Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 0,68 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0,68 Mb.
#309679
Bog'liq
1-MAVZU

ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti kafedrasi

FAN:TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA

RAQOBAT MENEJMENTI

Ma‘ruzachi: katta o‘qituvchi

Raxmonova Barno Soxibjonovna

Tel raqam: +998916123269

Email: baxtdilel@gmail.com

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI FANI




Masg‘ulot turi

3-semestr

4-semestr

jami

1

ma’ruza

36

34

70

2

amaliy mashg‘ulotlar

40

40

80

3

mustaqil ta’lim

90

90

180

Umumiy

166

164

330

1-MAVZU. "TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI" FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA O‘RGANISH USULLARI REJA:


Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat

menejmentining predmeti va o‘rganish usullari.

Fanning mohiyati, maqsad va vazifalari.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning

o‘ziga xos xususiyatlari.

1

2

3

1. Fanning mohiyati, maqsad va vazifalari.


“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning xorijiy tashkilotlar va firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi iqtisodiy-tashkiliy munosabatlari bunday kurslarning mavzusi hisoblanadi.

Fanni o‘rganishdan maqsad - tashqi iqtisodiy aloqalarning tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy asoslari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyoti va texnikasi, raqobat menejmenti bilan tanishtirish hamda shu kabi masalalarni yanada chuqur o‘rganish va amaliy o‘zlashtirish, olingan bilimlarni amalda qo‘llashga zarur asosni ta'minlashdan iboratdir.

Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o‘rtasida almashinishining turli yo‘nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir. Bu istalgan mamlakat iqtisodiyotidagi eng murakkab soha bo‘lib, o‘z rivojlanishi uchun atroflicha yondashishni taqozo etadi.

2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respubli-kaning tashqi savdo aylan-masi (matnda TSA) 15 855,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos dav-riga nisbatan 3528,0 mln. AQSH dollariga yoki 18,2 % ga kamaydi. TSA da eksport hajmi 6 285,4 mln. AQSH dollariga (22,6% ga kamaydi) va import hajmi 9 570,4 mln. AQSH dolla-riga (15,0 % ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida - 3 285,0 mln. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Respublikamizda tashqi sav-doni qo’llab-quvvatlash ham-da MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlat-larining ulushi 34,4 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan ulushi 3,8 % ga kamaygan.


Fanni o‘rganish maqsadidan kelib chiqib, fanni o‘qitishda:

  • tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslarini;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish va tartibga solishni;
  • jahon iqtisodiyoti va uning tarkibini;
  • xalqaro tovar savdosi va uni boshqarishni;
  • tashqi savdo va uni boshqarishni;
  • xalqaro xizmatlar bozori va xalqaro kapital harakatini;
  • respublikamiz iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o‘rnini;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni kreditlash va boshqarishni;
  • xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalarini;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing va raqobatning nazariy-metodologik asoslarini;
  • raqobatbardoshlikni tadqiq qilishning iqtisodiy mohiyati va darajalarini o‘rganib, zamonaviy jahon iqtisodiy munosabatlari tizimida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi, tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta-kredit va moliyaviy muammolar va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi haqidagi ma'lumotlarni tahlil qila olish kabi masalalarni o‘rganish vazifalari qo‘yilgan.

2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmentining

predmeti va o‘rganish usullari.

“Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti” faning predmeti — tashqi iqtisodiy aloqalarning tur­li jihatlari va raqobat menejmenti bo‘yicha tegishli bilimlarni o‘rganishdan iboratdir.

Fan o‘z predmetini o‘rganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhga o‘rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraksiya, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tajriba, faraz kabilar kirsa

ikkinchi guruhga maxsus usullarni kiritish mumkin. Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy–matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik balansni aniqlash hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi.

3. Tashqi iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.


O‘zbekistoning tashqi iqtisodiy faoliyatida eksport juda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi mavqyei mustahkamlanishi va valyuta tushumlarini ko‘paytirish uchun eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni amalga oshirish juda muhim hisoblanadi.

O‘zbekistonda eksportni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida to‘la aks etgan va u davlat tomonidan tartibga solinadi. Buning sababi, avvalambor, ichki ishlab chiqaruvchilarni himoyalash bo‘lsa, ikkinchidan tashqaridan turli, mamlakat xavfsizligi va aholi iste'moli uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar kirib kelishini oldini olishdir.

Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida agrar sohada tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etishda, ya'ni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportini oshirish, xalqaro xamkorlikda sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jalik sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali amalga oshirishda bir qator yechimini ko‘tayotgan masalalar mavjud. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlar raqobatbardosh-liligini oshi­rish orqali xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yanada yuksak ta­lablar qo‘ymoqda. Bularning barchasi iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida agrar sohada tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish yo‘llari bo‘yicha nazariy va amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti fani o‘rganish orqali mamlakatda har bir sohada eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan birga, uni tashqi bozorlarga olib chiqish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasi amalga oshirish imkonini beradi.


Thank you for your attention


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish