Multimediyali aloqa tarmoqlarini boshqarish



Download 206,76 Kb.
bet1/4
Sana17.12.2022
Hajmi206,76 Kb.
#889402
  1   2   3   4

23-MA’RUZA
MULTIMEDIYALI ALOQA TARMOQLARINI BOSHQARISH
Reja:

  1. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish.

  2. Tarmoqlarni boshqarish muammolari.

  3. Tarmoqniboshqarish masalalari.

  4. Transport tarmoq yadrosida trafikni boshqarish prinsiplari.

23.1. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi asosiy modellardan biri M-3000-M.3100 seriyasidagi 1TU-T tavsiyalarida mufassal tavsiflangan. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmoqlari (Telecommunication Monogmant Network, TMN) modeli hisoblanadi.
ITU-T ta’rifga ko‘ra TMN alohida tarmoqdan iborat bo‘lib, u bir necha tuqtalarda bitta yoki juda ko‘p sondagi aloqa tarmoqlari bo‘lgan interfeyslarga esa, bu tarmoqlar bilan axborot almashadi va ularning faoliyat yuritishini boshqaradi. TMNni aloqa tarmoqlaridan ajratish jismoniy yoki mantiqiy asosda amalga oshiriladi. Keyingi holatda TMN boshqarilayotgan tarmoqning infratuzilmasidan qisman foydalanishi mumkin. TMN spetsifikatsiyalarida (tasniflarida) boshqariluvi resurslar umumiy “tarmoq elementlari” nomiga ega (Network, Element, NE). Boshqarish vazifalari operatsiyalarni (amallarni) qo‘llab quvvatlash tizimlari zimmasiga yuklangan.
TMN ni har biri telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishning o‘z jihatini ifodalaydigan uchta arxitekturadan fodylanib tavsiflash mumkin.
Uchta arxitekturadan birinchisi – funksional-arxitektura – funksional bloklar deb ataluvchi atamalarda TMK tarmog‘idagi funksional imkoniyatlarning taqsimlanishini tavsiflaydi. Har bir blok aniq turdagi tarmoq resurslari uchun aniqlangan boshqaruvchi funksiyalar guruhini ifodalaydi.
TMN aritekturasida funksional bloklarning besh xil turi tutilgan:

  • tarmoq elementlari funksiyalari (Network, ElementFunction, NEF); foydalanuvchi va aloqa tarmog‘i bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan tayanch telekommunikatsion funksiyalar (TMN tasniflarida aniqlashtirilmaydi) va tarmoq elementiga agent sifatida ishtirok etishga imkon beruvchi boshqaruv funksiyalari;

  • operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari funksiyalari (Operation Support Sustem Functions,OSSF) ma’muriylashtirish tadbirlarining initsiyasini hodisalar to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qilib olishni, aloqa tarmog‘i turli xil funksiyalarini monitoringi va muvofiqlashtirish maqsadlarida, shu jumladan TMNning o‘zi bajaradigan boshqarish masalalarini xizmatchi axborotga ishlov berishni ta’minlaydi. “Menejer-agent” boshqaruvchi modelida ular menedjerning roliga mos keladi;

  • ishchi stansiya funksiyalari (Workstation Functions, WSF)boshqaruvchi axborotni iste’molchilar uchun xususan tarmoqdan foydalanuvchilar uchun qulay ko‘rinishda taqdim etish uchun javob beradi;

  • Q-adaptor funksiyalari (Q-Adapter Funkctions, QAF)TMNbilan funksional nuqtai nazardan tarmoq elementlariga ekvivalent ammo standart TMN ulanuvchi interfeyslarni qo‘llab quvvatlamaydigan tarmoq resurslari bilan bog‘lashga imkon beradi;

  • vositachilik funksiyalari (Monition Function, MF): NEF (yoki QAF) va OSSF ning (masalan, boshqaruvchi axborotning saqlanish va filtrlanishini ta’minlab) va NEFning (xususan, shunday axborotni mahalliy tasavvurdan standart tasavvurga almashtirib) funsionalligini kengaytiradiganlarini alohida ta’kidlash lozim.

TMN ning fizik arxitekturasida qurilish bloklarining olti turi nazarda tutilgan:

  • Tarmoq elementi (Network, Element, NE)NEFning funksiyalarini bajaradi. U shuningdek funksiyalarning boshqa bloklaridan istagan to‘plamini ham bajarishi mumkin.

  • Vositachilik tuzilmasi (Mediation Device, MD) operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimining mos axborotmodeli interfeyslari va TMN lokal (maxalliy) interfeyslar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in hisoblanadi. SHuningdek u Q- adaptar, OSS va ishchi stansiyasi funksiyalarining bir qismini bajarishi mumkin.

  • Q-adaptar (Q-adapter, QA) TMN tarmog‘ining chegarasida uning boshqariluvchi tarmoq yoki boshqa boshqarish tizimlari bilan ulanishida vositachi vazifalarini amalga oshiradi. MD dan farqli ravishda Q- adapterdan TMN ichida tutashtirish uchun foydalanilmaydi.

  • Operatsiyalarni qo‘llb-quvvatlash tizimi (Operation Support Sustem, OSS) OSSF guruhining funksiyalari uchun javob beradi. SHuningdek u vositachilik (MF), tutashtirish(QAF) funksiyalarini va ishchi stansiya funksiyalarini (WSF) bajaradi.

  • Ishchi stansiya (Work station, WS).

  • Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i (Data Network, PN).

Axborot arxitekturasi boshqaruvi axborotni TMNning funksional bloklari orasida uzatish algoritmlarini belgilab, ular Ochiq Tizimlar O‘zaro aloqa Modelidan (Open Sustem interconnection, OSI) ikki juda muhim elementni meros qilib olishgan: ob’ektli mo‘ljal olish va “liksjer-agent” arxitekturasi.
TMNda nazarda tutilgan taqsimlangan boshqaruvchi ilovalar vazifalarning menejer va agentga bo‘linish OSIstandartini qo‘llab-quvvatlovchi ma’muriylashtirish tizimlarida keng foydalaniladigan tamoyilini deyarli o‘zgarishsiz takrorlaydi. TMN funksional bloki bir paytda bitta boshqaruvchi komponentga (management entity) nisbatan menejer rolida va boshqasiga nisbatan agent tarzida ishtirok etishi mumkin.
TMN axborot arxitekturasining ob’ektli yo‘naltirilganligi telekommunikatsion resurslar boshqaruvi ob’ektlar sinflari ko‘rinishida taqdim etilishi bilan ifodalanib, ular TMN interfeyslaridan foydalangan holda yaratilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Ob’ektning chegaraviy interfeysi mazkur ob’ektning tavsiflari bilan bog‘liq xizmatlar to‘plami, ruxsat etilgan operatsiyalar, javob xabarlari va bildirishlarni qo‘llab-quvvatlashi shart. Ixtiyoriy aloqa tarmog‘ini boshqarish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar to‘plami universal tarmoq axborot modeli (Generic Network Informotion Model, GHIM) nomini oldi.
TMN axborot modeli telekommunikatsion resurslar va boshqariluvchi ob’ektlar o‘rtasida o‘zaro bir qiymatli moslik bo‘lishiga, bitta resursni bir necha ob’ektlar tomonidan tapqdim etilishi, mantiqiy resurslarni akslantirish uchunqo‘shimcha ob’ektlarni krishish (qo‘llab-quvvatlash ob’ektlari deb ataluvchi), shuningdek, boshqariluvchi ob’ektlarni bir-birining ichiga kiritishga yo‘l qo‘yadi. Funksional, fizik va axborot arxitekturalaridan tashqari TMN konsepsiyasi aloqa tarmoqlarini boshqarishga tegishli funksional komponentlarni va tadbirlarni taqsimlashning boshqa prinsipni holi taklif etadi. Aynan bir xil ma’muriy funksiyalar abstraksiyaning turli xil darajalarida amalga oshirilishi mumkinligi fakti mantiqiy ierorxik arxitekturani (Logical Lavered Architecture, LLA) aniqlashga imkon beradi. Aslida LLA arxitekturasi (ba’zida TMN- piramida deyiladi, 23.1-rasm) ma’muriy vazifalarni bajarish uchun javobgarlik ierarxiyasini aks ettiradi.



23.1-rasm. TMN piramidasi


Hozirgi vaqtda LLA arxitekturasida boshqarishning beshta darajasi ko‘zda tutilgan:
- Tarmoq elementlari darajasi ( Network Element layer, NEL) alohida qurilmada joylashgan xizmatchi axborotli ma’lumotlar bazasi (Vanagement Information Base, LUB) va TMN infratuzilmasi orasida interfeys vazifasini bajaradi. Bu darajaga Q-adapterlar va xususan tarmoq elementlari kiradi.
- elementlarni yuoshqarish darjasi (Element Management Layer, EML) tarmoq elementlari guruhi ishini nazorat qiluvchi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari funksiyalariga mos keladi. Bu darajada aniq ishlab chiqaruvchining qurilmasi uchun xos bo‘lgan boshqaruvchi funksiyalar amalga oshriladi va bu o‘ziga xoslik yuqorida yotuvchi darajalardan yashiriladi. Bunday funksiyalarga quyidagilar misol bo‘ladi: apparat xatolarini aniqlash, energiya iste’mol qilish va ishchi temperaturani nazorat qilish, statistik ma’lumotlarni to‘plash, hisoblash resurslaridan foydalanish darajasini o‘lchash, mikrodasturiy vositalarni yangilash. Mazkur daraja o‘z ichiga vositachilik qurilmalarini qamrab oladi (jismoniy jihatdan ular yanada yuqori darajalarga tegishli bo‘lsalar ham).
- Tarmoqni boshqarish darajasi (Network Management Layer, NML) odingi darajadagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari tomonidan uzatiladigan va u yoki bu shakldagi mahsulotning xususiyatlariga bog‘lanmagan alohida tarmoq elementlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib,umumiy tarmoqni ifoda etishni shakllantiradi. Boshqacha aytganda, bu darajada tarmoq elementlari o‘zaro aloqalari ustidan nazorat amalga oshiriladi, xususan, xizmat ko‘rsatishning talab etilgan sifatiga erishish uchun chetki qurilma orasida ma’lumotlarni uzatish marshrutlari shakllantiriladi (Quality of Service, Qos), marshrutlashtirish jadvallariga o‘zgarishlar kiritiladi, ayrim kanallarning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish darajasi kuzatiladi, tarmoqning unumdorligi optimallashtiriladi va uning ishlashidagi to‘xtab qolishlar aniqlanadi.
- Xizmatlar boshqarish darajasi (Service Management Layer, SML) foydalanuvchilar bevosita duch keladigan (abonentlar yoki boshqa servis-provayderlar) tarmoqning faoliyat yuritishi jihatlarini qamrab oladi.
LLA ning umumiy tamoyillariga muvofiq bu darajada NML darajadan kelib tushgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Ammo marshrutizatorlarni kommutatorlarni birikmalarni va h.k.larni bevosita boshqarishni bu erda endi amalga oshirib bo‘lmaydi. Xizmatlarni boshqarishga tegishli bo‘lgan ayrim funksiyalar quyidagilardir: Qosni va xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risidagi bilimlar shartlarini nazorat qilish ( Service Lerel Argeement, SLA), qayd qilinuvi yozuvlarni, xizmatlar obunachilarini boshqarish, foydalanuvchilarni qo‘shish yoki kamaytirish, manzillarni berish (o‘zlashtirish), billing, boshqa provayderlar va tashkilotlarning boshqaruvchi tizimlari bilan o‘zaro aloqa.
-Biznes-boshqarish darajasi (Business Management Layer BML)aloqa taromg‘ini kompaniya-operatorning umumiy biznes-maqsadlari nuqtai-nazaridan qarab chiqadi. U LLAning qolgan darajalari kabi tezkor boshqaruvga emas, balki strategik va texnik boshqaruvgategishli. Bu erda gap tarmoqni loyihalashda va uning rivojlanishini biznes vazifalarni hisobga olib rejalashtirish, byudjetlarni tuzish to‘g‘risida boradi. SHunday qilib, LLA darajalar tarmoqni boshqarish tadbirlarining funksional ierarxiyasini ma’muriy dasturiy ta’minotni jismoniy segmentatsiyasiz taqdim etadilar. Bu ierarxiyaning paydo bo‘lishi sababi – boshqarish funksiyalarini ularning guruhlari va tarmoq biriktirishlariga taaluqli funksiyalardan alohida tarmoq elementlari bilan mantiqiy ajratish zarurligidadur. Ma’muriy tadbirlarning ularning ta’siri yo‘naltirilgan resurslarga yaxshilashishi boshqarish samaradorligini oshirish tushunarlidir.
Aloqa taromqlarini zamonaviy konvergensiyalash va intellektuallashtirish sharoitlarida boshqarishga yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga keldi. Bu zaruriliyning asosiy sabablarini ko‘rib ko‘rib chiqamiz.
Boshqarish nuqtai nazaridan yangi yangi avlod aloqa taromqlarining (Next Generation Networks, NGH) xususiyati shundaki, bu tarmoqlar har xil turdagi komponentlarning katta miqdoridan iborat. Boshqarish tizimi turli xizmatlarni taqdim etuvchi va turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan iborat turli xil texnologiyalar negizida amalga oshirilgan tarmoqlarni boshqarishni ta’minlovchi qarorlar to‘plamidan iborat. NGH ni boqarish tizimini ob’ektga yo‘naltirilgan taqsimlangan tuzilmadan foydalanib qurish maqsadga muvofiq. Ob’ektga yo‘naltirilganlik tizimni har biri o‘z xususiyatlariga (atributlariga) va bajarish mumkin bo‘lgan operatsiyalarga ega bo‘lgan ob’ektlar yig‘indisi ko‘rinishida taavvur qilishdan iborat. Mazkur texnologiya murakkab tizimlarni tahlil qilishda, loyihalashda va dasturlashda foydalaniladi va unga oid asosiy ma’lumotnomalardan biri deb aytish mumkin.
Boshqaruv tizimini ishlab chiqishda yangi modullarni ishlab chiqishga va joriy qilishga, mavjud ilovalar bilan ishlashga va tizimning ishlayotgan modellarini oson zamonaviylashtirishga imkon beruvchi ochiq modulli arxitektura konsepsiyasiga amal qilish zarur.


Download 206,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish