Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3-"v" guruh talabasi


Mafkura tushunchasiva uning mohiyati



Download 402,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana15.01.2022
Hajmi402,5 Kb.
#366682
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
tarix darslarida milliy mafkura va dunyoqarashni shakllantirish.

Mafkura tushunchasiva uning mohiyati 

Mafkura tushunchasi 

(arabcha  «mafkura»  nazarlar  va  e’tiqodlar  tizimi,  majmui)  degan  ma’noni 




 

 

 



13 

anglatadi. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir 

qancha  fikrlar  beriladi.  Mafkura  tushunchasiga  turli  davrlarda  faylasuf  olimlar 

tomonidan  berilgan  ta’riflar  shakl  va  mazmun  jihatidan  har  xil.  Mafkuraga 

jamiyatdagi  muayyan  siyosiy,  huquqiy,  ahloqiy,  diniy,  badiiy,  falsafiy,  ilmiy 

qarashlar,  fikrlar  va g‘oyalar  majmuidir,  -  deb ta’rif  beriladi. Ularning  barchasida 

jamiyatdagi  muayyan  siyosiy,  falsafiy,  huquqiy,  ahloqiy,  diniy,  badiiy,  ilmiy 

qarashlar,  fikrlar,  g‘oyalar  majmui  sifatida  asoslab  beriladi.  Demak,  mafkura  - 

muayyan  ijtimoiy  guruh  yo  qatlamning,  millat  yoki  davlatning,  jamiyatning 

ehtiyojlarini,  maqsad  va  intilishlarini,  ijtimoiy-ma’naviy  rivojlanish  prinsiplarini 

ifoda  etadigan  g‘oyalar,  ularni  amalga  oshirish  usul  va  vositalari  tizimidir.  Unda 

manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli 

o‘z  ifodasini  topadi.  Odamlar,  ijtimoiy  sinf  va  qatlamlarning  millat  va 

davlatlarning  manfaatlari  va  maqsadlari  ham  g‘oyalarda  ifoda  etiladi.  O‘z  oldiga 

qo‘ygan  maqsadi,  qanday  jamiyat  qurmoqchi  ekani,  bunga  qanday  yo‘llar  bilan 

erishmoqchi  bo‘layotgani  haqidagi  g‘oyalar  tizimi  har  bir  millat,  xalq  va 

jamiyatning  milliy  mafkurasining  asosini  tashkil  etadi

1

.«G‘oya»  va  «mafkura» 



tushunchalari  bir-biriga  yaqin  bo‘lsada,  ularni  aynanlashtirmaslik  kerak.  Nima 

sababdan?Birinchidan,  mafkura  g‘oyaga  nisabatan  mazmunan  kengroq 

tushunchadir.Ikkinchidan,  har  qanday  mafkurada  ijtimoiy  voqelikni  saqlab  qolish 

yoki  o‘zgartirishga  qaratilganlik,  ya’ni  maqsadlar  botiniy  emas,  balki  zohiriy 

tarkibda  mavjud  bo‘lishini  va  mafkuraning  o‘zagini  tashkil  etishini  ta’kidlash, 

joiz.Uchinchidan,  har  qanday  ijtimoiy  g‘oya  faqat  ma’lum  bir  mafkuraviy 

qarashlar doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik salohiyatini, 

jozibadorlik kuchini namoyon qila olishi mumkin. 



 

O‘zbekiston  xalqining  milliy  istiqlol  mafkurasi  jamiyatni  jipslashtirishga,  buyuk 

kelajak yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik 

jamiyatida har bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar 

etadi.  Prezident  Islom  Karimov  jamiyat  mafkurasiga  shunday  ta’rif  bergan: 

«Odamlarning  ming  yillar  davomida  shakllangan  dunyoqarashi  va  mentalitetiga 

asoslangan,  ayni  vaqtda  shu  xalq,  shu  millatning  kelajagini  ko‘zlagan  va  uning 

dunyodagi  o‘rnini  aniq  -  ravshan  belgilab  berishga  xizmat  qiladigan,  kechagi  va 

ertangi  kun  o‘rtasida  o‘ziga  xos  ko‘prik  bo‘lishga  qodir  g‘oyani  men  jamiyat 

                                                             

1

қаранг:  Миллий  истиқлол  ғояси:  асосий  тушунча  ва  тамойиллар.  Тошкент.  «Янги  аср  авлоди». 



2001. 31-б.

 



 

 

 



14 

mafkurasi  deb  bilaman»

2

Binobarin,  milliy  mafkura  har  qanday  xalqni-  xalq, 



millatni-  millat  qiladigan,  uning  yo‘li  va  maqsadlarini  aniq-  ravshan  charog‘on 

etadigan  mayoqdir.Insoniyat  tarixida  turli  shakldagi  juda  ko‘plab  mafkuralar 

yaratilgan,  xilma-xil  ijtimoiy-siyosiy  kuchlar,  o‘z  g‘oyalari  va  ta’limotlari  orqali, 

maqsad  va  niyatlariga  etishmoq  uchun  intilgan.  Mafkuralar  mohiyatiga  ko‘ra, 

falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Turli-tuman 

ijtimoiy-siyosiy  kuchlar  o‘z  mafkuralarini  yaratishda  siyosiy  g‘oyalar  bilan  birga, 

diniy  oqimlar  va  ilm-fan  yutuqlariga  tayanishi,  ulardan  nazariy  asos  sifatida 

foydalanishi mumkin. 




Download 402,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish