A’sosiy bo’lim Ma’muriy-hududiy tuzilishi haqida tushincha


§ siyosiy-hududiy bo’linish



Download 60,77 Kb.
bet3/10
Sana23.06.2022
Hajmi60,77 Kb.
#696966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish (1)


§ siyosiy-hududiy bo’linish;
§ ma`muriy-hududiy bo’linish.
Ma`lum davlat hududida siyosiy jihatdan alohida davlat mavjud bo’lsa, bunday davlatning hududiy bo’linishi murakkab hisoblanib, u siyosiy-hududiy bo’linishga ega bo’lgan davlat deyiladi. Agar davlat faqat ma`muriy-hududiy bo’laklardan iborat bo’lsa, bunday davlat ma`muriy-hududiy bo’linishga ega davlat deyiladi.
O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilish jarayoni dastlab ikki bosqichda o’tkazildi. Birinchi bu – O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishi bo’lib u davlat tarixiga ma`muriy-hududiy rivojlantiruv degan nom bilan kirib keldi (1924-1925 yillar). Ikkinchi bosqich – oblast`, uezd, volst, qishloq soveti shakllaridagi to’rt bo’qinli ma`muriy bo’linishdan – okrug, rayon, qishloq soveti shakllariga o’tish orqali amalga oshirildi. 1930 yildan boshlab okrug ma`muriy birligi oblast` ma`muriy birligi bilan almashtirildi.

O’zbekiston davlati o’z mustaqilligiga konstitusiyaviy, tinch yo’l bilan erishdi. Uning ma`muriy-hududiy tuzilishi ham barcha davlat organlari institutlari singari o’zining konstitusiyaviy kafolatlariga egadir. Bu to’qrisida Respublikamiz Konstitutsiyasining yuqorida ko’rsatilgan 16 bobi 68-moddada tasdiqlangan.


Qoraqolpoq’iston Respublikasining huquqiy holati
Qoraqalpog’iston Respublikasi suveren bo’lib, O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpoq’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasini o’zi tasdiqlaydi. O’zining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini o’zi mustaqil hal qiladi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini o’zi belgilaydi. Davlat hokimiyati tizimini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga taqsimlanishi asosiga quradi, O’zbekiston Respublikasi siyosatiga mos holda o’z mustaqil siyosatini yurgizadi. Qoraqalpoqiston Respublikasi hududi bo’linmas daxlsizdir. Bu millatning o’z eriga o’z boyliklariga o’zi egalik qilishidir. Bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyo minbariga chiqish, xalqaro munosabatlar o’rnatish huquqidir. Koraqalpoqiston Respublikasi davlat tili qoraqalpoq va o’zbek tilidir.
Bu millatning o’z taqdirini o’zi belgilashi va farzandlari istiqbolini o’zi yaratishi, hal qilishidir. Bular O’zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza qilinadi.
Qoraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi singari ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasiga qo’yilgan, so’ngra xalq erkin-irodasini hisobga olib, qabul qilingan. Qoraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga aslo zid emas. Chunki Qoraqalpoqistonning O’zbekiston tarkibiga suveren davlat bo’lib kirishiga rozilik bildirgan xalq Qoraqalpoqiston Konstitutsiyasining ham O’zbekiston Konstitutsiyasiga zid bo’lishini aslo istamaydi. Chunki bu konstitusiyalar umuminsoniy qoyalar-tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va mamlakatlararo do’stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng uluq qoyalarga xizmat qiladi. Mana shu yangidan bunyod etilgan Qoraqalpoqiston suveren Respublika va mustaqil O’zbekiston Respublikasi xalqlarining abadiy birligi va qon-qarindoshliginiQKoraqalpoqistonning yangi qabul qilingan Asosiy qonuni ham tasdiqlaydi va Qoraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshdan-oyoq ana shunday olijanob manfaatlar ruhi bilan suqorilgandir. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo’lganidan qat`iy nazar, hamma uchun tengdir va bu bilan u Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda mustahkamlanib qo’yilgan huquq va erkinliklarga ega buladi. huningdek, u ma`lum burchlarni bajarishga majburdir. hu ma`noda O’zbekiston Respublikasi qonunlarining Koraqalpoqiston Respublikasi hududida ham majburiyligi, ayni vaqtda, Koraqalpoqiston fuqarolari uchun ham majburiydir. O’zbekiston Respublikasining hozirgi ma`muriy-hududiy bo’linishi respublikaning ishlab chiqarish kuchlar ahvolini, ularning joylashish xarakterini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat respublika ma`muriy-hududiy tizimidagi yuqori bo’qinidir va eng yirik bo’linma sifatida alohida o’rin tutadi. Hududiy tizimining qolgan bo’qinlari - tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul, viloyatning tarkibiy qismlari, ichki bo’qinlari bo’lib, shu tariqa u muhim tashkiliy funkciyani bajaradi. Chunki u orqali respublika davlat vakillik hokimiyat organi va boshqaruv idoralari bilan aloqa boqlashning butun tizimi amalga oshadi. Bunday holat viloyat quyi turuvchi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga nafaqat rahbarlik qilishini, balki ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtirishni anglatadi. Tuman-qishloq joylardagi iqtisodiy xo’jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qilishning muhim bo’qinidir. O’zbekistonning ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan, yangi tabiiy resurslarni o’zlashtirish hamda aholi sonining o’sishi bilan ma`muriy-hududiy bo’linmalarining chegarasi, o’zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo’qinlari hisobiga ro’y beradi.
O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika itoatidagi (Toshkent shahri), viloyat, Qoraqalpoqiston Respublikasi va tuman itoatidagi shaharlarga bo’linadi.
Qishloq, ovul, shaharcha - respublika ma`muriy-hududiy tizimidagi eng quyi bo’g’inidir.
O’zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari
O’zbekiston Respublikasi o’ziningmilliy davlat hududiga ega bo’lib, uning ma'muriy-hududiy tuzilishini o’zi mustaqil belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining o’rtasida, Amudaryo bilan Sirdaryoning oralig’ida joylashgan. O’zbekiston hududi shimoli-g’arbda Turon pasttekisligining, janubi-sharqda Tyanshan va Olay tog’larining va janubi-g’arbda Qizilqum cho’llarining bir qismini egallaydi.
O’zbekiston Respublikasining hududi
448,9 ming kv. km. ni tashkil etib, sharqdan g’arbgacha 1425 kmga, janubdan shimolgacha 930 km ga cho’zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo’riqlanadi. O’zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g’arb, shimol va janub orasidagi ko’pdan ko’p xalqlar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog’lovchi mamlakatdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68—69- mod-dalarida O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shahar-lar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqal-pog’iston Respublikasidan iborat bo’Iib, ularning chegaralarini o’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majli-sining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo’yilgan.O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Res-publikasi va 12 ta ma'muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Toshkent shahridir. Quyidagi jadval O’zbekiston Respublikasi-ning ma'muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko’rsatadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpog’iston muxtor respublikasi) 1992- yil 9- yanvarda suveren respublika maqomini oldi. Uning maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrga teng bo’lib, 1530,2 ming kishi yashaydi. Qoraqalpog’iston Res-publikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy, Kegayli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’I, Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, EllikqaPa, Qonliko’l, Qorao’zak, Qo’ng’irot) va 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo’ston, Mang’it, Mo’ynoq, Taxiatosh, To’rtko’l, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo’jayli, Qo’ng’irot) kiradi. Qoraqalpog’istonning poytaxti Nukus shahri bo’lib, unda 236700 kishi yashaydi
Andijon viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) may-doni 4,2 kv. km ni tashkil etadi, aholisi 2222,6 ming kishi. And-ijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo’z, Jalolquduq, Izboskan, Marha-mat, Oltinko’l, Ulug’nor, Xo’jaobod, Shahrixon, Qo’rg’on-tepa, Paxtaobod) va II ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat
Shahrixon, Qorasuv, Qo’rg’ontepa) mavjud. Viloyatning markazi Andijon shahridir. O’zbekiston aholisi tez o’sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.1991- yilda O’zbekiston aholisining soni 20,7 mln. kishini tashkil etgan bo’lsa, mustaqillikdan keyingi 14 yil davomida aholi soni 125,6 foizga o’sdi va 2006- yilning1- yanvarida 26 mlmdan oshdi. O’zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o’zbeklarning salmog’i yildan yilga o’sib bormoqda. Aholi tarkibida o’zbeklarning salmog’i 1989- yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1997- yilda 78- foizga yetdi.O’zbekistonning iqlim sharoiti qulay,O’zbekiston uning zaminida ulkan yoqilg’i, energetika, mineral xomashyo, strategik va qurilish materiallari zaxiralari mavjud. O’zbekiston hududida g’oyat muhim strategik manbalar —neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo’yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Gaz zaxiralari 2 trln. kubometrga ya-qin, ko’mir — 2 mlrd. tonnadan ortiq. Eng yirik gaz va neft konlari Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarida joylashgan. Farg’ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko’mir Angren, Sharg’un va Boysun konlarida qazib chiqarilmoqda.O’zbekistonda dunyoda juda katta oltin, kumush, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va boshqa qimmatbaho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metal zaxiralariga boy konlar topilgan va ulardan foydalanilmoqda. Oltinning asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik konlar jumlasiga kiradi. O’zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan bo’lib, ulardagi zaxiralar bo’yi-cha respublikamiz dunyoda to’rtinchi o’rinda turadi. Respublika kimyo korxonalarida g’oyat qimmatli yarim tay-yor mahsulot — kaprolaktam ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Kaprolaktamni qayta ishlash natijasida kapron tolalari va iplari, ulardan gazlama, gilam, noto’qima materiallar va boshqa xalq iste'moli mollari tayyorlanmoqda. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bi-lan haqli suratda faxrlanadi — bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan mavjud bo’lgan joylar aniqlangan. Umumiy mineral xomashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiqroq baholangan. O’zbekiston tuprog’i unumdor, sug’orma-dehqonchilik rivojlangan. O’zbekistonning yer fondi 44,74 mln. gektarni tashkil etadi, shulardan 32 mln. gektari qishloq xo’jalik ishlab chiqa-rishida foydalaniladi. Qishloq xo’jalik yerlarining katta qismi (83,5 foizi) o’tloq va yaylovlardan iborat. Sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni 4,3 mln. gektar bo’lib, ular, asosan, Farg’ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm vohalari, Mirzacho’l massivida joylashgan. O’zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo’lgan mahsulot — paxta tolasi yetishtiriladi. Buxoro, Andijon va Farg’ona to’qi-machilikkombinatlari, 30 dan ortiq ip yigiruv-to’quv fabrika-lari, ko’plab paxtani qayta ishlash va yog’ zavodlari ishlamoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16bobi Oʻ.Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishih.t.ga bagʻishlangan. Konstitutsiyaga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat" (68-modda). Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi maʼmuriyhududiy boʻlinishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy tizimidagi yuqori boʻgʻindir va eng yirik boʻlinma sifatida alohida oʻrin tutadi. Hududiy tizimning qolgan boʻgʻinlari — tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki boʻgʻinlaridir. Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy hayotga tumanlar orqali bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika boʻysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman boʻysunuvidagi shaharlarga boʻlinadi. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, maʼmuriy markaz boʻlgan shahar (Toshkent shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, davlat uyjoy fondi, rivojlangan ijtimoiymadaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud boʻlgan hamsa aholisi 7 ming kishidan kam boʻlmagan va uning 2/3 qismini ishchi, xizmatchilar, ularning oila aʼzolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, shaharcha — respublika maʼmuriy-hududiy tizimidagi eng quyi boʻgʻinlar. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl staitsiyalari va boshqalar muhim obʼyektlar yaqinida joylashgan hamda, qoida tariqasida, kamida 2 ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriyhududiy tuzilish, toponimik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida"gi qonun (1996-yil 30 avg .)da viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish tartibi belgilangan.

Download 60,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish