O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Qumqo‘rg‘on tumanidagi Davlat
11- ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internati
Geografiya fani o‘qituvchisi Qo‘ziyeva Dilfuzaning
V sinf uchun geografiya fanidan „Atmosferaning
tuzilishi“ mavzusidagi bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Sana:
Sinf: 5
Fan: Geografiya
Mavzu: Atmosferaning tuzilishi
Darsning maqsadi: Atmosfera haqida dastlabki tushunchalarni berish.
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga atmosfera va uning tuzilishi, havoni tashkil etgan gazlar haqida bilim berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilar ongiga Atmosfera yerda hayotni saqlovchi qalqonligini, havoni tashkil etuvchi gazlarning inson hayoti va faoliyati uchun muhimligini singdirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning suv, havoning o‘zaro aloqadorligi haqidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish va atrof – muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish xislatlarini shakllantirish. Qo’shimcha manbalar orqali fanga qiziqishini yanada oshirish.
Dars turi: Yangi mavzuni bayon etish.
Dars metodi: „Ko‘rgazmali tushuntirish“, „Tushunchalar tahlili“ , „Amaliy mashg‘ulot“.
Dars jihozi: 5-sinf darsligi, texnik vositalar (proyektor, elektron darslik,kompyuter), globus, plakatlar, tarqatma materiallar, qo‘shimcha manbalar („Maktabda geografiya“ jurnali, maqollar hikmatli so‘zlar, she’rlar,).
Darsning bosqichlari
Bosqichlari
|
Mazmuni
|
Vaqti
|
1-bosqich. Tashkiliy qism. Motivatsiya.
|
Salomlashish. O‘quvchilarning davomatini navbatchi axboroti orqali aniqlash, sinf tozaligini nazorat qilish, o‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, dars loyihasini e’lon qilish,o‘quvchilarni o’tirgan qatoriga ko’ra guruhlarga ajratish. Suv haqidagi hikmatli so‘zlar, she’riy parchalar, xalq maqollaridan eshitish.
|
3
daqiqa
|
2-bosqich. O‘tgan mavzularni takrorlash.
|
O‘tilgan mavzularni „Xatosini toping“ o‘yini orqali takrorlash.
|
10
daqiqa
|
3-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
O‘quvchilarni atmosfera haqida dastlabki tushunchalarni „ko‘rgazmali tushuntirish“ metodi orqali „elektron darslik“ asosida tanishtirish, yangi mavzuni guruhlar bilan tahlil qilish.
|
16
daqiqa
|
4-bosqich.
Darsni
Mustahkamlash
|
O‘quvchilarning olgan bilimlarini „Tushunchalar tahlili“ metodi va „Kim bilimdon va chaqqon“ o‘yini , „Amaliy mashg’ulot“ dan foydalangan holda mustahkamlash.
|
11 daqiqa
|
5-bosqich. Darsni yakunlash, uyga vazifa
|
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan „Lahzalik test“ o‘tkazadi. O‘quvchilar baholanadi. G‘olib guruh aniqlanadi.O‘quvchilarga topshiriqlar berib, dars yakunlanadi.
|
5
daqiqa
|
Do'stlaringiz bilan baham: |