Andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi



Download 62,77 Kb.
bet8/12
Sana11.06.2022
Hajmi62,77 Kb.
#654267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
37-Mavzu O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish milliy modeli (andozasi).

Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil birinchi Prizidentimiz Islom Karimov asarlarida nihoyatda mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa. amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi.
Birinchi Prizidentimiz I.Karimovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir,
Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni, ya'ni bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday ta'riflaydi:i «Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish. tarkibiy o'zgarishlar. bozor munosabatlarini bosqichmabosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg'unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiv sohaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mumkin».

Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot:
O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi.
Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda.
Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'»
Birinchi Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. Respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Birinchi Perizidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyati-mizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:

  1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.

  2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.

  3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.

  4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.

  5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.

  6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash.




  1. O’ZBEK MODELI”NING TARIXIY XALQARO AHAMIYATI.

Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisidir.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishda davlat bosh islohotchi, iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi.
«Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi. iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur», - deb ta’kidlaydi O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Nima uchun bu o’ta mas’uliyatli tarixiy vazifa aynan davlatning zimmasiga yuklatildi? Chunki mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va ayni paytda bozor munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir xil, boshlang’ich darajada bo’lgan. Bozor islohotlarining takdirini, ayrim davlatlarda bo’lgani kabi, davlat korporasiyalari qo’liga topshirib qo’yib ham bo’lmasdi.
Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga o’tishning «shok terapiyasidan» farqli o’laroq, bosqisma-bosqich amalga oshiriladigan ijtimoiy yo’naltirilgan modeli tanlandi. Bunday sharoitda aholining, ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi orqali faqat davlatgina himoya qila olishi mumkin. Shu bois davlatning kuch-qudratidan, boy imkoniyatlaridan foydalanmaslik keyinchalik to’g’rilab bo’lmas xatolarga olib kelishi tayin edi. Birinchi Prezidentimiz tomonidan ushbu yo’l yagona va to’g’ri yo’l deb tanlandi. Davlat bizda azaldan qudratli kuch, boshqarish vositasi bo’lib kelgan. Islohotlardan oldin barcha mulk obyektlarining 90 foizdan ziyodrog’i davlat tasarrufida edi. Qayd etish lozimki, barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy tuzilmalarining o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi boshqara oladigan tizim, munosabatlar silsilasi. Bunday sharoitda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yoki iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi bormi? Bu - juda nozik masala.
O’tgan asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida ba’zan bozor qonuniyatlari, ba’zan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari ustuvorlik qilib keldi. 1940-70 yillarda iqtisodiy jarayonlarыi boshqarish va tartibga solishda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilgan bo’lsa, 1980-90-yillarda iqtisodiyotni bozor tomonidan tartibga solishning cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasini ilgari suruvchi monetarizm va neoliberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi.


Download 62,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish