Atmosfera havosidagi changning inson organizmiga ta’siri. Chang



Download 22,32 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi22,32 Kb.
#901459
Bog'liq
Changning inson organizmiga tasiri


Atmosfera havosidagi changning inson organizmiga ta’siri.
Chang — har qanday modda va jismlarning havoda muallaq holatda turadigan qattiq mayda zarrachalaridir. Chang aerodinamik siste'ma bo'lib, dispersion muhitni havo, dispers fazani esa qattiq zarrachalar tashkil etadi. Chang inson organizmida doim ta'sir etib turuvchi omillar turkumiga kiradi va ma'lum sharoitlarda organizmga ta'sir ko'rsatadi. 
Chang odam organizmga ta'siri bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: 
1) fibrogen
2) zaharli
3) allergenli 
4) kantserrogen
5) qichituvchi
6) ionlantiruvchi 


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan quyidagi darajadagi chang me'yoriy etib belgilangan:

  • 10 mkm va undan kichik zarralar uchun – 0,05 mg/m3;

  • 2,5 mkm va undan kichik zarralar uchun – 0,085-0,01 mg/m3.


Changning ko'rish organlariga ta'sir qilishi, yallig'lanishni (kon'yunktivit), professional kataraktani keltirib chiqarishi va ko'zning shilliq qavati va shox pardasiga kuchli sezuvchanlik ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Terining ifloslanishi, har xil tarkibdagi chang har xil turdagi dermatit va ekzemalarni keltirib chiqaradi. Changning organizmga ta'sirining har xil ko'rinishda bo'lishini ularning kimyoviy tarkibi belgilaydi. 
Changning asosiy ta'siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba'zi bir changlar qo'shimcha kasalliklarni keltirib chiqarishi xususiyatiga ega. Bularga yuqori nafas yo'llari, ko'zning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklari kiradi. Changning o'pka yo'liga kirishi pnevmoniya, sil, o'pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. 
Nafas olish tizimini himoya qilish uchun changga qarshi respiratorlar qo'llaniladi. Himoya ko'zoynaklari ko'zlarni chang zarralari ta'siridan himoya qilish uchun ishlatiladi. 
Sog'lomlashtirish chora-tadbirlari: 

  1. Uy, xonadon, ishxona deraza va eshiklarni chang kirimaydigan qilib yoping; 

  2. Tashqariga va ko'chaga chiqqanda tibbiy niqobdan foydalaning; 

  3. Ko'proq suv iching

  4. Ochiq havoda harakat qilishni cheklang; 

  5. Og'iz va burun bo'shlig'ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang; 

  6. Ko'zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.

  7. Tutunga to'la xonalarda chekish xavfli. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga etadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi.

  8. Xomiladorlar, emizikli ayollar, qariyalar, allergiyasi borlar, surunkali bronxitlar va bolalarning uyda bo'lishi tavsiya etiladi.



Atmosfera havosi tarkibidagi uglevodorodlarning inson organizmiga ta’siri.
Yer sayyorasi hаvо qоplаmi аtmоsfеrа dеyilаdi. Аtmоsfеrа Yerning himоya qаtlаmi bo’lib, tirik оrgаnizmlаrni turli ultrаbinаfshа nurlаrdаn, kоsmоsdаn tushаdigаn mеtеоritlаrning zаrrаchаlаridаn аsrаydi. Yerning yuza qismidagi havo qobig‘ida azot 78.09%, kislorod 20.94%, argon 0.93%, karbonat angidrid 0.03%va boshqa gazlar tashkil etadi.
Yuqoridagi tarkibning buzilishi, karbonat angidrid va boshqa zaharli gazlar miqdorining ortishi ,kislorod miqdorining kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar kо‘radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi. Insonlar normal yashashlari uchun nafaqat havo, balki uning tozaligi ham muhim hisoblanadi. Аtmоsfеrа iflоslаnishi kеlib chiqishigа ko’rа, tаbiiy vа sun’iy bo’lаdi. Аtmоsfеrа tаbiiy iflоslаnishidа kоsmik chаnglаr, vulqоnlаrning оtilishidаn vujudgа kеlgаn mоddаlаr, o’simlik vа hаyvоnlаrning qоldiqlаri dеngiz suvining mаvjlаnishidаn hаvоgа chiqqаn tuz zаrrаchаlаri ishtirоk etаdi. Аtmоsfеrаning sun’iy iflоslаnishi rаdiоаktiv, mаgnit, shоvqin, dispеrs vа gаzsimоn, shuningdеk, sаnоаt tаrmоqlаri vа tехnоlоgik jаrаyonlаr bo’yichа аjrаtilаdi. Аtmоsfеrаning sun’iy iflоslаnishidа аvtоmоbil trаnspоrti birinchi (40%), enеrgеtikа sаnоаti (20%) ikkinchi, sаnоаtning bоshqа tаrmоqlаri uchinchi o’rinni (14%) egаllаydi. Qishlоq хo’jаligi ishlаb chiqаrishi, mаishiy kоmmunаl хo’jаligi vа bоshqаlаr hissаsigа esа sun’iy iflоslаnishning 26%i to’g’ri kеlаdi. Hozirda er kurrasida xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda atmosferaga har yili 500 mln.tonna oltingugurt gazi, sulfat oksidi, azot oksidi, 6,5-7 mlrd. t. karbonat angidrid chiqarilmoqda. Shuningdek atmosferaning ifloslanishida va ko'plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning ham roli katta.
Download 22,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish