Appenditsit — ta’rifi, tasnifi, belgilari va alomatlari, tashxislash va davolash



Download 160 Kb.
bet1/5
Sana14.07.2022
Hajmi160 Kb.
#796977
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Appenditsit


Appenditsit — ta’rifi, tasnifi, belgilari va alomatlari, tashxislash va davolash


Appenditsit — oshqozon-ichak tizimining eng keng tarqalgan jarrohlik kasalligi va eng xavfli kasalliklardan biri. Kasallik xavfi birinchi navbatda, uning hayotga xavf tug’diradigan jiddiy asoratlarning tez rivojlanishi va paydo bo’lishining muqarrarligi bo’lib hisoblanadi. Hayot davomida kishi o’tkir appenditsitga duch kelishi ehtimolligi juda yuqori. Odamlarning 5-10 foizida ushbu kasallik tashxisi qo’yilgan.
Appenditsit har qanday yoshdagi va har qanday jinsdagi odamlarda rivojlanishi mumkin. Biroq, statistika shuni ko’rsatadiki, ko’pincha ushbu yallig’lanish 5-40 yoshlardagi odamlarda kuzatiladi. 20-40 yoshlardagi kasallar orasida bemor ayollar soni erkaklarga nisbatan ikki barobar ko’p, biroq 20 yoshgacha bo’lgan bemorlar ichida erkaklar ustunlik qiladi. Umuman olganda, ayollar erkaklarga qaraganda ko’proq kasallanadi. 40 yoshdan keyin kasallik yuzaga kelishi ehtimolligi sezilarli darajada kamayadi, lekin nolga teng emas. Shuning uchun appenditsit yoshi kattaroqlarda ham rivojlanadi. Bundan tashqari, appenditsit 5 yoshdan kichik bolalarda vaqti-vaqti bilan tashxis qo’yiladi.
Mundarija: [Yashirish]

  • Kasallikning ta’rifi va tasnifi

  • Appenditsit sabablari

  • Appenditsitning alomatlari va belgilari

  • Appenditsit haqida gumon qilsam nima qilishim kerak?

  • Appenditsitni tashxislash

  • Appenditsitni davolash

Kasallikning ta’rifi va tasnifi


Appenditsit ichakning pastki qismida joylashgan chuvalchangsimon o’simta — appendiksning yallig’lanishidir. Odatda appendiks diametri 7-10 mm va uzunligi 50-150 mm bo’lgan kichik naycha hisoblanadi. U ko’richakdan boshlanadi, asta-sekin torayib boradi va uning chiqib ketish yo’li yo’q.
Appendiksning vazifasi aniq emas. Avvalroq, appendiks oddiy rudiment sifatida qaralardi va odamlarning asosan o’simliklar bilan oziqlangan uzoq hayvon ajdodlaridan qolgan va hozirda keraksiz deb hisoblanardi. Hozirgi vaqtga kelib esa u endokrin va immunitet jarayonlarida, shuningdek ichak mikroflorasining shakllanishida muhim rol o’ynashini isbotlocvhi jiddiy sabablar mavjud. Appendiksi olib tashlangan kishilar ichakda yetarli miqdordagi foydali mikroorganizmlar bilan bog’liq muammolarga duchor bo’lganligi isbotlangan. Biroq, appendiks organizm uchun hayotiy zarur organlar qatoridan emas.
Foto: corbac40/Shutterstock.com
Qoida tariqasida appendiksning yallig’lanishi o’tkir tabiatlidir. Kasallik natijasida o’simtada yiring to’planib qoladi va o’simtaning torligi sabab oson chiqib keta olmaydi. Appendiks kattalashadi va og’riy boshlaydi. Oxir-oqibat, bu appendiks devorining yorilishi va yiringni qorin bo’shlig’iga chiqishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, yuqori ehtimollik bilan o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan qorin bo’shlig’ida o’tkir peritonit, sepsis, yoki abstsessga sabab bo’ladi. Eng jiddiy shikastlanish pileflebit — bu jigar shikastlanishiga, darvoza tomirning yallig’lanishiga olib keladi, o’lim darajasi juda yuqori.
Kasallik juda tez kechadi va odatda 2-4 kundan ortiq davom etadi, kamdan-kam hollarda bir hafta. O’tkir appenditsitning o’z-o’zidan shifo topishi holatlari kam. Ba’zan zararlangan appendiks atrofida atrofdagi to’qimalardan himoya infiltrati rivojlanishi mumkin, ammo bu shakllanma ham abstsesslarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kasallik jarrohlik aralashuvni va tibbiy davolanishni talab qiladi. Kasallikning o’z vaqtida davolashi bilan yakun ijobiy bo’ladi.
Ba’zida o’tkir appenditsit bilan og’rigan bemorlarda surunkali appenditsit paydo bo’ladi. Ushbu holatning namoyon bo’lishi o’tkir kasallikdan 100 marta kamroq. Odatda, jarrohlik davolash talab etilmaydi.
O’tkir appenditsit oddiy (kataral) va asoratlar bilan kechuvchi destruktiv shakllarga bo’linadi. To’g’ri davolashsiz, oddiy appenditsit deyarli har doim destruktiv appendiksga aylanadi.
Apandisit rivojlanishining asosiy bosqichlari:

  • Kataral;

  • Flegmonoz;

  • Gangrenoz;

  • Perforativ.

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish