Makrosotsiologiya – katta ijtimoiy guruh, tizimlar, jarayonlar, harakatlar va hodisalarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqot yo‘nalishi.
Maltuschilik – aholi dinamikasi haqida Tomas Maltus tomonidan rivojlantirilgan doktrina, unga ko‘ra aholining o‘sishi ocharchilik, urush singari “tabiiy cheklovlar” yordamida tartibga solinadi.
Manfaat guruhlari – siyosiy maydonda alohida manfaatlarni himoya qilish maqsadida tuzilgan guruhlar. Ular ko‘pincha qonun chiqaruvchi organlardagi vakillari – lobbistlar orqali harakat qiladilar.
Maxsus nazariy sotsiologiya – ijtimoiy tizimlar tarkibiga kiruvchi alohida ijtimoiy guruhlarning tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari va ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Mentalitet – individ, ijtimoiy guruh yoki millatning o‘ziga xos tafakkur tarzi, voqelikni ma’lum bir tarzda tushunishi va birgalikda harakat qilishga tayyorligi va moyilligi.
Migratsiya – individlar yoki ijtimoiy guruhlarning doimiy yashash joylarini o‘zgartirish jarayoni, u mazkur xalqlarning boshqa jug‘rofiy hudud yoki mamlakatga ko‘chib o‘tishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |