Anesteziologiya asoslari haqida tushuncha



Download 85,25 Kb.
bet1/20
Sana03.07.2022
Hajmi85,25 Kb.
#737258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ANESTEZIOLOGIYA ASOSLARI HAQIDA TUSHUNCHA


ANESTEZIOLOGIYA ASOSLARI HAQIDA TUSHUNCHA


REJA:


1.Anesteziologiya tarixi
2.Anesteziya, intensiv terapiya va reanimatciya asboblari va jihozlari
3 .Ingalyatcion anesteziya asboblari
4. Anesteziologiya-reanimatologiya bo’limida sanitar-gigienik tartib, aseptika va antiseptika
5.Ingalyatcion anesteziya (narkoz)
Noingalyatcion anesteziya
6.Zamonaviy ko’p komponentli (tarkibli) anesteziya Bemorni anesteziya va jarrohlik amaliyotiga tayyorlash.
7.Umumiy anesteziya asoratlari, ularning oldini olish va intensiv davolash

Anesteziologiyaning asosiy vazifalari.


Anesteziologiyaning asosiy vazifalari organizmni hayotiy muxim funktciyalarini operatciyaning zararli ta`sirlaridan himoya qilish, premedikatciya o’tkazish, operatciya paytida og’riqsizlantirishni tanlash va ta`minlash, neyrovegetativ reaktciyalarning oldini olish, nafas buzilishlarini korrektciyalash va lozim bo’lganda o’rnini bosish, gemodinamikani boshqarish, modda almashinuvi buzilishlarini korrektciya qilishdir.


Og’riqsizlantirishning zamonaviy tasnifi: (J.M. Sobirov, Sh.E. Ataxanov. 2006)
I. Mahalliy anesteziya.
1. Yuzaki (terminal) anesteziya.
2. Infiltratcion anesteziya.
3. Regionar anesteziya.
II. Umumiy anesteziya.
1. Ingalyatcion anesteziya (niqobli, endotraxeal, endobronxial)
2. Noingalyatcion anesteziya (m/o, vena ichi total)
III. Kombinatciyalangan anesteziya.
1. Mahalliy va umumiy anesteziya.
2. Ingalyatcion va noingalyatcion anesteziya.
IV. Potentciyalangan anesteziya.

Anesteziologiya tarixi.


Qadim zamonlardan beri eng katta muammo bo’lgan og’riqni qoldirish uchun turli xil vositalar va usullardan foydalanganlar. Qadimiy Gretciya, Egipet, Rimda mandragora, durman, belladonna, opiy qaynatmasi damlama sifatida ichilar, teriga surtilar, huqna yordamida yuborilar edi.


Frantcuz xirurgi Ambruaz Pare nerv ustunlarini bog’lab, operatciyalarni o’tkazgan, lekin gangrenalarning rivojlanishi bu metodga chek qo’ydi, Abu Ali Ibn Sino og’riqsizlantirish maqsadida muz qo’yishdan foydalangan.
XIX asr o’rtalaridan narkotik moddalarning xususiyatlari ochilgach,ilmiy og’riqsizlantirish rivojlana bordi. 1842 yilda tish hakimi Long efir bug’larini umumiy og’riqsizlantirish maqsadida birinchi marta qo’lladi. 1844 yilda tish hakimi Uels azot oksidini “kuldiruvchi gaz” deb atab qisqa muddatli operatciyalarda qo’llaydi. 1846 yilda Tomas Morgan efir narkozi ostida sut bezi rakini amputatciya qiladi. 1847 yilda angliyalik xirurg Simpson tomonidan xloroform narkozi qo’llaniladi. Xloroform efirga nisbatan toksikligi yuqori bo’lgani uchun keyinchalik ishlatilmaydi, 1869 yilda K.Bernard morfin gidroxloridni premedikatciyada ishlatadi.
1878 yilda Maseossi endotraxeal intubatciya qilib, sun`iy nafas berishga asos soldi, shuni asosida endotraxeal anesteziya va narkoz apparatlari yaratildi, 1905 yilda novokainning xususiyatini ochgach Eyxorn uni anesteziyada qo’llaydi, 1884 yilda Koltr o’tkazuvchi anesteziyani, 1898 yilda Ya.Zeldovich orqa miya anesteziyasini,1925 yilda Doliotti peridural anesteziyani ishlab chiqdi. Shunday qilib, tibbiyotda anesteziya va anesteziologiya fani paydo bo’ldi (an - inkor kilish, aesthesis - sezgi, logos -fan degani). 1854 yilda Angliyalik Vud tomonidan tomir ichiga mo’ljallangan ignaning kashf etilishi narkotik moddalarni tomir ichiga yuborish – noingalyatcion narkoz turini qo’llashga imkoniyat yaratdi.
Zamonaviy anesteziya davri farmakologik kashfiyotlar bilan xarakterlanadi. Vena ichiga yuboriladigan dorilar ko’payib, rivojlanib bordi. Barbituratlar - etiminal natriy, fenobarbital, pentonal qo’llana boshlandi. Efir, xloroform narkozi asoratlarga olib kelgani uchun ularni qo’llash chegaralanib qoldi. Bularning o’rniga zaharli ta`siri kamroq azot oksidi, tciklopropan, trixloretilen qo’llana boshlandi.
Jarrohlik amaliyotiga kuraresimon preparatlarning kirib kelishi katta yutuq hisoblanadi. Muskul relaksantlarini amaliyotida qo’llash tibbiyotda revolyutciya deb e`tirof etilgan. Bu moddalarning tasirini K.Bernard o’rganib, ularning muskullarni bo’shashtirishini aniqlagan. Kurarezatciya operatciya vaqtida muskullarni bo’shashtirgani uchun umumiy anestetiklarni dozasini oshirishga hojat qolmaydi. 1942 yilda Kanadalik anesteziolog Griffit va 1947 yilda Kupriyanov birinchi marta miorelaksantlarni qo’llaganlar. Keyinchalik kuchli analgetik va neyroleptik tasirga ega bo’lgan preparatlar qo’llana boshlandi.
Hozirgi vaqtda organizm funktciyalarini boshqaruvchi ko’plab usullar mavjudki (gipotermiya, suniy gibernatciya, gipotenziya), ularni qo’llash tufayli operatciya va anesteziyaning bemor organizmiga xavfi va zararli ta`siri keskin kamaytiriladi.
Hozirgi vaqtda anestetiklarning MNSga narkotik ta`sirini mexanizmini tushuntirib beradigan yagona nazariya yo’q. Xronologik tartibda shu vaqtgacha yaratilgan asosiy nazariyalarni keltiramiz.

  1. Koagulyatcion nazariya (Klod Bernar, 1975).

  2. Lipoid nazariya (Meyer va Overton 1899-1901).

  3. Nerv hujayralarining bo’g’ilishi nazariyasi (Fervorn 1912).

  4. Adsorbtcion nazariya (Traube va Varburg 1913-1918).

  5. Suv mikrokristallari nazariyasi (Poling 1961).

Oxirgi yillarda anestetiklarning nerv hujayrasiga ta`sirining keng tarqalgan “membrana nazariyasi” hisoblanadi. Bunda narkoz holati kelib chiqishi, anestetikning hujayra membranasi polyarizatciyasi va depolyarizatciyasi mexanizmiga ta`siri bilan tushuntiriladi.



Download 85,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish