Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning dunyoqarashni sakllantirish metodlari



Download 32,5 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi32,5 Kb.
#693479
Bog'liq
Akramjonova Odinaxon Sherzodjon qizi-


TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA O’QUVCHILARNING DUNYOQARASHNI SAKLLANTIRISH METODLARI
Oxunjonova Shoxista Oyturaxonovna- Oltiariq
tumani 41 maktab o’qituvchisi
Akramjonova Odinaxon Sherzodjon qizi- Farg’ona
davlat universteti talabasi
O’quvchilarini tevarak-atrofdagi mavjud narsalar bilan tanishtirish, ularda Ona sayyoramiz - Yer tuzilishi, almashib keluvchi fasllar, bu fasllarda ro’y beradigan tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvurlar hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va undan oqilona foydalanishni o’rgatish ”Tabiatshunoslik” darsligidagi mavzular orqali amalga oshiriladi.
Inson shunday yaratilganki, tabiat va jamiyatda paydo bo’ladigan ko’pgina muammo va masalalarga javob beradigan, doimo orzu-umidlar bilan yashashga undaydigan hayotbaxsh g’oya va mafkuraga katta ehtiyoj sezadi. Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimiz tiklandi, ma’naviyatga, milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini shakllantirishga, yosh avlodni ma’rifiy asosda tarbiyalashga e’tibor kuchaydi.
Ma’lumki, dunyoqarash kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari hamda tasavvurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash olam haqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak atrofidagi narsa va hodisalar to’g’risida qancha ko’p ma’lumotga, bilim va tasavvurga ega bo’lsalar, ularning dunyoqarashi ham shu darajada keng, mukammal va puxta bo’ladi. Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, al-Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur va boshqalarning asarlarida ham tabiat va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik tushunchalari haqida ma’lumotlar berilgan. Allomalariraiz insonning ma’naviy kamolotida jismoniy va axloqiy tarbiyaning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlaganlar.
O’quvchilar tabiatdagi sabab-oqibat bog’lanishlari va qonuniyatlariga oid bilimlarni o’zlashtirib olmasa, yuksak dunyoqarashni shakllantirib bo’lmaydi.
O’quvchilar jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari haqidagi tasavvur va tushunchalarni, ma’lum bir narsa yoki muhitni ikkinchisidan farq qilishni, ularni ta’riflashni, kishilar hayotidagi ahamiyatini aniqlashni o’rganib, mustahkamlab boradilar.
Tabiatning moddiyligi bolalar jonli va jonsiz tabiat obektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar va bog’liqlikni aniqlashi vaqtida seziladi. Masalan, ular o’simliklarning jonsiz tuproq, suv, quyosh nuri va issiqlik bilan chambarchas bog’liqligini bilib oladilar.
Mashg’ulotlarni rejalashtirishda: boshqa fanlar (ona tili, o’qish, matematika, mehnat, tasviriy sanoat, musiqa); jamiyat hayoti haqidagi bilimlarni mustahkamlaydigan, umumlashtiradigan o’yinlar; muhim sanalarni nishonlash;
darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar kabilardan unumli foydalaniladi.
Atrof olam bilan tanishtirishda quyidagi metodlar samarali natija beradi:
1. Og’zaki metodlar – bayon qilish, hikoya, suhbat, darslik bilan ishlash.
3-4. Ko’rgazmali metodlar – namoyish qilish, mustaqil kuzatishlar, ekskursiya.
3. Amaliy metodlar – og’zaki va yozma mashqlar, chizmalar, tajriba, laboratoriya ishlari.
Hozirda o’qituvchi bilan o’quvchilarning demokratik munosabatlari tamoyillari keng rasm boldiki, bu hamkorlik pedagogikasining asosi hisoblanadi. Ijodiy ravishda ishlaydigan o’qituvchilar tajribasi o’qituvchining o’quvchilar bilan va o’quvchilarning bir-biri bilan o’zaro insonparvarlarcha, tenglik munosabatida bo’lishi ta’lim va tarbiya ishiga juda yaxshi ta’sir etishini ko’rsatadi. Hamkorlik pedagogikasi ham shu jihatdan yetakchi rol o’ynaydi.
O’qituvchi bilan bolalar munosabatlarini erkinlashtirishda o’qitishning jadal metodlariga, kuzatish, tajriba, amaliy ishlarga keng o’rin beriladi. Ammo o’qitishning so’zlab berish, suhbat o’tkazish, darslik bilan ishlash metodlari ham mavjud bo’lib, o’qituvchi ulardan samarali foydalanishi mumkin.
Sayrga chiqish ham ma’lum maqsadga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarning biror mavzu yuzasidan kelgusi darslarga bog’lik bilimlarini boyitish va kengaytirishga yordam beradi. Kutubxonaga, maktab bog’iga, ko’chaga, do’konga, sport maydoniga sayrga olib chiqish mumkin. Bunday sayrlar jarayonida ham ta’limning kuzatish, tushuntirish, kuzatilayotgan narsa haqida hikoya qilish kabi metodlaridan foydalaniladi. Bu kabi sayrlar uchun 10 – 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
Harakatli o’yinlar ham o’quvchilarning o’zaro munosabatini yo’lga soladi, his-tuyg’ularini tarbiyalaydi, erkinligini mustahkamlaydi. o’qitish jarayoniga o’yin elementlarining kiritilishi darsni jonlantiradi. “Kim chaqqon?”, ”Bir, ikki, uch – daraxtni quch”, ”Bu qaysi qush?”, ”Hayvonmi yoki qush?”, ”Mushuk va sichqon”, 'Yog’di, yog’di, nima yog’di?” kabi harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin.
Didaktik o’yinlar – ta’lim xarakteriga ega bo’lib, o’quvchilar bilimini mustahkamlash, aniqlashtirish, umumlashtirish va tizimga solishga yordam beradi, atrofdagi narsalarga hamda tabiat hodisalariga qiziqishni oshiradi.
Foydalanigan adabiyotlar:
1. B.Abdullayeva “Yangi pedagogik texnologiyalar” Boshlang`ich ta`lim jurnali 3-4017-yil 4-son (3-45-bet)
2. Qilichov A. “O`qitishning samarali usuli” Boshlang`ich ta`lim jurnali 3-4 2018-yil.
3. Baxromov A. Tabiatshunoslik kitobi 3-4-sinf uchun o`qituvchi nashriyoti 3-4017-yil (16-bet)
4. Baxromov A va boshqalar “Tabiatshunoslik kitobi kitobi 3-4-sinf uchun darslik” Toshkent “o`qituvchi” 3-4017-yil (336-bet).
Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish