Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika» fakulteti



Download 7,63 Mb.
bet3/67
Sana10.02.2022
Hajmi7,63 Mb.
#441609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Elektrotexnika Маърузалар

1-modul
1-mavzu: ELEKTROTEXNIKA KIRISH


Reja:

  1. Fanning predmeti va uslublari

  1. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogic texnologiyalar

  1. O’zgarmas tok chiziqli elektr zanjirlar

  1. Bir fazali o’zgaruvchan ko’k elektr zanjirlari

  1. Uch fazali o’zga

  1. Generator chulg’amlarini va istemolchilarining fazalarini “yulduz ” va “uchburchak” shaklida ulash



1. Fanning predmeti va uslublari
Elektrotexnika fani deb – elektr energiyasi hosil qilib, uni amaliy maqsadlar uchun foydalanish yo`nalishlarini o`rganadigan fanga aytiladi. Hozirgi paytda elektr energiyasi ma`lum bo`lgan barcha energiyalardan farqli ravishda hamma joyda sanoatda, transportda, mashinasozlikda, maishiy hizmatda va xalq xo`jaligini barcha sohalarida alohida tengi yo`q o`rinni egallaydi. Bu energiyani ustunlik tomonlari shundaki;
a) uni hohlagan energiya turiga aylantirish mumkin, yoki hohlagan energiyani elektr energiyasiga aylantirish mumkin,
b) eng sodda va arzon moslamalar yordamida elektr energiyasini juda katta tezlik bilan istalgancha ko`p miqdorda va hohlagancha uzoq masofalarga uzatish mumkin,
s) ekologik jihatdan toza, atrof muhitni ifloslantirmaydi, hidi yo`q, rangi yo`q, o`zidan chiqindi chiqarmaydi.
Elektrotexnika fanini rivojlantirishga rus olimlari va muhandislari katta hissa qo`shdilar. Elektr hodisalarini o`rganish,
- 1650 yilda birinchi elektr mashinasini yaratilishidan boshlandi.
- 1785 yilda Kulon elektr zaryadlarining o`zaro ta`siri qonunini yaratdi.
Kuchlanishning birinchi elektrokimyoviy manbaasini o`rganish,
- 1799 yilda A.Vo`lta tomonidan, elektr manbaasini yaratilgan davridan boshlandi.
- 1802 yili fizik olim professor, V.Petrov elektr yoyini hosil qildi:
- 1832 yili rus olimi P.Shilling telegrafni yaratdi.
- 1834 yili E.H. Lens elektromagnit induktsiyasi qoidasiga asos soldi:
- 1838 yili B.Yakobi birinchi bo`lib doimiy tok elektrodvigatelini yaratdi.
- 1873 yili rus olimi A.N.Lodigin lampochkani ihtiro qildi:
- 1876 yili P.N.Yablochkov elektr apparati hisoblangan transformatorni yaratdi.
- 1877 yili Tomas Edison magnit tasmasiga ovoz yozish mumkinligini isbotladi.
19 asrning ohirlariga kelib - 1891 yili rus injeneri M. O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali o`zgaruvchan tok hosil qiluvchi tizimni, transformatorni va uch fazali asinxron motorlarni kashf qildi. Hozirgi vaqtda sanoatda, transportda va xalq xo`jaligi tarmoqlarida boshqa energiyalar kabi elektr energiyasidan keng ko`lamda foydalanilmoqda.
Insoniyat bir necha yuz yillar mobaynida har hil hodisalarni o`rgana borib, bizni atrofimizni o`rab turgan bizdan tashqari muhitdan shunday hulosalarni o`zlariga oldilarki, bizni o`rab turgan bu muhitda barcha narsalar ko`rinishi, tuzulishi qanday bo`lishligidan qat’hiy nazar ular eng sodda elementlardan–atomlardan tuzilgandir. Bir necha atomlar esa o`zaro birlashib molekulalarni tashkil qiladi. Bir necha molekulalar birlashib esa o`z navbatida siz va bizga ko`rinib-ko`rinmay turgan qattiq, suyuq va gaz holatidagi jismlarni predmetlarni, tashkil qiladi. Ho`p shunday ekan, bizdan tashqi muhitdagi barcha narsalar hammasi atomlardan, ya`ni proton va neytronlardan, (bitta musbat va bitta manfiy) zarrachalardan iborat ekan. Bir necha protonlar birlashib atomni yadrosini, bir necha neytronlar birlashib esa moddalarni elektronlarini tashkil qiladi. Yadro va elektron bu bir butun atom demakdir.
Hozirgi kundagi ilmiy nazariyaning ko`rsatishlaricha har bir atom ikki qismdan musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektrondan iborat. Atom o`zini tarkibida ikki hil zaryadni bir hil miqdorda ushlab turganligi uchun hech qanday elektr hossasiga ega emas. Har hil elementlarning atomlari bir biridan faqat atom og’irligi bilangina farq qilishlari mumkin. Ularning og’irligi, o`zlarining tarkibida saqlab turgan elektronlari va protonlarining miqdoriga bog’liqdir. Masalan; vodorod (H) atomining og’irligi Mendeleev jadvalidagi 1 ga teng deb olingan, chunki uning atomi tarkibiy jihatidan, 1 ta elektron va 1 ta protondan tashkil topgan bo`ladi. Mis atomida esa yadroning atrofida 29 ta elektron aylanib yuradi, oltinni atomi atrofida esa 79 ta manfiy zaryadlangan elektroni bor. Elementlar atomi tarkibidagi elektronlari soni har doim uning D.Mendeleev jadvalidagi o`rniga to`g’ri keladi.
Elektrotexnika fanining kelajak istiqboli haqida gapiradigan bo`lsak, qisqacha qilib aytganda kundalik hayotda elektr energiyasiga bo`lgan talablarimizdan tashqari, kosmosga tushib chiqayotgan kosmik kemalarning ishini ham, elektr energiyasiga yurayotgan elektromobillarning ishini ham, xalq xo`jaligidagi yuzaga kelayotgan yangi ihtirolarni
ham, elektr energiyasi istirokisiz amalga oshirishimiz qiyin.



Download 7,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish