Astragallar kimyosiga kirish



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana10.02.2022
Hajmi1,16 Mb.
#440941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
astragal risola

 
 



Kirish 
Internetni sahifalaridan birida rus jurnalistining quyidagi ommabop 
asariga duch kelib qoldik: “Екатерина Мелехова − Астрагал – трава 
жизни кремлевских вождей”. Eng qizig’i, tahririyat o’z kirish so’zida bu 
asar muallifi professional jurnalist ekanligi, katta qiziqish bilan dorivor 
o’simlik haqida ma’lumot axtarganini va bunda siyosiy urg’u berilganini 
ham aytib o’tadilar. Tahririyat asar muallif bergan matnning haqiqiyligiga 
muallif javobgarligi, o’simlikdan foydalanganda avvalam bor sizni 
davolovchi shifokor bilan maslahatlashishingiz kerakligini bildiradi. Har 
bir organizm individualdir, shu sababli avval astragaldan choy tayyorlab 
ichganingizda allergiya aniqlamasa unda uning dorivor xossasini va 
yoshartirish xususiyatini sezishingiz mumkin. 
Asar tarixini qisqa bayon qilmoqchimiz: 
Jurnalist eski tanishinikida mehmon bo’lganida, unga olmali pirog 
bilan xushbo’y choy taklif qilib, uning otasi yuqori bosim bilan og’rigan 
ekanligini, shunda bu ayol o’simlik damlamasini ichtirgan bo’lib, yarim 
yildan keyin poliklinikadan tashxis olishga borganida davolovchi shifokor 
unda yuqori bosim yo’qolganini va eng qizig’i yosharganini aniqlab 
hayron qolgan ekan. O’simlikni qayerdan olganini so’raganda, uni 
Qrimdan o’sha yerda nafaqa yoshidagi jurnalistdan olib kelganini aytgan. 
O’simlik Rossiyaning Volga bo’yida, O’rta Osiyoda o’sishi, keyinchalik 
farmasevtikaga bag’ishlangan kitoblarda yozilgani, lekin dorixonalarda 
sotuvda yo’qligi ma’lum bo’lgan. Bu o’simlik tarixini varaqlaganda u 
eramizdan oldin beshinchi asrda qo’llanilgani va skiflar tomonidan “xayot 
giyohi” nomi bilan ma’lumligi, sevgi magiyasi ya’ni kuchli homila qila 
olish 
mahsuloti 
hisoblangan. 
Bu 
o’simlik 
nomi 
–astragal 



шерстистоцветковый ekan. Skiflarda o’n beshta oltin 16x14 sm tabletka 
taxtachalar ma’lum bo’lib ulardan bittasida soch soqoli o’sgan keksa 
otaxonning ot ustida choptirayotgani va shu o’simlik surati hamda 
yuqoridagi nom yozilgan ekan. Eng muhimi, eng katta dohiylar Gitler va 
Stalin bu o’simlikni bilganlar va ikkalalari ham uni “boqiylik giyohi” deb 
hisoblaganlar. Buning sababini quyidagi ma’lumotlar bildiradi: Skiflar 
mamlakati qamal qilib olinib, keyin to’la vayron qilingan, 15 ta oltin 
tabletka taxtachalar yo’qolgan. Gitler shaxsiy shifokori Gerxarda Madaysa 
dorivor o’simliklar bilan shug’ullanar va Dunyo dorivor o’simliklar 
ensiklopediyasini yozganda skiflar o’ti bilan qiziqqan, Qrimni nemislar 
egallagach u Аninерbi tashkiloti hisobida o’simliklarni terish va oltin 
taxtakachlarni axtargan oxir oqibat beshtasi topilgan ular orasida “hayot 
giyohi” ham bo’lgan. Uni topib, terib germaniyaga olib borilgan, suratlari 
ham olingan, lekin taxtachalar urush oxirida yo’qolgan, shu tashkilotda 
xizmat qilgan rus ayg’oqchislari bo’lmish Qrim partizanlari bu o’simlik 
axtarilishini Stalinga yetkazgan. Lekin Gitler deyarli o’simlikdan 
foydalana olmagan, Stalin esa 1953-yilda kasal bo’lganda bu ma’lumot 
esiga kelgan va shaxsiy shifokorlariga surat va tafsilotni yetkazgan. Stalin 
hayotining oxirgi yillari o’ziga suiqasd bo’lishidan qo’rqqan. U hamma 
vaqt 
ovqatlanayotganida 
kim 
bo’lmasin 
Politbyuro 
a’zolarimi, 
mexmonlarmi qandaydir so’zlar bilan stol ustigagi taomlar, shirinliklar 
ichimliklarni ularga ichirib, yegizdirib keyingina o’zi tamadi qilardi. Shu 
sababli ham bu stolga kelayotgan baliqlar maxsus ko’llarda, fazan va 
barrachalar maxsus qo’riqxonalarda, gruzin vinosi maxsus uzumzorlar va 
vino zavodlarda quyilib keltirilgandi, yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar 
janubdan har kuni maxsus samolyotda olib kelinardi. Olib kelingan 



mevalar, sabzavotlar maxsus shifokorlar tomonidan kimyoviy taxlil ham 
qilinar, har bir non maxsuloti, go’sht va mevalar bilan maxsus tamg’a 
bosilgan dalolalatnoma bo’lardi, bunda zaharli modda aniqlanmagan 
yozuvi bo’lishi shart bo’lgan. Kremldagi har bir xona havosi ham taxlil 
qilinardi. Stalin Qrimda topilgan skiflarning “skif o’lmaslik o’ti” oltin 
tabletkani akademik Vinogradovga bergan bo’lib, yarim yil ichida o’simlik 
topilgan undan dorilar tayorlangan maymun va kasalxonalarda 
bildirmasdan sinovdan o’tkazilgan, oxiri Stalinga ham ichirilgan, bu 
o’simlik SNB tashkilotida yashiringan bo’lgan Stalinga ham bu tashkilot 
oxirgi vaqtda bermagani uchun vafot etgan deyilgan. Andropov SNB raisi 
vaqtida bu dorini o’sha vaqtdagi yoshi ulug’ birinchi sekretarlarga 
yetkazib turishga etibor bergan shu sababli ular ko’p yillar rahbar 
bo’lganlar, oxiri Andropov o’lgandan keyin bu o’simlik dorixonalarda 
paydo bo’lgan. 
Skiflarda “hayot o’ti” sutda qaynatilgan bo’lib yana nimadir 
qo’shilgan, uni podsho avlodi qirq besh yoshdan keyin ichganlar, xotinlar 
faqat ginekologik kasallarda ichganlar. Аstragal sherstistosvetkoviy yurak 
va tomirlar faoliyatini yaxshilagan, demak ateroskleroz, ishemik kasallar, 
infarkt miokardlar davolangan. Yevropada Аlzgeymer kasalini davolashda, 
jigar, buyrak, nerv sistemalariga foydali ta’sir qilgan. Ayrim xalq 
tabobatchilari uni rak kasalida foydalanishni taklif etganlar.
Mana shu qiziq ma’lumotlar sababli biz bu o’simlik haqida 
adabiyotdagi asarlar bilan tanishib o’quvchilarga tavsiya qildik. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish