“Aqliy hujum” va “Keys study” metodlarini texnologiya darslarida qo‘llash



Download 310,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi310,26 Kb.
#905938
1   2   3
Bog'liq
aqliy-hujum-va-keys-study-metodlarini-texnologiya-darslarida-qo-llash

«Aqliy hujum» metodining afzalliklari:
● natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning 
shakllanishiga olib keladi;
● ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
● fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
● ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati 
ortadi;
● ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi. 
«Aqliy hujum» metodining kamchiliklari:
● ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
● ta’lim beruvchidan yuqori darajaga erishish qobiliyatining talab etilishi.
“Aqliy hujum” metodini Texnologiya fanidan takrorlash darslarida mavzusini 
o‘qitish jarayonida quyidagicha amalga oshirish mumkin: 
1-savol 
Applikatsiya 
nima?
Javob: 
lоtincha so‘z bo‘lib, yopishtirish dеgan ma’nоni 
anglatadi, ya’ni bu bir matеrial turini ikkinchisining ustiga 
qo‘yib tikish yoki yopishtirishdir
2-savol 
Defekt nima?
Javob: 
kamchilik, nuqson.
3-savol 
Fason nima?
Javob: 
kiyimdagi detallar shaklini, chiziqlarini, turli 
bezaklarni aniqlaydigan detal shakli
4-savol 
Kant nima?
Javob: 
ag‘darma chokdagi bir detal ikkinchi detalga nisbatan 
baxyaqator zihidan surilgan joy
5-savol 
Maket nima?
Javob: 
maket biror joy, narsa, bino, mashina va hokazolarning 
kichraytirib tayyorlangan fazoviy tasviri, nusxasi

6-savol 
Material nima?
Javob: 
material, xomashyo, narsa. Biror buyum, inshoot va 
hokazolarni tayyorlash uchun zarur bо‘lgan ashyo
.
7-savol 
Moda nima?
Javob: 
ma’lum bir davrda, ma’lum muhitda kishilarning 
ta’biga, didiga mos bo‘lgan va keng tarqalgan kiyim-kechak
8-savol 
Model nima?
Javob: 
(lot. modulus - о‘lchov, me’yor sо‘zidan - namuna, 
andaza, nusxa.)Biror narsa, ayollar kiyimi, mashina, bino, 
inshoot va hokazolarning kichraytirib yoki kattalashtirib 
tayyorlangan namunasi, masalan, aviamodel-samolyot 
yokiboshqa uchish apparatining uchadigan modeli.
9-savol 
Tabiiy ipak nima?
Javob: 
ipak qurti o‘raydigan ingichka ip
10-
savol 
Yaltiroq nima?
Javob: 
gazlama ustida namlab-isitib ishlov berish natijasida 
hosil bo‘lgan joy
... ..... 
... ...... 
... ..... 
Muammoli texnologiyalardan yana birtasi - “Keys-stadi”
 
bo‘lib, (inglizcha keys 
- to‘plam, aniq vaziyat, study -ta’lim) keysda bayon qilingan va o’quvchilarni 
muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini 
izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning 
muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir. Keys-stadi - 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1128


ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini 
amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish 
jarayonida bashorat qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda 
ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat 
bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir [1-30]. Keysda tavsiflangan aniq vaziyat o‘rganishni 
voqelikka bog‘lab qo‘yadi: sizga muammoni hal etish bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish, 
tahminlarni shakllantirish, muammolarni aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotni yig‘ish, 
tahminlarni aniqlashtirish va aniq qadamlarni loyihalashtirish imkonini beradi. O‘quv 
uslubi sifatida quyidagilarni ta’minlaydi: 

o‘rganilgan o‘quv mavzu, kursi bo‘yicha (nazariy ta’limdan so‘ng) bilimlarni 
mustahkamlashni;

muammolarni tahlil qilish va qarorlarni yakka tartibda va guruhli qabul qilish 
ko‘nikmalarini egallashni;

ijodiy va o‘rganish qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga 
moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishni;

yangilikka, qarorlarni mustaqil qabul qilishga tayyorgarlikni; 

mas’uldorlik, mustaqillik, kommunikativlik va empatiya, refleksiyaning 
shakllanishini; o‘quv ma’lumotlarini o‘zlashtirish sifatini o‘z tekshirishini (o‘quv 
dasturi yakunida).
O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha: 
1. Topshiriqni berish. Doimo ijobiy javobga erishadigan murakkab mulohaza 
tuza olasizmi?
2. Ta’lim beruvchining kirish so‘zi. Asosiy savollarning qo‘yilishi - teng kuchli 
formulalarga doir teoremalardan foydalanib, tavtologiya bo‘ladigan kamida ikkita 
propozitsional o‘zgaruvchi qatnashgan formulani tuzish.
3. O’quvchilarni 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratish. 24 ta o’quvchi 
qatnashgan guruhni 4 ta 6 tadan o’quvchi qatnashgan kichik guruhga ajratamiz. 
4. O’quvchilarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish. 4 ta teng kuchli 
formulalarga doir teorema taqsimlab beriladi. 
5. Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish.
Masalan: 
6-sinf Texnologiya darslarida
Qatlama pishirish ketma-ketligini aytib bering? 
Ushbu savolga o’quvchilar Qatlama pishirishni ketma-ketligini tushuntirib 
beradilar.
1. Un, suv vа tuzni qo‘shib, yaхshilаb хаmir qоrib, yoyish mumkin bo‘lgаn 
dаrаjаdа tindirilаdi, tinishi uchun 15-20 dаqiqа kifоya qilаdi. 
2. Tingаn хаmirni judа hаm yupqа bo‘lmаgаn qаlinlikdа yoyilаdi.
3. Yoyilgаn хаmirni yarmigа, mаrgаrinni yumshоq bo‘lsа qo‘ldа ezib, sаl qаttiq 
bo‘lsа qirib surtilаdi .
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1129


4.Mаrgаrin surtilgаch, хаmirning yuqo ridаgi bo‘sh qismi pаst qismining ustigа 
yopilаdi 
5. Mаrgаrin chiqib ketmаsligi uchun ikkin chi qаvаtning pаst qismi ustigа 
qаyrilаdi. 
6. Endi ikki yon tаrаfi o‘rtаgа tах lаnаdi.
7. So‘nggi bоsqichdа chаp bo‘limdаgi qаtlаm o‘ng tаrаfgа tахlаnаdi, аksi hаm 
bo‘lishi mumkin. 
8. Shu tахlаngаn хаmirni yelim xaltaga sоlib, 20-30 dаqiqаgа muzlаtkichdа 
tindirilаdi. Tingаn хаmir bоsib, yanа yoyilаdi vа хuddi shundаy tахlаnаdi, аmmо bu 
sаfаr mаrgаrinsiz. Ikkinchi mаrtа yoyib, tахlаngаn хаmirni yanа 20-30 dаqiqаgа 
muzlаtkichdа tindirib qo‘yilаdi.
9. Tingаn хаmir uchinchi mаrtа yoyilаdi vа kesilаdi. Kesish uchun ха mir yupqа 
bo‘lmаgаn qаlinlikdа yoyilib, enini 3-4
sm 
dаn tаsmа qilib kesilаdi.Hаr bir хаmir 
tаsmаni 30-40
 sm 
uzunligidа o‘rаymiz vа bir uchini оstigа bоs tirib qo‘yamiz 
10. O‘rаlgаn хаmirni jo‘vа bilаn diametri 20-25 
sm, 
qalinligi 0,5-1
 sm 
bo‘lgunga 
qadar yoyiladi. 
11. Qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yog‘ surtib, avval bir tomoni, 
so‘ngra ikkinchi tomoni qizartirib pishirilаdi. Ba’zan pishgan qatlamaning yuziga 
ta’bga ko‘ra shakar yoki qand upasi sepiladi.
12. Pishgаn qatlamalаrni likopchаlаrgа sоlib, dаsturхоngа tоrtilаdi
6. Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish. Keltirib chiqarilgan formulalar 
tushuntiriladi va isbotlanadi. Boshqa formulalarni keltirib chiqarish usullari munozara 
qilinadi. 
7. Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so‘zi, uning vaziyat yechimi 
to‘g‘risidagi fikri.
8. O’quvchilarni baholanishi.
9. O’quvchilarning mashg‘ulot haqidagi fikrlari.
10. Ta’lim beruvchining yakunlovchi so‘zi. Mashg‘ulot bo‘yicha xulosalar 
chiqarish.
Keyslarni hal qilishda ta’lim beruvchi o’quvchilarni yo‘naltirib turishi va 
ulardagi faollikni qo‘llashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish uyg‘otib 
turishi darkor. 
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish o’quvchilar shaxsida quyidagi 
professional-pedagogik zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
- mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; 
- haqqoniy bo‘lishiga o‘rgatadi;
- nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liklikni shakllantiradi; 
- muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1130


- vaziyatlarni hal etishda, unga ta’sir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning 
ta’sirini e’tiborga olishga imkon beradi; 
- boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi; 
- savol berish madaniyatini tarkib toptiradi; 
- qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi.
Keyslarni hal qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: asosiy muammoni va 
unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish, 
muammoni hal qilishning muqobil yechimini ham ko‘rib chiqish, eng maqbul qaror 
qabul qilish. 

Download 310,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish