Aqlga-bilim, qalbga ma’naviyat



Download 50 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi50 Kb.
#778968
  1   2
Bog'liq
Yuksak ma\'naviyat-yengilmas kuch seenariy


Shoir:
Aqlga-bilim, qalbga – ma’naviyat.
Qop-qorong‘u sahna tasviri. Birdan qorong‘ulik o‘rnini yorug‘likk egallay boshlaydi. Sahna bir zumda bezalgan tusga kiradi. Sahna o‘rtasida Prezidentimiz I.A. Karimovning portreti va “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobi, har iki yomonda esa buyuk ajdodlarimizning suratlari osilgan. Davlatimiz ramzlarini ko‘rtargan 3 o‘quvchi sahnada namoyon bo‘ladi.
Shu asnoda Safiya Saftarovaning “Vatan yagonadir” qo‘shig‘i ijro etiladi.
Mening Temur bobom –Sohibqironim,
Qonidan qo‘shilgan bir tomchi qonim.
Asrlarni yengib o‘tgan Turonim,
Vatan yagonadir, vatan bittadir…
Qo‘shiq tugagach, sahnaga bir qiz va bir yigit boshlovchilar chiqib kelishadi.

Sahnadagi yozuvlar.


1. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.
I.Karimov.
2. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q.
I.Karimov.
3. Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur.
Abdulla Avloniy.
4. Biz kim – mulki Turon, AmiriTurkikstonimiz, Millatning eng ulug‘i, turkning bosh bo‘inimiz.
Amir Temur.
5. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak.
I.A.Karimov.
6. Oldig‘a qo‘yganni yemak –hayvon ishi, og‘ziga kelganni demak- nodon ishi.
Alisher Navoiy.
1-boshlovchi:
Onalar alla aytsa, tushib quyosh tinglaydi,
Otalar duo aytsa, erib tog‘-tosh tinglaydi,
Qalblarni tig‘lamang, ko‘zdagi yosh yig‘laydi,
Ularga tiz cho‘kkanlar, sizga assalom!
2-boshlovchi:
Ustoz etagini tutgan shogird qachon xor bo‘lgay,
Vatanim deb yonganlar qay zamon nochor bo‘lgay,
Iymon tig‘in tutganlarga dunyo qachon tor bo‘lgay,
El-yurt dardin uqqanlar, sizga assalom!
1. Assalomu alaykum ma’naviyati osmon qadar yuksak bo‘lmish, aziz Turonzamin farzandlari!
2. Assalomu alaykum qonida mardlik, jasorat kabi ezgu hislar jo‘sh urgan kelajagimiz vorislari!
1. Ollohga beadad hamd-u sanolar bo‘lsinki, bundan 18 yil muqaddam yurtimiz osmoni uzra suzayotgan zulmat bulutlarini istiqlol quyoshi bartaraf etdi.
2. Istiqlolning zarrin nurlari qorong‘ulik tubida g‘arq bo‘layozgan milliy qadriyatlarimizni yoritdi, ularga qaytadan jon ato etdiki, bugungi kunda biz ulardan bahramand bo‘lmoqdamiz.
1. Ijodi bizga qaytib berilgan Yassaviy-u Buxoriylar, asarlari endigina to‘g‘ri talqin qilinayotgan Navoiy-u Boburlar, Mashrab –u Ogahiylar milliy madaniyatimizning boy meroslari sanalmish tarixiy obidalarimizning qayta tiklanish- bularning barcha-barchasi mustaqillik sharofatidir.
2. Istitqololga yuz tutgach, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan eng boy meros- ma’naviyat, yuksak ma’naviyat esa yengilmas kuch ekaknligini anglab yetdik.
1. Prezidentimizning I.A Karimovning shu nomli kitobida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’zo-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etilgan.
2. Ayni paytda, istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklkash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizga turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritilgan.
1. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb mummolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yukskaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya v mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2. Azizlar! Endi esa yurtboshimiz qalamiga mansub ushbu kiktobning she’riy taqdimoti bilan tanishing.
1-o‘quvchi:
Savol tug‘ilar beshak,
Ma’naviyat –ne demak?
Ma’naviyat-ulg‘ayish,
Kuch-qudratning timsoli.
O‘zligini bilmagan
Go‘yo manqurt misoli.
2-o‘quvchi:
Fidoyi yurtboshimiz,
Olislarni ko‘zladi.
Ma’naviyat haqida,
O‘z fikrini so‘zladi.
Xo‘p qiziqdir bag‘oyat
To‘rt qismdan iborat.
3-o‘quvchi:
Ma’naviyatni anglash
Ilk bobida mujassam
Ma’naviyat moddiy hayot
Uyg‘unligi bordir ham.
4-o‘quvchi:
Ikkinchi bobda esa
Bor istiqlol talqini.
Milliy g‘oya va hayot –
Islohotlar mezoni.
Chuqur tahlil qilingan
Va fikrlar berilgan.
5-o‘quvchi:
Fikrga qarshi fikr,
G‘oyaga qarshi g‘oya.
Uchinchi bobda asos
Ma’naviyatga soya
Bo‘lgan bazi tahdidlar,
Ogoh bo‘lishga undar.
6-o‘quvchi:
So‘ngida to‘rtinchi bob,
Yakun topadik kitob.
Manaviy jasorati
Yuksak ajdodlarimiz,
Ibrat qilib o‘tilgan
Bilsin avlodlarimiz.
Barchasi:
Millat ma’naviyati
Shunchalar kuchli ummon,
Milliy g‘urur yor bo‘lsin,
Barchmizga har qachon.

1. Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyati, uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, manaviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.


“Samarqand” O. Nazarbekov qo‘shig‘i. (qo‘shiqqa tayyorlangan klip monitordan ko‘rsatiladi.)
Musiqa to‘garagi azolari ijrosida tinglang.
1. Bu ko‘hna tuproqda bo‘y cho‘zgan memoriy obidalar qadim zamonlardan jahonni lol qoldirib kelgn Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ziyod moddiy-manaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgni ham bu fikrni tasdiqlaydi.
2. Samarqanddagi Registon maydoni, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, obidasi yurtimiz faxri, tarixiy ma’naviyatimizning izlaridir.
So‘ng “Buxoro” she’ri aytiladi.
Buxoro
Tuprog‘ingni kezaman tanho,
Berilaman so‘ngsiz xayolga.
Bag‘ringdagi har tosh, har giyoh,
O‘tmishingni soladi yodga.

Boshginangdan o‘tdi ko‘p savdo,


Nolalaring tutdi falakni.
Yovlar bo‘lib bag‘ringda paydo,
Qon yig‘latdi necha yurakni.

Yuragingda chandiqlar qat-qat,


Ne baloni ko‘rmadi boshing.
Barchasiga aylading toqat,
Tog‘dek ekan chidam bardoshing.

Taloto‘plar qoldi orqada,


Tinch, xotirjam olaver orom,
Ma’naviyat, ilm-u urfonga
Beshik bo‘lgan, ona Buxorom!

1-boshlovchi: Barchamizga ayonki, XXI asr mafkuraviy kurashlar asridir.


2-boshlovchi: Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, mafkuraviy kurashlar avj olayotgan bir vaziyatda “fikrga qarshi firk, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” har qachongidan ko‘r muhim ahamiyat kasb etmoqda”.
1. Yurtboshimiz I.A.Karimov “Har qanday yovuzlkning boshi sotqinlikdir” deya ta’kidlaganlar.
2. Agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir tan-u bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa,
1-2-boshlovchilar: o‘zbek xalqini hech kim, hech qachon yenga olmaydi.



Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish