oʻrinda edi. Taʼlim maʼruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika
mashgʻulotlari oʻtkazilardi.
P. falsafasining asosiy mohiyati – "gʻoya" ("eydos")lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning
fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy
oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir.
Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam
uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
P. gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir.
Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga,
jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam
ikki olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak narsa ruh jismoniy
tanada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi nazariyasiga
asoslanadi. Bilish – anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan
muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir.
P. pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida ham mashhur. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning
asosiy vazifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus
muassasalarda tarbiyalanishi kerak: 3–7 yoshda oʻyinlar maktablaridagi uylar yoki bogʻchada
taʼlim olishi; 7–17 yoshda maktabda yozuv, oʻqish, musiqani oʻrganishi; 17–20 yoshda harbiy-
gimnastik taʼlim olishi; 20–30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur boʻlgan falsafiy taʼlim
olishi lozim.
P. qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U
davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa – davlatni boshqarib turadigan donishmand
hukmdorlar; 2-tabaqa – davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa – davlatni va
yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. P. davlat
boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi
cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni
boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. P. to'rtta asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik,
mardlik, akl bilan ish qilish va eng asosiysi – boshqa fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib
ketadigan fazilat – adolat. P.ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi.
Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi ijtimoiy
taraqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron boʻlsa, hokimlar esa
qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz
hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha,
davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis
(davlat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. Aflotun siyosatni emas, siyosat
ishlab chiqarishni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday
oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
P.ning estetik qarashlarida borliq, hayot "abadiy gʻoyalarning taqlidi, nusxasi; sanʼat esa borliq,
hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni
qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlikni qoralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak,
deb hisoblagan.
Falsafa tarixida P. taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga "ilohiy ustoz" (antik davr), xristian
dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri)
sifatida qaralgan. P.dan 30 ga yaqin katta va kichik asar hamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari
dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: "Apologiya" (Sokratni qimoya qilish), "Kriton" (qonunni
hurmag qilish haqida), "Laxet" (mardlik haqida), "Harmid" (aql bilan ish qilish haqida), "Menon"
(notiqlik sanʼati mohiyati haqida), "Bazm" (eros haqida), "Fedr" (eydoslar haqidagi taʼlimot),
"Fedon" (adolat haqida), "Davlat" (adolat haqida), "Teetet" (bilim haqida), "Timey"
(kosmologiya), "Qonunlar", "Siyosatdon", "Fileb" va boshqa P.ning asarlari asrlar davomida
Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar
yozilgan. "Davlat" asariga Ibn Rushd, "Qonunlar"ga Forobiy sharhi eʼtiborga loyiq. Forobiyning
sharhi "Talxisu navomisi Aflotun" ("Aflotun qonunlari mohiyati") deb ataladi. Bu asar 1993 yil
"Fozil odamlar shahri" kitobida nashr etilgan. 2002 yil Aflotunning "Qonunlar" asari Toshkentda
uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning "Aflotun" romani chop qilindi (T., 1998)
[2]
.
Aflotunning aniq tugʻilgan sanasi noma'lum. Antik manbalarga asosan, koʻpchilik tadqiqotchilar
Aflotun miloddan avvalgi 428-427 yillarda
Afinada
yoki
Eginada
tugʻilgan deb hisoblashadi. Antik
Hayot yoʻli
Aflotun va
Suqrot
oʻrta asr davridagi tasvirda
odatga koʻra 7-
targelion
(
21-may
) uning tugʻilgan kuni hisoblanadi.
Aflotun zodagon oilada dunyoga kelgan; otasi
Ariston
(mil.av. 465-424)
Attikaning
soʻnggi qiroli
Kodr
avlodidan boʻlgan, onasi
Periktionaning
ajdodlaridan biri Afinalik islohatchi
Solon
boʻlgan.
1.
Plato // Encyclopaedia Britannica. — 2002.
2. Abdulla Ayupov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Aflotun&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Aflotun&oldid=2024890
"
dan olindi
Manbalar
Vikiiqtibosda
Aflot un
haqida sahifa mavjud.
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval 195.158.31.228 tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).