Андижон давлат тиббиет институти



Download 487,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana26.05.2022
Hajmi487,22 Kb.
#609353
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.Hirurgik bemor bolani kuzatish. Narkoz 56495c3e89bd3daef2784ec086bdbbbd

hayajonlanish va 
bezovtalik
bor bo‘lgan nevrotik va nevrozsimon simptomlarni kuchaytirish mumkin. 
Har doim davo jarayonida psixik va somatik holatni bir-biriga uzviy bog‘liqligini 
unutmaslik lozim.
Bolalar orasida bo‘lgan tibbiyot xodimlari har doim 
bemorlarning 
psixologik xususiyatlarini
, his qilishlarini, hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. 
Bolalarni holatini yaxshiroq tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini 
bilishdan tashqari oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, mansabini 
ham bilish lozim. Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to‘g‘ri parvarishlash 
va davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.
Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega, ya’ni 
bemorning qayg‘usini tushunishga harakat qilish. SHoshmasdan bola bilan 
suhbatlashish qayg‘udan ustun turuvchi shaxsiy xususiyatlarni aniqlashga olib keladi 
va to‘g‘ri tashxis qo‘yishda yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini majburlikdan 
eshitish kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib yondashishi lozim. 
Tibbiyot xodimini iliq munosabatini ko‘rib bemor tinchlanadi, vrach esa bola 
to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘ladi. Agarda buni teskarisi bo‘lsa, ya’ni 
yuqori va qattiq tonda muomala qilish, mensimay gaplashish bemor va tibbiyot 
xodimi o‘rtasida iliq munosabatlar yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. 
Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo‘qligini bildirmay, ularni o‘rnini bosishi 
lozim. Asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onasi yonida yo‘qligini qiyin qabul 
qiladi. SHunga qaramay ular yangi sharoitga tezda moslashadi va tinchlanadi. 
Bunday hollarda ota-onani tez-tez kasalxonaga kelishi bola psixikasini 
shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) ota-onalarni tez-
tez kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu davrdan keyin ota-onalar va bemor yaqinlari 
bolani ko‘rishga biror bir ish sababli kela olishmasa hamshira ularga xat yozishlarini, 
narsalar berib yuborishlarini maslahat berishi lozim.
Kasalxonada bolani uy sharoitiga o‘hshash yaxshi psixologik sharoitni 


16 
(o‘yinlar o‘ynash, televizor ko‘rish va h.o) yaratishda tibbiyot xodimi katta rol 
o‘ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi 
muomalasi esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi.
Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o‘rnatish, ahil bo‘lish, ishni 
yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va davolashda yuqori natijalarga olib 
keladi. Kollektivda har bir ishchi o‘z vazifasiga ega bo‘ladi. Post hamshirasi kun 
tartibiga qat’iy rioya qilishi, vrach ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish, kichik tibbiyot 
xodimi esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira bolalar 
orasida bo‘lar va ularni kuzatar ekan, bolaning shaxsiy xususiyatlarini ko‘rish, o‘zaro 
muloqotlari xarakterini kuzatishi lozim. Bunday hamshira vrachga yaxshi yordamchi 
bo‘ladi, chunki u kasalxonada sog‘lom muhitni paydo bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. 
Psixologik muammolarga 
operatsiyadan oldingi qo‘rquv
kiradi. Bemor 
operatsiyani o‘zidan, u bilan bog‘liq siqilishlardan, og‘riq, operatsiya asoratlaridan 
qo‘rqadi, operatsiyaning effektivligiga ishonch hosil qilmaydi. Hamshira bemorni 
kuzatishlari natijasidan vrachni ogoh etishi, u bilan birga psixoterapevtik ta’sir qilish 
taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo‘lgan bemorlar bilan gaplashib endi 
operatsiya bo‘ladigan bemorlarga operatsiya to‘g‘risida qo‘rquvli gaplarni 
gapirishlarini oldini olish lozim. Operatsiyaga tayyorlash jarayonida bemor bilan 
yaxshi psixologik munosabat o‘rnatish
, u bilan suhbatda qo‘rquv xarakterini va 
operatsiyadan nimaga qo‘rqishini bilish lozim, bemorni tinchlantirish, keyingi davo 
muolajalariga munosabatini o‘zgartirishga harakat qilish lozim. Ko‘pchilik bemorlar 
narkozdan qo‘rqishadi, umuman turmay qolaman, hushimni yo‘qotaman, sirlarimni 
gapiraman va h.o. deb o‘ylashadi. 
Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi. Operatsiyadan 
keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi bir bemorlarda har xil psixik buzilishlar kelib 
chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv va majburiy yotoq holati turli nevrotik va 
nevrozsimon buzilishlarni chaqirishi mumkin. Ba’zan operatsiyadan keyingi 2-3 
kuni bemorlarda injiqlik, qo‘zg‘aluvchanlik paydo bo‘ladi. Operatsiyadan keyingi 
asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda o‘tkir depressiv holatlar yuzaga kelishi 
mumkin. Qari, katta yoshli kishilarda operatsiyadan keyingi davrda o‘tib ketuvchi


17 
galyutsinator va vahima holatlari rivojlanishi mumkin. YOmon sifatli o‘sma bilan 
operatsiya bo‘lgan bemorlar bilan muloqot qilish qiyin bo‘ladi. Ular keyingi hayoti 
haqida qayg‘urishadi, ko‘p savollar berishadi. Ular bilan suhbatlashganda juda 
ehtiyot bo‘lish lozim. Bemorlarni operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga 
hech narsa xavf solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo mutaxassislar 
nazoratida bo‘lishi, doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni qaytalanishini oldini 
oladi. Bunaqa bemorlar bilan har kuni psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og‘ir qabul qilishadi. Buni tushunsa 
bo‘ladi, sababi: og‘ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir darajada psixik 
shikastlangan bo‘ladi va uning reaksiyasi noadekvat bo‘lishi mumkin, chunki “onalik 
instinkti” juda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. SHu sababli ham tibbiyot xodimlari 
tomonidan onalarga individual yondashish lozim. Ayniqsa kasalxonada og‘ir 
bemorga qarab yotgan onalarga alohida e’tibor berish lozim. Ayolni nafaqat yaxshi 
so‘z bilan tinchlantirish, balki uni dam olishi va ovqatlanishiga sharoit qilib berish, 
bolasi “yaxshi qo‘llarda” ekanligiga va to‘g‘ri davo olayotganiga ishontirish lozim. 
Ona vrach va hamshira tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va to‘g‘riligini 
tushunishi lozim. Kerak bo‘lganda onani ba’zi bir muolajalarni qilishga o‘rgatish 
mumkin, masalan ineksiya qilish, ingalyatsiya qilish va h.o.
Ko‘pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch, yaxshi muomala bilan 
yondashishadi, ularning og‘ir mehnatlariga rahmatlar aytishadi. Lekin ba’zan “og‘ir 
f’elli” ota-onalar ham uchraydiki, o‘zining qo‘polligi, yomon hulqi bilan tibbiyot 
xodimlarini bolasiga alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday ota-oanalar 
bilan tibbiyot xodimi ichki va tashqi bosiqlik bilan javob qilishalri lozim va bu holat 
bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi.
Tibbiyot xodimlariini bolani ko‘rish va narsa (ovqat) olib kelish vaqtida ota-
ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta ahamiyatga ega. Ish ko‘pligiga qaramay 
vrach hamma savollarga shoshmasdan javob berishga vaqt topishi lozim. Ota-ona 
bolasini tashxisini bilishda, davo muolajalarini to‘g‘riligini aniqlashtirayotganda 
ba’zi bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda hamshira bemor 
yaqinlari bilan suhbatda o‘z kompetensiyasidan tashqariga chiqmasligi lozim. U 


18 
kasallik simptomlari va kasallikning kutilayotgan natijalari to‘g‘risida gapirishga 
haqli emas. Hamshira kechirim so‘rab ma’lumotlardan to‘liq xabardor emasligi 
aytishi va bemor yaqinlarini davolovchi vrachga yoki bo‘lim mudiriga yuborishi 
lozim. 
Ota-onalar so‘ziga ko‘pam quloq solmaslik lozim, ularning noto‘g‘ri talablarini 
bajarish kerak emas, masalan ineksiyani to‘xtatish, rejim va dietani o‘zgartirish va 
h.o. talablarni vrach asossiz bajarmasligi lozim. Bunday holat faqat bemorga 
yomonlik olib keladi va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va professionallikka 
to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bo‘limida tibbiyot xodimlari ota-onalar bilan muloqoti har 
doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez bo‘ladi. Tibbiyot xodimini 
bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to‘g‘ri muloqoti tibbiyot xodimi – bemor bola – 
ota-ona orasidagi psixologik teng muvozanatlikni shakllantiradi. 
Bosh miya qon-tomirlarining qisqa vaqtga spazmi (bosh miyaning anoksik 
ishemiyasi). Patogenezi asosida parasimpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alishi yoki 
simpatik innervatsiyaning susayishi natijasida bosh miyaning o‘tkir anoksik 
ishemiyasi yotadi. 
Funksional va patologik bo‘ladi. Funksional sabablarga (ekstratserebral) - 
jismoniy va ruhiy zo‘riqish, stress holatlari, kuchli qo‘rquv yoki hayajon, 
medikamentoz terapiya, ortostatik holat, dezadaptatsion holatlar kiradi. Organik 
sabablarga esa serebral, somatogen (kardiogen, neyrogen, anemik, dissirkulyator, 
intoksikatsion, gipovolemik, gipoksik, respirator va boshqa sabablar) kiradi. 
Qisqa vaqt, bir necha soniyadan to 2-3 daqiqagacha davom etadi, bosh 
aylanishi, o‘zini yomon his qilish, quloqlarida, shang‘illash, ko‘z oldi 
qorong‘ilashuvi, kuchayib boruvchi holsizlik zaminida bemor hushidan ketadi. Nafasi 
yuzaki, teri ranglari oqargan, ba’zi hollarda bradikardiya, gipotoniya, umumiy 
mushak gipotoniyasi kuzatiladi. Ba’zan esa, ixtiyorsiz siyish va defekatsiya ham 
kuzatilishi mumkin. Postsinkopal davrda bemor asta-sekin o‘ziga kela boshlaydi, bir 
oz dezorientatsiya va amneziya kuzatilishi mumkin. Gorizontal holatda bemor 
hushining tiklanishi hushdan ketish diagnozini qo‘yishda ahamiyatga ega. 


19 
Eng avvalo, ta’sirlovchi omil bartaraf qilinadi. So‘ngra hayotiy muhim 
funksiyalar holati: nafas, qon aylanish tizimi kuzatilib, baho beriladi. Bemorga toza 
havo kelishini ta’minlash (siqib turgan kiyim tugmalarini echish, derazani ochish). 
Bemorni chalqancha yotqizish, bosh qismini pastga qilib, oyoq tarafini ko‘tarish.
6
Ta’sirlovchi usullar:
 
novshadil spirti hidlatish yoki chakkasiga surtish, sovuq 
suv purkash yoki yuziga engil urish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik holatlarda bemor 
o‘ziga keladi. Uzoq davom etgan hushdan ketish holatlarida m/o yoki t/o ga 1% li 
mezaton, 10% li kofein, bradikardiya kuzatilganda 0,1% li atropin sulfat eritmasi 
qo‘llaniladi. Qolgan holatlarda simptomatik terapiya o‘tkaziladi. 
O‘tkir tomir etishmovchiligi bo‘lib, bunda tomirlar tonusining birdan pasayib 
ketishi va aylanayotgan qon hajmining nisbiy kamayishi, ya’ni tomir hajmi bilan qon 
hajmining nomutanosibligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan patologik holat 
hisoblanadi. Bunda hushdan ketish kuzatilmaydi, lekin ba’zi hollarda bosh miyaning 
qon bilan ta’minlanishi, kritik buzilganda hush yo‘qolishi mumkin. 
Intoksikatsiyalar, infeksiya, gipo yoki giperglikemiya, pnevmoniya, buyrak 
usti bezi etishmovchiligi, jismoniy va ruhiy zo‘riqish. 
Bemorning ahvoli birdan yomonlashadi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, boshi 
aylanadi, teri ranglari oqarib, sovuq ter bilan qoplanadi, lekin oyoq-qo‘llar issiq 
bo‘ladi. Sababi qon periferiyaga taqsimlanadi. Nafas bir oz tezlashadi, yuzaki bo‘ladi. 
Taxikardiya va AQB ning keskin tushib ketishi kuzatiladi. 
SHoshilinch yordam chora-tadbirlari.
 
Sababini bartaraf qilish va tomir tonusini 
tiklashga qaratilgan bo‘lishi lozim. 

6
Золикина Л.С. Беморларни умумий парвариши, 1995.



Download 487,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish