Antisotsial xulqli o’quvchi-yoshlar bilan ishlashda maktab ish tizimi va unda psixologik xizmatning o’rni Sirtqi ta’lim yo’nalishi 201-guruh Pedagogika psixologiya fakulteti talabasi



Download 23,11 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi23,11 Kb.
#295750
Bog'liq
Antisotsial xulq


Antisotsial xulqli o’quvchi-yoshlar bilan ishlashda maktab ish tizimi va unda psixologik xizmatning o’rni

Sirtqi ta’lim yo’nalishi 201-guruh Pedagogika psixologiya fakulteti talabasi

Hozirgi rivojlanish davrida ijtimoiy stereotiplardagi o’zgarishlar, nafaqat kattalar, balki bolalar oldiga ham yuqori talablarni qo’ymoqda. Bularning ko’pchiligi oiladagi talabga javob bermaydigan tarbiyaviy ta’sir, qarovsizlik, milliy qadriyatlarning buzilishi, bolalar xulqida noijtimoiy, ya’ni jamiyatga yot bo’lgan holatlarning paydo bo’lishi kabi ruhiy jarohat beruvchi ijtimoiy omillarning kuchayishiga olib keladi. Buning sabablari esa quyidagilar: maktab va oiladagi kelishmovchiliklar, ijtimoiymoslashuvning qiyinchiliklari va hokazo.

Bunday murakkab ijtimoiy sharoitda maktabning vazifasi – har bir o’quvchi-yoshlarga to’g’ri yo’lni tanlashga yordam berishdan iborat. Oiladan keyingi eng muhim ijtimoiy muhit bu – maktab hisoblanadi. Maktab – ijobiy ijtimoiy va xulq qoidalarini o’quvchilar ongiga singdirishi, bolaning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga imkoniyat tug’dirishi kerak.

O’smirlik davri yosh davrlari orasida eng ahamiyatli davrlardan biridir. Chunki shaxs shakllanishidagi asosiy davr hisoblanadi. O’smirlik davri psixologik adabiyotlarda “o’tish davri”, “og’ir davr”, “inqiroz davri” kabi nomlar bilan ataladi.

O’smirlik davrining og’ir, murakkab davr ekanligi ko’plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog’liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o’zgaradi. Bu davrda o’smir hayotida uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu davr taxminan bolaning 5-11 sinflarda o’qish paytiga to’g’ri keladi.

O’smirlik davri bolalikdan kattalikka o’tish davri sifatida har doim qiyin davr hisoblanadi va shu sababli ham doimo psixolog va sotsiologlarning diqqat markazida bo’lib kelgan.

O’smirlik davrida bola endi “bola” emas, shu bilan birga u hali “katta” ham emas. O’bektiv yosh davriga qaramasdan o’smirning ijtimoiy holati o’zgarmaydi, u o’quvchiligicha ota-onasining qaramog’ida qoladi. Ammo u o’zini “katta odam” deb hisoblaydi, o’zining muammolarini o’zi hal qilishga harakat qiladi. Shu sababli uning ko’pgina da’vo va talablari hal qilib bo’lmaydigan qiyinchiliklarga olib boradi, ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.

O’smirlik yoshida deviatsiya ya’ni nosotsiollikning paydo bo’lishining tinimsiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Hozirgi kunda o’smirlardagi deviant xulq-atvor belgilarini tuzatish bilan bog’liq ikki usul keng tarqalgan, bular: realibitatsiya va profilaktikadir.

Deviant xulq-atvorli bola bilan shug’ullanayotganda pedagog quyidagi yondashuvlarga ega bo’ladi; information yondashuv – voyaga yetmagan shaxslarularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar.

Ijtimoiy profilaktik yondashuv – bunda asosiy maqsad negative hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashdir. Bu yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa, pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi. Adaptatsiyajarayonidaesa u mavjudnuqsongako’nikishmaqsadidaqo’llaniladi. Demak, realibitatsiya -bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.

Realibitatsiyaning

-psixologik

-pedagogik

-ijtimoiy-iqtisodiy

-kasbiy

-maishiy kabi turlari mavjud.

Ta’lim muassasasining realibitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida funktsionl majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o’zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogic jamoadir.

Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni realibitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega.Maktab realibitatsiya (tibbiy-psixologik-pedagogik) realibitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikatsiyasini ham inobatga oladi.Bu realibitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:

-bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;

-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;

-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;

-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;

-tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;

-o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish;

-maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko’rsatish.

Maktab psixologiga ko’pincha “salbiy belgisi” bilan boshqa bolalardan ajralib turadiganlar bilan ish olib borishga to’g’ri keladi.O’qituvchi yoki ota-onalar psixologga “ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud bo’lgan bolalar” o’quvchiga qanday ta’sir ko’rsatish lozimligi to’g’risida ma’lumot berishni iltimos qiladilar. Bunda “ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud bo’lgan bolalar” orasiga har xil o’quvchilar kiritiladi: o’zlashtira olmovchilar, tartibsizlar, har xil asab va psixik buzilishga chalingan bolalar ishi bo’yicha hay’at hisobida turuvchi o’smirlar, notinch oilaning farzandlari.

Bu esa “ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud bo’lgan” o’quvchilar bilan psixologik va pedagogic ish olib borishda ularga mos metodlarni tanlash muammosini yanada qiyinlashtiradi. Hozirgi vaqtda “ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud bo’lgan” o’smirning shaxsiy taraqqiyoti, uning xulq-atvorini tuzatish va aniqlash bo’yicha yagona nuqtai nazar yo’q. Mavjudlarining har biri o’zining kuchli va kuchsiz tomonlariga ega bo’lib, amaliy ishda ularning birini tanlash ko’p holatlarga jumladan, psixologning kasbiy tayyorgarligiga, aniq holatning xususiyatlariga bog’liq.

Har bir o’smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng yaxshi tomonlarini topa olish, nimaga qobiliyatli ekanini aniqlab olish hamda mana shularga tayangan holda bolaning o’ziga bo’lgan ishonchini qo’llab-quvvatlash g’oyat muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar chiqishi muqarrardir. O’smir o’ziga yaqin bo’lgan kishilarning ko’z o’ngida o’z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o’zligini bildirib, o’z “men”ni anglatish maqsadida u yoki bu darajada o’z imkoniyatlaridan tashqari ishlarga qo’l urishga va shu orqali o’z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga o’tkazishga harakat qilib ko’rishga majbur bo’ladi. Basharti, bola o’zini ijobiy tomondan ko’rsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik zarurat tufayli salbiy ishlarda o’zini ko’rsatmoqchi bo’ladi – o’z kamchiliklarini oshirib ko’rsatadi, o’jarlik va qaysarlik qiladi, har xil “hunar”lar ko’rsatadi.

O’qituvchi mazkur yoshda bolaning o’z-o’zini hurmat qilishga o’rgatish tuyg’usini shakllantirish muhim ekanligini hisobga olib, o’quvchining sinf va umumjamoa oldidagi obro’sini ko’tarish yo’llarini izlashi kerak. Buning uchun o’qituvchi bolaning u yoki bu sohadagi yutuqlarini ko’pchilikka ma’lum qiladi, uning ayrim kamchilik va xatolarini yo’qotishda donolik bilan ish tutib, ularni darrov ko’pchilikka oshkor qilmay, o’smir bilan suhbatlashib, uning kuchi va imkoniyatlariga ishonishini amalda ko’rsatadi, bu bilan o’smirda shakllanib kelayotgan “katta kishi” bo’lib qolganlik tuyg’usini hurmat qilishini bildiradi. Bunday qo’llab-quvvatlashning kerakligini yaxshi his qilgan o’smir beixtiyor o’qituvchining ta’siriga beriladi, chunki pedagog o’smirning munosabatlarini yo’lga qo’yishda uning uchun zarur kishisiga aylanib qoladi.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, antisotsial xulqli o’quvchi-yoshlar bilan ishlashda maktab tizimidai jtimoiy-pedagogik reabilitatsiya “ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud bo’lgan” bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga, shuningdek, esa ularni o’quv faoliyatining sub’ekti sifatida tiklashga qaratiladi.


Adabiyotlar:
1. L.M.Zyubin Tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlar. T: O‘qituvchi 1997y.

2. O.Kernberg Agressiya pri rastroystve lichnosti M: Nezavisimaya firma “Klass”., 1998g.

3.N.G.Kamilova Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi T., TDPU, 2013

4.N.G.Kamilova, L.Nigmatulina, N.Atabaeva, L.Inagamova Talaba yoshlar orasida suitsidal xulq psixoprofilaktikasi T: KYoIHMK, 2013



Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish