Андижон давлат тиббиет институти


Narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari buyicha shifokorning



Download 487,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana26.05.2022
Hajmi487,22 Kb.
#609353
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.Hirurgik bemor bolani kuzatish. Narkoz 56495c3e89bd3daef2784ec086bdbbbd

 
Narkoz tushunchasi, turlari, asoratlari buyicha shifokorning 
bemor bilan muloqot qilishining axamiyati. 
OG‘RIQ NAZARIYASI 
1
Og‘rik - sensor va emotsional sezgi bo‘lib, patologik xolat paydo qiluvchi 
biror sababning organizmga ta’sir etayotganidan darak beradi. Ichki va tashqi 
ta’sirlarning og‘rik sezgisi ko‘rinishida aks etilishini ta’minlovchi sensor 
informatsiyaning qabul qilinish va qayta ishlanish jarayoni notsitsepsiya deb ataladi. 
Og‘riq fizik va ruxiy ta’sirdan vujudga keladi. Fizik (jismoniy) og‘riq tashqi ta’sirlar 
(kuyish, zarba tegishi, kesilish va x.k.), ichki organlardagi turli jarayonlar va nerv 
sistemasining jaroxatlanishi oqibatida paydo bo‘ladi; ruxiy yoki psixogen og‘rik - 
ruxiy va ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘ladi, atrof muxit ta’siri va shaxsning 
emotsional xolatidan kelib chiqadi. Og‘rik-organizm uchun jaroxatlanish xavfi paydo 
bo‘lganligini bildiruvchi yoqimsiz sezgi bo‘lib, emotsional, somatik va vegetativ 
reaksiyalardan tashkil topgan effektiv situatsiyaning belgisidir. Og‘rik organizm 
uchun xavfxatarning elchisi bo‘lib, ta’sir etayotgan omilga nisbatan ko‘p qirrali javob 
- affektiv reaksiya xolati vujudga kelishini ta’minlaydi. 
Og‘riq sezgisining namoyon bo‘lishini izoxlash maqsadida bir kancha 
nazariyalar taklif qilingan. Jumladai, R.Malzak va SH.Vell tomonidan1965 yili ishlab 
1
«Общая хирургия» В.К.Гостищев. Москва «Медицина» 1997. 



chiqilGan «nazorat darvozasi» yoki «darvoza mexanizmi» deb ataluvchi nazariyani 
ko‘pchilik olimlar tan olganlar. 
Afferent tolalar orqali bosh miyaga uzatiluvchi impulslar orqa interneyronlar 
sistemasi vositasida mujassamlashtiriladi. Jelatinasimon modda periferik 
retseptorlardan orqa .miya neyronlariga kiruvchi impulslar uchun «darvoza» 
vazifasini bajaradi va shu «darvoza» og‘riq signali qabul qilinishini va unga 
beriladigan javob reaksiyasini ta’minlaydi. 
«Nazorat darvozasi» faoliyati bosh miya qobig‘i va retikulyar farmatsiya 
nazorati ostida amalga oshiriladi. «Nazorat darvozasi» faoliyati orqa miyaning orqa 
shoxlari jelatinasimon moddasidan tashqari, bosh miyaning yuqori kismlarida 
joylashgan interneyronlar sistemasi orkali xam amalga oshiriladi. Jumladan, 
miyaning kul rang moddasida katta retseptiv maydonlar bo‘ladi. Yuqori kuchlanishli 
impulslar oqimining o‘sha retseptiv maydonga tushishiga javoban miya stvolida 
tormozlanish jarayoni oshib boradi, natijada og‘riq impulslarining keyingi 
bosqichlarga uzatilishi uchun blokada ro‘y beradi. 
1973 yilda, xujayralar membranasida joylashgan va fakat opioitlarga nisbatan 
sezuvchanligi bo‘lgan maxsus retseptorlar borligi aniqlandi va ular opiatretseptorlar 
deb ataldi. 1975 yilda esa, faqat opiatretseptorlar bilangina o‘zaro ta’sirga kirishuvchi 
maxsus mediatorlar - enkefalinlar kashf etildi. Opiatretseptorlarning endogen 
ligandlari guruxiga kiruvchi metioninenkefalin va leysinenkefalin xamda alfa, gamma 
va betaendorfinlar kashf etildi. Opiatretseptorlarning asosiy qismi talamus va 
Gipotalamus, Gipofiz, uchlamchi va vagus nervlari yadrosi, miya stvoli, kul rang va 
orqa miya orqa shoxlari jelatinasimon moddalari tarkibida mavjud. Opiatretseptorlar 
bosh miya yarim sharlarida juda kam bo‘ladi, miyachada esa butunlay bo‘lmaydi. 
Opiatretseptorlar neyromediatorlari - enkefalin va endorfinlar endogen opiod 
peptidlar deb ataladi. Neyromediatorlar opiatretseptorlar bilan reaksiyaga kirishib, 
og‘riq sezgisi bosilishini, og‘rik impulslari ta’siridan vujudga keluvchi vegetativ va 
emotsional xolat keskinligining pasayishini ta’minlaydi. Bu mexanizm o‘zo‘zini 
og‘riksizlantirish, ya’ni autoanalgeziya sistemasining asosini tashkil etadi va «nazorat 
darvozasi» faoliyati asosida vujudga keladi. 



2
Anesteziya va amaliyot o‘tkazishdan oldin bemor umumiy va medikamentoz 
tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. Umumiy tayyorgarlikning asosini oshqozon va ichak 
yo‘lini tozalash tashkil kiladi. Amaliyot rejalashtirilgan kun arafasidagi oqshomdan 
boshlab bemor taom qabul qilmasligi shart. Xukna qilinib, ichaklar yuvib tashlanadi, 
ketidan bemor gigiyenik vanna qabul qilishi zarur. Jarroxlik aralashuvi o‘tkaziladigan 
maydon terisi sochlardan tozalanadi. Anesteziya boshlanishidan oldin bemorning 
oshqozoni bo‘shatilgan bo‘lishi shart. Buning uchun oshqozonga zond yuboriladi va 
«toza suvgacha» yuviladi. 
Bemorni bevosita anesteziyadan oldin medikamentlar vositasida tayyorlash 
premedikatsiya deyiladi. Premedikatsiya anesteziyadan 30-40 min oldin teri ostiga 
yoki mushaklar orasiga inyeksiya qilinadi va 5-10 min oldin esa vena ichiga dori 
yuboriladi. Premedikatsiya uchun uxlatuvchi, neyroplegik va neyroleptik, ataraktik, 
analgetik, antigistamin va xolinolitik preparatlar qo‘llaniladi. Uxlatuvchi dorilardan 
lyuminal (0,1 g), noksiron (0,25-0,5 g) va shu guruxdagi boshqa preparatlardan 
jarroxlik amaliyoti arafasida, uxlashdan 30-40 minut oldin qabul qilinadi. Ataraktik 
samaraga erishish uchun elenium (10-15 mg), diazepam, seduksen (5-10 mg), yoki 
shu singari boshqa preparatlar tayinlanadi. Bu guruxdagi preparatlar amaliyot 
arafasida, uxlashdan oldin yoki anesteziya boshlashdan 2-3 soat avval beriladi. 
Premedikatsiya maqsadida droperidol keng ishlatiladi, mushaklar orasiga yoki vena 
ichiga 5,0-7,5 mg dozalarda yuboriladi. Narkotik analgetiklardan promedol (10-20 
mg), omnopon (10-20 mg), morfin (5-10 mg), fentanil (0,05-0,1 mg) va dipidolor 
(10-15 mg) kabilar ishlatiladi. Anesteziyadan 30-40 min oldin yuboriladi. 
Antigistamin dorilardan diprazin (25-50 mg), suprastin (20-40 mg), dimedrol (20-50 
mg) qo‘llaniladi. Xolinolitik dorilar organizmning M xolinoreaktiv sistemalari 
blokadasini vujudga keltiradi. Natijada yurak urishi tezlashadi, nafas yo‘llari, so‘lak, 
oshqozonichak, teri va boshka bezlar sekretsiyasi kamayadi, traxeya va bronxlar, 
xalkum, oshqozonichak mushaklarining tonusi pasayadi. Bu vagolitik samara deb 
ataladi va vagus nervi aktivligining susayishi natijasidir. Xolinolitik preparatlardan 
2
«Клиническая хирургия» Под редакцией Р.Кондена и Найхуса. Москва 1998. 



atropin sulfati (0,2-1,0 ml), metatsin (0,2-0,1 ml) yoki skopolamin gidroxlorid (0,5-
1,0 ml) anesteziyadan 30-40 min oldin mushaklar orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. 
Premedikatsiyaning keng tarkalgan ko‘rinishi quyidagicha o‘tkaziladi. 
Anesteziya arafasidagi oqshomda, bemor uxlashdan oldin 0,1 g lyuminal ichadi. 
Naxorda, anesteziyadan ikki soat avval 5-10 mg seduksen yoki 0,3-0,6 g trioksazin 
ichadi. Anesteziyani boshlashga 30-40 min qolgach, teri ostiga yoki mushaklar 
orasiga 10-20 mg dimedrol, 0,2-1,0 mg atropin sulfati, 10-20 mg promedol 
yuboriladi. Bemorning tinch yotishi, uyqusirashi, tashqi muxitga loqaydligi
og‘zining qurishi, yurak urishining tezlashishi, arterial qon bosimining turg‘unligi 
kabilar premedikatsiya samarali bo‘lganligidan dalolat beradi.
 
3
Narkoz yunoncha suzdan olingan bulib «karaxtlik» degan ma’noni anglatadi. 
Bemorni narkozdan va operatsiyadan keyin xamda turli xil xastaliklarda meditsina 
xodimlaridan katta bilim, shijoat, matonat talab kiladi. Kun va tun davomida 
bemorlar doimiy nazoratda buladilar. Bemorning tomir urishi, nafasning uzgarishi 
asta-sekin emas, balki birdaniga yuzaga kelishi mumkin. Bu xatarli xolatni bartaraf 
qilish, bemor xolati xakida bir dakika xam unutmastlik kerak. 
Bemorning joylashishi xar kanday kulayliklar bilan jixozlanishi bemor uchun 
katta axamiyat kasb etadi. 
Bemorning xolatini tez-tez uzgartirib turish kerak. Bemorni kuchirish 
chakonlik va extiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak. Iloji boricha bu vazifani uch 
kishi bulib bajarish kerak. 
Oshkozon – ichak, siydik ajratish tizimlari va azolarinig faoliyatini doimiy 
nazorat kili shva belgilab, xisoblab bormok kerak. 
Bemorning xolati xakidagi axborot, uzgarishlar jurnaliga kayt kilinib turiladi. 
Ogir bemorlarga tashrif cheklanadi- fakat yakinlariga ruxsat beriladi. 
Agar yutish buzilgan bulsa bemorlar zond orkali ovkatlantiriladi. Davolovchi 
vrachga bemor xakidagi malumot, narkoz va operatsiyaning kechishi tulik xisobot 
tarzida topshiriladi. Kon analizi dinamikada tekshirilib turiladi.
3
Золикина Л.С. Беморларни умумий парвариши, 1995. 



Nafas olish-bu xayotning asosiy jarayonidir. Bunda organizmga kislorodning 
kirishi va angidridni chikishi bilan xarakterlanadi. 
Xansirash deb- nafas ritmining tezligining va chukurligining buzilishiga 
aytiladi. 
Sababi va kelib chikishiga karab xansirash 4 turga bulinadi: 
1)
Upka turi 
2)
YUrak. 
3)
Gematogen. 
4)
Markaziy. 
Xansirash nafas xarakatining tezligiga karab kuyidagicha farklanada: 
a) Taxipnoe-tezlashgan nafas. 
B) bradipnoe- sekinlashgan nafas. 
Nafas etishmovchiligida bemorlarni parvarish qilishv a davolash, uning kelib chikishi 
va sabablariga karab xarakat kilinadi. Operatsiyadan keyingi davrda bemorda 
operatsiya tugatilib boglam kuyilganda boshlab narkozdan yugonish, bemorda asosiy 
xayotiy faoliyat tiklangunchalik vaktni uz ichiga oladi. Bu davrda bemorda nafas, 
yurak kon-tomir, oshkozon – ichak trakti, siydik ajratish sistemalari faoliyati 
tiklanadi. SHuning uchun bu davrda bemorga kichik tibbiy xodimlarning (I kurs 
talabasi) doimiy nazorati talab etiladi. Bu davrda bemor nazogastral zondiga
kateteriga, drenaj naychalariga karov talab etiladi. SHuning uchun ushbu mavzu I 
kurs talabalariga bilim berishda axamiyati kattadir.
4
Maxalliy anesteziya - og‘riq impulslarining sezilishi va o‘tkaz.ilishining 
to‘silishini ta'minlovchi fizik yoki kimyoviy ta'sir natijasidir. Maxalliy anesteziya uch 
guruxga ajratyladi: 
1. Terminal yoki yuzaki anesteziya. 
2. Infiltratsion anesteziya. 
3. Regionar anesteziya. 
Terminal anesteziya - anestetiklarni to‘qima va shilliq kavatlarga surtish, 
tomizish, sochish kabi yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Terminal anesteziya 
4. Золикина Л.С. Беморларни умумий парвариши, 1995. 



oftalmologiya, otorinolaringologiya va ko‘krak qafasi jarroxligida, og‘izburun 
bo‘shlig‘i, xalqum, xiqildoq, traxeya va bronxlar shilliq pardalarining sezuvchanligini 
yo‘qotish maksadida ishlatiladi. Buning uchun 0,25-0,5-1 % li dikain, 5-10 % li 
novokain, 3-5 % li trimekain va lidokain eritmalaridan foydalaniladi. 
Infiltrasion anesteziya keng tarqalgan bo‘lib, tananing yuzasida, oyoq va 
ko‘llar, qorin bo‘shlig‘i kabi soxalarda o‘tkaziladigan kichik xajmli amaliyotlarni 
bajarishda qo‘llaniladi. Infiltratsion anesteziyani vujudga keltirish uchun anestetik 
zritmasi to‘qimalarga shpris yordamida katta bosim bilan yuboriladi. To‘qimalar 
anestetik eritmaga bo‘ktiriladi, retseptor va nerv tolalari anestetik eritmasi bilan 
to‘qnashadi, natijada afferent impulsatsiya o‘tkazilishiningto‘silishi - blokada 
vujudga keladi. 
Ingalyasion- dori vositasini kiritish nafas yullari orqali amalga oshiriladi. 
Gazlarni kiritish usuliga qarab quyidagilarga ajratiladi: 
Niqobli 
Endotraxeal 
Endobronxial 
Parenteral (tomir ichiga, mushak orasiga, rektal) 
Kombinirlangan narkoz (og‘riqsizlantirish turli narkotik vositalarning izchil 
qo‘llanilishi va ularni kiritish usullari ѐrdamida erishiladi). 

Download 487,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish