Atmosferani Ifloslantiruvchi Radioaktiv Moddalar



Download 51,54 Kb.
bet16/16
Sana15.01.2017
Hajmi51,54 Kb.
#411
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
A. s B. p D. d E. F



          1. Kremniy kim tomonidan kashf etilgan?

    1. A. Kolbe B. Vyurts D. D.Bertselius E. Lomonosov



          1. Yer qobig'ida kremniyning massa ulushini ko’rsating?

    1. A. 27,6% B. 37,6% D. 47,6% E. 35,6%



          1. Gildan tayyorlangan buyumlar qanday nomlanadi?

    1. A. Sopol B. Keramika D. Fayans E. Chinni



          1. V guruh bosh guruhchasida nechta metall bor?

    1. A. 5 B. 4 D. 3 E. 2



          1. Metallarning olinish usulini ko’rsating:

    1. A. B, C , D lar B. Pirometallurgik

    2. D. Gidrometallurgik E. Elektrotermik



          1. Temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari cho’yan va po’latlar qaysi guruhga mansub?

    1. A. Rangli metallar B. Qora metallar

    2. D. Yengil metallar E. Nodir metallar



          1. Tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan suv qanday nomlanadi?

    1. A. Yengil B. Og'ir D. Qattiq E. Yumshoq



          1. Metall oksidlarini alyuminiy bilan qaytarib metallar olish usuli qanday nomlanadi?

    1. A. Alyuminotermiya B. TermiK

    2. D. Metall qaytarilishi E. Metall oksidlanishi











    3. POLIETILEN



    4. Moliyaviy tanglik, yangi texnologiyalar asosida mahsulotlarni batamom yangilash imkonini berdi. Polimerlar kimyosida bunday yangilik va o’zgarishlarni ko’plab uchratish mumkin. Olimlar ommabop mahsulotlarga nanozarrachalar bilan ishlov berib, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari va mahsulotlarning sifatini oshirishga erishmoqdalar. Shunday qiziqarli tadqiqotlardan biri rus olimlari tomonidan amalga oshirildi.

    5. Yuqori molekulyar tuzilmali polimer polietilen an'anaviy polietilendan farqi shundaki, uning molekulasi bir necha yuz ming zanjirdan tuzilgan bo’lib, molekulyar massasi bir necha millionni tashkil etadi. Uning bunday tuzilishi yuqori konstruktiv xususiyatga ega bo’lib, hatto po’lat, bronzani o’rnini bosishi, shuningdek, qimmatbaho polimerlar poliamid va ftoroplast o’rnida ham ishlatish mumkin. Bunday polimerni ishlatish sohasiga qarab, turli massa, kattalik va molekulyar tuzilmasiga ega bo’lgan kukunidan foydalaniladi.

    6. Polimerning haroratga chidamliligi tufayli sanoatning turli yo’nalishlarida ishlatilmokda. Jumladan, mashinasozlikda yuqori yuklamali vtulkalar, tishli g’ildiraklar ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida esa nasoslar krani, klapanlari, reaktorlarga qoplamalar tayyorlashda ishlatilmokda. Tog’kon metallurgiyasida yuk mashinalari kuzovi sirtini qoplab, ularning ishlatish muddati uzaytirilyapti. Eng qiziqarlisi, yozda muz maydonlari to’shalib, konki uchish ta'minlandi!!!

    7. Bunday polietilenni tayyorlash uchun polimerning mexanik qobiliyatni faollashtirish maqsadida metallariiig yoki keramikaning nanozarrachalaridan foydalanildi. Nanozarrachalar bir necha usullarda sintez qilindi. Past vakuumli muhitda titan nitrati va oksidining 5-10 nm.li zarrachalari olindi. Titan oksidini olish davomida hosil bo’lgan kuldan fraksiyalarda shisha mikrosferalar ajratib olindi. Bu moddalardan polimer kompozitlari tayyorlashda foydalanildi.

    8. Polimerning molekulasi qanchalik uzun bo’lsa, eritmasi shunchalik qayishqoq bo’la boshlaydi, bu esa nanozarrachalarning bir xilda taqsimlanishini qiyinlashtiradi. Bu muammoni mexanik sintez qilish usuli orqali bartaraf etilmoqda. Buning uchun polimer granulalari va nanozarrachalar birgalikda yuqori tezlikdagi tegirmonda maydalanadi. Natijada nanozarrachalar turli agregatlarni hosil qilishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun tegirmonga sirt-faol moddalar qo’shiladi.

    9. Bunday polimerlar radiatsiyaga 1,6-1,8 marta chidamli, mustahkamligi, qattiqligi, tarangligi 3 martaga oshdi. Bu albatta ishlab chiqarishda iqtisodiy ta'minot va sifatga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.



    10. D.AZAMATOVA tayyorladi.













    11. MAKKAJO’XORI

    12. Makkajo’xori - g’alladoshlar oilasiga mansub, bo’yi 1-3 metrlarga boradigan bo’g’im poyali bir yillik o’t o’simlik. Barglari uzun chiziqsimon, lansetsimon bo’lib, qini yordamida poya bo’g’imlariga ketma-ket o’rnashgan. Gullari mayda, bir jinsli, otaliq gullari ikkitadan, ba'zan 1-3 tadan boshoqqa; to’planadi. Onalik gullari ustunchasi juda uzun, ingichka, sertukli. Mevasi-donlardan iborat. Makkajo’xori yovvoyi holda uchraydi, u Meksikada madaniylashtirilgan. Qadim zamonlarda Mar- kaziy hamda Janubiy Amerikadagi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblangan. Kolumbning Amerikaga qilgan safaridan so’ng Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Dastlab u Yevropada antiqa bog’ o’simligi sifatida o’stirilgan bo’lsa, keyinchalik oziq-ovqat mahsuloti, undan keyinroq yem-xashak sifatida ko’plab ekiladigan bo’lgan. Makkajo’xori XVI asrda Osiyo va Afrika qigasining ba'zi mamlakatlariga keltirib ekila boshlanadi.

    13. Makkajo’xori doni va uni tuyib qilingan mahsulotlar organizmda mavjud bo’lgan hayotiy biokimyoviy jarayonlar uchun foydali hisoblanadi. Doni tarkibidagi shifobaxsh moddalar - aminokislotalar hosil bo’lishida, yog’ moddalari tarkib topishi va parchalanishida xolesterin, buyrak usti gormonlarining faol ishlashida xizmat qiladi. Asab qo’zg’alishini uzatadigan atsetilxolin hosil bo’lishida ishtirok etadi. Donlari tarkibidagi moddgg‘ar to’qimalarning nafas olishi, o’sishi va qayta tiklanishida, hamda qonda gemoglabin hosil bo’lishida qatnashadi, ko’rish qobiliyati yaxshilanishiga ijobiy ta'sir etadi. Makkajo’xorining onalik gul ustunchalari (popuklari) o’z tarkibida sistosterol, sigmasterol, yog’, efir moyi, pantoten kislotasi, qatronsimon moddalar, glikozid, saponinlar, inozit, kriptoksantin, vitamin C, K3 kabi moddalarni saqlaydi. Popugi asosida tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt ilmiy tibbiyotda jigar kasalliklarida, jumladan xoletsistit, xolongit, gepatit, o’t ajralishi sustlashgan hollarda, o’t va buyrak-tosh kasalligida, qovukda tosh bo’lganida, shuningdek istisqo kasalligida, siydik haydovchi, qon to’xtatuvchi omil sifatida sanab o’tilgai kasalliklarni davolash uchun makkajo’xori popugidan quyidagicha qaynatma tayyorlanadi: 2-4 osh qoshiq mikdoridagi maydalangan popuk ustiga 1,5 stakan suv solinib 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Sharbatdan 1-3 osh qoshiqda har 3-4 soatda ichib turiladi. Keyingi vaqtlarda makkajo’xori yog’ining shifobaxsh xususiyati aniqlandi. Bu yog’ organizmdagi xolestirin moldasini kamaytiradi. Shu tufayli ateroskleroz bilan og’rigan kishilarga 20-25 gramm mikdorida bir necha oy davomida iste'mol qilishlari tavsiya etiladi.

    14. Rufina AGZAMOVA,

    15. Toshkent shaqri Mirzo Ulug’bek tumanidagi

    16. 120-maktabning biologiya fani o’qituvchisi.

    Download 51,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish