A’sosiy bo’lim Ma’muriy-hududiy tuzilishi haqida tushincha



Download 60,77 Kb.
bet8/10
Sana23.06.2022
Hajmi60,77 Kb.
#696966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish (1)

Davlat boshqaruv tizimi — ijro hokimiyatini amalga oshiruv chi idoralar tizimi, ya’ni ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tizimidan iborat. O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimi quyidagilardan iborat: — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — respublika hukumatining boshlig‘i sifatida; — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — respublika hukumati; — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari; — O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari; O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat bosh qaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari; — viloyat, shahar, tuman hokimliklari hamda ularning bo‘lim va boshqarmalari. Davlat boshqaruvi tizimining yuqoridagi tarmoq va yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va har bir sohaga tegishli qonun hujjatlariga tayanib ish ko‘radilar. Davlatning boshqaruv shaklini aniqlashda eng muhim belgilardan biri davlat boshlig‘ining huquqiy maqomi qandayligi, u davlat boshiga qanday yo‘l bilan kelishi hisoblanadi. Hozirgi dunyodagi mamlakatlar boshqaruv ti zimi shakl jihatdan turlichadir. Dunyo davlatchiligi taraqqiyotida boshqaruvning asosan ikki shakli — respublika va monarxiya shakli keng tarqalgan. Respublika xalq hokimiyati demakdir. Respublika tushunchasi huquqiy qadriyat sifatida — davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarning saylab qo‘yilishini, ovoz beruvchilarning xohish-irodasi hisobga olinishini bildiradi. Bu jihatlar Respublika tushunchasining ajralmas belgilaridir. Respublika o‘z navbatida Prezidentlik Respublikasi, Parlamentar Respublika va aralash respublika shaklida bo‘ladi. Prezidentlik Respublikaning Parlamentar respublikadan farqi shundaki, prezident xalq tomonidan saylanadi, u davlat va ijro hokimiyatning boshlig‘i hisoblanadi, hukumat prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi. Parlamentar respublikada esa parlament, ya’ni Oliy vakillik, qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi. Parlament saylovlarida g‘alaba qilgan partiya rahbarlari hukumatni tuzadilar. Hukumat boshlig‘i bosh vazir bo‘lib, real hokimiyat uning qo‘lida bo‘ladi. Parlament hukumat qarorlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Butun hukumat yoki uning ayrim a’zolarini iste’foga jo‘natadi. Hukumat parlament oldida hisob beradi. Davlat boshqaruvining parlamentar respublika shakli hozirgi davrda Germaniya, Italiya, Hindiston, Avstriya, Polsha, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlarda o‘rnatilgan. Aralash respublikada prezidentlik va parlamentar respublikaning asosiy xususiyatlari aralashgan holda o‘z aksini topadi. Bunda prezident bevosita xalq tomonidan ma’lum muddatga saylanadi. U bevosita hukumatga rahbarlik qilmaydi. Hukumatni bosh vazir boshqaradi. Prezident Konstitutsiyaga binoan parlament yoki uni quyi palatasini tarqatib yubo rish huquqiga ega. Qonun bilan belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, xalq tomonidan saylangan hoki miyat organlarining vakolati tugatiladi va ularga qaytadan saylov o‘tkaziladi. Aralash respublika shakli hozirgi davrda Fransiya va Rossiya Fede ratsiyasi uchun xosdir. Davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasi shakli — davlat boshqaruvining samarali shakli bo‘lib, davlatni boshqarish san’ati nazariyoti va amaliyotining taraqqiyoti natijasida tarixiy tajriba asosida tanlab olingan yo‘llardan biri. Bu boshqaruv shaklida davlatni boshqarishda Parlamentga nisbatan Prezidentning huquqlari ustuvorligi ta’minlangan bo‘ladi. Prezidentlik respublikasi hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan davlat boshqaruv shakli hisoblanadi. 1995-yilgi ma’lumotga ko‘ra BMTga a’zo 186 davlatdan 140 tasida prezident lavozimi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir.
Bular AQSH, Argentina, Braziliya, Meksika, Gonduras, Zambiya, Urugvay va boshqalardir. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy hamda samarali shakli — prezidentlik shakli tizimi qaror toptirildi. Ya’ni, O‘zbekistonda davlat boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shakli o‘rnatilgan. Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma’naviy qadriyatlari, xohish-istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezidentlik Respublika boshqaruvi — kuchli ijroiya, idora qiluvchi hokimiyatdir. Ya’ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O‘zbekiston kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta’minlashga qaratilgan kuchli ijroiya hokimiyatidir. Prezidentlik Respublikasida eng muhimi — hokimiyat bo‘linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya’ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati bir-biridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati Prezidentga bo‘ysunadi. O‘zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning sabablari bor. Birinchidan — sharq da demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo‘lgan. Davlat boshlig‘i ta labchan, qat’iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan — boshqaruvning parlamentar respublika usulida prezident parlament yig‘ilishida uning a’zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo‘li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi bilan saylanadi. Bunda prezident o‘z vakolatini parlamentning sanoqli a’zolaridangina emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy, ma’naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jami yatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, o‘z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga oshirilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir. Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat’iy, dadil va jasurlik bilan faoliyat ko‘rsatishi uchun imkon yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasida ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi». Prezident Islom Karimovning demok ratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi, rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda yondashishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalarni hayotga tatbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o‘rinlidir. Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy tuzum amal qilishini kafolatlaydigan tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbe kiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O‘zbekistonda hokimiyatni amalga oshirishda demokratik yo‘l maqbul topilgan. Kuchli va ta’sirchan demokratik davlat hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o‘rtasida hech qanday mush taraklik yo‘q. Faqat demokratiya ustuvor bo‘lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi. 

Download 60,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish