Aristotel, Farobiy va Kantning antologiyasida kategoriyalar tasnifi qiyosiy tahlil etish va farqlarni aniqlash. Reja



Download 51,37 Kb.
bet1/8
Sana15.11.2022
Hajmi51,37 Kb.
#866021
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aristotel, farobiy va kantning antologiyasida kategoriyalar tasnifi qiyosiy tahlil etish va farqlarni aniqlas


Aristotel, Farobiy va Kantning antologiyasida kategoriyalar tasnifi qiyosiy tahlil etish va farqlarni aniqlash.
Reja:

  1. Falsafa tushunchasi haqida.

  2. Kant ontologiyasida kategoriyalar tasnifi

  3. Aristotel ontologiyasida kategoriyalar tasnifi

  4. Forobiy ontologiyasida kategoriyalar tasnifi



1.Falsafa tushunchasi haqida.
Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha fileo – sevaman va sofia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan bilib olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Yevropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Arastu asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avval qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. «Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma’nolarda qo’llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik-qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» debtushunilganini aytib o’tdiKategoriyalarAyrim faylasuflar va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T.Gobbs (1588—1679) uni «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Gegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Lyudvik Feyerbax «bor narsani bilish», pragmatizm ta’limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni» deya talqin etgan. Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi. Endi falsafa nimani o’rgatadi uing pridmeti nima degan savol tug’ulishi tabiy hol albatda ushbu savolga quyidagicha javob beramiz. Insonda bilishga qiziqish uyg’otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o’ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuisiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug’diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o’z qiziqishi obyekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo’lishi mumkin bo’lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.
Falsafa o’z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek sababiy bog’lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o’sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo’limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o’tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to’ldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi.
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi:
 ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;
 gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko’ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;
 ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot;
 etika – axloq haqidagi ta’limot;
 aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta’limot;
 falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo’lish – ko’rsatilgan bo’limlarni sinchiklab o’rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir.Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g’oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam tug’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etishi va bilishdir.
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni tarixiy tiplari bor:
1) mifologik dunyoqarash;
2) diniy dunyoqarash;
3) falsafiy dunyoqarash.
1.Dunyoqarashning dastlabki tarixiy tipi mifologik dunyoqarashdir. Mifologik dunyoqarash (mifologiya-yunoncha: mitos-naql, rivoyat; lagos-fikr, ta‘limot degani) ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich bosqichlariga xos bo’lgan insonning dunyoni tushunishining o’ziga xos usuli sifatida paydo bo’lgan dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Mifologik dunyoqarash odatda o’z ifodasini o’sha qadimgi davr kishilari tomonidan yaratilgan, to’qilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgandir. Mifologik dunyoqarashning birinchi xillari asosan olamning paydo bo’lishi, uning tuzilishi, tabiat, jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, dunyodagi predmet va hodisalarning o’zaro bog’lanishlari va munosabatlari, dunyoning halokati masalalari va muammolariga bag’ishlangandir.

Download 51,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish