Amudaryo tumani toponimlari



Download 24,21 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi24,21 Kb.
#718499
Bog'liq
suhrob mustaqil ish


Berdaq nomidagi QDU Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi 4-B guruh talabasi Umarov Suhrobning Toponimika fanidan “Amudaryo tumani toponimlari” mavzusida
Mustaqil ishi

Topshirdi: Umarov S.


Qabul qildi: Tureeva G.

Amudaryo tumani toponimlari


REJA:
1.Amudaryo tumani va Amudaryo toponimi haqida
2.Mangit shahri haqida.Mangit toponimi
3.Choyko’l O.F.Y


Amudaryo tumani – Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibidagi tuman. 1957-yil 18-dekabrda tashkil etilgan. Amudaryo tumani shimolida Nukus tumani, sharqda Xorazm viloyatining Gurlan tumani, janubiy hamda gʻarbda Turkmanistonning Gubadogʻ tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,02 ming km². Aholisi 204,7 ming kishidan ziyod (2020). Amudaryo tumanida 1 shahar (Mangʻit), 2 shaharcha (Jumurtov va Qipchoq), 10 ovul fuqarolari yigʻini (Bobur, Doʻrmon, Quyuqqoʻpir, Nazarxon, Xitoy, Choykoʻl, Oʻrta-qalʼa, Qangli, Qilichboy, Qipchoq) bor. Markazi – Mangʻit sh.Tabiati. At. relefi, asosan, tekislikdan iborat. Amudaryoning chap sohili boʻylab Jumurtov tizmasi joylash-452gan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 16, – 2G, iyulniki 27 – 32°. Yiliga oʻrtacha 100 – 110 mm yogʻin tushadi. Amudaryo tumanida Qipchoqarna, Mangʻitarna, Qilichniyozboyarna kanallari, Qorakoʻlyop, Bogʻyop, Seityop, Oq-Oltin, Alieliyop, Eshonyop, Shoʻryop, Halimbegyop, Ushinyop, Qumyop, Chatli-yop, Qizilyop, Ku-lotyop, Churchiyop, Qirqarqanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvligayop, Jumuryop, Oltinyop, To-shyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Boʻzsuv ariklari bor. Bu kanal va ariqlar barcha xoʻjalik yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Yerlarni shoʻrlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilgan. Tuman hududidagi Shaharsafo, Orqakoʻl, Qorachoʻtal, Choykoʻl, Tuzloq, Tojiqalkoʻl, Baytukoʻl, Uzunkoʻl, Sarichnugulkoʻl, Oqseytbobo va Otajon koʻllarida baliq, oʻrdak va boshqa qushlar koʻp. Koʻllardagi qamish va yakandan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli boʻlib, tol, terak, tut, gujum, qaragʻan, turangʻil, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, shoʻra, kdmish, chirmovuq, semizoʻt, yakan, otquloq va boshqa oʻsadi. Qobon, shakal, buri, kemiruvchilardan sichqon, kala-mush, qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qargʻa, zogʻcha, chumchuq, koʻkqoʻton, kaptar, qumri, koʻkkargʻa, sariq chumchuq, toʻrgʻay va boshqa yashaydi.Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirgʻiz, rus, tatar, koreys, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 132 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 30,6 ming kishi, qishloq aholisi 95,5 ming kishi.Xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Sanoat korxonalaridan Mangʻit paxta to-zalash, gʻisht zavodlari, maishiy xizmat kombinati, Mangʻit ip-yigiruv va tikuvchilik kombinatlari, Qoraqalpogʻistonda eng yirik xoʻjaliklararo qurilish boshqarmasi va 3 tuzatish-qurilish tashkilotlari va yirik qurilish tashkilotlari bor. Amudaryo tumani Taxiatosh GRES va Mangʻit GES energiyasidan foydalanadi. Tumanda 323 kichik korxona va 27 hissadorlik jamiyati mav-jud.Amudaryo tumanining asosiy tarmoqlari pax-tachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Amudaryo tumanida sugʻoriladigan yerlar 39,1 ming ga, ekin-zorlar 36 ming ga, shu jumladan 21 ming ga yerga paxta, 1,5 ming ga yerga sabzavot, 2,8 ming ga yerga beda, 1,5 ming ga yerga sholi, 2,4 ming ga yerga makkajoʻxori ekiladi. Amudaryo tumanida 18 jamoa xoʻjaligi, dehqon-fermer va shirkatlar uyushma-si, 296 dehqon-fermer xoʻjaligi va boshqa xoʻjaliklar bor (1997). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,2 ming qoramol, 4,7 ming qoʻy va echki, 77 ming parranda bor (1997). 1996/97 oʻquv yilida 83 umumiy taʼlim maktabida 33,6 ming oʻquvchi, 1 litseyda qariyb 400 oʻquvchi taʼlim oldi. 52 ommaviy va bolalar ku-tubxonasi, 21 klub, 36 kinoqurilma, 3 madaniyat uyi, 710 oʻrinli 6 kasalxona va dispanser, 6 ambulatoriya, 55 feldsherlik punkti boʻlib, ularda 327 vrach, 1077 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. "Amudaryo haqiqati" tuman gaz. 1934-yildan chiqadi (adadi 3000).
Tumanga Amudaryo deb nom qo’yilishining asosiy sabablaridan biri – Amudaryo tumani hududidan O’rta Osiyodagi eng sersuv va eng katta daryolardan biri Amudaryoning oqib o’tganligini aytib o’tishimiz mumkin.Amudaryo qadim zamonlardan turli nomlar bilan atalib kelgan va buning o’z tarixi bor.
Amudaryo – Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo آمودریا :forscha Amudaryo deltasining samodan koʻrinishi Tavsif Uzunligi 2 400 km Havzasi Orol dengizi Suv sarfi 2 525 m³/s Suv oqimi Quyilishi [[yoʻq, avvallari Orol dengiziga quyilar edi]] Joylashuvi Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Vikiomborda "Amudaryo" nomli sahifa mavjud Tarixi Amudaryo – Turkiston oʻlkasidagi eng sersuv, yirik daryo. Amudaryoni|yunonlar] Oks, rimliklar Okosos, arablar Jayxun, yerli xalqlar dastlab Oʻkuz, Balx, Vaxsh, soʻngra Amul deb ataganlar. Amudaryo quyi va oʻrta toʻrtlamchi davrda Qoraqum choʻli orqali oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilgan, togʻlardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlarning yotqizilishi natijasida qumlar tarkib topgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy "Amudaryo tarixi" asarida yozib qoldirgan. Yuqori toʻrtlamchi davrda Amudaryo hozirgi oʻzani boʻyicha oqqan. Miloddan avvalgi 10-mingyillikdan 2-mingyillikkacha Xorazm botigʻini va qisman Sariqamish botigʻini toʻldirgan. Oqimining bir qismi janubga oqib, hozirgi Oʻzboʻy oʻzanini vujudga keltirgan va Kaspiy dengiziga quyilgan. Shu davrda Sariqamish boʻyi deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 3-va 2-mingyilliklar orasida Amudaryo hozirgi Tuyamoʻyin qisigʻidan shimolga, Oqchadaryo oʻzanidan oqib Orol dengiziga uning janubisharqidan quyilgan va Oqchadaryo deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 2- va 1- mingyilliklarda Amudaryo hozirgi yoʻnalishda, ya’ni Orol dengiziga janubdan quyila boshlagan. Miloddan avvalgi 1-mingyillikning oʻrtasida hozirgi Orolboʻyi Amudaryo deltasi (Orolboʻyi deltasi) vujudga kela boshlagan. Oʻsha vaqtdan Amudaryo Orol dengiziga quyilmoqda. Ba’zan oqimining bir qismi Sariqamish koʻliga ham borib turgan. 13-asrda moʻgʻul bosqinchilarining Xorazm davlatiga hujumi vaqti (1220)da Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi damba va toʻgʻonlar buzib tashlangan, natijada Amudaryo suvi yana Dovdan va Daryoliq quruq oʻzanlari orqali Sariqamish botigʻiga oqqan. Keyinroq toʻgʻon va dambalar tiklangach, Amudaryo yana avvalgi oʻzani orqali Orol dengiziga quyila boshlagan. 14-asrda oʻzaro urushlar sababli qirgʻogʻidagi inshootlar buzilgan, suv yana Sariqamishga oqqan, Oʻzboʻy oʻzanida suv hatto Kaspiy dengiziga yoʻnalgan. 17-asr boshida Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi toʻsiqlar yana qayta tiklanishi bilan suv eski oʻzani orqali oqa boshlab, 18–19-asrlarda ba’zan oqimning bir qismi Sariqamishga oqqanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Geografiyasi Amudaryo yuqori qismi Tojikiston va Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasidan oqadi, uzunligi 2540 km (Vahjir – Vohondaryo bilan birga), havzasining maydoni qariyb 465 ming km², shundan 227,3 ming km² suv toʻplaydigan togʻli qismiga toʻgʻri keladi. Amudaryo Afgʻonistonda Hindukush togʻlarining shimoliy yonbagʻridan 4950 m balandlikdagi muzlikdan boshlanadi; Vohondaryo Pomirdagi Zoʻrkoʻ chiqib keladigan Pomir daryosi bilan qoʻshilgandan keyin Panj deb ataladi. Panjga oʻngdan Gʻunt, Bartang, Yazgʻulom, Vanj, Qizilsuv irmoqlari kelib qoʻshiladi, nihoyat, eng yirik va sersuv irmogʻi – Vaxsh daryosi qoʻshilgandan soʻng Amudaryo nomini oladi; bu qismida unga yana chapdan Qunduzdaryo, oʻngdan Kofarnixon, Surxondaryo qoʻshiladi. Sheroboddaryo suvi esa Amudaryoga ahyon-ahyonda yetib boradi, undan gʻarbdagi Koʻhitangdaryo suvi ham yoʻl-yoʻlakay sugʻorishga sarf boʻladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetguncha 1200 kmdan ziyod masofada boshqa irmoq qoʻshilmaydi. Zarafshon bilan Qashqadaryo esa Amudaryoning qadimgi irmoqlari boʻlib, ularning suvi butunlay sugʻorishga sarflanadi. Amudaryoning asosiy suv rejimi uning yuqori, togʻli qismida shakllanadi. Bu joyda Amudaryo tor, ba’zan chuqur va nishabi katta oʻzandan oqadi. Oʻzan oʻrta hisobda har bir kmga 4 mdan (ayrim joylarda esa 10 mdan ham koʻp) pasayib boradi. Shu tufayli daryo juda tez oqadi, oqimning tezligi 4–6 m³/sek. Daryo vodiysi ham tor, u Pomir togʻ sistemasiga kiruvchi tik koʻtarilgan qoyali togʻlarni aylanib oʻtadi. Togʻ oralaridan joʻshqin irmoqlar kelib qoʻshiladi. Vodiy eni 3–4 kmdan oshmaydi, ba’zi joylardagina uchraydigan qayirlar koʻpincha toʻqayzor. Qizilsuv, Vaxsh, Kofarnihon, Surxondaryo quyiladigan joylarda daryo vodiysi kengaygan va bu yerlarda oqindi jinslardan tarkib topgan terrasalarda dehqonchilik qilinadi, ba’zan terrasalar qalin toʻqayzorlardan iborat.Amudaryo Surxondaryo qoʻshilgandan soʻng tekislikdan oqa boshlaydi va taxminan Karkidan Pitnakkacha boʻlgan oraliqni daryoning oʻrta oqimi deb hisoblash mumkin. Daryo tekislikka chiqqach, Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan oʻtib, Orol dengiziga quyiladi. Oʻrta qismida oʻzanning oʻrtacha kengligi 1500 m. Daryoning tekislikdan oquvchi qismida nishabi kam (har bir kmga 0,2–0,3 m). Daryo oqimining tezligi kattaligidan (2–3 m/sek) oʻzan va qirgʻoqlarini muttasil yemiradi, shu sababli oʻzan doimo oʻzgarib turadi. Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida, ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpogʻistonda (Urganch, Ellikqal’a) qirgʻoqlarning oʻpirilish hodisasi – deygish kuzatiladi. Keyingi davrda daryo oʻzanining yuvilishi ham kuzatilmoqda. 1990-yillardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamoʻyin suv ombori orqali boshqarilgach, bu yerlarda deygish hodisasining ta’siri biroz pasaydi. Qishda daryoning yuqori oqimida asosan qirgʻoqqa yaqin joylari muzlab, shovush hosil boʻladi va qisqa muddat muz oqadi, Karki shahri yaqinida qish qattiq kelgan yillari esa 10–15 kun davomida daryo yoppasiga muzlaydi. Chorjoʻy shahri va undan quyida daryoning yoppasiga muzlashi undan ham uzoqroq davom etadi. Nukus shahridan quyida esa daryo deyarli toʻrt oy davomida butunlay muzlaydi. Erta bahorda ayniqsa, oʻzan keskin burilgan va tor joylarda muz tiqilib suv sathi keskin koʻtariladi va ba’zan toshqinga sabab boʻladi. Tekislikda Amudaryo vodiysining eni 10– 15 km boʻlib, ayrim joylarda 20–25 kmga yetadi. Vodiy kengaygan joyda uchta terrasa vujudga kelgan. Daryoning past togʻlar orasidan oʻtgan joylarida vodiyning eni 350–380 mdan oshmaydi. Pitnak yaqinida Tuyamoʻyin, oʻrta oqimida Duldulhatlagan va Eljik qisiqlari bor. Tekislik qismida daryoning har ikkala sohilida qumgildan tarkib topgan, eni 2–3 km keladigan qayirlar uchraydi. Amudaryoning quyi oqimi Pitnak yaqinidagi Tuyamoʻyin qisigʻidan to Orol dengiziga qadar boradi, quyi oqimining uzunligi 500 km, shundan 325 km Nukus bilan Orol dengizi oraligʻiga – daryoning hozirgi deltasiga toʻgʻri keladi. Amudaryo sersuv daryo, muzlik va qorlardan suv oladi, havzasida 1000 ga yaqin muzlik (shu jumladan, Yer kurrasidagi eng katta togʻ-vodiy muzligi – Fedchenko muzligi) bor. Suv yigʻish havzasida katta maydonlarni qor dalalari egallagan. Amudaryo havzasida joylashgan mamlakatlarning suvga boʻlgan talabini e’tiborga olgan holda mavjud suv boyliklarini oʻzaro taqsimlaydi (chunki har yili havzalarda turli miqdorda suv resurslari vujudga keladi). Oʻrta Osiyo davlatlari va Qozogʻiston suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish davlatlararo komissiyasi ham Amudaryodan foydalanish bilan shugʻullanadi. Amudaryo havzasi ulkan gidroenergetika resurslariga ega. Jami gidroenergetika resurslari 63,2 mln. kVt ni tashkil qiladi. Havza boʻyicha mazkur gidroenergetika resurslarining 29,8% Panj, 38% Vaxsh, 5,6% Kofarnihon, 3,0% Surxondaryo, 1,0% Qashqadaryo, 5,4% Zarafshon, 17,1% Amudaryo havzalariga toʻgʻri keladi. Hozirgacha Amudaryo havzasidagi gidroenergetika resurslarining faqat 2%dan ziyodroq qismi amadda foydalanilmoqda. Ishga tushirilgan gidroinshootlarning eng kattasi Vaxsh daryosining Pulisangin darasida qurilgan Norak suv ombori va GESdir. 60-yillargacha Amudaryoda suv transporti keng yoʻlga qoʻyilgan edi. Lekin, keyingi yillarda Chorjoʻy – Qoʻngʻirot temir yoʻlini qurish hamda avtomobil yoʻllari tarmoqlarining rivojlanishi, ayni vaqtda daryoning sayozlanishi natijasida umumiy yuk tashishda Amudaryo suv transportining hissasi keskin kamayib ketdi.
Mangʻit — Qoraqalpogʻistondagi shahar (1957-yil 18-dekabrdan). Amudaryo tumani markazi. Tumanning janubi-gʻarbida, Amudaryoning chap sohilida. Nukus shahridan 85 km. Aholisi 36 ming kishi (2019). Mangʻitda paxta tozalash zavodi, maishiy xizmat, ip-yigiruv va tikuvchilik k-tlari, Mangʻit GES, tuman gazeta bosmaxonasi, umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar, klub va madaniyat uylari, kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar bor. [1] Mangʻit 1873-yildagi Rossiya armiyasining Xivan yurishlari paytida janglar joyi boʻlgan. Birinchi jang 1873-yil 20-may kuni ertalab general Nikolay Aleksandrovich Veryovkin boshchiligidagi rus qoʻshinlari Yomut turkman qoʻshinlariga hujum qilganda Mangʻitdan biroz shimolda boʻlgan. Bir necha shafqatsiz otishmalardan soʻng ruslar Mangʻit tomon orqaga chekinayotgan turkman otliqlarini otib yuboradi. Rossiya kuchlari soat 3 da Mangʻit shahriga kirishdi, oʻsha kuni yomutlar ketganligini bilish uchun. Rus qoʻshinlari qolgan bir necha oʻzbek aholisini oʻldirishdi va shahar ichidagi uylarning derazalaridan bostirib kiruvchi kuchga oʻt qoʻyishdi. „Mangʻit“ Sovet Ittifoqi rasmiy ravishda 1957-yil 18-dekabrda tashkil etilgan va 1973-yilda shahar maqomiga ega boʻlgan. Viloyatning koʻp qismida boʻlgani kabi, iqtisodiyot ham paxtani yetishtirish va qayta ishlashga asoslangan. Paxta tozalash zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish, yigirish va tikuvchilik sexlari, Mangʻit GES, gaz va printerlar asosiy ish beruvchilar hisoblanadi. Mangʻitda umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar, klublar va madaniy markazlar, kasalxonalar va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud.
O’zbek qabilalaridan biri- mang’itlar oxirgi 200 yil Buxoroda hukmronlik qilgan. Shundan ham bilsa bo’ladiki, bu qabila O’zbekiston tarixida alohida ahamiyatga ega. Mang’itlar o’zbeklarning eng katta urug’I hisoblanadi. 1924-yilstatistikasiga ko’ra, O’zbekistonda 130 ming mang’it yashagan. Eng yirik guruhlar Buxoro shahrida, Gijduvon vohasida, Zarafshon bo’ylarida, Xorazmda aniqlangan. Shuningdek, Turkmanistonning Chorjo’y tumanida ham 11 ming mang’it qayd qilingan. 100 yil ichida o’zbeklarning soni o’rtacha 7 barobar o’sdi, shunga asosan mang’itlarning umumiy soni 1 mln atrofida. Endimangitlar istiqomat qiladigan joylar haqida aytib o’tsak.Kichkina qishloqlarni nomidan topsa bo’ladi – mangitlar yashaydigan hududlar odatda Mangit deb ataladi. Shaharlarga kelsak, O’zbekistonda mangitlar yashaydigan ikkita shahar bor. Bular: 1) Qoraqalpog’iston Respublikasining Amudaryo tumani markazi – Mang’it shahri 2) Qashqadaryo viloyati Markazi – Qarshi shahri.
Yuqoridagi ma’lumotlardan bizga ma’lumki, Amudaryo tumani nomi Amudaryoning tuman hududidan oqib o’tganligiga asos qilib olingan bo’lsa, Amudaryo tumani markazi – Mang’it shahri nomi esa qadim vaqtlardan beri O’zbekiston hududida yashab kelayotgan o’zbeklarning mangit qabilasi nomidankelib chiqqanligini ko’rishimiz mumkin. Aynan Mang’it qabilasining bu hududda yashashi tufayli ham shahar nomi Mangit deb atalgan aytib o’tishimiz mumkin.
Amudaryo tumani hududida asosiy markaz shahar Mang’it shahri bo’lib, tumanimiz hududi bir necha Ovul fuqarolar yig’ini, Mahalla fuqarolar yig’inlariga bo’linadi.Ular quyidagilar hisoblanadi:
1).Choyko’l O.F.Y. 2).To’lqin O.F.Y. 3). Do’rman O.F.Y. 4). Bo’zyop O.F.Y. 5). Qilichboy O.F.Y. 6). Xolimbeg O.F.Y. 7) Xitoy O.F.Y. 8). Qipchoq O.F.Y. 9). Oqoltin O.F.Y. 10). Beruniy M.F.Y. 11) Bo’ston M.F.Y. 12). Oybek M.F.Y. va shular kabi bir necha OFY va MFY lar joylashgan. Endi Choyko’l O.F.Y. haqida aytadigan bo’lsak, bu ovul fuqarolar yig’ini Mangit va Qipchoq shaharchalar o’rtasida joylashgan hududdir. Choyko’l OFY o’z navbatida bir nechta aholi punktlari, ko’chalar, mahallalarga bo’linib ketadi.Ular ham har turli nomlanadi.Masalan, Osovul aholi punkti, Shag’al ovul, Maxsumovul, Gulzor va shu kabi nomlarga ega aholi punktlari, mahallalar,ko’chalar mavjud. Choyko’l nomining kelib chiqishi haqida esa aniq ma’lumot yo’q. Lekin bazi malumotlarga ko’ra, Choyko’l OFY hududida ko’llar bo’lgani uchun ham bu hudud Choyko’l deb nomlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Internet ma’lumotlari:
a) Wikipedia.ru
b)fayllar.org
c) hozir.org
Download 24,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish