Angren shahar istiqlol yillarida



Download 435 Kb.
bet1/15
Sana29.12.2021
Hajmi435 Kb.
#83827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dilfuz


Angren shahar istiqlol yillarida
Daryo-yu jilg`alar bo`stonga loyiq,

Mag`rur, tik tog`larim dostonga loyiq

Ming yillik Iloqning dovrug`i bizmiz,

Bag`rimiz kengligin bilsin haloyiq.


Angren shahrining tog` sanoati tumani Angren daryosi (to`g`rirog`i Ohangaron daryosi) vodiysida joylashgan. U shimoliy g`arbdan Chotqol tog`I, shimoliy sharqdan Qurama tog`i tizmalari bilan chegaralangan. Har ikkala tizma vodiyning shimoliy sharqiga kelib birlashadi. Tizmalarning balandligi 3600 metrga yetadi. Vodiyning, o`zi dengiz sathidan 900-1200 metrgacha bo`lgan balandlikda joylashgan. U Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston respublikalari bilan chegaradoshdir.

Chotqol tizmasi Chotqol va Ohangaron havzalari uchun tabiiy suv ombori manbai hisoblanadi. Uning balandligi 4000 metrga yetadi. U janubiy g`arbga qarab 3200 metrgacha pasayadi. Chotqol tizmasining shimoliy yonbag`ri tik. U vodiylarni tik tushgan jarliklari bilan ajratib turadi. Uning janubiy qismi nishob bo`lib, suvlari to`la soylarga egadir.

Qurama tog` tizmasining uzunligi 150 kilometrgacha cho`zilgan, uning ba’zi joylari dengiz sathidan 3500 metrgacha baland. O`rtacha balandligi 2500 metr hisoblanadi.

Angren daryosi o`z suvini Ohangaron havzasidan, Qamchiqsoyning chap biqinidan oladi. Buning ustiga har ikkala tog` tizmalaridan kelayotgan ko`p sonly soylarning suvlari ham unga qo`shiladi. Masalan: Chotqolning chap yonidan: Bog`i-Surhsoy, To`g`onboshisoy, Dukentsoy, Qorabog`soy, Aqchasoy, Shavvozsoy, Qurama tog`ining o`ng yonidan: Navgarzonsoy, Jigaristonsoy, Qayrag`ochsoy, Beshsoy, Nishboshsoy, Go`shtsoy va boshqalar. Ohangaron daryosining uzunligi 256 kilometr bo`lib, shu masofadan so`ng Sirdaryoga quyiladi.

Ohangaron vodiysida suv geologik kuzatishlar 1909 yili boshlanib, Turk qishlog`i yaqiniga suv o`lchagich xizmati o`rnatilgan. Bu xizmat 1946 yilga kelib Turk ob-havoni kuzatish stansiyaga aylantirildi. 1948 yil bunday kuzatish stansiyalari daryoning yirik jilg`alariga ham o`rnatildi.

Ohangaron vodiysining mehrigiyosi – har ikkala tog` bag`rini qoplab, yashnatib turgan bog`-rog`lari, archazorlari, dorivor o`t-o`lanlari, tiniq suvlariyu, toza havolaridir. Mevali daraxtlardan: olma, o`rik, yong`oq, olcha, olmurut, bodom va boshqa mevali daraxtlar odamlar hayotini yengillashtirib kelgan va shunday bo`lib qolmoqda. Dorivor va shifobaxsh o`tlari esa sog`liqni saqlash sohasida “yashil dorixona” vazifasini bajarib kelmoqda.

Bu yerning hayvonot dunyosi ham o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tog` kiyiklari, qo`ng`ir ayiqlar, to`ng`izlar, bo`rsiqlar ko`plab uchraydi. Yirtqich hayvonlardan chiyabo`ri, bo`ri, hatto qoplonlarni uchratish mumkin. Vodiyni to`ldirgan parranda va darrandalar ham inson salomatligi va ko`ngilxushligi uchun bevosita va bilvosita xizmat qiladi. Ilon zahri, bo`rsiq yog`i inson uchun shifo bo`lsa, bulbul, mayna ovozi asabni erkalasa, kakliklar insonning ko`nglini xushlaydi.

Tabiat bilan inson uyg`unligi hayotimiz mazmunidir. Bu muvozanat buzilsa inson ham, hayvonot dunyosi ham kasallikka uchraydi. Istebdod davridan yetib kelgan Orol fojiasini unutmang. Bu fojia jahon dardiga aylangan. Bu kasallikni yengillashtirishishi har birimizning oliy burchimiz bo`lishi kerak.




Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish