Anotatsiya: Mening nazdimda Vatan- ko’zi muhabbatga to’la suyukli, mehr quyoshi, nur sochguvchi nurafshon, chechaklarga to’la guliston va,albatta, O’zbekistondir! Kalit so’zlar



Download 67,61 Kb.
bet1/13
Sana22.01.2022
Hajmi67,61 Kb.
#399903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Insho 2022


Vatan mening nigohimda

Anotatsiya:

Mening nazdimda Vatan- ko’zi muhabbatga to’la suyukli, mehr quyoshi, nur sochguvchi nurafshon, chechaklarga to’la guliston va ,albatta, O’zbekistondir!



Kalit so’zlar:

http://.conference.eyef.uz, yoshlar islohotlar forumi, “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, Oliy Majlisga murojaat, “Adiblar xiyoboni”, yangilanayotgan O’zbekiston, Samarqand forumi.

      

Kishi qalbidan joy olish xuddiki, yozuvlar bilan to’la daftardan bo’sh joy izlashga o’xshaydi. Avval daftarni yaxshilab, birma bir varaqlaganing kabi, insonni ham obdon o’rganib, u bilan yaxshi-yomon kunda birga bo’lish kerak.

       Siz kimningdir mo’jazgina qalbidan olgan joyingiz bu sizning – Vataningiz. Siz yashayotgan  mitti yurak siz uchun bir kichik Vatan, keyinchalik sizning kattaroq Vataningiz darvozalari ochila boshlaydi: siz yashayotgan qalb istiqomat qiluvchi boshqa bir qalblar – oilangiz, kichik qishloq, mahallangiz, tuman, viloyatingiz, butun boshli Respublikangiz. Qarangki, bularning barchasi sizniki, sizning Vataningizdir.

       O’zimdan qiyos borib o’ylasam, odamzot biroz g’alatiroq yaratilgan. Nimanidir qadriga yetishi uchun odatda undan uzoqlashishi, yiroqlashishi kerak. Vatan qadrini ham undan uzoqlashganingda sezarkansan kishi. Sen uchun hammasi sog’inchli o’tadi. O’sha chang ko’cha , yo’l yoqasidagi shildirab oqayotgan ariq, ko’cha to’zitib o’ynayotgan yuzlari kir –chaqa bolalar, qadrdon uying, oilang... Bular bexosdan mashina shovqini bilan to’la  shahar ko’chalarida yurganimda yodimga tushadi.

      Vatan – qanchalik go’zal yoki ko’rimsiz bo’lmasin, u sening uchun mukammal, sening uchun betakror, chunki u seniki va seniki bo’lib qolaveradi. Yo’q, sen uniki bo’lib qolaverasan! Balki, aynan unga tegishliliging uchun unga tomon talpinaverarsan. Negaki, har qanday marvarid-u durlar o’ziga o’xshaganlar bilan, o’zi kabilar bilan go’zaldir. O’qsiz kamon hech nimaga yaramagan kabi, sen ham Vatingsiz hech kimsan.   Shoira Zulfiya aytganidek, Vatan “orqa tog’” kabidir. So’z ustalari Vatanni onaga mengzashadi. Nima  uchunki,  u sizni o’z bag’rida asraydi voyaga yetkazadi, qarangki, so’nggi nafasgacha, hatto undan keyin ham u bilan qolasiz.

Sendan tug’ib, katta bo’lib, qaytib borub,

Yana senga kiradirmisz bag’ring yorub.

Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan,

Javlon urib yashayotgan xonamizsan.


Download 67,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish