Asosiy ekologik omillar va ularning



Download 75 Kb.
bet3/6
Sana29.01.2022
Hajmi75 Kb.
#415798
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asosiy ekologik omillar va ularning

Edafik-tuproq omillari
Tuproq yerning ona jinsi bo’lib, yerning mustaqil qobig’i hisoblanadi. Tuproq biosferaning energiya balansida muhim rol o’ynaydi. Tuproq turli xil ta’sirlar natijasida yer yuzasida ro’y beradigan nurashlar, o’zgarishlar hisobiga hosil bo’ladi. Tuproqda eng asosiysi unumdorlik xususiyati bo’lganligi uchun ham juda ko’plab o’simlik turlari o’sadi. Shuning uchun ham o’simliklar hayoti tuproq bilan chambarchas bog’liq, Tuproqning mexanik va ximiyaviy tarkibi, suv rejimi o’simlikning o’sishi uchun katta ahamiyatga ega. Tuproqning issiqlik rejimi hududning relefiga, yon bag’irligiga, qiyaligiga, iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi. Tuproqlar ham tuzilishiga ko’ra har xil tipda bo’ladi. Tuproq tiplariga qarab ham o’simlik turlari tarqalgan bo’ladi.
Qumli tuproqlarda o’sadigan o’simlik turlari o’ziga xos tuzilish va xususiyatga ega bo’lib bularni p s a m m o f i t turlar degan umumiy nom bilan ataladi. Bu turlar, odatda, zich va qalin tarmoqlangan ildiz sistemasiga ega bo’lib, qumlarni ko’chib yurishdan asraydi. Tuprokdagi cheklangan omil bo’lgan namlikni yaxshi saqlaydi. Psammofit turlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri a n e m o x o r l i k dir. Ya’ni mevalari shamollar yordamida tarqaladi. Psammofit turlarda rezavor tipdagi mevalar bo’lmaydi. Psammofit turlarga cho’llarda o’suvchi juzgun ( ), iloq (Sagex physodes MB), ravoch (Reim tataricym A. Los.), selin (Aristida karelinii), chair (Androrodon caucasicum L.j yaltirbosh (Vgomus tectorum L) kabi o’simliklar misol bo’ladi.
S’Hunday tur o’simliklar ham borki, tuproqning tarkibiga farqsiz bo’ladi. Bunday turlarni i n d e f ye r e n t turlar deyiladi. Indeferent turlarga landish (Convalaria ), botqoq binafshasi ( ), betaga (Festuca valesiaca Sch) misol bo’la oladi. Ba’zi bir o’simliklar, dastarbosh (Achillea filipendulina Lam), ayiqtovon- (Ranunculus laetus. Wall), yorongul (Pelorgonium zonale (Lj Ait) kabi turlar nordon tuproqlarda o’sishga moslashgan bo’ladi.
Yuqori kislotali tuproqlarda yaxshi o’sib rivojlanadigan turlarga a t s i d o f i l l a r gruppasi deb atalib, bularga, otquloq (Rumex caniertus. Willd), g’ozpanja (Potentilla reptans L), chernika ( Vaccinium myrtillus ), bagulnik ( ) kabi turlar misol bo’ladi.
Oqso’xta, ajriqbosh (Cynodon dactulon (L) Pers) , hlol (Surerus londus L), beda (Medicado sativa L.) va sebarga ( Trifolim pratense ) ning ba’zi turlari, lavlagi (Beta vulgaris L) kislotali tuproqlarda yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Shuning uchun ham bu gruppa o’simliklarni n e t r o f i l o’simliklar deyiladi.
B a z o f i l o’simliklar guruhi ishqoriy tuprokda yaxshi o’sib, rivojlanadi. Bunday turlarga qiltiqsiz yaltirbosh (Vgomus tectorum L)- dukkakdosh ( Faboceae ) larning ba’zi vakillari misol bo’ladi. Ma’lum bir gruppa o’simliklar ma’lum bir tuproq sharoitida o’sgani uchun ham ular shu tuproq nomi bilan ataladi. Sho’r tuproqli yerlar O’rta Osiyoda ko’p bo’lib bu yerlarda qorasho’pa (Salicornia berbacea L), qizilquyonjun (Sa1sola affinis C.A.V.), boyalish (S. arbuscula Pall), oqboyalish (S. arbusculaeformis Drob), baliqko’z (S. arassa M. B.), sho’rbo’ta (S. dendraides, Pall), buyurgin (Aremisia annua L), nayzaqora (S. foliosa (L) Schrad) kabi bir yillik o’to’simliklar va butalar misol bo’ladi. Bunday tur o’simliklarga g a l o f i t lar deb ataladi. Bu turlar sho’rlangan tuproqli muhitda yaxshi o’sib xujayra shirasining ostotik bosimi ancha yuqori bo’ladi. P. A Genkel galofitlarni uch guruhga bo’lgan.
1. Eugalofitlar-tanasida 10%gacha tuz to’plovchi turlar (qorasho’ra, qorabargo’t).
2. Kriogalofitlar-tuz ajratuvchi turlar (yulg’un Tamarix hispida, karmak , jayrono’t ( Frankenia hirsita L)
3. Glikogalofitlar- xujayra shirasining baland osmatik bosimi tuzlarga emas, organik moddalar, ayniqsa uglevodlarga bog’liq bo’lgan tur shuvoq (Artimisia) jiyda (Elaeagnus orientalis L.) lar. Galofit turlarning poya va barglari ko’p hollarda etli, sersuv bo’ladi. Bular ichida ko’plab sukkulent turlar ham mavjud. Bundan tashqari karbonotli tuprokda o’sadigan turlar ham mavjud bo’lib, bunday turlarni k a l ts ye f i l l a r guruhi deb ataladi. Bunday turlarga dobulg’i (Spiraea hypericifolia), rus bo’tako’zi (Centaurea dernessa M B ), chalov (Stifa capillata L), kunjut- (Sesamum indicum L), g’o’za (Gossypium herbaceum L.), tok (Vitis vinifera L.) va boshqa turlar misol bo’ladi.
Kaltsiy tuzlariga o’ta farqli o’simliklar turi k a l ts ye f o b lar guruhi deb atalib bularga oqmox ( ), bagulnik ( ), golubika ( ), veresk ( ) kabi turlarni misol ketirish mumkin. Shunday o’simlik turlari ham borki bular faqat chirindiga boy, serunum, hosildor tuproqlarda yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Bunday turlarni e v r o f l a r deb ataladi va bunga eman daraxti misol bo’la oladi. Bundan tashqari tuprog’i toshli bo’lgan muhitda yaxshi o’suvchi o’simlik turlariga k a l k o f i l l a r guruhi deb atalib, bularga qoqio’t (Taraxacum officinale ), tovsag’iz (Seorzonera uzbekistanica Czevr et Bond ) kabi turlar misol bo’ladi. Tuprog’i toshli muhitda yomon o’suvchi o’simliklarni k a l k o f o b o’simliklar guruhi deyiladi. Tuproq tarkibida mineral oziq moddalari kam bo’lgan sharoitda o’suvchi o’simliklar guruhiga o l i g o t r o f o’simliklar guruhi deyilib, bunga qarag’ay (Ripis silvestris.L.) ni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish