Andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Download 308,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.02.2023
Hajmi308,15 Kb.
#914207
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
773204 (2)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
TARIX FAKULTETI 
 
 
TARIX TA’LIM YO‘NALISHI 3-BOSQICH 306-GURUH TALABASI 
ERGASHOVA SAIDAXON 
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN
 
 
 
“XORAZM XALQ SOVET RESPUBLIKASI BOSHQARUVI”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
ANDIJON – 2022 
 



Mundarija 
 
Kirish 
1. XXSR boshqaruvi va unda yuz bergan o’zgarishlar 
2. Xiva xonligi va uning tugatilishi 
3. Xiva xonligi ijtimoiy va siyosiy holati 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
XX asr boshlarida butun Sharq mamlakatlari, jumladan Turkistonni ham 
milliy-ozodlik, demokratik xarakterdagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar qamrab oldi. 
Mustamlakachilik va o‘rta asr qoloqligiga qarshi qaratilgan ma’rifatparvarlik, 
umuminsoniy, demokratik maqsadlarni ko‘zlagan Misr, Turkiya, Hindiston, Eron, 
Xitoy va boshqa davlatlarga qarab keng yoyilgan mazkur harakat namoyandalari o‘z 
mamlakatlarini dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida ko‘rishni orzu 
qilganlar. Ilg‘or, zamonasining yetuk shaxslarini birlashtirgan, jadidlar nomi bilan 
tarix sahnasiga kirgan Turkistonni hur va ozod ko‘rishni istagan fidoiy 
vatanparvarlar Chor Rossiyasi, Buxoro amirligi, Xiva xonliklaridagi mustabid 
tuzumning tazyiqlariga qaramay kurashga otlandilar.
Ma’rifatparvarlik, demokratik oqim Xiva xonligida ham «Yosh xivaliklar» 
timsolida namoyon bo‘ldi. Polvonniyoz Xoji Yusupov, Bobooxun Salimov, Nazar 
Sholikarov, Husayn Matmurodov va boshqa o‘nlab Xorazm vatanparvarlarining faol 
harakatlari tufayli, Xiva xonligida ilk bora 1917 yilga kelib Parlament monarxiya 
boshqaruvi, demokratik konstitutsiyaviy monarxiya tizimi o‘rnatildi. Ammo bu 
harakat mustabid xon hokimiyati tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Xivalik 
demokratik ma’rifatparvarlar, mavjud tarixiy va harbiy vaziyatni hisobga olib
shuningdek, bolsheviklarning «ozodlik», «hurriyat», «demokratiya» kabi 
balandparvoz shiorlariga ishonib, ularni Xivada mavjud siyosiy tuzumini ag‘darib 
tashlashda o‘zlariga ittifoqchilar deb bildilar.
Sovet hokimiyati bunday vaziyatdan unumli foydalandilar. Sharq xalqlarini 
«sovetlashtirish», «butun dunyo proletariat inqilobi» kabi maqsadlarni ko‘zlagan 
bolsheviklar Xorazm va ayrim turkman vatanparvarlari kuchi va yordami bilan 
Xivaga tajovuz uyushtirdilar, natijada xonlik tuzumi tugatildi. «Yosh xivaliklar» 
darhol demokratik islohatlarni amalga oshirishga kirishdilar. Shu maqsadda 
Muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqdilar. Bunda 
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, milliy, diniy urf-odatlari hisobga olindi. 
Ammo bolsheviklar birinchi kunlardanoq yosh hukumatning ichki ishlariga qo‘pol 
ravishda aralashdilar. Hatto taraqqiyot yo‘lini belgilashda «bolshevikcha» andozani 
tiqishtirishni boshladilar, natijada milliy demokratik taraqqiyot va bolshevistik sovet 
taraqqiyoti tarafdorlari o‘rtasida tinimsiz kurash boshlandi.
Bu kurash Xiva xonligi o‘rnida tashkil qilingan Xorazm xalq sovet 
respublikasi (1920–1924 y) davrida yanada kuchaydi. Sovet Rossiyasi Xorazm 
Respublikasining nafaqat tashqi siyosatiga, balki ichki siyosatini ham belgilab 
berish yo‘lini tutdilar. Shunday bo‘lsa-da, XXSR rahbariyati o‘z mamlakatining 
mustaqilligini mustahkamlash uchun kurash olib bordilar. Ularni hatto 
bolsheviklarning qatag‘onlari ham to‘xtatib qolmadi. Qizig‘i shundaki, XXSR qisqa 
muddatda Sovet Rossiyasi tomonidan qo‘yilgan cheklov va to‘siqlarga qaramay 
dunyoning ko‘pgina davlatlari bilan diplomatik, savdo aloqalarini o‘rnatishga 



muvaffaq bo‘ldilar. G‘arb davlatlaridan Finlayandiya, Germaniya, Angliya, Boltiq 
bo‘yi respublikalari, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Kavkaz orti respublikalari, 
Eron, Afg‘oniston, Xitoy kabi davlatlar bilan faol siyosiy-iqtisodiy aloqalar 
o‘rnatildi. XXSR G‘arb davlatlariga nafaqat xom-ashyo, balki tayyor sanoat 
mahsulotlarini ham eksport qildi. Hatto Rossiya iqtisodiyotiga sarmoya olib kelishga 
muvaffaq bo‘ldilar.
Dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladilar. Ammo, RSFSR da sovet hukumati 
mustahkamlanib borgan sari RSFSR, keyinchalik SSSR ning kommunistik 
rahbariyati Xorazm respublikasiga nisbatan har qanday mustaqil davlatning asosiy 
suveren huquqlaridan hisoblangan tashqi iqtisodiy faoliyatini erkin amalga 
oshirishga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini yurgizdi. 1924-1925 yillarda O‘rta Osiyoda 
o‘tkazilgan milliy-hududiy davlat chegaralanishi natijasida XXSR tugatildi. Uning 
hududlari Turkmaniston, Qoraqalpoqiston, shuningdek O‘zbekiston Sovet 
respublikalariga qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston SSR ga qo‘shilgan hududida 
Xorazm viloyati tashkil qilindi. 




Download 308,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish