Anatomiya kafedrasi professori, vet f. d



Download 450,5 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi450,5 Kb.
#908988
  1   2   3
Bog'liq
Tarqatma парранда


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI


Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti




Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari ta’lim yo‘nalishi

  1. bosqich 104 – guruh talabalari uchun

“Hayvonlar anatomiyasi”


fanidan
“Parrandalarning anatomik tuzilishi”
Mavzusidagi amaliy mashg‘uloti bo‘yicha ochiq darsi uchun tarqatma materiallari
Аssistent : G.Sh.Raxmanova
Samarqand- 2021

Tuzuvchi:


Raxmanova G.Sh. - “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik
anatomiya” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
Dilmurodov N.B. - “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik
anatomiya” kafedrasi professori, vet.f.d.
Allamurodova M.M. -Samarqand viloyat Hayvonlar kasalliklariga tashxis
qo’yish va oziq -ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat
markazi direktori



Vaqt: 80 daqiqa

Talabalar soni: 21 ta

O‘quv mashg‘uloti shakli

Amaliy mashg’ulot

O‘quv mashg‘uloti rejasi

1. Parrandalar anatomiyasiga umumiy tushuncha..
2. Parrandalarning harakat organlar va teri qoplamasi tizimlariga tavsif.
3. Parrandalar ichki organlar, qon tomirlar, asab tizimi, sezgi organlarining qishloq xo‘jalik hayvonlari organlaridan farq qiluvchi jihatlari.

O‘quv mashg‘ulotning maqsadi: parrandalar ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik ayirish, ko‘payish, yurak-qon tomirlar organlari tizim, nerv tizimi, sezgi organlarini o‘ziga xos anatomik tuzilishlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:
- parrandalarning ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik ayirish organlarini tuzilishidagi o‘ziga xosliklar mazmunini echib beradi;
- parrandalarning yurak-qon aylanish, nerv tizimi organlarini anatomik xususiyatlarini tushuntiradi;
- parrandalarning sezgi organlarini anatiomik tuzilishi mazmunini yoritib beradi.

O‘quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- parrandalarga umumiy ta’rif beradi;
- parrandalarning organlarini anatomik tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni tavsiflaydi.

Ta’lim usullari

Tezkor savol-javob, suhbat, klaster, aqliy hujum, assisment texnikasi.

Ta’lim vositalari

Amaliy mashg’ulot ishlanmalari, parranda skeleti ,parranda ichki organlari, asbob-uskunalar, rasmlar, videoproyektor.

Ta’lim shakllari

Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalardan foydalanish va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og’zaki, savol-javob, reyting tizimi asosida baholash.

Amaliy mashg’ulotning texnologik modeli
Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi

Ish bosqichlari
va vaqti

Faoliyat mazmuni 

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1 - bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daq.)

1.1.Amaliy mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va rejasini ma’lum qiladi, mashg’ulotdan kutilayotgan o’quv natijalari bilan tanishtiradi

1.1. Tinglaydi va yozib oladilar.

2 - bosqich.
Asosiy
(60 daq.)

2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida blits- so‘rov o‘tkazadi.
2.2. Bu va boshqa savollarga javob topish maqsadida parrandalarning organlarini qishloq xo‘jalik hayvonlarinikidan farqlarini atroflicha yoritib beradi. Parrandalar va qishloq xo‘jalik hayvonlarining organlarini solishtiradi .
2.3. Parrandalarning skeleti, muskullari, teri qoplamasi qishloq xo‘jalik hayvonlarinikidan nimasi bilan farq qiladi?
2.4. Parrandalarning ichki organlari tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni yoritib beradi, tushunchalarga izoh beradi.

2.1. Eslaydi, savollarga javob beradi. Yozib boradilar.
2.2. Sexma va jadvallar mazmunini muxokama qiladi. Savollar berilib, asosiy joylari yozib olinadi. Eslab qoladi yozadi.

3 - bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi, umumiy xulosalarni shakllantiradi, faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Olingan bilimlarni ahamiyatini ochib beradi.
3.2. Faollik ko’rsatmagan talabalarga ishi baholanadi.
3.3. Mustaqil ish uchun vazifa: Parrandalarning ichki organlarini rasmini albomga chizish.

3.1. O`z-o`zini o`zaro baholashni o`tkazadilar. Savol beradilar.
Topshiriqlarni yozadilar.

Tayanch iboralar: Parrandalar, jig‘ildon, bezli oshqazon, muskulli oshqazon, havo xaltachalari, kloaka.

Mavzu: Parrandalarning anatomik tuzilishi.


Darsning maqsadi: uy parrandalari anatomik tuzilishi, parrandalarning skeleti, muskullari, teri qoplamasining boshqa hayvonlardan farqini o’rganish. Parandalarning ovqat hazm qilish organlari, nafas olish, siydik ayirish, ko’payish, yurak-qon tomirlari, nerv tizimi va sezgi organlarini hayvonlardagi farqini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: parranda, rasmlar, mulyaj, parranda va parranda ichki organlarining preparati.
Darsning mazmuni: parrandalarni anatomik tuzilishidagi farqini o’rganish uchun uy hayvonlari bilan taqqoslab o’rganiladi. Suyaklari pnevmatik, terisida bezlar yo’q, oyoqlari uchishga moslashgan, muskullari qanotlarida va ko’krak qismida yaxshi rivojlangan bo’ladi. Nafas yo’llarida qo’shimcha havo xaltachalari bo’ladi, og’izda tishi yo’q, yo’g’on ichaklari kalta, siydik pufagi yo’q, chap tuxumdoni va tuxum yo’li rivojlangan bo’ladi.
Skelet. Parrandalarning skeleti bosh, tana va oyoq suyaklariga bo’linadi. Ulardan bosh va umurtqa pog’onasi suyaklarida katta farq bo’ladi, skeletining ko’p qismining ichi havo bilan to’lgan bo’lib, uchishga moslashgan.
O‘q skeleti. O’q suyaklari – parrandalarda ham bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlaridan iborat. Bo’yin umurtqalari tovuqlarda 13 – 14, o’rdaklarda 14 – 15, g’ozlarda 17 – 18, strauslarda 18 – 20, oq qushlarda 23 – 25 ta bo’ladi.
Ko’krak bo’limi tovuqlarda 7 ta, o’rdaklarda 9 ta umurtqadan iborat bo’lib, 1- va 2-umurtqa oralig’i egarsimon bo’gimli, 6-ko’krak umurtqasi va 5-, 7-umurtqalar bilan harakatchan birikkan. 7-ko’krak umurtqasi 1-bel umurtqasi bilan birikib ketgan.
To’sh suyagi – sternum, plastinkasimon bo’lib, yaxshi rivojlangan. To’sh suyagi ko’krak qafasining pastki qismida joylashib, ichki yuzasi qayrilgan, tashqi yuzasi qavariq bo’ladi.
Ko’krak qafasi parrandalarda konussimon bo’lib, orqa tomonga kengaygan. Ko‘krak bo‘limi tovuqlarda 7 ta, o‘rdaklarda 9 ta umurtqadan iborat bo‘lib, I va II umurtqa oralig‘i egarsimon bo‘g‘imli. II va V ko‘krak umurtqalari bir-biriga qo‘shilib, suyaksimon o‘simtalari birlashib umumiy qirra hosil qiladi, VI ko‘krak umurtqasi va V, VII umurtqalar bilan harakatchan birikkan. VII ko‘krak umurtqasi I bel umurtqasi bilan birikib ketgan. Qovurg‘alarning birinchi uchtasi va oxirgisi to‘sh suyagiga etmaganligi uchun asternal va qolganlari sternal deyiladi. Qovurg‘aning yuqori qismi vertebral, pastki qismi sternal nomi bilan atalib, vertebral qismining yuqori orqa tomonida ilmoqsimon o‘simta – processus uncinatus bo‘lib qo‘shni qovurg‘aga birikadi. Qovurg‘alar kaudal tomonga o‘sib boradi va konus shakliga kiradi.
Bel – dumg’aza bo’limi bir – biriga chambarchas birikkan, soni 2 – 14 tagacha, umurtqalar birlashib bel – dumg’aza suyagi – os.lumbosacrale ni hosil qiladi
Dum umurtqalari – tovuqlarda 5 ta, o’rdak va g’ozlarda 7 ta, harakatchan birikib lemex shaklida yuqoriga ko’tarilgan bo’ladi.
Bosh suyagi - parrandalarda kichik va engil miya suyaklari bir – biriga sezilarsiz qo’shilib ketgan, o’rdak va g’ozlar jo’jasining ensa oblastida ikkita miya bo’laklari aniq ko’rinib turadi. Miya bo’lim suyaklariga: ensa, ponasimon, tepa, chakka, peshona, ko’z yoshi, panjarasimon suyaklar kiradi.
Oyoq suyaklari. Oyoq suyaklaridan kamar suyaklari tuzilishida juda katta farq mavjud. Yelka kamar suyaklarida reptiliyalarnikiga o’xshash uchta: kurak, o’mrov va korakoid suyaklar bor.
Kurak suyagi – scapula, uzun plastinka shaklida, umurtqalar yonida joylashadi. Uning oldingi qismi o’mrov va korakoid suyaklar bilan birlashadi.
Korakoid suyak – os. coracoideum, parrandalar yelka kamar suyaklarining eng yaxshi rivojlangani hisoblanadi. U yuqori tomondan yelka, kurak suyaklari bilan mahkam bog’langan.
O’mrov suyagi – os.claviculae juft suyak bo’lib pastki tomondan bir – biri bilan birlashib ayri hosil qiladi, u yuqoridan yelka, karakoid va kurak suyaklari bilan birlashadi.
Elka oldi suyaklari – os.antebrachi - tirsak suyagi – os.ulna ancha yaxshi rivojlangan, bilak suyagi – os.radius yupqa va to’g’ri bo’ladi, suyaklararo bo’shliq – spatium inberossium bor. Bilakuzuk suyaklari – ossa carpi bir qator suyak bo’lib, unda uchta suyak bo’ladi.
Kaft suyagi – ossa metacarpi kaftda uchta (2, 3, 4) suyak bo’lib, hammasi bir – biriga qo’shilgan. Barmoq suyaklari qisqarib ketgan, faqat 3-barmoqda ikkita falangda suyaklari bo’ladi. 2 – 4 barmoqlarda esa bittadan falang bo’ladi.
Tos kamar suyaklaridagi farq shundan iboratki, o’tirg’ich va qovuq suyaklarining pastki qismi ochiq qolgan. Bu esa urg’ochilari tuxum qo’yishida (tug’ishda) katta ahamiyatga ega.
Keyingi oyoqning erkin suyaklaridan son suyagi – os.femoris, qisqa va biroz egilgan, yuqori qismida boshi va bitta dumdog’i bo’ladi.
Katta boldir suyagi – os.tibia, yaxshi rivojlangan bo’lib, uning pastki qismiga tovon suyagi birlashib, katta boldir tovon suyagi – os.tibiatarsi ni hosil qiladi.
Tovon suyaklari alohida bo’lmaydi. Boldirdan keyin keladigan suyak tovon – uzangi suyagi yoki sevka deyiladi. U suyak yaxshi rivojlangan bo’lib, 2, 3 va 4 suyaklari birlashib ketgan bo’ladi.
Parrandalarning keyingi oyog’ida to’rtta barmog’i bo’ladi. 1–barmoq yuqoriroqda orqada joylashgan bo’lib, ikkita falang; 2–barmoq uchta falang; 3 – barmoq to’rtta falang va 4- barmoq beshta falangdan iborat.
Skelet muskullari. Teri muskullari yaxshi rivojlangan, bu muskullar qanot parlarini harakatga keltiradi, yuz muskullari yo’q. Jag’ning chaynash muskullari sut emizuvchilarnikiga qaraganda ancha differentsiallashgan bo’ladi. Tana muskullari juda nozik, ko’krak va bel – dumg’aza bo’limi kam harakatchan bo’lganligi uchun dorsal muskullari juda kam rivojlangan, faqat bo’yin muskullari yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Ko’krak devori muskurridan qovurg’aning ichki va tashqi muskullari, qovurg’ani ko’taruvchi ko’ndalang to’sh va narvonsimon muskullari bo’lib, ko’krak qafasini harakatga keltiradi va nafas olishda qatnashadi. Parrandalarning qanot muskullari kuchli rivojlanishi bilan bir qatorda soni ham ko’p. Ulardan ko’krak muskullari hamma qanot muskullari vaznining 45 % ni tashkil etadi.
Keyingi oyoq muskullari tuzilishi va soni jihatidan sut emizuvchilarnikiga o’xshash bo’ladi. Keyingi oyoqdagi nozik muskul – m.gracilis yaxshi rivojlangan bo’lib, uning paylari tizza bo’g’imiga o’tib boldir suyagining plantar yuzasida barmoqlarning yuza bukuvchi muskuliga qo’shilib mexanik «qulf» vazifasini bajaradi.
Teri qoplami. Parrandalarning terisi uch qavatdan iborat bo’lib, usti par bilan qoplangan, ter va yog’ bezlari bo’lmaydi. Dumining ustki tomonida qopchiq bezi – glandula urapygii joylashadi. U xuddi yog’ bezlariga o’xshash, ayniqsa u suvda suzuvchi parrandalarda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Tovuqlarda no’xatdek, o’rdaklarda o’rmon yong’og’idek bo’ladi. Bu bezlar sekreti parlarni yog’lashda katta ahamiyatga ega.
Parrandalarning tumshug’i oyoq tangachalari, pixi, toji, qulog’ining sirg’asimon va pat – pari teri hosila organlari hisoblanadi.
Qoplovchi par – pennae, ular qanot uchlarida va orqa tomonda joylashadi. Parrandalar dumidagi patlar rul vazifasini bajaradi. Qoplovchi parlar tananing hamma joyida bir xil emas, parli qismi – pterylae va parsiz qismi – apterylae bo’ladi.

Qanot Pat tuzilishi




Download 450,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish