Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI SHAKLLANTIRISH



Download 446 Kb.
bet31/58
Sana16.12.2022
Hajmi446 Kb.
#888768
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
Бизнес 11

12-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI SHAKLLANTIRISH.


Reja:

  1. O`zbekistonda ilg’or ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari

  2. Axoli bandligini samarali ta`minlash va farovonligini yuksaltirishning muhim omili sifatida oilaviy biznesnn rivojlantirish istiqbollari




  1. O`zbekistonda ilg’or ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari bo’lib hisoblanadi. Xususan, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg’or va so’nggi avlod texnologiyalarini joriy etish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalarning rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan yangiliklar va tajribalarni o’rganish, yangiliklarni joriy etishda barcha imkoniyat va salohiyatmizni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlari faoliyati erkinliklari va qulay ishbilarmonlik muhitining mavjud ekanligi hamda yuqori iqtisodiy manfaatdorlikka erishish imkoniyatlari tadbirkorlarning o’z faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va o’zgartirishlarda innovatsion loyihalarni joriy etishga bo’lgan intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda innovatsiyaning mazmun-mohiyatini yanada chuqur va puxta o’rganishga olib kelmoqda.
Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Y.A. Shumpeter hisoblanadi.Y.A. Shumpeter ilgari surgan g’oyaga ko’ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi.
Y.A. Shumpeter tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya uning “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli kitobida atroflicha yoritgan. Ushbu konsepsiya dinamik xaraktrga ega bo’lib, doimiy tebranish xususiyatiga egadir. Shu bois ushbu tebranish ilgarilab boradigan rivojlanishni ta’minlaydi. Uning ta’kidlashicha, konyunktura tebranish manbai va tadbirkorning innovatsion faolligi hisoblanadi.
“Innovatsiya” atamasi lotincha “innovato” so’zidan olingan bo’lib, yangilash va yaxshilash degan ma’noni bildiradi. Umumiy mazmunda mazkur atama Ko’pchilik odamlar tomonidan ushbu atama, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushuniladi. “Innovatsiya” atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida qo’llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatiladi.
“Innovatsiya” atamasining bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida juda keng qo’llanilishi uning mazmunini har tomonlama o’rganishga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu sababli mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib bergan ba’zi iqtisodchi-olimlarning qarashlarini o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Rus iqtisodchi olimi Balabanov I.T. fikriga ko’ra: “Innovatsiya – kapitalni yangi texnika yoki texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko’rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejakashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir”
Shuningdek, Valdaysev S.V. o’zining ilmiy ishlarida innovatsiyalarni quyidagicha ta’riflaydi: “Innovatsiya – bozorga mavjud taklif bilan ta’minlanmagan ehtiyojlarni qondiradigan mahsulot olib chiqishga qodir bo’lgan, maxsus ishlab chiqilgan texnologiyaga asoslangan yangi mahsulot liniyasini o’zlashtirish”
Rus olimlaridan V.V.Glushenko, I.I.Glushenkolarning mazkur tushunchaga quyidagicha ta’rif berganlar: “innovatsiya – tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning firma darajasidagi tashkiliy shakllarining yangi turlarini ishlab chiqish, tayyorlash va tarqatishga yo’naltirilgani jodiy va investitsion faoliyat natijasi”
Shuningdek, mashur iqtisodchi olimlardan biri P.Druker ham innovatsiyaning iqtisodiy mazmun-mohiyati va ahamiyatini asoslab berishga harakat qiladi va tadbirkorlar uning yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshirish kabi o’zgarishlardan foydalanadigan o’ziga xos bir alohida vositasi sifatida ta’riflaydi
P. Drukerning innovatsiyaga bergan ta’rifi Y. Shumpeterning klassik ta’rifi mohiyatini to’ldirib, bir vaqtning o’zida samarali rivojlanishning sharti sifatida tashkiliy-iqtisodiy omilning ahamiyatini hamda yangi tovarlarni amaliyotda qo’llash zarurligini ta’kidlaydi.
Fatxutdinov R.A. esa innovatsiya sohasida olib borgan tadqiqotlari natijasida “innovatsiya – obyektni boshqarishni o’zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa turdagi samarani olish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasi”, deb ta’kidlaydi
Innovatsiya atamasining mazmun-mohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda innovatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishda O’zbekistonlik iqtisodchi-olimlar izlanishlar olib borganlar va bugungi zamonning talabidan kelib chiqqan holda ta’rif berganlar. Xususan, R.I. Gimush va F.M. Matmurodovlar tomonidan innovatsiya deganda “yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim”, deya ta’rif berilgan.
Jahon banki tomonidan mazkur atamaga quyidagicha ta’rif berilgan: “innovatsiya – texnologiyalarni anglatadi yoki ushbu jamiyatda nimadir yangi narsani amaliyotda qo’llanilishini anglatadi”
Innovatsiya atamasiga berilgan bunday ta’riflarni ko’plab keltirish mumkin, albatta. Olib borilgan tadqiqotlar asosida biz ham innovatsiyaga quyidagi ta’rifni ishlab chiqdik va ushbu ta’rif innovatsiya kategoriyasining to’liq mazmun-mohiyatini ochib beradi, deb o’ylaymiz: innovatsiya – har qanday faoliyat turida yuqori samaradorlikka erishish mezoni bo’la oladigan ilm-fan yutuqlari, ixtiro va kashfiyotlar hamda yangiliklarnini amaliy jihatdan qo’llashdir. Innovatsiyalarni joriy etish bilan foyda va qo’shimcha daromadga erishish mumkin bo’ladi.
Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda mahsulot, texnik-texnologik, tashkiliy boshqaruv va ijtimoiy-ekologik turlarga bo’linadi
Tashkiliy-boshqaruv hamda ijtimoiy ekologik innovatsiyaning qo’shimcha tavsifi gudvill bo’lib hisoblanadi. Korxonaning ushbu aktivi moddiy o’lchovga ega emas: patentsiz injener-texnologik qarorlar, tijorat jarayonini tashkil etish shakli va boshqaruv usullari, bitimlarni amalga oshirishdagi qulay shart-sharoitlar, ishonchli sherik sifatida korxonaning obro’si va boshqalar. Gudvill tijorat sotuvida baholanadi. Innovatsiyaning ulushini aniqlashda bozor tijorati qiymatiga qo’shilgan hissa muhim bo’lib hisoblanadi va gudvill o’sishini boshqa omillarga mos ravishda uni baholash lozim bo’ladi.
Mahsulot innovatsiyasi foydaning o’sishini ta’minlaydi. Ushbu holat yangi yoki modernizatsiyalashgan mahsulotga yuqori bahoning o’rnatilishi hamda mahsulotni sotish hajmining ko’payib borishi hisobiga ro’y beradi.
Texnik-texnologik innovatsiya ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun xizmat qilishini ko’rish mumkin. Bular quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin bo’lmagan yangi
mahsulot va xizmatlarni o’zlashtirish imkoniyati sababli;
tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy texnologiyalar asosida
o’zlashtirish imkoni bo’lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy innovatsiya: sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, ish sharoitini yaxshilash va boshqalar hisobiga iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi.
Radikal innovatsiya esa korxonalarning uzoq muddatga mo’ljallangan raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qolishni ta’minlaydi hamda bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi. Radikal yangilik texnologik va tijorat innovatsiyalar singari aksariyat hollarda xavf-xatar hamda noaniqlik darajasi yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi.
Evolyutsion innovatsiya orqali mahsulotning iste’mol qiymatining oshib borishi ta’minlanadi, minimal xavf-xatar bilan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoni paydo bo’ladi.
Kombinatsiyalashgan innovatsiya esa turli xildagi innovatsiyalarni o’zida aks ettirib, xavf-xatarni oldindan ko’rib bilishi bilan ajralib turadi. Kombinatsiyalashgan innovatsiya barcha muhim yangiliklarning kirib kelishi, korxonalarda keng miqyosda qo’llanilishi, ishlab chiqarishni bozorga moslashishini ko’ra bilishi bilan alohida ahamiyatlidir.




  1. Download 446 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish