Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti



Download 424,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi424,19 Kb.
#912343
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ashurov Mirzohid - madaniy marifiy




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI 
 
MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI 
YO’NALISHI 3-BOSQICH 302-GURUH TALABASI 
ASHUROV MIRZOHIDNING 
 
 “MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARGA TIZIMLI YONDOSHISH” 
 
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
Bajaruvchi__________________ 
 
Kurs ishi rahbari______________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
ANDIJON – 2022 



Reja 
I. Kirish 
II. Asosiy qism 
1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi, maqsad va vazifalari 
2. Milliy g‘oyani o‘quvchi yoshlar ongiga singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni 
takomillashtirishning o‘rni va ahamiyati 
3. Jamiyatdagi turli mafkuraviy taxdidlarning shaxs taraqqiyotiga ta'siri. 
III. Xulosa 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar 
 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi: 
Insoniyat tarixiy tajribasining ko'rsatishicha, biron-
bir jamiyat madaniy-ma'naviy, ma'rifiy imkoniyatlarni, odamlar ongi va 
qalbida ma'naviy axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay va mustahkamlamay 
turib, o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Yuksak madaniyat, ma'naviyat va 
ma'rifat har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. 
Madaniy-ma'naviy 
jihatdan 
qashshoq 
bo'lgan 
mamlakat 
buyuk 
porloq 
istiqbolga ega bo'lolmaydi. Madaniy qashshoqlik, ma'naviy inqiroz, insonning 
intellektual noyetukligi va omiligi barcha davlatlarda ham jamiyat taraqqiyoti uchun 
nihoyatda halokatli hodisa bo'lgan. Siyosiy, ijtimoiy va hatto iqtisodiy 
bo'hronlar, taraqqiyotdagi sustlashish, depsinishlar ham asosan ma'naviy-ma'rifiy 
zaiflashish oqibatida yuzaga kelgan, chuqur ildiz otib ketgan.
Madaniy-ma'rifiy taraqqiyot va ma'rifiy yuksalish bitun insoniyat hayotida 
katta o'rin tutgan va ustuvorlik qilganidek mustaqil O'zbekistonnig o'z istiqlol 
va taraqqiyot yo'li uchun ham muhim hayotiy zaruratdir. O'zbekistonning 
kelajakda buyuk davlatga aylanishi, Yo'lboshchimiz takidlaganidek, to'rt asosiy 
negizga - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikka, 
xalqimizning 
ma'naviy 
me'rosini o'rganish va rivojlantirishga, insonning o'z imkoniyatlarini erkin 
namoyon qilishga hamda vatanparvarlikka asoslanadi. Ana shunday ulkan siyosiy 
qarashlar va bunyodkorlik g'oyalari hukm surayotgan bir davrda ma'naviy 
barkamol, sog'lom mafkurali insonni tarbiyalashda madaniy 

ma'rifiy 
faoliyatning o'rni va ahamiyati haqidagi ushbu bitiruv malakaviy ishi ayni 
hozirgi kunimiz va hayotimiz uchun juda zarur va ahamiyatli hisoblanadi. 
Bashariyat tarixida sanoqligina xalqqa va millatga zardushtiylik va uning 
muqaddas kitobi "Avesto" dek ilohiy ne'mat nasib etgan.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 
“Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni 
rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini 
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini 
ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”
1

Hozirgi 
davrimizda 
esa 
Islomiy 
qadriyatlarni, 
Qur'oni 
Karim, 
Muhammad payg'ambarimizning Hadislarini, tasavvuf ta'limotini o'rganar 
ekanmiz, ularda milliy ma'naviyatimiz uchun o'ta muhim bo'lgan komil 
inson masalalarini e'tibordan chetta qolmaganligini ko'rishimiz mumkin. Umuman 
olganda shaxs mafkurasini to'g'ri shakillantirish to'g'ri ta'lim-tarbiya berish 
masalalari barcha davrlarda eng muhim masala hisoblangan. O'zbekiston xalqi 
o'zining o'tmish tarixida bir necha bor madaniy yuksalish bosqichlarini bosib o'tgan. 
Ana 
shunday 
yuksalish 
bosqichlarida 
bizning 
qadimiy va 
muqaddas 
1
https://daryo.uz/2020/12/07/shavkat-mirziyoyev-ozbekiston-xalqini-konstitutsiya-qabul-qilinganining-28-yilligi-
bilan-tabrikladi/
 



zaminimizda 
o'zimizning tariximiz, madaniyatimiz, 
ma'naviyatimiz 
va 
ma'rifatimizni, adolat va qonunchilikni va jahon sivilizatsiyasini rivojlanishida 
bebaho hissa qo'shgan, ma'naviyat va ma'rifat sohasida ta'limot yaratgan buyuk 
daholar, yetishib chiqqan. Komil inson masalalari aynan bizning vatandoshlarimiz 
ijodida o'zining chuqur ilmiy-amaliy ahamiyatini topgan. Hususan, Imom Ismoil 
Buxoriy, at-Termiziy, Ahnad Yassaviy, Bahuddin Naqshband, Abu Nasr 
Moturdiy, Burhoniddin Marg'iloniy, Najmiddin Kubro, Al-Xorazmiy, Ahmad 
Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud 
Qoshg'ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, 
Xoja Ahror Valiy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, kabi ulug' zotlar, buyuk 
ajdodlarimiz asarlarida insonni ma;naviy jihatdan boyitish masalalari ko'ndalang 
qo'yiladi. 

Download 424,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish