Asosiy qoidalar



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

SAKKIZINChI BO‘LIM
PROTSESSUAL MUDDATLAR VA ChIQIMLAR
39-bob. PROTSESSUAL MUDDATLAR
314-modda. Muddatlarni hisoblash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda
surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar
soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddatning o‘tishi boshlangan
soat, sutka hisobga olinmaydi, ammo bu qoida ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘ida
va tibbiy muassasada bo‘lish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas.
(314-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham e’tiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan
hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada
yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim bo‘lsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti
tamom bo‘lishi bilan tugaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan kuniga to‘g‘ri kelgan
sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu
oyning so‘nggi sutkasida tamom bo‘ladi. Muddatning tugashi ishdan holi kunga (dam olish, bayram
kuniga) to‘g‘ri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi, ushlab turish, qamoqda
saqlash yoki uy qamog‘ida va tibbiy muassasada bo‘lish muddatini hisoblash hollari bundan
mustasno.
(314-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
315-modda. Protsessual majburlov choralari qo‘llanganda muddatlarni hisoblash


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
116/232
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va tibbiy muassasaga joylashtirishda
muddat ushbu choralar amalda qo‘llanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 
226
,
245 
va 
268-moddalarida 
ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim.
(315-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga
vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan bo‘lsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi.
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan bo‘lsa,
qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki
tibbiy muassasa ma’muriyatiga topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tgan deb hisoblanmaydi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish