Anotatsiya; Ushbu maqolada vatanimiz tarixida yashab o`tgan ajdodlarimizning boy me`rosi va ularni qayta tiklash, ularning vatanimiz va dunyo ilm- fanida tutgan o`rni va ahamiyati



Download 46,96 Kb.
Sana09.09.2021
Hajmi46,96 Kb.
#169804
Bog'liq
‘’ajdodlar me`rosi- bebaho xazina ‘’


‘’AJDODLAR ME`ROSI- BEBAHO XAZINA ‘’

Anotatsiya ; Ushbu maqolada vatanimiz tarixida yashab o`tgan ajdodlarimizning boy me`rosi va ularni qayta tiklash, ularning vatanimiz va dunyo ilm- fanida tutgan o`rni va ahamiyati, hozirgi kunda bu me`rosni asrab qolish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni.

Kalit so`zlar; madaniy va ma`naviy yodgorliklar, Hindiston,Xitoy, Misr yodgorliklari, Amir Temur, Imom Buxoriy, Avesto, mustaqillik davri islohotlari, qadamjolar.

O`zbek xalqi- buyuk tarixiy shaxslar va shonli tarixga ega xalqdir. Vatanimiz tarixida taniqli va takrorlanmas shaxslar yashab o`tgan va ulardan bizga asrlarga mangulanib qoluvchi moddiy va ma`naviy yodgorliklar saqlanib qolgan. Albatta bularning barchasi ajdodlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan me`rosdir. Darhaqiqat millatlar me`rosi deganda bir so`zni ta`kidlab o`tish joizdir. Hozirda yashab kelayotgan xalqlarni mavjudligini va xalqlar orasidagi qadr – qimmatini aks ettiruvchi belgi – bu o`tmishda yashab o`tgan ajdodlarining qoldirgan me`rosi va tarixiy haqiqatidir. Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak ajdodlarimiz tomonidan dunyo hamjamiyatini lol qoldirishga arzigulik asarlar yaratilganiga yana bir bor guvoh bo`lamiz . Hozirgi kunda O`zbekiston deb ataluvchi hudud ya`ni Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo`lganini butun jahon tan olmoqda . Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho me`roslar avloddan-avlodga o`tib kelmoqda . Diyorimizda qanchadan-qancha ilmiy,ma`naviy , me`moriy va badiiy yodgorliklar yarildi. Ammo achchiq bir haqiqat barchamizni qalbimizni og`riqqa solishi haqiatdir. Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo`lgan ,qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo`lgan .Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy me`rosi, urf- odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo`ldi. Vatanimiz bundan necha yillar avval sovet hukumati izmida bo`lgan va shu davr mobaynida moddiy va ma`naviy me`rosimiz oyoq osti qilingan va xalqimiz tarixidagi buyuk shaxslarimiz millatchi va johil sifatida qoralanib tanqid qilingan va tabiiyki ular yaratgan asarlar va me`moriy inshootlar vayron qilingan yoki aksincha o`zlashtirish hisobiga unuttirishga harakat qilingan. Lekin mamlakatimiz tarixida 200 yildan ortiqroq davom etgan bunday mustamlakachilik davri uzoqqa bormaydi va vatanimiz o`tmishi va haqqoniy tarixi mustaqilligimiz sharofati bilan yana qayta tiklanadi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni qayta tiklash va ularni o`rganish borasida muhim chora –tadbirlar amalga oshirildi. Xususan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikka erishganimizdan so`ng ajdodlarimiz xotirasi va ularning ma`naviy va moddiy me`rosini qayta tiklashga va sovet hokimiyati davrida vatanimizdan olib chiqib ketilgan arxiv hujjatlari va tarixiy manbalarni Vatanimizga qaytarishga astoydil harakat qildi. Islom Karimov rahbarligida boy ma`naviy va moddiy me`rosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ajdodlarimiz qoldirgan me`rosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Ularning asarlari tarjima qilindi ,badiiy adabiyotlar ro`yxatiga kiritildi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlar va inshootlar qaytadan rekonstruksiya qilnidi . Ularning qoldirgan me`rosini o`rganish va butun jahongatanitish uchun ko`plab akademik lar jalb qilindi va asarlari dunyoning top ro`yxatidan joy oldi .Keyingi yillarda yurtimizda iqtisodiyot, ichki va tashqi siyosat, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat, ajdodlar merosi, xotirasi, diniy ma’rifat va tarbiya sohalaridagi islohotlar, yaqin va uzoq fursatlarga mo‘ljallangan rejalar, xalqni rozi qilishga qaratilgan, inson manfaatlari va huquqlarini to‘liq ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va bularning natijasida jamiyat a’zolarida shakllangan ertangi kunga ishonch yurtimizda Uchinchi Uyg‘onish davriga qadam qo‘yayotganimizdan darak berib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak”. Darhaqiqat,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda qator sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamda mavzuga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda ma’lum darajada xizmat qiladi. Binobarin, jahonning turli burchaklarida din niqobi ostida sodir etilayotgan buzg‘unchilik harakatlarining muqaddas dinimiz nomidan amalga oshirilayotgani, bularning oldini olish va allomalarimiz merosini yanada chuqur o‘rganish, ular asosida yangicha fikr va yondashuvdagi tadqiqotlar olib borish zaruratini kuchaytirmoqda.

2017 yil 23 iyunda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Umuman, tarixiy sharoitlar qanday bo‘lganidan qat’i nazar, xalqimizga xos ulug‘ qadriyatlardan biri — ma’naviy vorisiylik an’anasi hech qachon uzilib qolmagan. Prezidentimizning tantanali marosimda so‘zlagan nutqi ma’naviy-madaniy hayotimizdagi ana shunday burilish nuqtalaridan biri sifatida qaralishi va mamlakatimiz madaniy-ma’naviy hamda ilmiy-texnik taraqqiyotining navbatdagi bosqichi dasturi sifatida qabul qilinishi lozim.


Bugun xalqimizning keng muhokamasiga taqdim etilgan ­Prezidentimizning “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy va madaniy merosini nashr etish, keng omma va yosh avlodga sodda, tushunarli shakllarda yetkazish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ularning amaliyotga tatbiq etilishi xalqimizni o‘tmishning bebaho merosi va madaniyati durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Insoniyat norki hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning yurtimizdagidek boy o‘tmish, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bir so‘z bilan aytganda, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy asarlari insoniyatni ezgu ishlar va to‘g‘ri yo‘lga yurishga boshlovchi ezgu chorlovdir. Qaysi davr bo‘lmasin asarlaridagi dolzarblik o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmaydi. Bil’aks, el-yurt taraqqiyoti, yoshlar kamoloti uchun tengsiz dasturulamal vazifasini o‘tab boraveradi. Shuning uchun ushbu nodir meroslarni o‘qib-o‘rganishimiz, chuqur tadqiq etib, dunyo hamjamiyatiga keng targ‘ib qilish, kelajak avlodlarga yetkazish, buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar sifatida xayrli amallarni bajarish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Download 46,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish