Asosiy tushunchalar va terminologiyalar



Download 0,62 Mb.
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi0,62 Mb.
#909672
1   2   3   4   5
Bog'liq
Элёр якуний

4,
4, Simsiz tarmoqda oʻzaro bogʻlanish

12-variant




  1. Kompyuter tarmoqlarining tarkibi va turlari

  2. Kommutator orqali kadrlarni parallel uzatish

  3. Impulsli modulyatsiya

  4. Simsiz lokal tarmoqlarini (WirelessLAN) komponentlari

1, Kontseptual ravishda kompyuter tarmogʻi oʻzaro bogʻlangan tugunlar toʻplami sifatida ifodalanishi mumkin .
Tarmoq tuguni - aloqa kanallari bilan birlashtirilgan va funksiyalarni bajaradigan vositalar toʻplami:
ma’lumotlarni uzatish yoʻnalishini va tashkilotini tanlash (almashtirish va marshrutlash vositalari), kommutatsiya tugunlari, ma’lumotlarni uzatish tugunlari)bunday tugunlarga aloqa tugunlari deyiladi;
ma’lumotlarni qayta ishlash (ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari); bunday tugunlarga ma’lumotlarni qayta ishlash tugunlari (markazlari) deyiladi. Ma’lumotlarni uzatish uchun, aloqa kanallari va aloqa tugunlaridan tashkil topgan aloqa vositalarining toʻplami, telekommunikatsiya tarmogʻi yoki ma’lumotlar uzatish tarmogʻi (DTS) deb ataladigan aloqa tarmogʻini hosil qiladi.
Shuni yodda tutish kerakki, “ma’lumotlar uzatish tarmogʻi” tushunchasi “aloqa tarmogʻi” tushunchasiga nisbatan torroq ma’noga ega.
2, Turli ishlab chiqaruvchilar kommutatorlarining ichki tashkil etilishi baʼzan birinchi Ethernet kommutatori tuzilishidan juda farq qildi, lekin barcha portlar boʻyicha kadrlarni parallel ishlov berish prinsipi oʻzgarmay qoldi.
Kommutatorlarning keng qoʻllanilishiga shu sabab boʻldiki, kommutatsiyalash texnologiyasining joriy etilishi tarmoqlarda oʻrnatilgan qurilmalar tarmoq adapterlari, konsentratorlar, kabel tizimlarining almashtirilishini talab qilinadi. Kommutatorlar portlari odatdagi yarim dupleks ish tartibida ishladi, shuning uchun ularga koʻrinadigan tarzda ham oxirga bogʻlama, ham butun mantiqiy segmentni tashkil etadigan konsentratorni ulash mumkin boʻldi. Kommutatorlar va koʻpriklar tarmoq pogʻonasidagi protokollar uchun koʻrinadigan boʻlganligi sababli, ularning tarmoqda paydo boʻlishi marshrutizatorlarga, agar ular tarmoqda boʻlsa, hech qanday taʼsir etmadi.
4, Maʼlumotlarni masofadan dispetcher yoki undan yuqori punktlariga uzatish uchun Bluetooth, Wi-Fi, GSM,GPRS tizimlaridan foydalanish mumkin. Maʼlumotlarni uzatish standartlari tanlagandan keyin WLAN tarmogʻini hamma komponentlari bir biriga mos kelishlarini tekshirib chiqish kerak.WLAN tarmogʻida simsiz kliyent yoki CTA, kirish nuqtasi,simsiz koʻprik va antenna kabi komponentlar boʻlishi shart.
Antennalar:
Kirish nuqtalarida va simsiz koʻpriklarda ishlatiladi;
Simsiz qurilmani chiqishidagi signalni quvvatini oshiradi;
Boshqa qurilmalardan signallarni qabul qiladi,jumladan CTA dan;
Antennadagi signalni kuchaytirish kuchaytirish deyiladi;
signalning quvvati qancha katta boʻlsa uzatish masofasi shuncha katta boʻladi.
13-variant


  1. Kompyuter tarmoqlarining tasnifi

  2. 8 ta port uchun kommutatsion matritsalarni amalga oshirish

  3. Impuls-amplitudali modulyatsiyа

  4. SSID nomli WLAN tarmogʻi

1, Kompyuter tarmoqlarini (kompyuter tarmoqlari) tasnifi, har qanday katta va murakkab tizimlar singari, turli xil xususiyatlar asosida amalga oshirilishi mumkin (3.6-rasm):
tarmoqning hajmi (hududiy qamrovi);
mansubligi;
tayinlash;
dastur maydoni.
Hajmi (hududiy qamrovi) boʻyicha kompyuter tarmoqlari quyidagilarga boʻlinadi.
shaxsiy;
mahalliy;
shahar (viloyat).
global.
2, Portlar protsessorlarining kirish bloklari kommutatorning manzilli jadvalini koʻrib chiqishi asosida joʻnatish manzili boʻyicha chiqish portining nomerini (tartib raqamini) aniqlaydi. Bu axborotni ular maxsus yorliq — teg koʻrinishida dastlabki kadrning baytlariga qoʻshadi. Mazkur misol uchun teg chiqish porti nomeriga mos keladigan oddiy 3-razryadli ikkilik son hisoblanadi.
Matritsa oʻz kirishini teg biti qiymatiga bogʻliq ravishda ikki chiqishlardan biriga ulaydigan ikkilik qayta ulovchilarning uchta pogʻonalaridan iborat.
Birinchi pogʻona qayta ulovchilari tegning birinchi biti, ikkinchisi tegning ikkinchi biti, uchinchisi esa tegning uchinchi biti bilan boshqariladi.
Matritsa boshqa turdagi kombinatsion sxemalar asosida tuzilgan boʻlishi mumkin, lekin uning oʻziga xos xususiyati baribir fizik kanallarni kommutatsiyalash texnologiyasida qoladi. Bu texnologiyaning maʼlum kamchiligi kommutatsion matritsa ichkarisida maʼlumotlarni buferga joylashtirishning yoʻqligi hisoblanadi.
4, Simsiz tarmoqlarni tashkil qilganda simsiz komponentlar tegishli WLAN tarmogʻiga ulanishlari kerak.Buning uchun SSID texnologiyasiga xizmat qiluvchi qator identifikatorlar yigʻmasi kerak boʻladi.
SSID –bu harflar va raqamlar qatorlaridan 32 uzunlikdagi belgiga ega boʻlgan registrlarli tarmoqni ismi.. Bu identifikator WLAN tarmogʻida uzatiladigan hamma kadrlarni sarlavhasida uzatiladi.
Identifikator SSID simsiz qurilmalarga qaysi WLAN tarmogʻiga tegishli ekanligini va qaysi qurilmalar bilan bogʻlanganligini aytib beradi.
WLAN tarmogʻini turiga qaramasdan hamma simsiz qurilmalar umumiy SSID, identifikatoriga ega boʻlishlari kerak.
WLAN tarmogʻini oʻrnatish uchun ikkita oʻrnatish usuli qoʻllaniladi: maxsus (Ad-hoc) va infrastrukturali rejimlar.
14-variant


  1. Kompyuter tarmoqlarini boshqarish

  2. Umumiy shina asosidagi kommutator arxitekturasi

  3. Impuls-kodli modulyatsiya (IKM)

  4. Simsiz lokal tarmoqni standartlarini turlari

1, Samarali ishlashni ta’minlaydigan har qanday kompyuter tarmogʻi uchun muhim talab bu quyidagilardan iborat boʻlgan boshqarish qobiliyatidir:
tarmoqning asosiy elementlari, alohida quyi tizimlari va umuman tarmoq holatini markazlashtirilgan monitoring va nazorat qilish;
tarmoqning ishlashi paytida yuzaga keladigan muammolarni, masalan, ayrim tarmoq qurilmalarining ishdan chiqishi va ishlamay qolishi, ortiqcha yuklarni aniqlash va yoʻq qilish va boshqalarni aniqlash va yoʻq qilish;
tarmoq faoliyatini baholash va tarmoq rivojlanishini rejalashtirish uchun ma’lumotlarni yigʻish va tahlil qilish;
axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlash va boshqalar.
2, Umumiy shinali kommutatorlarda portlar protsessorlari vaqtni ajratish ish tartibida ishlatiladigan yuqori tezlikli shina orqali ulanadi. Shina kommutator ishini blokirovkalamasligi uchun uning unumdorligi kommutator barcha portlarining unumdorliklari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak. Portlar orasida kadrlarni uzatish, umuman ularni uzatishda kechikish kiritmasdan parallel ish tartibida amalga oshirilishi uchun kadr shina boʻyicha bir necha baytlarda, uncha katta boʻlmagan qismlarda uzatilishi kerak. Bunday maʼlumotlar yacheykasining oʻlchami kommutatorni ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlanadi.
4, IEEE 802.11 standarti qurilmani ishlashini WLAN tarmogʻida turli faktorlarni hisobga olgan holda reglamentlashtiradi. Shu kunlarda bu hamma texnologiyalar Wi-Fi (WirelessFidelity) kategoriyasiga keltirilgan.
IEEE 802.11b standarti Wi-Fi (visokoskorostnie besprovodnoe seti-simsiz tezkor tarmoq) nomi bilan yuradi va DSSS texnologiyadan foydalanib 1, 2, 5,5 va 11 Mbit/s. tezlikda qurilmalarni oʻzaro ishlashini taʼminlaydi.
Simsiz lokal tarmoqlar boʻyicha ma’lumotlarni almashishini tashkil etish uchun Lokal IEEE 802.11b standartini tanlash maqsadga muvofiq.
Simsiz lokal tarmoqlarini (WirelessLAN) komponentlari.
Standartni tanlagandan keyin WLAN tarmogʻini hamma komponentlari bir biriga mos kelishlarini tekshirib chiqish kerak. WLAN tarmogʻida simsiz kliyent yoki STA, kirish nuqtasi, simsiz koʻprik va antenna kabi komponentlar boʻlishi shart.

15-variant




  1. Ma’lumotlar turi

  2. Kommutatorlarning texnik parametrlari

  3. Diskret ma’lumotlarni modulyatsiyalash usullari

  4. Magistral ulanishlar. Magistral tushunchasi Magistralning faoliyati

1, Dastlab, kompyuter tarmoqlari raqamli (diskret) koʻrinishda taqdim etilgan kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash va uzatish uchun qurilgan. Zamonaviy kompyuter tarmoqlari turli xil ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularni quyidagi turlarga boʻlish mumkin (3.7-rasm).


2, Kommutatorning muvaffaqiyatli ishlashi uchun u protsessorli mikrosxemalardan tashqari, portlar protsessorli mikrosxemalar orasida kadrlarni uzatish uchun tezkor ishlaydigan almashish qurilmaga ega boʻlishi kerak.
Hozirgi vaqtda kommutatorlarda almashish bogʻlamasi quyidagi sxemotexnik yechimlar asosida quriladi:
kommutatsion matritsa koʻrinishida;
“umumiy shina” sxemasi boʻyicha;
ajratiladigan koʻp kirishli xotira koʻrinishida.
Koʻpincha bu uchta sxemalar bitta kommutatorda kombinatsiyalanadi. Bu qurish variantlarining har birini atroflicha koʻrib chiqamiz.
Ajratiladigan xotirali kommutatorlar arxitekturasi portlar oʻzaro ishlashining uchinchi asos arxitekturasi hisoblanadi(3.5-rasm).
Portlar protsessorlarining chiqish bloklari ajratiladigan xotiraning qayta ulanadigan PI kirishi bilan, bu protsessorlarning chiqish bloklari esa, ajratiladigan xotiraning qayta ulanadigan P2 kirishi bilan ulanadi. Ajratiladigan xotiraning kirish va chiqishini qayta ulanishini portlarni boshqarish bloki (chiqish portlari navbatlari menejeri) boshqaradi.
4, Magistral ulanishlar tarixi radio va telefon texnologiyalariga asoslangan. Radiotexnologiyada magistral sifatida alohida aloqa liniyasi tushuniladi. U orqali radio signallarining bir nechta kanallari haqida maʼlumot uzatiladi.
Telefoniyada magistral tushunchasi telefon aloqasi yoʻnalishi va ikki nuqta orasidagi kanal bilan bogʻliq (ulardan biri odatda Markaziy ATS).
Telefon va radio industriyasida ishlatilgan magistralning bir xil konseptsiyasi telekommunikatsiya apparatida qabul qilingan. Buerda, bir nechta kanallar birlashtirilgan aloqa segmenti boʻlishi mumkin. Magistral bir nechta asosiy kanallardan iborat.
Magistral, odatda, uzatish markazlari boʻlgan ikki nuqta orasidagi alohida uzatish kanalini anglatadi. Magistral mantiqiy kanallar oʻtadigan jismoniy (fizik) aloqadir Hozirgi vaqtda ikkita asosiy mexanizm qoʻllanilmoqda: freymlarni-protokollarni filtrlash va ularga teglarni-belgilarni qoʻshish.
Asosiy protokollarda teglarni qoʻshish mexanizmi qoʻllaniladi, bu esa freymlar uchun baʼzi identifikatorlarni belgilaydi, bu esa ushbu freymlarni boshqarishni osonlashtiradi, ularni qabul qiluvchilarga yetkazib berishni tezlashtiradi.
Ikki kommutator oʻrtasida noyob jfizik kanal har qanday VLAN tarmogʻiga moʻljallangan maʼlumotlarni uzatishi mumkin

16-variant




  1. Kompyuter tarmoqlarini va telekommunikatsiya tizimlarini arxitekturasi

  2. Kommutatsion matritsa va umumiy shina arxitekturalarining kombinatsiyasi

  3. Raqamli kodlash

  4. VLAN tarmoqlari va magistral kanallar, kommutator buyruq qatori interfeysi. Asosiy ulanishlarni amalga oshirish

2, Kommutatorlar — filtrlash tezligi va kadrlaming harakatlanishi kommutatorning asosiy ikki unumdorlik tavsiflaridir. Bu tavsiflar integral hisoblanadi, ular kommutatorning qay tarzda texnik ishlatilishiga bogʻliq boʻlmaydi.
Filtrlash tezligi kommutator quyidagi sanab oʻtilgan kadrlarni ishlov berish bosqichlarini bajaradigan tezlikdir:
1.Kadrni oʻz buferiga qabul qilish.
2.Kadrni joʻnatish manzili uchun portni topish maqsadida kommutatorning manzilli jadvalini koʻrib chiqish.
3.Joʻnatish porti va manba porti bitta mantiqiy segmentga tegishli boʻlganligi sababli kadrni oʻchirish.
Deyarli barcha kommutatorlarning filtrlash tezligi toʻxtatilmaydigan hisoblanadi va kommutator kadrlarni ularning kelishi suratida oʻchirishga ulguradi.
Navbatdagi muhim tavsif harakatlanish tezligi hisoblanadi.
Harakatlanish tezligi kommutator quyidagi sanab oʻtilgan kadrlarni ishlov berish bosqichlarini bajaradigan tezlikdir:
1.Kadrni oʻz buferiga qabul qilish.
2.Kadrni joʻnatish manzili uchun portni topish maqsadida kommutatorning manzilli jadvalini koʻrib chiqish.
3.Manzilli jadvalda topilgan joʻnatish porti orqali kadrni tarmoqqa uzatish.
4, Magistral ulanishlarni amalga oshirish uchun baʼzi qoidalar yoki protokollarga rioya qilish kerak. Magistral aloqa mexanizmlari kommutatsiyani ishlatadigan VLANlarning kengayishini osonlashtiradi. VLAN tarmogʻi bir yoki bir nechta LAN qurilmalari guruhidir, ular umumiy shinaga ulangan boʻlsa, aslida ular turli xil LAN segmentlarida joylashgan boʻlsa, ular bir-biri bilan aloqa qilishlari mumkin boʻlgan tarzda tuzilgan bo’ladi .Kommutator modeliga qarab, ikki turdagi buyruqlar kiritilishi mumkin. Cisco kommutator uchun buyruq qatori interfeysi IOS Cisco buyruqlar toʻplamiga yoki maxsus buyruqlar toʻplamiga asoslangan boʻlishi mumkin. IOS CISCO komandalaridan foydalanadigan switchdagi asosiy VLAN aloqasini yaratish yoki sozlash uchun avval ushbu sportni magistral tomonga sozlashingiz kerak, keyin esa ushbu magistralda inkapsulatsiya turini koʻrsatish kerak. Inkapsulatsiya turi, aloqaning har ikki uchida ham bir xil boʻlishi kerak.
Kommutator portidagi, VLAN-magistralni sozlashdan oldin, ushbu port tomonidan qaysi turdagi inkapsulatsiya qoʻllab-quvvatlanganligini aniqlash kerak. Bu maxsus buyruqlar toʻplamidan foydalangan holda switchda show port capabilities buyrugʻini bajarish orqali amalga oshirilishi mumkin

17-variant




  1. Tеlеkоmmunikаsiya vоsitаlаrining sinflаnishi

  2. Kanallarni kommutatsiyalashning turlari

  3. Raqamli signallarni uzatish xususiyatlari

  4. Tarmoqlararo VLAN yoʻnalishi. VLAN tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va yuzaga keladigan muammolar. Ularni hal qilish

1, Paketlarni va kanallarni kommutatsiyalashda tarmoqlarni ikkita sinfga ajratadi:
Dinamik kommutatsiyalovchi tarmoqlar;
Doimiy kommutatsiyalovchi tarmoqlar.
Dinamik kommutatsiyalovchi tarmoqlarda foydalanuvchini talabi bilan ulashga ruxsat beradi, kommutatsiyalash faqatgina aloqa siansi vaqtida bajariladi, keyin esa foydalanuvchilarning talabi bilan tuziladi;
umumiy xolda tarmoqdan foydalanuvchi boshka xar qanday tarmoqdagi foydalanuvchi bilan ulanishi mumkin.
Dinamik kommutatsiyalashda juft foydalanuvchilar orasida ulanish vaqti bir kancha sekunddan bir qancha soatgacha davom etishi mumkin va foydali uzatish tekstni yoki tasvirni betlarini koʻrish va boshqalar bilan tugaydi.
Dinamik kommutatsiyalash rejimiga misol boʻlib umumiy foydalanishga moʻljallangan telefon tarmogʻi, lokal tarmoqlar, TSRGʻ IP tarmoqlari kiradi
2, Paketlarni va kanallarni kommutatsiyalashda tarmoqlarni ikkita sinfga ajratadi:
Dinamik kommutatsiyalovchi tarmoqlar;
Doimiy kommutatsiyalovchi tarmoqlar.
Dinamik kommutatsiyalovchi tarmoqlarda foydalanuvchini talabi bilan ulashga ruxsat beradi, kommutatsiyalash faqatgina aloqa siansi vaqtida bajariladi, keyin esa foydalanuvchilarning talabi bilan tuziladi;
umumiy xolda tarmoqdan foydalanuvchi boshka xar qanday tarmoqdagi foydalanuvchi bilan ulanishi mumkin.
Dinamik kommutatsiyalashda juft foydalanuvchilar orasida ulanish vaqti bir kancha sekunddan bir qancha soatgacha davom etishi mumkin va foydali uzatish tekstni yoki tasvirni betlarini koʻrish va boshqalar bilan tugaydi.
Dinamik kommutatsiyalash rejimiga misol boʻlib umumiy foydalanishga moʻljallangan telefon tarmogʻi, lokal tarmoqlar, TSRGʻ IP tarmoqlari kiradi.
Doimiy kommutatsiyalash rejimida ishlovchi tarmoqlar:
Juft foydalanuvchilarga uzoq muddatga ulanishni buyurtma beradi;
Ulash foydalanuvchilar tomonidan emas balki tarmoq xizmatlari orqali oʻrnatiladi;
Odatda doimiy kommutativ qilish davri bir qancha oyni tashkil qiladi.
4, Agar bitta eshittirish domenidagi tugun boshqa adabiyot domenining tugunlari bilan maʼlumot almashishni talab qilsa, u holda routerdan foydalanish talab qilinadi. VLAN tarmoqlarida ham xuddi shunday holat yuzaga keladi.
Switchning 1 porti VLAN tarmogʻining bir qismidir, port 2 VLAN 200 tarmogʻining bir qismi. Agar switchning barcha portlari VLAN 1 tarmogʻiga tegishli boʻlganda, unda ushbu portlarga ulangan barcha tugunlar bir-biri bilan aloqa oʻrnatishi mumkin. Biroq, bu holda portlar turli VLAN tarmoqlariga tegishli. Agar tugunlar turli VLAN-tarmoqlarga tegishli boʻlsa va ular maʼlumot almashishni talab qilsa, u holda routerdan foydalanish kerak. Bir nechta VLAN tarmoqlarini bir-biriga ulashda baʼzi texnik muammolar paydo boʻladi. Koʻpincha, bir nechta VLAN tarmoqlari oʻrtasida ikkita muammoni hal qilish kerak boʻladi. Bir nechta tugunlarga kirish uchun oxirgi foydalanuvchi qurilmalarini olish. Turli VLAN tarmoqlari tugunlari orasidagi aloqani amalga oshirish
18-variant


  1. Kompyuter tarmogʻi arxitekturasi va texnologiyasi tushunchalari

  2. Ma’lumotlar tizimi tarmoqlarini uzellarini komutatsiyalovchi sxemalar

  3. Token Ring texnologiyasi, Token Ring tarmogʻining fizik konfigurasiyasi

  4. Izolyatsiya qilingan eshittirish domenlari. VLAN tarmoqlari oʻrtasida marshrutni topish


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish