Andijon Mashinasozlik insitituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 82-21 guruh talabasi azamov akbarxoning o’zbekistoning eng yangi tarixi fanidan O’zbekiston



Download 246,66 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2022
Hajmi246,66 Kb.
#426615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
aaaaaaaa Andijon Mashinasozlik K 81 82 21 979797

  • II.ASOSIY QISM
  • 1.Prezident beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ular nima?
  • Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
  • Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
  • Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
  • To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
  • Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.
  • Prezidentning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. “Ma'rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.
  • Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
  • 2.Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga chorlamoqda
  • Madaniyat vazirligi va Xalq ta'limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta'lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
  • Tashabbuskor iste'dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta'kidlandi.
  • Taniqli san'atkor va iste'dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san'atni rivojlantirishga mas'ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.
  • Musiqa va san'at sohasida oliy ma'lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e'tibor qaratildi.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.
  • Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta'lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.
  • Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
  • Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.
  • Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun'iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta'kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.
  • Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
  • Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.
  • Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.
  • 3.Besh tashabbus besh imkoniyat
  • O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomil­lashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezi­dentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texno­logi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yosh­larni rivojlantirishga qara­tilgan ma­sa­lalar muho­kama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilar: Birinchi tashabbus yosh­lar­ning musiqa, rassom­lik, ada­biyot, teatr, va san’atning bosh­qa turlariga qiziqishlarini oshi­rish bo‘yicha. Ikkinchi tashabbus yosh­lar­­ni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha. To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha. Beshinchi tashabbus xo­tin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.
  • Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukam­­mal tarbiyalash, ular­ning bo‘sh vaqtini maz­munli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtiro­kida amalga oshirib boriladi. Yig‘ilishda har bir tashab­bus­ning maqsadi aniq belgilanib, ijro etuvchi soha­larga tegishli vazifalar yuklatildi. Jumladan, Respub­lika Ma’na­viyat va ma’rifat markazi ham to‘rtinchi tashab­bus — aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksal­tirish, ular o‘rtasida kitobxon­likni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha mas’ul tashkilot sifatida jarayonda faol ishtirokchiga aylanadi. Markaz­da quyidagi yo‘nalish­larda amaliy ishlar olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda: 1) tegishli tashkilotlar mas’ul­ligi va hamkorligida 1 oy muddatda mazmun va mohiyat nuqtayi nazaridan milliy ruhimiz, shonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bo‘lgan harbiy qasamyodning yangi matni bo‘yicha taklif tayyorlash; 2) Xalq ta’limi vazirligi mas’ul­ligida Yoshlar ittifoqi bi­lan hamkorlikda an’anaviy tarzda bir yilda ikki marotaba, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va 2-sentabr — Bilimlar kunida mam­lakatimiz bo‘ylab o‘tkazila­digan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiya tashkil qilish;

  • 3) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashkilot sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbe­kiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbe­kiston milliy teleradio­kom­paniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbe­kiston Milliy axborot agentligi va Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda, bir yilda bir marta — 9-fevral — buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning tavallud kunida e’lon qilinadigan “Bu yilda o‘qilishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzib chiqish, ushbu kitoblarning yil davomida tele va radioefir­larda o‘qib borilishi, el tanigan ziyolilar orqali barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tashviqotini tashkil qilish; 4) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ulligida Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan ham­korlikda jahon va o‘zbek adabiyoti, tari­ximiz va qadriyat­larimiz bilan bog‘liq sara asarlar, shuningdek, islom dini tarixi, islom dinining asl mazmun-mohiyati va yurti­mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida hikoya qiluvchi ixchamlashtirilgan matnlarni chop etish va audio­kitoblar tayyorlashni ta’min­lash; 5) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashki­lot sifatida Yoshlar ittifoqi va Madaniyat vazirligi bilan birga­likda yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda kitobxon­likka keng jalb etishga qaratil­gan ta’sirchan, tizimli, maqsa­dli va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Download 246,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish