Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


 Statistika nimani o‘rgatadi?



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
1.2. Statistika nimani o‘rgatadi? 
Statistika deganda nimani tushunamiz? Statistika nimani bildiradi yoki
o‘rgatadi? Statistika bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‘p


15 
uchratamiz. Javoblar bundan ham ko‘p. Ularni ayrimlarini o‘qingda: Korreyl
“Statistika bu koreta, u seni buyurgan tomonga olib boradi”; Ter-“Statistika sen 
bilmagan narsa to‘g‘risida aniq ma’lumot berish san’atidir”; Shletsar-“Statistika 
bu turib qolgan tarix, tarix bu kunlik statistikadir”; Djini-“Statistika-bu faqat
to‘liq induksiyani emas, hamda to‘liqsiz induksiyani xudosidir”; Napolen-
“Statistika buyumlar byudjeti, aniqrog‘i buyumlar katalogi, unga hamma yangidan 
paydo bo‘lgan narsalar kiritilishi, yo‘qoladiganlari va yo‘qolganlari o‘chirilishi
kerak”. Statistika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori, amaliy faoliyat,
ijtimoiy fan, metod va h.k. tushuniladi. Random Xouse Sollege lug‘ati statistikani 
“yig‘ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin qilish bilan 
shug‘ullanadigan fan“ sifatini belgilaydi. Statistika bu ma’lumotlar to‘g‘risidagi 
fan degan fikrlar ham mavjud. Masalan, “Statistika–bu ma’lumotlar to‘g‘risidagi 
fandir. U raqamli ma’lumotlarni to‘plash, tasniflash, umumlashtirish, 
tizimlashtirish, tahlil qilish, tadqiqot va talqin qilishni o‘z ichiga oladi” deb yozadi 
2013-yilda chop etilgan “STATISTUCS” kitobining mualliflari James T. McClave, 
Terry Sincich. 
Statistikani tadqiqot metodi deb hisoblovchilar ham yetarli. Masalan, D. 
Bernonvulle fikricha statistika hodisalarni miqdoriy tomondan o‘rganishni maqsad 
qilgan metodlar yig‘indisidir. Fransuz olimi R. Dyuma turli instrumentlar (slesarni 
kalitlari; oshpazni pichoq va kapkirlari; vrachni skateri, to‘qimachini qaychi va 
ignasi) fan bo‘la olmaganidek statistika ham fan yoki o‘rganish va ifodalash 
vositasidir deb hisoblaydi.
Statistikani metod sifatida tan oluvchi olimlardan yana biri Amerikalik 
iqtisodchi Frederix Milssdir. U hatto chop qilgan kitobini nomini hammaga 
o‘xshab statistika demasdan, statistik metodlar deb atagan. O‘sha kitobning 9-
betida “Statistika boshqaruvda va fanda keng qo‘llaniladigan samarali metod” deb 
yozadi muallif.
Statistikani qo‘llanilish obyekti bo‘yicha ham turli fikrlar mavjud. Masalan, 
keyingi yuz yilda statistikani ijtimoiy fan (hatto partiyaviy fan) ekanligini 
isbotlovchilar ko‘payib ketdi. Lekin, jonsiz tabiat fanlari – fizika, ximiya,


16 
astranomiya, geologiya, metrologiya; tirik jonli tabiat fanlari - biologiya, botanika, 
zoologiya; inson haqidagi fanlar - psixologiya, antropologiya; tibbiyot fanlari –
patanatomiya, kardiologiya, onkologiya; kosmanavtika va nanotexnologiya 
fanlarida statistik metodlar keng qo‘llanilishini hamma yaxshi biladi.
Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda statistikaga berilgan ta’riflar soni 1700 
dan oshiq emish. Hozirgi zamonda qo‘llanilmaydigan tarmoq, yoki soha yo‘q. 
Bundan tashqari iqtisodchilar bilan bir qatorda ushbu so‘zni vrachlar, jurnalistlar, 
teleradio boshlovchilar va boshqalar o‘z faoliyatida juda ko‘p ishlatishadi. Bir
tomondan, biz statistiklar uchun statistika so‘zini ishlatilishi yoqimli va xursand 
bo‘lamiz, ikkinchi tomondan bu so‘zni noo‘rin ishlatilishi biz mutaxassislarni
ranjitadi. Shu o‘rinda ko‘pchilikni statistika bilan informotsiyani farqiga 
bormasligiga to‘xtalmoqchimiz. Masalan, jurnalistlar tushunib tushunmasdan
qayerda ikkita raqamni ko‘rsa uni statistika deb tushunishadi. Futbol o‘yinini 
olaylik, Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” futbol komandalari o‘yini 4-
5 hisobida tugadi. Jurnalistlar ikki komandani yoki Ispaniyaning boshqa futbol 
komandalarini (masalan, 14 turdagi 26-dekabr 2011-yil) o‘zaro o‘yinlari 
natijalarini o‘quvchiga yetkazishi bu statistika emish.
Bizni fikrimizcha aniq o‘yin yoki futbol turi haqida ma’lumot
informatsiya hisoblanadi. Agarda jurnalist bizni aniq o‘yin yoki tur statistikasi 
bilan tanishtirmoqchi bo‘lsa (jurnalistni qo‘lidan bu ish qilishi qiyin bo‘lsa kerak), 
u birinchidan aniq o‘yin bilan futbol turini farqiga borishi kerak, ikkinchidan 
aniq o‘yin yoki tur bo‘yicha u eng bo‘lmaganda quyidagi ma’lumotlarni
o‘quvchiga yetkazishi kerak. Birinchidan, darvozalarga kiritilgan 9 ta to‘pni
kimlar va qaysi daqiqada kiritdi. Gol kiritganlarni ismi sharifi yoki laqabi
yoziladi. Ma’lumki, jahon futbol qiroli bo‘lmish Pelening ismi sharifi boshqa. 
Gol urilgan daqiqani ko‘rsatilishi muhim ahamiyatga ega. Ko‘p yillik futbol 
statistikasidan ma’lumki, tezkor gol (gollar birinchi 20 daqiqagacha urilgan) 
asosan o‘yin taqdirini hal qilgan. Demak, komandalarning tezkor gol urushga 
jon-jahdlari bilan harakat qilishi bekorga emas. Darvozalarga kiritilgan 9 ta
goldan qanchasi birinchi va ikkinchi taymlarda kiritilgan. Odatda ikkinchi 


17 
taymda gollar ko‘proq kiritiladi. Taym yoki o‘yinga qo‘shimcha belgilangan 
vaqtda kiritilgan gollarni bilish ham muhim. Bundan so‘ng, kiritilgan gollardan (9 
ta) har biri qaysi holatda kiritildi degan savolga javob berish kerak. Bizni
misolimizda 3(33%) ta gol standart vaziyatlardan (jarima, burchak, o‘n bir 
metrdan) 67% esa o‘yindan kiritilgan, 5(56%) golni hujumchilar, 2(22%)-yarim 
himoyachilar, 1(11%)-himoyachilar, 1(11%)-o‘z komandasi darvozasiga (avtogol) 
kiritgan. Kiritilgan gollardan qanchasi o‘yinchilarni (ayniqsa himoyachilar) aybi
bilan qanchasi darvozabonni aybi bilan o‘tkazib yuborildi. Bizni misolimizda 
89% gol o‘yinchilarni, 11% gol esa darvozabonlarni aybi bilan o‘tkazib yuborildi. 
Endi gollarni o‘tkazib yuborish sabablari statistikasini keltiramiz. Birinchi sabab
bu to‘pni o‘zida ushlab turishi bo‘lishi mumkin. Bizni misolimizda bu ko‘rsatkich 
40% ga 60% nisbatda bo‘lgan. Demak, ikki komandani o‘yinida sarflangan 
vaqtni undan oltisida Barselona komandasi futbolchilari to‘pni o‘zida ushlab
tura olgan. Bu ko‘rsatkich futbolda juda muhim rol o‘ynamasada, futbolchilardan
ter to‘kib mehnat qilish va yuqori futbol texnikasiga ega bo‘lishni talab qiladi. 
Futbol statistikasi tarixidan ma’lumki 80%-20% nisbatda o‘ynab, lekin yutqazib 
qo‘ygan komanda ham mavjud. Bunday o‘ta omadsizlik, ming afsuski uchrab 
turadi. Ikkinchidan, o‘yinchilarni ter to‘kib ishlashlarini bilish uchun (futbol
tilida bu qancha foizga ishlash deyiladi) ularni o‘yin davomida qancha 
masofaga yugurganlarini keltirish zarur. Hozirgi texnika zamonida bu ko‘rsatkich 
qiyinchiliksiz aniqlaniladi. O‘yinda qatnashga har bir futbolchini bosib o‘tgan 
masofasini 
(Masalan, 
L.Messi-9800 
metr, 
Kaka-9670 
metr 
va 
h.k.) 
aniqlaganimizdan so‘ng komanda bo‘yicha bosib o‘tilgan masofa va o‘rtacha
ko‘rsatkich aniqlaniladi. Masalan, “Barselona” komandasini barcha futbolchilari 
(o‘yinda qatnashganlari) o‘yin davomida (bizni misolimizda 97 daqiqa) 86127 
“Real” komandasi -72811 metr masofaga yugurgan. Har bir futbolchini o‘rtacha
bosib o‘tgan masofasini aniqlash uchun yuqorida keltirilgan raqamlarni 10 ga
bo‘linadi. Demak, Barselonada har bir futbolchi o‘rtacha 8612,7, Real-7281,1 
metrga yugurgan. O‘quvchida nega 10 ga bo‘lindi degan savol paydo bo‘lishi 
mumkin. Ma’lumki, darvozabonni vazifasi yugurish emas, to‘pni o‘tkazib


18 
yubormaslik. Shu munosabat bilan 10 ga bo‘lindi. Agar siz 11 ga bo‘lsangiz ham 
xato qilmaysiz. Demak Barselona komandasi futbolchilar o‘z raqiblariga
nisbatan o‘rtacha 1332 metrga ko‘p yugurganlar. Uchinchidan, o‘yinchilarni bir-
birlariga to‘pni oshirishlar statistikasi keltiriladi. Biz tahlil qilayotgan o‘yinda
Barselona komandasi futbolchilari bir-birlariga 1012 marta to‘p oshirganlari 
ma’lum. Shundan: bosh bilan 384, oyoq 628 marta, tegishli ravishda 38 va 62%. 
Oshirilgan to‘plardan 711 (70.2%)tasi o‘z maydonida amalga oshirilgan, 587 
(58%) martasi o‘zidan orqada turgan o‘yinchiga yetkazib berilgan, 217 – raqibdan 
olib qo‘yilgan, 98 – jarima maydonchasiga yetkazib berilgan, 76 ‒ maydon 
tashqarisidan (aut) tashlab berilgan, 80 (7.9%) – komandadoshlar tomonidan 
egallab olinmagan, 19-darvozabonga yetkazib berilgan, 17-maydon tashqarisiga 
chiqib ketgan va hokazo. 
O‘yinni futbol maydonining qayerida o‘tishi va darvozaga berilgan zarbalarni 
o‘rganishi juda muhim. Futbol statistiklari tomonidan o‘yinni qayerda ko‘p 
o‘tganligini o‘rganish uchun futbol maydoni ham garizontaliga, ham vertikaliga 3 
turga bo‘linadi. Masalan, Barselona komandasi maydonni chap tomonida yoki o‘ng 
tomonida o‘ynasa (bu holat darvozabonni turishiga qarab aniqlanadi) futbol 
maydonining uchdan bir qismi Barselona komandasi “maydonni” o‘rta maydon va 
qolgani Real komandasi “maydoni”ga bo‘linadi. Bizni misolimizda Barselona 
komandasi o‘yinni 20 daqiqasini o‘z maydonida, 30-o‘rtada, 40-raqib 
maydonchasida o‘tkazganligi aniqlandi. Bu futbol maydoni gorizontaliga bo‘lish, 
vertikaliga ham xuddiy shu tarzda futbol maydoni bo‘linadi va qancha vaqt o‘yin 
qayerda davom etganligi aniqlaniladi. Bizni o‘yinda tegishli ravishda 30%, 28%; 
37%. Demak hujumlar asosan o‘ng tomondan uyushtirilgan ekan. Endi darvozaga 
berilgan zarbalar haqida. O‘yin davomida berilgan zarbalar soni 57ta, shundan: 
birinchi taymda -21; ikkinchi-36; Barselona -30; Real-27. Ellik yettita zarbadan 29 
(51%)tasi darvozaga aniq yo‘naltirilmagan, 3 (5.3%)-darvoza to‘sini va 
ustunlariga tegib qaytgan, 9 (15.8%-bosh bilan bermagan, 14 (24,6%)-darvozabon
qaytargan; 9 (15.8%)- darvoza to‘riga borib tushgan. Demak, o‘yindagi har 6 


19 
zarbadan bittasi golga aylangan. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar har bir 
komanda uchun alohida hisoblanadi va olingan natijalar o‘zaro taqqoslaniladi. 
Futbol o‘yinidagi yani bir holat – o‘yin qoidasini buzish va o‘yindan tashqari 
holat (ofsayd). Futbolda o‘yin qoidasi buzilganda turli choralar ko‘riladi: A-jarima 
to‘pi belgilanadi; B-jarima to‘pi (oldin o‘yinchiga sariq kartochka ko‘rsatiladi); V-
jarima to‘pi (oldin o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatiladi); Real-Barselona 
o‘yinida jarima to‘plari soni 48 ta belgilangan, shunda 28-20 ta tegishli ravishda 
oddiy jarima to‘plari 32 (shundan 10 va 12 tegishli ravishda), sariq kartochkalar -
14 (8 va 6); qizil kartochka 2 (1 va 1) ta. Odatda sariq va qizil kartochka berilgan 
vaqt va ularni logon futbolchini ismi sharifi yoziladi. 
Futbolda o‘yindan tashqari holat (ofsayd) alohida o‘rganiladi. Tahlil 
qilinayotgan o‘yinda ular soni 12 ta shundan: Barselona – 5(42%), Real-7(58%). 
Bu ko‘rsatkich taymlar bo‘yicha ham alohida hisoblanadi. 
Hozirga zamonda futbol statistiklari tomonidan aniq o‘yin, tur, mahsum va yil 
uchun minglab ko‘rsatkichlar hisoblaniladi va matbuotda e’lon qilinadi. 
Bizni maqsadimiz esa barcha ko‘rsatkichlarni hisoblash emas, aniq o‘yin 
bo‘yicha futbol statistikasini ayrim ko‘rsatkichlari yordamida statistika bilan 
informatsiyani farqini ko‘rsatish edi xolos. 
Yuqorida keltirilgan misol asosida statistika nima degan savolga javob 
berishimiz mumkin. Birinchidan, statistika bu sonlar va o‘lchovlar yordamida 
ko‘psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash. Ikkinchidan statistika 
to‘plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar 
orqali ifodalash, uchinchidan, statistika to‘plangan ma’lumotlarni tadqiqot 
usullarini shunday tartibda o‘rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz 
alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog‘liqlikni 
aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir. 
Statistika nimaga kerak? Bu savolga javob berish uchun uning mohiyatini 
to‘liq tushinib yetish talab etiladi. Vaqt o‘tishi bilan statistikani mohiyati va 
zaruriyati o‘zgarib boradi. Agarda, statistika paydo bo‘lish paytlarida statistika 
davlat ehtiyojlarini qondirgan bo‘lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik 


20 
va besh yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug‘ullangan. Hozirgi 
kunda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimoti rivojlangan va 
qiyinlashib ketgan, eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida 
nafaqat davlatga, har bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir 
tadbirkorga dunyoni bir chekkasida qanday o‘zgarishlar bo‘layotganligi yoki 
hodisa va voqealarni o‘zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu yerda 
statistikadan yaxshi yordamchi topilmasa kerak, ya’ni faqatgina u ro‘y berayotgan 
yoki beradigan hodisalarni hajmi, o‘zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi 
raqamlarni yetkazib bera olishi mumkin. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir. 
Yuqoridagi qisqa tahlil asosida statistikaga berilgan ta’riflar turli-tuman, bir 
biriga o‘xshamaydi. Ularni bizning fikrimizcha quyidagi guruhlarga ajratish 
mumkin:
- statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida 
ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni 
statistika organlari tushuniladi; 
- statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig‘indisi tushuniladi.
- statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari 
o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan ta’rif); 
- statistika deganda statistik metodlar yig‘indisi tushuniladi; 
- statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to‘plash va interpretatsiya 
(izohlash, talqin qilish) metodlarini o‘rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.; 
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tilishiga, xalqaro statistik va iqtisodiy 
tashkilotlar bilan hamkorlik va boshqa ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarga 
qaramasdan, keyingi yillarda sobiq ittifoq chegarasida chop etilgan o‘quv 
qo‘llanma, darsliklar mualliflari statistikaga 1954-yilda berilgan ta’rif atrofida 
aylanishadi. Bu holni hatto 2000-2011 yillarda nashr etilgan darsliklarda ham 
uchratish mumkin. 
Shunday qilib, kim haq kim nohaqligini tahlil qilib o‘tirmasdan statistika 
nimani o‘rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish 
mumkin. Statistikaning o‘rganish obyekti insoniyat hayotida ro‘y beradigan barcha 


21 
ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni 
miqdoriy tomonlarini o‘rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish 
qonuniyatlarini o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisidir. 
Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari 
ko‘rsatilgan:

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish