Assalomu alaykum qadrli do’stlar!



Download 178,62 Kb.
bet1/3
Sana14.01.2022
Hajmi178,62 Kb.
#363144
  1   2   3
Bog'liq
Assalomu alaykum qadrli do’stlar!



Assalomu alaykum qadrli do’stlar!

Men Nurqulov Nodirbek, O’zbekiston Milliy Universitetining Fizika fakulteti, 5A140210-“Kichik o’lchamli holatlar va nanotuzilmali materiallar fizikasi” yo’nalishi 1-kurs magistrantiman. Sizlarga “Nanotibbiyot haqida bilasizmii?” deb nomlangan maqolamni taqdim etmoqchiman. O’ylaymanki bu sizlar uchun foydali bo’ladi.



Tayanch so’zlar: nanotexnologiya, nanotibbiyot, terapiya, in vitro va in vivo diagnostikasi, miniaturalash, invaziv va parallelizatsiya, proteom va genom.

Bizga ma’lumki hozirgi kunda koronavirus pandimeyasi butun dunyoga tahlikali bo’lib turibdi. Ming afsuski dunyo bo’yicha bu virusni yuqtirganlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev biz talaba-yoshlarga murojaat qilib: “Men bugungi kunda uy sharoitida tahsil olayotgan talaba yoshlarimizga murojaat qilmoqchiman: Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o’tkazmang! Online darslarni qunt bilan o’zlashtiring. Kitob o’qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang”, degan edilar. Shuning uchun har birimiz millatimiz va o’zimiz uchun bugungi karantin davrida uyda qolishimiz va prezidentimiz bergan topshiriqlarni bajarishimiz kerak.

Shu kunlarda butun dunyoda tibbiyot xodimlari mashaqqatli mehnat qilishmoqda. Bu sohasi qanchalik rivojlangan bo'lmasin koronavirusga qarshi hali birorta ham vaksina yoki dori vositasi ishlab chiqarilganligi yo'q. Balki yaqin kunlarda yaratilar, balki buning yechimi mutlaq yangi bo'lib turgan nanotibbiyot sohasidadir. Xo’sh, nanotibbiyot nima? Nanotibbiyot bu fan va texnologiyaga aloqador bo’lgan yangi soha hisoblanadi. Nanofan yoki nanotexnologiya deyilganda biz juda kichik o’lchamdagi materiya bilan ishlash va uni o'rganishni tushunishimiz mumkin. 1 nm millimetrning milliarddan bir qismiga va bir odamning sochi esa taxminan 80 000 nm ga teng. Nanotibbiyot sohasi bir xil o’lchamdagi taxminan 100 nm yoki undan kichikroq o’lchamli tirik hujayralar ichidagi biologik molekulalar va tuzilmalar bilan shug’ullanadi. Odatda oqsil hajmi 3-10 nm, qizil qon tanachalari esa 6000-8000 nm ga teng(1-rasm). Olimlarning elektron mikroskopda olgan tasvirlariga qaraganda koronavirus zarrasining eng kichik o’lchami 40 nm va eng kattasiniki esa 160 nm teng ekan.

1-rasm.Rasmda molekulalar,DNA,bakteriyalar,viruslar,qizil qon tanachalari va sochning nm dagi o’lchamlari ko’rsatilgan.

Nanotibbiyot sohasining maqsadi keng qamrovli bo’lib inson tanasining barcha biologik tizimlarini kompleks ravishda monitoring qilish (tekshirish), tuzatish va shu bilan birgalikda muhandislik asboblari va nanostrukturalardan foydalangan holda molekula o’lchami darajasida ish olib borish va natijada undan foyda olishga erishishdir. Shu nuqtai nazardan, 1-100 nm gacha bo’lgan faol qismlarni yoki obyektlarni kiritish uchun nanoshkalani olish kerak. Ular mikro qurilmalarga (makro interfeysga ega) yoki biologik muhitga kiritishi mumkin. Biroq har doim katta qurilma doirasida ishlanganda tizimdagi nano o’zaro ta’sirga e’tibor qaratish muhim.

Nanotibbiyotdagi rivojlanishlar zamonaviy tibbiyotning ko’plab yechilmagan muammolariga yechimlarni topishi kutilmoqda. Nanotexnologiya energiyada ko’p miqdordagi energiya ishlab chiqarish bilan birga tejamkor va yuqori quvvatli quyosh batareyalari, nanoelektronikada katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va bir atomli tranzistorlarni ishlab chiqarish, ifloslantiruvchi moddalarni tekshirish darajasini oshirishi bilan jamiyatga kelajakda sezilarli foyda keltiradi. Biroq taraqqiyot uchun eng istiqbolli va hayratlanarli yo`nalishlardan biri bu tibbiyotdir. Bundan tashqari bu sohaning rivoji farmaseftika, ko’rish nuqsoni, kasallangan insonga tashhis qo’yish, saraton kasalligini davolashda, joylashtirilishi mumkin bo’lgan materiallar to’qimalarini yangilash va hattoki ko’p funksional platformalarda ushbu harakatning bir necha usullarini hujayralar hajmini paketlarga birlashtirgan holdagi rivojlanishlari kabi bir qancha qulayliklarga ham olb kelishi mumkin. Dunyo bo’yicha tibbiyotning ko’pgina maxsus qismlari analiz qilingan. Ular quyidagilar: liposomalar, dori-darmonlarni nanozarrachalar orqali yetkazib berish, emulsiyalar, biomateriallar va in vitro diagnostikasi.

Nanotexnologiya sohasi bilan birgalikda boshqa shunga o’xshash sohalarni masalan, nanotibbiyot, nanoelektronika, nanobiotexnologiya, nanorobototexnika va boshqalarini uyg’unlashgan xolatda rivojlantirish uchun katta miqdordagi investetsiya kiritilishi talab etiladi. Va bundan tashqari fizika, biologiya, kimyo, elektronika, informatika kabi yetuk mutaxasislikdagi kadrlar birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishligi lozim. Keling endi yuqorida aytib o’tilgan ya’ni jahonning yetakchi mamlakatlari o’rgangan in vitro va in vivo diagnostikasi haqida to’xtalsak.


Download 178,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish