Arxiv ishi to‘G‘risida reja: Umumiy qoidalar. Arxiv ishi sohasidagi davlat boshqaruvi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari



Download 118 Kb.
bet8/24
Sana11.01.2022
Hajmi118 Kb.
#344143
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
ARXIV ISHI qonunlari

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari

(7-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “O‘zarxiv” agentligi deb yuritiladi):



(7-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)

arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

arxiv ishini rivojlantirish va arxivlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

arxiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

Milliy arxiv fondining davlat katalogini yuritadi;

arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritadi hamda uning tarkibidan chiqaradi;

hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi;

arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek sug‘urta nusxalarni tayyorlash va saqlash tartibini belgilaydi;

arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi va shartlarini belgilaydi;

davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqishga ruxsat beradi;



Oldingi tahrirga qarang.

(7-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxatini tuzish tartibini belgilaydi.



Oldingi tahrirga qarang.

“O‘zarxiv” agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish