Antik davrda ilmiy tafakkurning paydo bo’lishi



Download 28,49 Kb.
Sana05.06.2022
Hajmi28,49 Kb.
#638795
Bog'liq
ANTIK DAVRDA ILMIY TAFAKKURNING PAYDO B O LISH I VA


ANTIK DAVRDA ILMIY TAFAKKURNING PAYDO BO’LISHI”
Reja:
1. Insonlarning ilk jamiyati va ilmiy bilimlar manbasi.

2. Dastlabki bilimlarning amaliy xarakteri va Qadimgi Sharq mamlakatlarida
to'planishi (Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy).

3. Mifologiya atrof-muhit haqidagi inson tasavvurining bir butun tizimini yaratishga dastlabki urinish sifatida.

Miloddan avvalgi VI asrda Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning dastlabki nazariy tizimining shakllanishi (Fales, Demokrit va boshqa). O'qituvchi: Texnologiyani o'tkazish yo'llarini tushuntiradi va tarqatma materiallar tarqatadi.


Birinchi guruhga beriladigan tarqatma material: Ma'lumki, inson o‘z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida, qadim zamonlardan boshlab, dunyoni bilishga harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda bilimlar tizimi, insoniyat
taraqqiyotini harakatlantiruvchi mexanizmiga aylanib boradi. Eng qadimgi odam «homa habilis» tafakkuri, xuddi o'z miya qobig'i kabi tor edi. Uning tafakkurini
tabiatdagi unga g'ayritabiiy tuyulgan hodisalar kengaytiradi. U bu hodisalarni qandaydir g'ayritabiiy kuchlar boshqarmoqda deb hisoblaydi. U bundan
qo'rqqan, jazavaga tushgan, quvongan va uning mohiyatiga yetishga harakat qilgan. Bunda unga qiziqish yordam bergan.
«Neontrop» o'z manzilini yaxshi bilgan, qo'shnilarini tanigan. Qumga, po'stloqqa belgi qo'ygan. Bir-biriga chizib ko'rsatgan, bu esa geografik bilimlarini kurtagi ochila boshladi.
Sinontrop odami olovni kashf etgan. Go'shtni pishirib yedi. Hayvonlarni
ovlashda va go'shtini nimtalashga e'tibor bergan. Bu zoologiya sohasidagi
boshlang'ich bilimlar edi. Termachilik esa botanika fani uchun turtki bo'ldi. U
davolash xususiyatini bilgan. U o'z ta’nasini bilishga harakat qilgan, malham,
poroshok tayyorlagan. Mezolitda massaj, kompress va amputatsiya qilish yo'li bilan
qo' lni kesib tashlashni bilgan.
Arxeologlar fikricha paleolit davrida odamlar quyoshga, oyga qarab kalendar
tuzgan 280 kundan iborat bu yillar 10 oydan bo'lingan ekan.
Ammo bularning hammasi sehrgarlik, mifologiya bilan qorishib ketgan. Ilmiy
bilimlarni kengayishi afsona va rivoyat asosida to'planib borgan. Magiya va
sehrgarlik kabi diniy tasavvurlarda bilimlarni amaliyotda qo' llashga yordam bergan.
Qadimgi Mesopatamiyada ilm-fan xuddi badiiy adabiyot singari diniyafsonaviy bilimlarga to la edi. Bu soha bilan faqat kohinlar shug'ullanishgan. Har bir
narsaning va har bir hodisaning real xususiyatlar bilan bir qatorda, ularga hayoliy
xususiyatlar ham nisbat berilgan. Tabiatda ko'rilgan va sezilgan narsa va hodisalarga
afsonaviy nisbat berilgan.
Organik va anorganik dunyo o'rtasida hali chegara qo'yilmagan va yer, suv,
havo yoritgichlar ham jonli mavjudotlar hisoblangan. Fetishistik va totemistik
nazarlar barcha narsalar va jonli mavjudotlarning odamzod uchun foydali va zararli
bo'lgan xususiyatlariga qaramasdan ularni ijobiy va salbiy narsalarga bo'lishga
majbur qilganlar. Masalan, qora toshlarga «barakali» xususiyat, oqtoshga «salbiy»
xususiyat nisbat berishgan. Bobilda aksincha, qora suvaraklar salbiy bo'lgan. Hatto
sonlarni ham omadli va omadsiz bo'lishgan. Bu xronologiya, metrologiya fani
kurtaklari bo'lgan. Shubhasiz amaliy ehtiyojlar diniy sehrli ta'qiqlarni buzishga
majbur etgan.
Anaksimandr olamning asosi - havo, «efirdir». U butun mavjudotga singib
keltirib chiqargan. Ular Milet maktabi faylasuflari edi. O'zining soddadilligiga
qaramay, bu falsafa katta qimmatga ega, chunki xudolarni yaratuvchilik kuchi emas,
balki birlamchi materiyaning rivojini olamni asosi deb hisoblardi. Bo'lar tabiatni
o'rganganlar. Olamni asosi tabiat emas, balki ideallar deb fikr bildirgan,
idealistlardan biri Pifagordir. Mil.av. VI asrda Sitsiliyada yashagan. U sonlarni
o'rgangan, u grek matematikasining asoschisidir. Olam muayyan sonlar va ularning
munosabatlaridan iborat bo'lib ko’rinadi.
Anaksagor: U hamma jismlar eng mayda zarralarning tegishli sifatidan, havoeng mayda havo zarralaridan, go' sht-eng mayda go' shtdan iborat deb hisoblaganlar.
Demokrit (mil.avv. 370-460 - y) butun koinot modda jihatidan bir xil, hajm, shakl
jihatdan har xil bo'lgan zarra atomdan iborat deb fikr bildirgan.
Arastu (mil. avv. 322-384 - y) u materializm bilan idealizmni qo'shib yuborgan.
Real sur' atdagi olamni tan olgan. Ma'lumki inson o'z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga harakat qilgan.
Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib,
tafakkuri rivojlanib borgan. Boshqacha aytganda bilimlar tizimi insoniyat
taraqqiyotini harakatlantiruvchi mexanizmga aylantirgan. Uchinchi guruhga beriladigan tarqatma material: Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo'lgan kishilar mil.av. II-VII asrlarda Yunoniston va Rimda fan va madaniyat taraqqiy etgan deb hisoblashadi. Barcha «fanlar otasi» falsafa ham rivojlangan. Mil.avv. VI asrda «Ritorika» (notiqlik) va «politika» (siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat fani tarixida keyingi bosqichlarda falsafa tarkibidan matematika, fizika ajralish jarayoni boshlandi.
Qadimgi Rim imperiyasida mil.avv I qurilish texnikasidan qo'llanmalar paydo bo'ldi. Ulardan birini Iyunning zamondoshi Vitruviy Pollion yozgan. Uning «Arxitektura» degan traktatuda binokorlik mexanikasiga oid bilimlar sistemasi bayon qilingan. Milodiy I asr oxirlarida boshqa bir muallif Frontin «Osma quvurlar to'grisida» deb nomlangan gidrotexnikaga oid qo'llanma yozgan. Tabiat fanlari sohasidagi kashfiyotlar va texnika sohasidagi muvaffaqiyatlar bilan birga Milodiy II asridayoq madaniy taraqqiyot nishonalari ham paydo bo'la boshlagan.
Aleksandriyalik Museyoni imperiyaning astronomiya bilimlariga oid markazi
bo' lib qolavergan. Milodiy II asrida u yerda geograf Klavdiy Ptolomey rahbarlik
rolini o'ynagan. U «Geografiya» nomli asar yozgan. Ammo Ptolomey astronomiya
sohasida Aristrax-Samosskiyning ajoyib ilmiy muvaffaqiyatlaridan va mavjudotni
tushunishda u kashf etgan geliotsentrik nazariyani qabul qilishdan bosh tortgan.
Buning o'rniga u quyosh sistemasining markazi Yer, Quyosh va osmondagi boshqa
jismlarning hammasi Yer atrofida aylanadi degan nazariyani taklif etgan. Bu xato
nazariyani Aleksandriyalik olimlar ham qabul qilishgan. Milodiy III asrida Rim imperiyasida astrologiya mashhur bo'lgan o'zlashtirgan. Buni ular Mesopatamiyadan milodiy IV-V asrlaridagi antik madaniyat va fan arboblari uning tushkunlikka yuz tutishining oldini ola bilmagan bo'lsalarda, ularning zor berishi tufayli bu xazina kelgusi avlodga meros bo'lib qolgan.
Aniq fanlarning rivojlanish tarixi boshqa fanlar kabi kishilik jamiyatining
rivojlanish tarixi bilan mustahkam bog'langan. Matematik tushunchalarning kelib
chiqishi va uning rivojlanish tarixi, fanlar tizimida matematika fanining tutgan o'rni
kabi asosiy masalalardan biridir. Matematik tushunchalar dastlab qayerda vujudga kelgan degan masalani to'lato'kis hal qilish murakkab masalalardan biri bo'lsa ham, ayrim manbalarga asoslanib, ba'zi xulosalar chiqarish mumkin.
Qadimgi yunon tarixchilari Gerodot (mil.avv. V asr) va Diodor Sisiliyskiy (mil.avv. 60-
yillar)ning bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarida, geometriya dastlab Misrda
rivojlana boshlagan. Kishilik jamiyatida fan va madaniyat rivojlanishi tarixini o'rganishda turli to'q jigarrang qogozlarni topdilar. Bular - iyerogliflar chizilgan papiruslardir. Turli mamlakatlar olimlari bu topilgan yozuvning sirini bilishga necha yuz yillab urinib kordilar va, nihoyat, bu yozuvlarda matematikaga oid ma'lumotlar bitib qoldirilganligini aniqladilar.
Matematika tarixi sohasida hozirgacha erishilgan muvaffaqiyatlar bizga
geometriyaning fan sifatida rivojlanishi Qadimgi Yunonistondan boshlanganligini
isbotlaydi. Lekin qadimgi dunyo xalqlari geometrik tushunchalari qay darajada
rivojlanmasin, geometriyani ular Yevklidning “Negizlar” asaridagidek tizimiga
solib, bir formaga keltira olmaganlar. Geometriya tarixi qadimgi dunyoning uzoq
o’tmishidan boshlanadi. Eramizdan oldingi va keyingi bu haqdagi ma'lumotlar,
masalan yunon tarixchisi Gerodot (484-425), Ksenofan (430-385), Yevdem (mil.avv. IV asr), Plutarx (50-120), Diogen Laersiy (III asr), Prokl (410-485) va boshqalar keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, geometrik ma'lumotlar Misr va ShumerBobildan Qadimgi Yunonistonga o'tgan.
Qadimgi Yunonistonda aniq fanlar falsafa fani bilan birgalikda rivojlandi. Lekin
falsafa bilan bog lanish Platon davrida geometriyani amaliy masalalardan ajratib
qo ydi va faqat Arximedgina turmush talabiga muvofiq geometriyaning nazariy
tuzilishini amaliyot bilan bog ladi. Eramizdan ilgari VII-III asrlarda Qadimgi
Yunonistonda geometriya sohasida juda ko'p materiallar to'plandi va uni tizimga
solish hamda qat'iy tizimga keltirish zarurati tugildi. Pifagorning shogirdi Gippokrat
qarashlar mavjud bo'lib kelgan.
Gippokrat birinchi geometriya darsligini yozdi. Albatta, shunga o'xshash darslik
yaratishda boshqa kishilar ham urinib ko'rgan bo'lishi kerak. Lekin Yevklidning
“Negizlar” asari chiqqandan song, undan oldingi hamma urinishlar unutib yuborildi.
Geometriya bo'yicha “Negizlar” kitobi birinchi marta Gippokrat tomonidan yozila
boshlangan bo'lsa ham, bu asarni oxiriga yetkazish Yevklid zimmasiga tushdi.
Qadimgi geometriya asarlaridagi mualliflarning qarashlari asosan faylasuflar
maktabiga taalluqli bo' lib, birinchi ta'riflar falsafiy jihatdan tushuntirilgan.
Pifagorchilar - geometrik tushunchalarning ta'rifiga o'z nuqtayi nazaridan
yondoshganlar. Jumladan: nuqta, to'g'riburchak, kvadrat, uchburchak va boshqa
shakllarni ular sonlar nuqtai nazaridan qarab, mazkur shakllarni birlar va ularning
komibnasiyalari deb ta'rif berganlar.
Demokrit (mil.avv. 460-370 yy.) nuqtani fazoning bo'linmas zarrachasi
sifatida aniqlagan. Uning talqinida shu zarrachalarning zanjiri, geometrik jism -
fazodagi zarrachalar to'plamidir, - deya tushuntirgan. Asosiy geometric tushunchalarni ta'riflashga Aristotel ham o'z diqqatini qaratadi. Aristotelga ko'ra har bir fan o'z negizlariga ega. “Negizlar”ni u “ularni isbotlash mumkin emas, bu ularning borligichadir”, - deb ta'riflaydi. Masalan, bir soni yoki to'g'ri chiziq yoki uchburchakni qabul qiladigan bo'lsak, bir va o'lchov mavjudligicha qabul qilinib, boshqasi isbotlanadi. qadimgi yunon olimlarining qarashlari, ayniqsa, Aristotel negizlari Yevklid uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. Yevklid “Negizlar” kitobi ko'p marta qo'lda ko'chirilgan, dunyoning hamma tillarida qayta-qayta nashr qilingan. Yevklidning bu asari 1482-1880 yillar orasida dunyo xalqlari tillarida 460 marta nashr qilindi. Shulardan 155 tasi lotin, 142 tasi ingliz, 48 tasi nemis, 38 tasi fransuz, 27 tasi italyan, 14 tasi gollandiya, 5 tasi rus, 2 tasi polyak, qolgan 27 tasi esa boshqa tillarga tarjima qilingan. VIII asr oxiri-IX asr boshlarida Yevklidning “Negizlar” kitobi birinchi marta yunon tilidan arab tiliga tarjima qilinadi.
Bog'dod xalifasi Horun ar-Rashid (786-809) va ikkinchi xalifa Ma'mun (813­-
833) davrlarida birinchi va ikkinchi tarjimalarini Xajjoj ibn Yusuf arab tiliga
o'giradi, uchinchi marta esa Bag'dod matematiklaridan Sobit ibn Qurra (830-901)
arab tiliga tarjima qiladi va oldingi tarjimalardagi kamchiliklarni tuzatadi.
Yevklid “Negizlari” 15 kitobdan iborat bo'lib, ular quyidagicha:
1-kitob 34 ta qoida, 48 ta teoremadan iborat bo'lib, ular to'g'ri chiziqli
geometrik shakllarga bag'ishlangan. Ular uchburchak, to'rtburchak va ularning
burchaklari, vertikal burchaklar, parallel chiziqlar, kesmani teng bo'lish, berilgan
burchakka teng burchak yasash, Pifagor teoremasi, parallelogramm burchaklari.
diagonallari kabi masalalarga bag'ishlangan. 2-kitob 2 ta qoida va 14 ta teoremadan iborat bo'lib, ular geometriyani algebraga tadbiq qilishga bag'ishlangandir. Undagi 2-10 teoremalar ayniyatlar haqida, 11-teorema esa Platon davrida kesmani bo'lishda “Oltin kesim” nomi bilan mashhur bo'lgan usulga bag'ishlangan.
3-kitob 11 ta qoida va 37 ta teoremani o'z ichiga oladi, shu jumladan,
aylanalar, ularga o'tkazilgan urinmalar, vatarlar va ularning xossalariga
bag' ishlangan. Bu xossalarning hammasi Gippokrat tomonidan tekshirilgan.
4-kitob 7 ta qoida va 16 ta teoremadan iborat bo'lib, ular aylana tashqarisiga va
ichkarisiga chizilgan muntazam ko'pburchaklarga tegishlidir. 5-kitob 20 ta qoida, 4 aksioma va 25 ta teoremani o'z ichiga oladi. 6-kitob 5 ta qoida, 33 ta teoremadan iborat bo'lib, ular shakllar o'xshashligiga bag'ishlangan, bu joyda 5-kitobda keltirilgan nisbatlar va proporsiyalar nazariyasi yordamida geometrik algebra metodini rivojlantirish, kengaytirish mumkinligi ko'rsatilgan. Bu kitobi bilan geometriyaning planimetriya qismi tamom bo'ladi. 7-9-kitoblar arifmetika va sonlar nazariyasiga bag'ishlanadi. Bu kitoblari progressiyalar, Yevklid algoritmi, tub, toq va juft sonlar haqidagi teoremalar keltirilgan. Ko'p tarixiy manbalar bu bo'limni Yevklidning arifmetika kitobi deb ham yuritadilar. 10-kitob irratsional ifodalarga bag'ishlangan. Bu o'rinda Yevklid umumiy o'lchovga ega bo'lgan va bo'lmagan miqdorlar haqida gapiradi. Bu kitob 115 jumla (teorema) dan iborat bo'lib, 18 tasi umumiy o'lchovga ega bo'lgan miqdorlar haqida. 36-41, 73-78-teoremalar esa bikvadrat tenglamalar ildizi bo'lgan kvadrat irrasionalliklarga bag'ishlanadi. 11-kitob 29 ta qoida va 39 ta teoremadan iborat bo'lib, ularni hammasi
stereometriyaga bag' ishlangan. 12-kitob 18 ta teoremadan iborat bo'lib, bunda piramida, prizma, silindr, shar kabi geometrik jismlar tekshirilgan. 13-kitob 18 ta teoremani o'z ichiga olgan. Bu kitobida Yevklid beshta
muntazam ko'pyoqli (tetraedr, oktaedr, ikosaedr, kub, dodekaedr)ni yasash masalasi
tekshiriladi. Manbalarning tasdiqlashicha, Yevklidning 5-kitobi Yevdoksga va 13-
kitoibning bir qismi Teetetga tegishli ekanligini ko'rsatadi. 5 ta muntazam
ko'pyoqlini yasash masalasi birinchi marta iskandariyalik matematik Papp (III asr)
o'zining mashhur “Matematik to'plam” nomli asarida e'lon qiladi.
Yevklidning “Negizlar” asariga ko'plab Markaziy Osiyolik olimlar sharhlar
yozganlar. Shulardan biri Xorazm Ma'mun Akademiyasida faoliyat ko'rsatgan Abu
Ali ibn Sinodir. Abu Ali ibn Sinoning geometriyaga oid kitoblari “Donishnoma”, “Yevklidga sharhlar” (Taxriri Uklidis. 2720-raqamli Ayo Sofiya qo'lyozmasi) va “Usul ‘ilm alhandasa” (“Geometriya negizlari”) asarlaridir. O'rta asrlarda to'rtta matematik fan: geometriya, astronomiya, arifmetika va muzika birgalikda o'qitilgan. Ibn Sino Yevklidning “Negizlar” asarini “kvadrivium”ga asoslanib yozilgan. Abu Ali ibn Sinoning “Usul ‘ilm al-handasa” 1976 yilda Qohirada nashr qilingan asarida ta'riflardan keyin talab qilinadigan jumlalarni keltirib, ularni “Aniqlanadigan negizlar”, ulardan keyin aksiomalarni “Umumiy tushunchalar” deb atagan. Ibn Sinoning “Usul ‘ilm al-handasa” asarining Qohirada chiqqan nashri asosan 15 kitobdan iborat bo' lib, olim ularga alohida nomlanishlar bergan. “Usul ilm al-handasa” asari geometriyadan darslik hisoblangan.
Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga joylashib olgan bo'lib, o'zlarini yagona halq deb hisoblaganlar. Ular ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish Gresiyani esa Ellada deb atashardi.
Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona yozuv birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II ming yillikning oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga qaytmaganlar.
Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda finiqiyaliklarning yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar. Bu yangi alifboda finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu bilan yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar.
Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon qilibgina qolmay, balki ularni kengroq bayon qilishga, sababini topishga haraqat qilganlar. Ayrim yunon olimlari tabiatni boshlanish manbai suv deb, ayrimlari havo deb, uchinchi birlari esa olov deb hisoblaganlar. Shu davrning ko'pgina olimlari tabiatdagi hodisa va qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab berganlar. Turli hodisalarni xudolarning va ma'budlarning ishi deb bilganlar. Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit davom ettirdi.
Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab halqlarning ilmiy bilishlari bilan tanishdi. U butun olam mayda zarrachalar – atomlardan tashkil topgan, degan dohiyona fikrni ilgari surdi. Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, tabiatning dahshatli hodisalari qarshisida odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida xudolarga ishonish vujudga kelgan deb isbotladi. Xudolarga va odam ruhining abadiy yashashga ishonchini chippakka chiqargan Demokrit ta'limoti din homiylari va ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular Demokrit qarashlarini rad qilolmaganlar, biroq uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan ayrimlarini qatl etishga, yana birlarini darra bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini esa fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga da'vat etganlar.
Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat uning g'oyalarini davom ettirdi.
Gippokratning ta'limotiga ko'ra, vrach kasalni odamdan quvish kerak emas, balki kasalni yengishda odam organizmiga yordam berishi lozim, - deb hisoblagan.
Gippokrat ta'limotidagi to'g'ri ovqatlanish, dori-darmon va operasiyalar haqidagi asarlari zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirishga qo'shilgan munosib hissa bo'lib xizmat qildi.
Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan qadimgi yunon mutafakkiri Arastu g'oyat keng ko'lamda bilimlarga ega bo'lganligi bilan ajralib turadi. U o'z zamonasida to'plangan barcha ilmiy bilimlarni ayrim sohalarga bo'lib chiqdi va mustaqil fanlarga birlashtirdi. Bu bilan Arastu nafaqat yunonlar fanini rivojiga, balki jahon fanini rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. Shu bilan birgalikda Arastu bir qator fanlarga nomlar berdi: yunoncha “o'simlik” so'zidan olingan botaniqa, “tabiat” so'zidan olingan fiziqa, “davlat” so'zidan olingan siyosat shular jumlasidandir.
Eramizdan avvalgi IV asrning boshqa ilgor olimlari qatori Arastu ham, Yer –shar shaklida deb ta'kidlab, u butun olamning markazidir, Quyosh va yulduzlar esa Yerning atrofida aylanadi deb hisoblardi.
“Gretsiya – Eron urushlari tarixi” nomli asar yozgan Gerodot ham qadimgi yunon mutafakkiri edi. Gerodot miloddan avvalgi 490-480 yillar orasida tug'ilgan. Ellinlarning qudratli Eron shohlari ustidan erishgan g'alabalari to'g'risidagi xotirani kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga haraqat qilgan. Gerodot o'z oldiga faqat harbiy harakatlar haqida hiqoya qilibgina qolmay, balki urushda qatnashgan halqlarning tarixini yoritishni ham maqsad qilib qo'ygan edi. U o'z kitobi uchun ma'lumotlar to'plar ekan, tabiiy holda ko'pgina mamlakatlarni sayohat qilgan. Gerodot o'z ko'zi bilan ko'rgan voqea-hodisalarini, o'sha mamlakatlarning odamlardan eshitganlarini, yaqin va o'zoq o'tmishda bo'lgan voqealarni yozib bordi.
Gerodot miloddan avvalgi 455-477 yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Uning “Tarix” kitobida Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa xalqlar haqida ko'plab ma'lumotlar bor. Gerodotning “Tarix” asari Gresiyaning qadimgi tarixi hamda Old Osiyo, Misr va hamdo'stligimiz janubida yashagan halqlar to'g'risida ma'lumot beruvchi eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Bu xizmatlari uchun Gerodotga o'sha davrlardan “Tarix otasi” deb nom berganlar.
Yana bir atoqli yunon faylasuf donishmanlardan biri Suqrot bo'lib, u miloddan avvalgi 441 yili Afinada tug'ilgan. Leqin u o'z umri davomida birorta ham kitob yozmagan. Suqrot maktablarda dars ham bermagan, hech qayerda ma'ro'zalar o'qimagan. Balki odamlar ko'p gavjum bo'lgan joylarda o'z shogirdlarni haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas, deb o'ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilish mumkin, deb hisoblardi. O'z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratadi. Uning bu fikrlari Afina quldorlik demokratiyasi namoyondalariga yoqmagan. Shuning uchun u demokratiya to'zumining dushmaniga aylanib sudga berilgan. U miloddan avvalgi 399-yilda zahar ichib o'lgan. Qadimgi Yunonistonda yaratilgan ilmiy bilimlar asosida qadimgi yunon adabiyoti muhim o'rin tutadi.
Qadimgi yunon adabiyotining paydo bo'lishi o'zoq o'tmishga borib taqaladi. Yunonlar ajoyib afsona, rivoyat, she'r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar.
Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og'zaki tarzda avloddan-avlodga yetkazganlar. “Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Argonavtlar”, “Odisseya” va “Illiada” kabi afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir namunalaridir.
Rivoyatlarga ko'ra, bu asarlarning muallifi miloddan avvalgi YIII yashagan ko'r baxshi Gomerdir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshidan kechirgan sargo'zashtlari va boshqalar haqida hiqoya qilinadi. “Illiada” dostonning davomi “Odisseya” dostoni hisoblanadi. Yunonlar jahon adabiyotiga ulkan hissa qo'shganlar. Yunon dostonlarida rivoyat va afsonalar juda ko'p. Ammo dostonlarda tasvirlangan voqea-hodisalarning hammasi shunchaki afsona emas. “Argonavtlar”, “Dedal va Ikar”, “Gerakl”, “Illiada” va “Odisseya” kabi rivoyat va afsonalarning mazmuniga chuqurroq e'tibor berilsa, ularda qadimgi yunonlarning turmush tarzi, kasb-korlari, qurol-yarog'lari, turar joylari, mehnat qurollari va oilaviy munosabatlari qanday bo'lganligini bilib olish mumkin. Olimlar o'zoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o'ylab chiqarilgan afsonalar deb faraz qilganlar. Ular Troya shahri ham bo'lmagan deb o'ylab kelardilar. Ammo arxeolog olimlar Kichik Osiyoning shimoliy-g'arbiy yerlarida qazish ishlarini olib borar ekanlar, u yerdan yonib kul bo'lgan shahar xarobalarni topganlar. Bu yunonlar urush olib borgan Troya shahrining qoldiqlari edi.
Arxeolog olimlar Troya shahri xarobalardan uy-joylar, mudofaa devorlari, sopol buyumlarning parchalari, yashirib qo'yilgan narsalar, buyumlar va odam suyaklarining qoldiqlarini topganlar.
Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari, xususan Gomer dostonlari juda katta ahamiyatga ega. Shu tufayli miloddan avvalgi XI-IX asrlarni Gomer davri deb bekorga aytilmagan. Gomer dostonlari she'riy uslubda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, Gomerning dostonlari buyuk adabiy asargina bo'lib qolmay, balki ajoyib tarixiy kitob namunalaridandir. Yunonlarning, adabiy merosi jahon halqlari adabiyotiga munosib hissa qo'shdi. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan bahramand bo'lganlar.
Gomer asarlarining bosh qahramonlari faqatgina beqiyos pahlavonlar emas, shuningdek ma'budalar ham bo'lganlar. Gomer dostonlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning kuyga solib aytilishidir. Bu xildagi asarlar kitob tariqasida o'qish uchun emas, balki tinglash uchun xosdir. Bu asarlarda janglar tasvirida otlarning yurishi va yugurishda, qahramonlarning qurol-yarog'lari ta'rifida, ziyofatlarda to'zilgan dasturxon maqtovida va yana turli-tuman manzarali voqealar tasvirlanadi.
Bu xildagi takrorlar Gomer poemalarida haddan ziyoda (masalan: “Illiada”ning I bobida Axill bilan Agamemnon o'rtalarida bo'lib o'tgan diltanglik haqida shoirning o'zi hikoya qiladi. Keyinchalik Axill o'z opasi Fetidaga Sardorning sitmagarligi haqida shikoyat qilganida, ilgarigi gaplar aynan takrorlanadi). Dostonlarda ba'zi hodisalarni chunonchi, kech kirishi, tong otish paytlarini tasvirlaydigan misralar ko'pki, ular zarracha o'zgartirilmasdan bir taxlitda ishlatilaverib qolip shakliga kirib ketgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yunoniston tarixini o'rganishda yunon afsonalari juda katta ahamiyatga ega. Dostonlar she'riy usulda yozilgan bo'lib, tilining boyligi va ta'sirchanligi bilan ajaralib turadi. Shunday qilib, qadimgi Yunoniston asarlari adabiy asargina bo'lib qolmay, ajoyib manba hamdir.
Eramizdan oldingi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. Bu taraqqiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin Afina davlatining kuchayishi va demokratiya tomon rivojlanib borish bilan bog'lik bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishiga arziydigan buyuk davrdir. Eng ilg'or madaniyat markazi Kichik Osiyodagi Ionif viloyatidir. Afina o'zining iqtisodiy va madaniy kamolatiga, asosan V asrning 50-30 yillarida, ya'ni Perekl davrida erishadi. Perekl o'z zamonasining nixoyatda ishbilarmon davlat arbobi, otashin notiq odamlarda tashabbuskorlik ishtiyokini uyg'otishga moxir, ilmu-fan, san'at va adabiyotga qiziqqan bir shaxs edi. U butun yunon olamidan faylasuflar, olimlar, shoirlar va san'at ahllarini Afinaga to'playdi. Unga yaqin faylasuflar, Anaksagar, Suqrat, “Tarix fanining otasi” Gerodot, Sofokl, ajoyib haykaltarosh Fidiy va shularga o'xshash umumyunon madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'targan yana birmuncha shaxslarni ko'ramiz.
Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, ayniqsa, juda keng rivoj topdi. Olimlar va mutafakkirlar o'z asarlarida tabiat hodisalarini, ijtimoiy qonunlarni ochishga, ularni izohlashga va shu yo'sinda demokratik to'zumni to'g'ri va ba'mani eqanligini isbotlashga urinadilar. Eski diniy e'tiqodlarning asta-sekin susayib borishi, ilohiy kuchlarni koinot hodisalarida axtarishi, insonni ma'budalarning quli holatidan butun borlikning hukmroni darajasiga ko'tarish, uning idrok va iste'dodiga taxsin o'qish, istiqbolga chuqur umid bilan qarash – bu davr falsafiy oqimlarining asosiy xususiyatidir. Yangi tushunchalar o'z ifodasiga dastavval Anaksagar (500-428 yillar) falsafasida topadi. Perekl bilan do'stona munosabatda bo'lgan, uning siyosatini qo'llab-quvvatlagan va hukmronning istagiga ko'ra o'z zamonasining ilmiy-madaniy harakati tepasida turgan bu mutafakkir olim, eski diniy e'tiqodlarni inkor etib, butun koinotni behisob zarralardan tarkib topgan abadiyat ma'nosida tushunadi. Chunonchi, Quyosh bilan Oy, qadimgilar aytganidek, ilohiy kuchlar emas, bir umr lovullab yonib turadigan jismlardir.
Anaksagar inson ongi, qudrati va iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan.
V asrning 2 yarmida butun Ellada tuprog'ida ijtimoiy hodisalarni o'rganish ishini o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi ilmiy-falsafiy oqim paydo bo'ldi. Bu oqimning vakillari o'zlarini “sofistlar” deb ataganlar.
Dastlab “sofist” so'zi ostida “donishmand”, “bilimdon”, “olim” degan ma'nolar ifoda etilgan bo'lsa, keyinchalik bu ibora falsafa mualliflariga taqalgan laqablarga aylanib ketdi.
Qadimgi Yunonistonda maktabxonlik ishlari sust bo'lgani uchun “sofistlar” shaharma-shahar kezib, shaxsiy suhbatlarda yoki jamoat oldida ilmu-fan asoslarini tashviq qilardilar.
Sofistlar bu davrning har tomonlama bilimdon kishilari bo'lib, o'z zamondoshlari zehnini boyitish, ularni ilmu-ma'rifat yutuqlaridan bahramand etish bobidan juda katta ishlar qildilar. Ular olamdan yuz o'gurib, o'zlarini xilvatxonalarida kitob titishdan o'zga narsani bilmaganlar va jamoa oldida ilmu-fan jarchilari bo'lishgan.
Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir muncha ijod sohalarida ham juda ulug' ishlarni qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho yodgorliklaridan biri bo'lgan va Gippokrat nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja san'ati haqidagi kattakon asar ham sofistlar davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar natijasi o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman sohalariga doir asarlar yaratdilar.
Gerodotning “Tarix” asarini keyingi davr olimlari qayta ishlagan. Shulardan Aleksandriya olimlari buni 9 bobga bo'lib, yunon mifologiyasidagi 9 mo'zaning nomi bilan ataganlar. Aleksandriya chinakam tarixshunoslik ilmi bilan ijod qiluvchi yozuvchidir.
Shu sababli uning asari dastlabki yunon tarixchilari – “logoraflar” ijodida uchraydigan qator kamchiliklardan batamom qutulib ulgurgan emas. Gerodot ham o'zining ulug' zamondoshi Sofokl singari ma'budlarning qudratiga, taqdirining kuch-quvvatiga, inson baxtining bepandligiga chippa-chin ishonadi: kosinlarning karomatiga, mo''jizalarning rostligiga, hatto tushlarning muqarrarligiga aslo shubha qilmaydi. Gerodotdan minnatdor bo'lishimizning yana ham muhimroq sabablari bor: adabiyotimizning eng qadimgi yodgorliklaridan biri bo'lgan “To'maris” qissasi faqat shu odam tufayli bizgacha yetib kelgan.
Gerordot asarlarining fazilatlaridan biri-ajoyib san'atkorlik mahorati bilan yozilganligidadir. Yozuvchi biron hodisani bayon etar ekan, uni og'zaki rivoyatlar bilan boyitgan. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan ko'p bahramand bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon dunyosida ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir etgan. Miloddan avvalgi YI asrda Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor bo'lib, o'sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.
Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristotel edi. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384 yilda tug'ilib, 322 yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni “birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan. U juda ko'p asarlar yozgan. Uning mashhur asarlaridan biri “Siyosatdir”. Aristotel o'sha davrda ma'lum bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.
Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer- shar shaklida bo'lib, u butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, qadimgi Yunonistonda asos solingan ilmiy yo'nalishlar keyingi davrlarda olimlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Ilk bora aytilgan adabiy, siyosiy va tabiiy bilimlar falsafiy jihatdan tushuntirilgan bo'lsa, asta-sekinlik bilan isbot talab qiladigan fikrlar olimlarimiz tomonidan isbotlandi. Tabiatda bo'ladigan barcha hodisa va voqealarni ilmiy negizlarini izlashga tushdilar. Aristotel, Demokrit, Perekl, Anaksimen, Yevklid, Pifagor, Ptolemey va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari o'tmish ajdodlarimiz tomonidan har tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Ayniqsa, bu narsani “Bayt al-hikma”da faoliyat ko'rsatgan olimlarning tarjimonlik maktabida, Xorazm Ma'mun Akademiyasi va Mirzo Ulug'bek davridagi olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'rish mumkin.
Download 28,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish