarga qaratilishiga imkoniyat 
yaratadi. 
Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuitsiya kabi 
hodisalar ham kiradi. Ana shu xususiyatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, ongsizlik ong mavjudligi 
va rivojlanishining tabiiy sharti deyish mumkin. Ong osti hodisalari ham psixik jarayonlarning 
muhim bo‘g‘inidir. Z.Freyd fikricha, ular ongsizlikbilan ong o‘rtasidagi chegaraviy sohadir. 
«Gap tagida gap bor, kosa tagida nim kosa» naqlida ong ostiga xos bo‘lgan xususiyatlar 
ifodalangan, deyish mumkin. Negaki, har qanday faoliyatimizda ayni vaqtda biz uchun ahamiyati 
bo‘lmagan holatlar bo‘ladi. 
Ammo, bu ular kuzatishdan, nazoratdan chetda qoladi, degani emas. Biz uchun ahamiyatli 
xarakter kasb etganda, ular ong ostidan ong sferasiga ko‘chishi mumkin. Masalan, biror joyga 
borayotganda, asosan, maqsadga tomon harakat qilinadi, ammo yo‘lda uchragan boshqa narsa va 
hodisalar ham kuzatiladi, esda qoladi. Ana shulardan kelib chiqqan holda, ong osti inson ongli 
faoliyatining o‘ziga xos kuzatuvchisi, zarur bo‘lgan hollarda senzori sifatida chiqishdek sifatlarga 
ega, deyish mumkin. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish