Asosiy qism: Miqdor ko’rsatkichlari indekslari



Download 149,09 Kb.
bet4/4
Sana25.03.2022
Hajmi149,09 Kb.
#509709
1   2   3   4
Bog'liq
Lochin

III. Xulosa
Indeks ko‘p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo‘llanib, ma’lum maqsad
uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy ko‘rsatkich
ma’nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko‘rinishda o‘rganilayotgan iqtisodiy
hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo‘l bilan o‘lchashdan hosil bo‘lgan
ko‘rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir.
Hodisalarning ikki holati orasida iqtisodiy jarayon kechadi, rivojlanish yuz
beradii. Indekslar ana shu rivojlanish jarayonining me’yori bo‘lib xizmat qiladi, ular
hodisalarning nisbiy, o‘rtacha va mutlaq o‘zgarishlarini bir butunlikda ifodalaydi.
Qiyoslash uchun hodisalar holatlarini turli jihatdan olib qarash mumkin va natijada
rivojlanish jarayonining har xil qirralari oydinlashadi, jumladan ularning vaqt bo‘yicha
o‘zgarishi, obtektlar va hududlararo yoki halqaro nisbatlari, reja, shartnoma yoki
iqtisodiy normativlarni bajarish darajalari, iqtisodiy tuuilmalardagi ichki siljishlar
namoyon bo‘ladi. Bu esa indekslarni dinamik, hududiy, halqaro, reja yoki shartnomani
bajarish, tuzilmaviy o‘zgarishlar indeksi kabi turlarga tasniflash uchun nazariy- uslubiy
zamin yaratadi. Shu bilan birga ular boshqa belgilar, masalan, to‘plam birliklarini
qamrab olish, tuzilish shakli, hisoblash uslubi va hokazolarga qarab ham tasniflanadi.
Natijada indekslarning murakkab, ko‘p pog‘onali turkumlarining oilasi vujudga keladi.
Guruhiy indekslar tabiati jihatidan yakka va umumiy indekslar o‘rtasida oraliq
o‘rinni egallaydi. Ayrim bir jinsli tarkibiy unsurlarning o‘zgarishini ifodalovchi yakka
indekslarga nisbatan ular umumiy indeks xaraktyeriga ega. Bu holda gurhiy indekslar
ushbu unsurlarning o‘rtacha o‘zgarishini o‘lchaydi va ikki shaklda: o‘zgaruvchan va
o‘zgarmas tarkibli indekslar ko‘rinishida tuziladi.
Umumiy to‘plam chegarasida muayyan bir jinsli unsurlar o‘zgarishini
ifodalovchi indeks sifatida ular yakka indekslar xususiyatiga ega. Bu holda guruhiy
indekslar o‘rtacha darajalarni bevosita taqqoslashga asoslanadi.
Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo‘lishi uchun ularning asosida
yotadigan ko‘rsatkichlar predmetlik, moddiylik xaraktyeriga ega bo‘lishi kerak. Aks
holda ular mavhum, arifmetik son bo‘lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor
chegarada ko‘rsatkichlarning bir o‘lchamligini yuzaki ta’minlash ma’nosida talqin
etish noto‘g‘ridir. Indekslar real hodisalar o‘zgarishini ma’lum sharoitda va jihatdan
kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy
talabga javob beradii. Ushbu bobda ko‘rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni
qoniqtiradi.
Yakka, vaznsiz va o‘zgarmas vaznli umumiy indekslar shaklan nisbiy
miqdorlarga ko‘proq yaqinlashsa ham, ammo mazmunan ulardan farq qiladi, chunki
ular ham nisbiy o‘zgarish bilan birgalikda o‘rtacha va mutlaq o‘zgarishlarni aniqlash
imkonini beradii, predmetlik, moddiylik talabiga asoslanadi. Shu bilan birga bu
indekslar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Vaqt bo‘yicha teskarilanish, omillar
teskarilanishi, doiraviy aylanma bo‘yicha teskarilanish, o‘lchov usuliga nisbatan
barqarorlik kabi xislatlari bilan ular boshqa indekslar toifasidan ajralib turadi.
Bu xususiyatlar o‘zgaruvchan bazis yoki joriy vaznli (Laspeyres va Paashe
usuli) umumiy indekslar uchun xos emas. Shu sababli indekslarning test nazariyasi
vujudga kelib, unga binoan yuqorida ko‘rsatilgan xossalar ideal indekslarni tuzishda
asosiy mezonlar sifatida qabul qilinishi kerak. Bunday indekslar ushbu nazariya
asoschisi Ivring Fishyer nomi bilan Fishyer indekslari deb ataladi. Ular Laspeyres va
Paashe usulida tuzilgan agregat indekslardan hisoblangan geometrik o‘rtacha indekslar
bo‘lib, yuqoridagi xossalarga ega bo‘lgan indekslar turkumini to‘ldiradi.
Umumiy indekslarning asosiy shakli agregat indekslarni hisoblash, sifat
ko‘rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida, ya’ni joriy vazn bilan, miqdoriy
ko‘rsatkichlar uchun esa Laspeyres usulida(bazis vazn bilan) tuzish haqidagi
statistikaga oid darslik va qo‘llanmalarda xanuzgacha keng targ‘ib etib kelinayotgan
metodologik yechim - tavsiya na nazariy va na amaliy jihatdan asosga ega. Har qanday
agregat indeks surati yoki maxrajidagi ko‘rsatkichlardan biri real, hayotda mavjud
bo‘lgan iqtisodiy voqeani o‘lchovchi ko‘rsatkich emas, u ma’lum shart bilan hisoblab
topilgan shartli ko‘rsatkichdir. Demak, uning predmetligi, moddiyligi, iqtisodiy realligi
bu holda shartli tushunchadir. Indeksning iqtisodiy mazmuni qaysi davr ko‘rsatkichi
vazn qilib olinishi bilan belgilanmaydi. Balki u qanday sharoitda va bog‘lanishda,
rivojlanish jarayonining qaysi jihatini oydinlashtirishi, o‘lchashi bilan indeksning
iqtisodiy mohiyati aniqlanadi. Ana shu jihatdan har bir indeks hodisa o‘zgarishining
asosiy me’yori bo‘lib, uning nisbiy, o‘rtacha mutlaq miqdorini aniqlash imkonini
beradii. Shu bilan birga har bir indeks nazariy va amaliy jihatdan ijobiy tomonlarga
ham, kamchiliklarga ham ega. Ideal indekslar yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar


1. Ефимова Н.В. Практикум по общей теории статистики. 2-из. – М.:
Финансы и статистика, 2017.
2. Макарова Н.В. Статистика в Eхcel. – М.: Финансы и статистика, 2010.
3. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003.
4. Г.В.Ковалевский. Индексный метод в экономике. -М.: Финансы и
статистика, 1989.
5. П.Кёвеш. Теория индексов и практика экономического анализа. Перев.
с анг. -М.: Финансы и статистика, 1990.
6. Р.А.Аллен. Экономические индексы. Перев. с анг. -М.: Статистика,
1980.


Download 149,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish